MAVZU: Aylanma harakatlanuvchi qattiq jism dinamikasi. Momentlar qoidasi. |
Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30 nafar. |
Mashg’ulot shakli | Nazariy, to’liq o’quv mashg’ulot; Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish; |
Mashg’ulot rejasi | 1. Aylanma harakat dinamikasi. 2.Kuch momenti. Momentlar qoidasi. 3.Jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati. 4.Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish. 5.Jismning muvozanat sharti. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Aylanma harakatlanuvchi qattiq jism dinamikasiga oid bilimlarni shakllantirish. Momentlar qoidasini tadbiq etsih ko’nikma va malakalarini shakllantirish; |
Pedagogik vazifalar: dinamikasi haqida tushuncha berish; dinamikasini tashkil etuvchi fizik qonunlar va kattaliklarni yoritish. dinamikasi asoslarini tushuntirish; ajratishni va muvozanat shartlarini o’rgatish; va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: ega bo’ladilar; qattiq jism dinamikasi asoslarini tashkil etuvchi fizik qonunlar va kattaliklar bo’yicha tushunchaga ega bo’ladilar; qattiq jism dinamikasi asoslari haqida bilimga ega bo’ladilar; ajratishni va muvozanat shartlarini farqlashni o’rganadilar; chiqaradilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot, aqliy hujum, “FSMU”-grafik organayzeri. |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari. |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari | Kichik guruhlarda ishlash. |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya. |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida. |
“Aylanma harakatlanuvchi qattiq jism dinamikasi. Momentlar qoidasi.” mavzusi bo’yicha o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi bilan tanishtiradi. Mavzuga oid tayanch iboralarni aytadi (1-Ilova) Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar, Yozib oladilar; Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini FSMU texnologiyasi orqali tekshiradi. Guruhlarni (4 ta kichik guruh) topshiriq yo’riqnomasi va amalga oshirish texnologiyasi bilan tanishtiradi. Topshiriqni bajarish uchun Ekspert varaqlarini tarqatadi; (2-Ilova) Taqdimotini tashkillashtiradi; 2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.3 O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini sinov savollari, (4-Ilova) dan foydalanib tekshiradi; Xar bir guruhga ketma-ketlik bo’yicha 2 tadan savol beradi; Javoblarini asoslab o’tadi; 2.4 Mavzuni masalalar ishlash (5-Ilova) usuli orqali mustahkamlaydi. Masalani ishlab tushuntiradi; | Guruhlarda ishlaydilar; taqdimot qiladilar; Eshitadilar, yozib oladilar; Javob beradilar; Masala ishlashni o’rganadilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzuni reja asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi; 3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha tayyorlanish; Masalalar ishlash (6-Ilova) | Tinglaydilar Yozib oladilar |
1-Ilova
Mavzu: Aylanma harakatlanuvchi qattiq jism dinamikasi. Momentlar qoidasi.
REJA:
1. Aylanma harakat dinamikasi.
2.Kuch momenti. Momentlar qoidasi.
3.Jismning bir necha kuch ta’siridagi harakati.
4.Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish.
5.Jismning muvozanat sharti.
Tayanch tushunchalar:
Aylanma harakat, kuch momenti, inertsiya momenti, impul’s momenti, momentlar qoidasi, kuchlarni qo’shish, jismning muvozanat sharti.
Mashg’ulot shiori:
Bilagi zo’r birni yig’ar, bilimi zo’r – mingni.
“AmirTеmur”
2-Ilova
FSMU tехnologiyasi qoidasi.
Ushbu tехnologiya munozarali masalalarni хal etishda хamda o’quv jarayonini baхs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki butехnologiya o’quvchilarni o’z fikrini хimoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq хolda baхslashishga хamda shubilan birga baхslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’zfikrlarini aniq va qisqa хolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
FSMU texnologiyasi uchun o’quv topshirig’i:
1-Kichik guruh uchun
Bosqich | Nyuton qonunlarining ahamiyati mavjudmi? |
(F) Fikringizni bayon eting | |
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating | |
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring | |
(U) Fikringizni umumlashtiring | |
2-Kichik guruh uchun
Bosqich | Nyuton qonunlari istalgan sanoq sistemasida ham bajariladimi? |
(F) Fikringizni bayon eting | |
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating | |
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring | |
(U) Fikringizni umumlashtiring | |
3-Kichik guruh uchun
Bosqich | Butun olam tortsihsh qonuni mavjudmi? |
(F) Fikringizni bayon eting | |
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating | |
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring | |
(U) Fikringizni umumlashtiring | |
4-Kichik guruh uchun
Bosqich | Kosmik tezliklarga erishilganmi yoki nazariy tasdiqlanganmi? |
(F) Fikringizni bayon eting | |
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating | |
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring | |
(U) Fikringizni umumlashtiring | |
3-Ilova
1-Slayd
Aylanma harakatda jismning barcha nuqtalari markazi aylanish o'qidan o'tuvchi aylanalardan iborat trayektoriyalar bo'ylab harakatlanadi. Ko'rilayotgan nuqtadan aylanish o'qigacha bo'lgan masofa R harfi bilan belgilanib radius - vektor yoki radius deyiladi.
