Tarix 6 sinf
1. Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishida qaysi daryo muhim ahamiyat kasb etgan?
A) Nil
B) Frot
C) Dajla
D) Xuanxe
2. Nil daryosi qadimdan qaysi dengizga quyilardi?
A) Qizil dengizga
B) O’rtayer dengizga
C) Arabiston dengizga
D) Egey dengizga
3. Nil daryosi qayirlarini yunonlar nima deb nomlagan?
A) ‘delta”
B) ‘nom”
C) ‘sagaris”
D) ‘togu”
4. Ma’lumki, yunonlar Nil daryosi qayilishini delta deb atashgan. Bunday deb atalishini sababi nimada edi?
A) Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la to’kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari yozilgan alif harfiga monand bo’lgan.
B) Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la to’kis manzarasi ko’pburchakli yoki teskari yozilgan yunoncha ‘delta” harfiga monand bo’lgan.
C) Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la to’kis manzarasi kvadratsimon yani yunoncha ‘delta” harfiga monand bo’lgan.
D) Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la to’kis manzarasi uchburchaksimon yani yunoncha ‘delta” harfiga monand bo’lgan.
5. Qaysi davlat ‘Qora tuproq” nomiga ega bo`lgan?
A) Mesopatamiya davlati
B) Misr davlati
C) Kushon davlati
D) Hindiston
6. Qachondan boshlab misrliklar Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtira boshlaganlar?
A) Mil.avv. IV mingyillik boshi
B) Mil.avv. V mingyillik boshi
C) Mil.avv. III mingyillik boshi
D) Mil.avv. II mingyillik boshi
7. Qadimgi misrliklarning mashg’ulotlari nimalardan iborat edi?
A) dehqonchilik, termachilik va ovchilik
B) chorvachilik va ovchilik
C) hunarmandchilik, termachilik va ovchilik
D) dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
8. Qadimgi Misr hunarmandlari qancha kasb-korlarga ega bo’lganlar?
A) 30 dan ziyod
B) 40 dan ziyod
C) 10 dan ziyod
D) 20 dan ziyod
9. Ma’lumki, qadimgi Misrda hukmdor fir’avnlar saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Oddiy misrliklar va zodagonlarning uylari nimalardan qurilgan?
A) oddiy misrliklarning uyi taxtalardan, zodagonlar uylari esa somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g’ishtdan qurilgan.
B) oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa pishiq g’ishtdan qurilgan.
C) oddiy misrliklarning uyi somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, zodagonlar uylari esa loy suvalgan papirus poyalaridan qurilgan.
D) oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g’ishtdan qurilgan.
10. ‘Nom” - bu …
A) Misrda tarqoq manzilgohlar
B) Misrdagi ilk kichik davlatlar
C) loy suvalgan papirus poyalaridan qurilgan uy
D) qadimgi dehqonchilik manzilgohlari
11. Qadimgi Misr davlati qachon tashkil topgan?
A) Mil.avv. 3000-yilda
B) Mil.avv. 3500-yilda
C) Mil.avv. 1500-yilda
D) Mil.avv. 2000-yilda
12. Mil.avv. 3000-yil…
A) Quyi va Yuqori Misr davlatlari o’rtasida jang bo’lib o’tadi.
B) Odamlar Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi.
C) Misr fir’avni Tumos II katta yurishlar uyushtirishga muyassar bo’ldi.
D) Forslardan ulkan lashkar to’plagan shashanshoh Kir II ning o’g’li Kambiz Misrni bosib oldi.
13. Qadimgi Misrda birlashgan mamlakatning ilk hukmdori kim bo’lgan?
A) Tutmos II
B) Yahmos
C) Tutmos III
D) Menes
14. Ilk Misr podsholigining poytaxti qaysi shahar hisoblangan?
A) Memfis shahri
B) Fiva shahri
C) Giza shahri
D) Lagash
15. Fiva bu…
A) Ilk Misr podsholigining poytaxti
B) Qadimgi Misr podsholigining poytaxti
C) O’rta Misr podsholigi poytaxti
D) Yangi Misr podsholigi poytaxti
16. “Nom”larni boshqaruvchilari nima deb atalgan?
A)Firavn B)Nomarx
C)Shoh D)Monarx
17. Quyi podsholik Misrning qaysi qismida davlatni boshqargan?
A)Shimoliy B)Janubiy
C)G’arbiy D)Sharqiy
18. Olimlar Misr tarixini nechta davrga bo’lib o’rganadilar?
A)4 ta B) 5 ta
C) 3ta D) 6 ta
19. Misrliklar qaysi faslda dam olganlar
A)Qish B)Kuz
C)Yoz D)bahor
20.Misrliklar qaysi faslda dalalarga urug’ ekkanlar
A)Qish B)Kuz
C)Yoz D)bahor