Usmonova Maftuna
Temuriy malikalar.
O’zbek davlatchiligi tarixida ayollar orasidan yetishib chiqqan arboblarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda tutgan faol o’rni yaqqol ko’zga tashlanadi. Tomur xotun, Kabaj xotun, Saroymulkxonim, Gavharshodbegim kabi qator tarixiy shaxslarning mamlakatimiz o’tmishida, xalqimiz hayotida egallagan mavqeyi o’ziga xos bo’lsada, ularning barini birlashtirib turadigan bir omilbor. U ham bo’lsa shu yurt, shu el xizmatida yashaganlar. Eng muhimi, o’zbek davlatchiligining 2700 yillik tarixiy taraqqiyotida ularning ham davlat, jamoat arbobi sifatida o’ziga xos o’rinlari bor1.
O’zbek ayollarining Vatan mustaqilligi, yurt ozodligi uchun olib borilgan kurashlardagi jasurlik va sobitqadamliklari, millatparvarliklari bugungi avlod uchun har jihatdan ibratdir. Bunyodkorlik, obodonchilik, me’morchilik bobida, shu ma’rifatni egallash, targ’ib etish sohalarida ulardan bizga katta ma’naviy bisot va g’urur namunasi qolgan.
Butun dunyoni hayratga solgan buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida markazlashgan davlatga asos soldi. Amir Temur vorislari nafaqat shahzodalar balki malikalar o’z davrining yetuk ilm- ma’rifatli, vatanparvar shaxs sifatida tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldirgan. Amir Temur va Temuriy shahzodalar XIV-asrning ikkinchi yarmidan XVI-asrning birinchi choragigacha O’rta Osiyo, Shimoliy Afg’oniston, qisman Eron va Iroq mamlakatlarida hukmronllik qilganlar. Shahzodalar singari malikalar orasidan ham siyosatdon, suxandon, yetuk olima va xassos shoiralar yetishib chiqqan2. Буларнинг қаторига Saroymulkxonim (Bibixonim), Gavhar Shodbegim, Shodmulk Xotun, Arjumandbonu, Zebunisobegimlar o’z davrining yetuk olima, siyosatchi, ilm-ma’rifatparvar temuriy malikalari bo’lishgan. Bu paytda saroy muhitining yuksak bilimdon insonlarga bo’lgan talabi kuchlili tufayli faqat erkaklar emas, hattoki ayollarning ham ilmli bo’lishi talab etilardi. Temuriy malikalar o’z ilmi va tafakkuri bilan davlat mohiyatiga molik ishlar chet el давлатлари elchilari bilan ham muloqotda bo’lishgan. Masalan: Ular bilan tantanalar paytida uchrashuvlar tashkil etilgan. Bu haqida Ispaniya elchisi Klavixo o’z safar kundaliklarida ham bayon etib o’tgan.
Temuriy malikalar o’z nufuziga ega bo’lgan Saroy Mulk xonim Chig’atoy ulusiga mansub mog’ul xonlaridan Qozog’onning qizi bo’lib,1341-yilda tug’ulgan. 1355-yilda Movorounnahr hukdori amir Qozog’onning nabirasi amir Husaynga turmushga chiqadi.
1370-yilda Amir Temur jangda amir Husaynni yengib, uni qatl ettiradi va Movorounnahrni o’z qo’liga oladi. Amir Husaynni haramidagi malikalar orasidan Qozog’onning qizi- Saroy Mulk xonim, Bayon Sulduzning qizi- Ulus Og’oni, Xizr Yasuriyning qizi- Islom Og’oni hamda Tarkon Turkonlarni tanlab olib aza muddati ya’ni 3 oy o’tib ularni o’z nikohiga oladi.3
Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulkxonimni o’z nikohiga kiritgach “Ko’ragon” unvonini oladi, ushbu ibora mo’g’ulcha so’z bo’lib “kuyov” degan ma’noni ifodalaydi va Amir Temurning xonning kuyovi bo’lganini anglatar edi.
Sohibqiron Amir Temur malika Saroy Mulkxonimni o’z nikohiga olgunga qadar xaramida boshqa xotinlari ham bor edi. Lekin xon avlodiga mansub Saroy Mulkxonim barcha malikalardan ulug’rog’i hisoblanib, unga “Katta xonim” yoki “Bibixonim” degan unvon berilgan edi.
Saroy Mulk xonim o’z zamonasining yuksak ma’naviyatli, idrokli, farosatli, dono, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi husn-u latofat bobida ham benazir edi. Saroy Mulkxonim insonparvar, vatanni sevguvchi, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo’lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa ilm-marifatga alohida e’tibor ila qarar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temur harbiy yurishlarida ham Saroy Mulkxonim birga olib yurgan. O’ta ziyrak, dono, tadbirkor, oqila Saroy Mulk xonim o’z maslahatlari bilan davlat boshqaruvida ham ishtikor etgan, Amir Temur Saroy Mulkxonimga oshkoro bo’ysunmasada uning maslahatlariga ehtiyoj sezgan. Sohibqiron Eronga qarshi yurish boshlaganda, Isfaxon qamali cho’zilib qo’shinni ozuqa bilan taminlashga mablag’ yetishmay qoladi. Amir Temur Samarqandga chopar jo’natadi maktub qisqa bo’lib “Qo’shinning zaxirasi tugadi zar yuboring”, deyilgandi, bunga javoban Saroy Mulk xonim maktubning orqa tomoniga “Ulug’ amir zariringiz tugagan bo’lsa, siyosatingiz ham tugadimi?” deb yozadi va choparga tutqazadi. Amir Temur maktubni olgach Saroy Mulk xonimni kinoyali so’zlarini o’ylab-o’ylab bir qaroorga keladi: lashkargohda so’yib yeyilgan qo’y, qora mol, ot, tuya suyaklarini o’sha kuniyoq yig’dirib kata-kichik turli hajmlarga qirdirib, qizdirilgan po’latdan muhr bostirib muvaqqat pul o’rniga muomalaga kiritishga farmon beradi. Natijada qo’shni qishloq shaharlarda suyak pullarga oziq-ovqat sotib olinadi. Qamal tugagandan so’ng suyak pullar o’rniga yana tanga pullar almashtiriladi.
