Mavzu: 55-DARS. ListBox VA ComboBox OBYEKTLARI
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___
| Darsning maqsadi: | Ta’limiy: O’quvchilarga ListBox boshqarish obyekti va uning xossalari, ComboBox boshqarish obyekti va uning xossalari, SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari va eng yaxshi futbolchi ilovasini o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish |
| Kompetensiya | TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash; FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi. |
| Dars usuli | suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. |
| Dars turi | Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. |
| O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi | O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. |
| Ishlash bosqichlari vaqti | Faoliyat mazmuni |
| O’qituvchi | O’quvchilar |
| 1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa) | Darsni tashkillashtish. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: | Darsga tayyorlanadi. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. |
| 2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) | hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) | Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. |
| 3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) | O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi. | Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Vazifalarni yozib oladi. |
Asosiy tushunchalar:
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar?
2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi?
3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida
tekshiriladi?
4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi?
5. O‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlarni qayerda berish mumkin?
6. Faol o‘quvchilar so‘rovnomasi o‘tkazuvchi ilova yarating.
7. Mohir o‘qituvchilar so‘rovnomasini o‘tkazuvchi ilova yarating.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:
Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek
kiritamiz.
Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click
protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;begin
n[0]:=n[0]+1;
i:= Radiogroup1.Itemindex; if i=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;
Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi
bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni
yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi.
Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i
o‘zgaruvchiga uzatiladi.
Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant
tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga
oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va
protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini
qabul qilishga tayyor turadi:
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Yangi ilova yarating va uni 07_01 papkasiga sаqlang.
1.1. Uning oynasiga Test tizimi deb nom bering.
1.2. Radio tugmalar guruhi yaratib, uning sarlavhasini Test savollari deb o‘zgartiring. Unga 36 ta tugma qo‘yib, ularning nomlarini 1 dan 36 gacha qilib, o‘zgartirib chiqing.
1.3. Ilova oynasiga yangi radiotugmalarning yangi guruhini qo‘shing. Unga Javoblar deb nom bering. Unga to‘rtta tugma qo‘shib, ularning nomlarini A, B, C, D deb o‘zgartiring.
1.4. Ilovani ishga tushirib, unda test savollari va javoblarni tanlab ko‘ring.
1.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
2. Yangi ilova yarating va uni 07_02 papkasiga saqlab qo‘ying.
2.1. Uning oynasini Elektron xarid deb nomlang.
2.2. Ilova oynasida radiotugmalar guruhini yarating va unga to‘lov turi
deb nom bering.
2.3. Radiotugmalar ro‘yxatiga quyidagi bandlarni kiriting:
PayNet; Click; UPay; Uzcard; Naqt; Pul o‘tkazish.
2.4. Ilovani ishga tushirib, to‘lov turini o‘zgartirib ko‘ring.
2.5. Ilovani saqlang va uni yoping.
3. Yangi ilova yarating va uni 07_03 papkasidа saqlang.
3.1. Ilova oynasiga Bitiruvchilar deb nom bering.
3.2. Ilova oynasiga radiotugmalar guruhi obyektini joylang va unga
Ta’lim muassasasi deb nom bering.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Mavzuni o’qib o’rganib mavzuga doir testlar tuzib keling
O’IBDO’: _________________________