Просмотр содержимого документа
«Ta’limiy elektron nashrlarni informatika fani o’qituvchilarini tayyorlashda qo’llanilishi»
TA’LIMIY ELEKTRON NASHRLARNI INFORMATIKA FANI O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA QO’LLANILISHI
TDPU huzuridagi Toshkent shahar XTXQTMOHM
o’qituvchisi Abdullaxo’jayeva M.A
Ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bu aniq bir shaxsning qiziqishlarini ro’yobga chiqarish hamda tanlagan kasbining mohir ustasi qilib bilim berish va buning asnosida jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Qanday va qay sohaga o’qitish o’zining ahamiyatini yo’qotmaydigan savoldir. Bu savolga bir deganda aniq javob berib bo’lmaydi, chunki uning javobi ba’zi omillarga bog’liq yani jamiyat oldiga qo’ygan maqsadiga va fanning rivojlanishiga borib taqaladi. Pedagog kadrlarni tayyorlashda asosiy etiborni, ta’lim tizimidagi telekommunikassion texnologiyalarning imkoniyatlariga, pedagogik innovatsiyalarga, ularni qo’llashning psixologik- pedagogik asoslariga, shuningdek o’quv jarayonida kompyuterdan foydalanishning metodik usullarini berishga qaratish kerak. Bu barcha fanlarga ta’luqlidir, lekin asosan informatikaga tegishlidir. Informatika axborot texnologiyalarini o’rganuvchi fan bo’lgani uchun ham u bo’lajak pedagoglarga bu texnologiyalarni o’quv jarayonida qanday qo’llash kerakligini namoyish qilish kerak. Afsuski bugungi kunda kompyuter ta’limini qisman yopiq desak bo’ladi. Chunki yangi elektron nashrlar yaratish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradigan tashkiliy tuzilma mavjud emas, trening kurslariga kirish uchun ochiq tizim yo'q.Shu munosabat bilan bugungi kunda oliy ta’limda elektron ma'lumotlarning elektron o'quv nashrlarini yaratish vazifasi o'ta dolzarb bo'lib qolmoqda. Informatika fanidan ishlab chiqilgan electron darslik sinfda namoyish qilish vositasi sifatida, kompyuter sinflarida mustaqil ishlar uchun repetitor ,kompyuterda amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma,ekspert sifatida ishlatish mumkin. Elektro o’quv nashr bu ishlarni barchasini amalga oshirishi uchun esa o’qituvchi pedagogic mahoratga ega bo’lishini va “Informatika” fanining o’ziga xosligini hisobga olgan murakkab metodologik ishlanmalarni talab qiladi.
Endi electron nashrlarni darslarda qo’llash bo’yicha turlarini ko’rsak.
Ma’ruzalar: Bunda elektron nashr ma’ruzachiga kerakli mavzuni ko’rgazmali xolda dastur asosida yordamga desak to’g’ri bo’ladi. Yani dars o’tish jarayonida va darsga tayyorgarlik bosqichida ko’makchi bo’ladi. Taqdimotlardan tashqari ma’ruza materiali tarqatma materiallar uchun mo’ljallangan shablonlarga ham ega bo’lishi kerak.Elektron nashrning yana quyidagi imkoniyatalri bilan tanishib chiqishimiz mumkin.
Interaktiv taqdimot sifatida qaraydigan bo’lsak, taqdimotning birida-biriga o’tishi va yana boshlangich taqdimotga qaytib borish imkoniyati ta’minlangan bo’lsa
Animasion videolarni ko’rish, taqdimotda ovozning yangrashi, grafik rasmlarni butun ekran bo’ylab joylanishi va uni ekran bo’ylab aylantirib yurish imkonini bersa
Avtomatik taqdimot namoyishini ta’minlash bunda dastur ma’ruzachini o’rnini bosadi desak ham bo’ladi, bu mustaqil ta’limlarda ishlatilsa bo’ladi.
Amaliy mashg’ulotlar va testlar. Har bir talabaning bajargan ishlari dastur orqali nazorat qilinadi va nazariy ma’lumotlar o’qituvchida to’planib boradi.Elektron nashrlar faqatgina yordamchi qo’llanma bo’lishi mumkin ular o’qituvchini o’rnini bosa olmaydi.Shu tariqa o’qituvchi o’quvchilarning o’zlashtirish monitoringini aniq vaqtda ya’ni dars jarayonida olishi mumkin. Mashqlarning bajarilgan va bajarilmaganligi haqidagi ma’lumot , natijalar ekranda ko’rinib tursa o’qituvchi mashqlarni bajarilish tezligini ham bilib olishi mumkin.Yana bir mihim tomoni dars davomida kerakli ma’lumotlarni doskadan ko’chirishga ketgan vaqt tejaladi.
Elektron nashrlar mavzularga oid qo’shimcha materiallarga boy bo’lishi kerak zarur o’rinlarda o’qituvchi ta’lim oluvchilarga takrorlashga oid mavzularni bera olsin. Mashqlarni bajarish davomidagi asosiy muammolardan biri bu foydalanuvchi interfeysini shunday yaratish kerakki undan foydalanish yo’llarini talaba alohida organishga vaqt sarflamasin. Agar talabaga mashqni bajarish jarayonida ma’ruza matnini ko’zdan kechirib chiqish zaruriyati tug’ilsa u barcha mavzularni ko’rib chiqish o’rniga kerakli mavzuga tez o’tish imkonini beruvchi bog’lanishlar o’rnatilgan bo’lishi zarur.
Yakuniy testlar va imtihonlar: Yakuniy testlarda ham yuqorida aytib o’tilgan amallarni bajarish bilan bir qatorda yana bir narsani etiborga olish zarur. Dasturni yaratuvchilar asosiy etiborni o’zida o’zlashtirish ko’rsatkichlarini saqlovchi bazaga yashirin kirish imkonini bermaslikdir.