Ta’lim va
tarbiyaning
uyg‘unligi
9-sinf Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu
Yurtboshimiz ta’lim va tarbiyaning o‘zaro mustahkam bog‘liqligini, ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emasligini alohida ta’kidlaydi:
« Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi».
Sharq xalqlari maktabga, umuman, ta’lim muassasasiga bolaga faqat ta’lim beruvchi, ilm-u hunar o‘rgatuvchi maskan deb emas, balki inson shaxsini tarbiyalovchi, uni har tomonlama barkamol etib shakllantiruvchi qutlug‘ dargoh deb ham qaragan.
Aqlli, bilimli bo‘lish insonning bir ziynati hisoblansa, mana shu bilim va aqlni ezgulik yo‘lida ishlatish, eng muhimi – odob-axloqni, måhr-oqibatni, insoniylikni hayotiy e’tiqod deb bilish kishining ma’naviy ko‘rki sanaladi.
G‘arb mamlakatlarining ta’lim tizimiga razm solsak, ularda bolani muayyan bilimga, fan sohasiga oshno qilish, shu soha bo‘yicha tobora chuqurlashish masalasiga ko‘proq e’tibor qaratilishiga guvoh bo‘lamiz.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat bu yondashuvni quyidagicha asoslaydi:
Abdurauf Fitrat
«Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir.
Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi.
Xalqimiz tomonidan «Ustoz otangdek ulug‘» degan hikmat bejiz aytilmagan. Chunki bolaning chinakam inson bo‘lib tarbiyalanishida, ma’naviy qusurlarsiz shaxs bo‘lib oyoqqa turishida o‘qituvchi – murabbiylar xizmati otaning xizmatidan kam bo‘lmaydi.
O‘qituvchilar yoshlarga faqat bilim berish, ularning aqli to‘liq, zehni o‘tkir bo‘lishi xususidagina emas, balki o‘sib voyaga yetayotgan bolaning xulq-atvori insoniy qiyofa kasb etishi, uning qalbida mehr-oqibat, boshqalarga hurmat-e’tibor, o‘zgalarning quvonch va dardlariga daxldorlik tuyg‘ulari kamolga yetishi to‘g‘risida ham jon kuydiradi.
«Yana bir dolzarb vazifa – o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Axir, yoshlar xalq ma’naviyatining – ham mahsuli, ham kelajagi...
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining hayotga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida yurtimizda mutlaqo yangi mazmun- mohiyatdagi ta’lim-tarbiya tizimi vujudga keldi.
Mamlakatimizda qisqa muddat ichida minglab akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilib, yoshlar va ularning murabbiylari ixtiyoriga berildi.
Oliy o‘quv yurtlari, boshqa ilm-fan dargohlari zamonaviy ta’lim berishning, ilmiy tadqiqot olib borishning eng ilg‘or uskunalari va uslublari bilan ta’minlandi.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiyaning mazmun-mohiyati tubdan yangilandi. Bugungi o‘quvchi- talabaning ongi, aql-u shuuri endi qotib qolgan sho‘roviy aqidalar, sinfiy qarashlar bilan to‘ldirilmaydi.
Bu ibratli holatga, teran aql-u tafakkur bilan yuksak ma’naviyatning bu mukammal uyg‘unligiga faqat ta’lim va tarbiyaning uyg‘un olib borilishi, inson takomilining har ikki jabhasiga birdek jiddiy e’tibor berilishi orqaligina erishish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1. Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abdulla Avloniyning darslikda
keltirilgan fikrlari o‘tgan asrning 10-yillarida qanchalik muhim edi?
2. Yurtboshimizning ta’lim va tarbiyani uyg‘un olib borish
Lozimligi to‘g‘risidagi fikrlari qanday maqsadlarni ko‘zlab aytilgan?
3. Xalqimizning «Aql boshqa, farosat boshqa» degan gapi qanday
ma’noni anglatadi? Shunga o‘xshash yana boshqa maqol, matal,
hikmatli so‘zlarni bilasizmi?
4. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muomalani aks ettirishda G‘arb va
Sharq, jumladan, o‘zbåk kino ijodkorlari uslublari orasida qanday
farqlar ko‘rinadi?
5. Ta’lim va tarbiya olish odamning butun umri davomida
to‘xtamasligi kerak, degan gapni qanday tushunasiz?
6. «Aqlli odam» bilan «dono odam» o‘rtasidagi o‘xshash va farqli
jihatlarni izohlab bering.