Amir Temur saroyida joriy qilingan tartibga ko’ra elchilarni qabul qilishda xotinlari ham ishtirok etishgan. Ispaniya qiroli Genrix III ning Samarqandga Amir Temur oldiga junatgan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning yozishicha, 1404-yil 8- sentyabr dushabanba kuni Samarqand chetidaki “Dilkusho” bog’ida katta ziyofat beradi, ziyofatga birinchi bo’lib Saroy Mulkxonim kirib keladi va Amir Temur taxtidan ozgina pastroqdan joy oladi uning ortidan birin ketin boshqa xotinlari ham o’z joylariga o’tiradi.
Amir Temur shahzodalar va sevimli nabiralari tarbiyasini ham Saroy Mulkxonimga ishonib topshirgan. Amir Temir Hindistonga yurishidan qaytib 1399-1404-yillar mobaynida Saroy Mulkxonimga atab Samarqandda “Bibixonim” masjidini qurdiradi. Amir Temur Saroy Mulkxonimdan farzand ko’rmaydi, lekin unga o’z o’g’li Shoxrux Mirzoni nabiralari Muhammad Mirzo Sulton, Xalil Mirzo Sulton, Mirzo Ulug’beklarni zukko Bibixonimga topshiradi.4
Shodmulk Xotun Samarqand shahrining quyi tabaqasiga mansub hunarmand oilasida dunyoga keladi. Amir Temurning nabirasi Xalil Sulton Mirzo (1384-1411) shahar chetidagi bog’ida otda ketayotib ko’rib sevib qoladi. Xalil Sulton Mirzo balog’atga yetgach uni aslzoda xonadon qiziga uylantirishgan undan bir o’g’li ham bo’lgan. Amir Temurning qarshiligiga qaramay Shodmulkka uylanadi, bu tengsiz nikohdan Amir Temur qattiq jaxli chiqadi.
Amir Temur vafotidan keyin taxtga 1405-yil mart oyida Samarqand taxtiga o’tiradi, davlatni adolat mezonlari bilan boshqarishga harakat qilsada Shodmulk begimning davlat ishlariga aralashishi natijasida saroy ayonlari orasida norozilik vujudha keladi. Shodmulk begim Xalil Sultonni Amir Temurning beva qolgan xotinlari hamda xos kanizaklarini harbiy amaldor va amirlarga ino’m qilish haqida maslaxat berib uni ko’ndiradi va 1406-yilda Temurning beva xotini Tuman Og’o begimni amir Shayx Nuriddinga xotinlikka beradi. Shodmulk begimning maxfiy buyrug’iga binoan Saroy Mulkxonim va Tukal xonimlarni zaxarlab o’ldirilgan. Xazina va saltanat ishlarida battar Shodmulk begimning aralashishi kuchayib, quyi tabaqa vakillari yuqori mansablarga tayinlanadi. 1409- yilda Shohrux Mirzo qo’shini Bahdezga keladi, Xalil Sulton qo’shini Sharisabzga kelganda shimolda amir Xudaydod boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi asosiy qo’shinni Shahrisabzda qoldirib, 4000 askar bilan amir Xudaydodga qarshi qo’zg’olonni bostirishga ketadi.1409-yil 30-mart kuni Xalil Sulton asir olinib Farg’onaga yuboriladi, Shodmulk begim esa Shoxruh Mirzoga topshiriladi. Shoxruh Mirzo Shodmulk begimni ko’p azoblab tahqirlaydi. Xalil Sulton Farg’onadan O’trorga keltirilib Shayx Nuriddin vositachiligida Shohruh Mirzo o’rtasida bitim tuzuladi. Bitimga ko’ra Xalil Sulton Movorounnahr taxtidan voz kechib Ray viloyati hokimi etib tayinlanadi buning evaziga Shodmulk begim qaytarib beriladi. 1411-yil 4- noyabr kuni Xalil Sulton betob bo’lib olamdan o’tadi. Reining o’limidan keyin Shodmulk begim zaxar ichib o’ladi.5
1 Зиё А. Ўзбек аёллари тарих саҳнасида. ЎзРФА – Тошкент. 2002. 3 - бет
2 Файзиев Т. Темурий маликалар. –Тошкент. 1994. 3 - бет
3 Зиё А. Ўзбек аёллари тарих саҳнасида. ЎзРФА – Тошкент. 2002. 18 - бет
4 Файзиев Т. Темурий маликалар. –Тошкент. 1994. 3-5 - бет
5 Файзиев Т. Темурий маликалар. –Тошкент. 1994. 11 - бет