Igarilanma harakat dinamikasida kuch bajaradigan vazifani aylanma harakatda kuch momenti bajaradi.
Harakatsiz o’qqa nisbatan kuch momenti deb, aylanish o’qidan kuch qo’yilgan nuqtaga o’tkazilgan radius-vektor r ning kuch F ga vektorial ko’patmasi bilan aniqlanadigan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni:
M=rF
2-Slayd
Impuls momentining saqlanish qonuni. Yopiq sistemada impuls momenti saqlanadi, ya'ni vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi. Impuls momentining saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonunlaridan biri bo'lib, u fazo izotropligining natijasidir.
3-Slayd
Kuch momentining saqlanish qonuni:
ya’ni yopiq sistemada kuch momentlarining geometrik yig’indisi o’zgarmasdir.
4-Slayd
Qattiq jismlarning tashqi kuch ta'sirida o'z shakli va o'lchamlarini о'zgartirishiga deformatsiya deyiladi.
Tashqi kuchning ta'siri tugagandan so’ng jism o’zining dastlabki shakli va o’lchamlariga qaytsa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi.
Bir jinsli L uzunlikdagi sterjenga F1 va F2 kuchlar qo’yilgan.
F1 = F2=F bo’lgani uchun faqat F kuch qo’yilgan deb olamiz. Natijada sterjen
l ga cho’ziladi. Odatda sterjen cho’zilganda
l musbat, siqilganda-manfiy ishora bilan olinadi. (1-Rasm)
1-Rasm
5-Slayd
Osib qo'yilgan jismga ta'sir etayotgan og'irlik kuchi va ipning taranglik kuchlarining geometrik yig'indisi nolga teng. (2-Rasm)
P+T = 0.
2-Rasm 3-Rasm
Qo'zg'almas o'q atrofida aylanma harakat qilayotgan jism, unga qo’yilgan barcha kuch momentlarming geometrik yig'indisi nolga teng bo’lgandagina muvozanat holatida bo 'ladi. M1 + M2+...+Mn = 0.
6-Slayd
4-Ilova
SINOV SAVOLLARI:
1. Qattiq jismning muvozanati deb nimaga aytiladi?
2. Aylanma harakat deb qanday harakatga aytiladi?
3. Ilgarilanma harakat deb qanday harakatga aytiladi?
4. Impul’s moment nima?
5. Kuch moment deb nimaga aytiladi?
6. Deformatsiya nima?
7. Defermatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
8. Jismning muvozanat sharti nima?
Mavzuni mustahkamlash uchun masala:
Jism aylanma harakat qila boshlagandan 6 s o’tgandan keyin burchak tezligi 3 s-1 ga yetgan. Agar ta’sir etayotgan kuch moment 12 N·m bo’lsa, jismning inertsiya moment nimaga teng?
5-Ilova
Berilgan: M=12 N·m; ∆t=6 s; ω0=0; ω=3 s-1;
Topish kerak: J=?
Yechish: Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini yozamiz: M=J*ε: va undan inertsiya momentini topamiz: J=M/ε;
Bu yerda ε jismning burchak tezlanishi. Burchak tezlanishing ta’rifiga binoan: Ε=∆ω/∆t=(ω-ω0)/∆t;
Unda inertsiya momenti uchun topilgan ifoda: J=M*∆t/(=(ω-ω0) ko’rinishini oladi. Kattaliklarni son qiymatlarini qo’ysak:
J=12·6/ (3-0) kg·m2=24 kg·m2 ni hosil qilamiz. Javob: I=24 kg·m2
Uyga vazifa uchun masala:
Aylanayotgan g’idirakning kinetik energiyasi 1 kJ gat eng. O’zgarmas tormozlovchi moment ta’sirida g’ildirak tekis sekinlanuvchan aylana boshladi va N=80 marta aylanib to’xtadi. Tormozlovchi kuch moment M topilsin.
6-Ilova