Mavzu: Olma va anor rasmini
ishlash.
Maqsad:
a) Ta`limiy:
O`quvchilarni rasm chizishni
bilishga , o`zlari mustaqil rasm
chizishga o`rgatish.Rasm chizishda
ranglarni uyg`unlashtirib, chizishga
o`rgatish.
b) Tarbiyaviy:
O`quvchilarni tasviriy san`at
darsiga mehr va muhabbatini
oshirish,rasm daftar, qalamlardan
to`g`ri foydalanishga o`rgatish.
d) Rivojlantiruvchi:
O`quvchilari rasm daftar va
qalamdan to`g`ri foydalanishni, ranglarni
yaxshi tanlay bilishni, atrof-muhitga,
tabiatga bo`lgan dunyoqarashini shakl-
lantirish, komil inson qilib tarbiyalash .
Uslubi:
Amalda bajarish, tushuntirish, savol-javob
Jihoz:
Tasviriy san`at kitobi, ish reja, dars ishlanmasi,
DTS o`quv dasturi, turli xildagi ko`rgazmali
qurollar, tarqatmali materiallar, test zahirasi va
mevalar maketi
Darsning borishi:
I Tashkiiy qism:
a) Salomlashish;
b) Davomatni aniqlash;
d) Tozalikni nazorat qilish;
e) Siyosiy daqiqa.
II O`tilgan mavzuni so`rash:
a) O`tilgan dars mavzusini so`rash;
b) O`quvchilarni baholash;
d) Rag`batlantirish.
III Yangi mavzu bayoni:
O`lkamizda oltin kuz o`z sepini yoygan.
Bog`larda olma, anor, nok shaftoli, uzum,
anjirlar, polizlarda tarvuz va qovunlar g`arq
pishgan.
Kuzda eng go`zal bayramlarimizdan biri
“Hosil bayrami” nishonlanadi.
Har bir meva o`ziga xos rang, ta`m va
shaklga ega ekanligini bilamiz. Ularni tasvirini
chizayotganimizda bu narsalarga alohida e`tibor
berishimiz juda muhim.
Tasviriy san`at darsida quyidagi jihozlar
bilan ishlanadi:
Rasm daftar, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich,
sirkul, rangli bo`yoq qalam yoki akvarel.
Hosil bayrami haqida suhbat o`tkazish.
- Hosil bayrami bizning yurtimizda katta
tantana va shodiyona bilan nishonlanadi.Bu
bayramda har bir dehqon o`z hosildorligini
xalqqa namoyon qilib, mehnatiga yarashi el
olqishini oladi.
- Bizning yurtimizda bobodehqonning hurmati
baland. Ahir, yerni sevib, unga bor mehrini
berib, mehnat qilgan, el dasturxonini to`kin
bo`lishiga o`zining beqiyos hissasini qo`shgan
insonlarni qanday qadrlamaslik mumkin?
Doskaga bugungi darsda chiziladigan anor va
olma rasmini chizish bosqichlarini qo`yiladi.
O`tilgan mavzular yuzasidan
T E S T S A V O L L A R I
1. Qaysi naqshda 2 ta bezak guli bor?
a) gullar b) gul,paxta d) paxta e) lola
2. O`z. Res. Davlar Madhiyasini kim yozgan?
a) Hamid Olimjon b) Abdulla Oripov
d) G`afur G`ulom e) Abdulla Qahhor
3. O`z.Res. Davlat bayrog`i qachon tasdiqlangan?
a) 1991-yil 18-noyabr d) 1990-yil 2-mart
d) 1992-yil 2-noyabr e) 1992-yil 8-dekabr
4. Insonlar surati tushirilgan rasm tasviriy
san`atning qaysi turiga mansub?
a) Portret b) Natyurmort d) Pyezaj d) Grafika
5. Qaysi javobda relyefli haykal tasviri berilgan?
a) eshak b) tuya d) chol e) hammasi to`g`ri
6. Asosiy ranglar qaysi qatorda berilgan?
a) sariq,qizil,yashil b) qizil,sariq,ko`k
d) yashil,qizil,ko`k e) sariq,binafsha,qizil
Savollar: | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
Javoblar: | b | b | a | a | d | a |
IV Darsni mustahkamlash:
(savol-javob asosida)
Savol: - Kuzda pishib yetiladigan mevalar?
Javob: - Anor, olma, behi, anjir, uzum, xurmo,
yong`oq, bodom, poliz ekinlaridan tarvuz
va qovun.
Savol: - Anor rasmi chizish necha bosqichdan
iborat?
Javob: - 6 bosqichdan iborat
Savol: - Anor haqida topishmoq bilasizmi?
Javob: - Kichkinagina dekcha,ichi to`la mixcha.
V O`quvchilar bilimini baholash
VI Uyga vazifa:
1. Mevalarni rasmini chizishni tamomlab,
bo`yab kelish.
2. Mevalar haqida she`r o`rganish.