Sana: 19.10.19 sinf: 7 fan: fizika
Dars mavzusi: Tekis o’zgaruvchan harakatda tezlanish
Dars maqsadi:
a)Ta’limiy: Tezlanish va uning birligi, formulasi, belgisi haqida tushuncha
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalash
c) rivojlantiruvhi: A2 daraja
jihoz: doska, bo’r, konspekt, tarqatma
usul: baliq skleti, begonasini top
dars turi: nazariy
I tashkiliy qism: salomlashish, davomat olish, kun yangiliklarini almashish
II o’tilgan mavzuni so’rash:
III yangi mavzu bayoni
Tekis o'zgaruvchan harakatni tushuntirish uchun tomizg'ich o‘rnatilgan aravachaning qiya tekislikdagi harakatiga oid o'tkazilgan tajribani keltiramiz. Bunda tomizg'ichdan tomayotgan har bir tomchi orasidagi vaqt bir xil bo'lgan. Aravacha qo‘yib yuborilganda tomchilar orasidagi masofa bir tekis ortib borgan. Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki, aravachaning tezligi ham bir xil vaqt oralig'ida bir xil ortib borgan.
Jism tezligi bir tekis oshib borgandagina emas, balki tezligi bir tekis kamayib borganda ham tekis o‘zgaruvchan harakat bo‘ladi. Masalan, sharchani qiya tekislikda pastdan yuqoriga dumalatganda uning tezligi tekis о'zgaruvchan (sekinlanuvchan) bo'ladi. Tekis to'g'ri yo‘lda katta tezlikda ketayotgan avtomobilning motori o‘chirilsa, u tekis o'zgaruvchan (sekinlanuvchan) harakat qilib, ma’lum yo'lni bosib o'tgandan keyin to'xtaydi. Bundan buyon tekis o'zgaruvchan harakat deganda, tezligi tekis tezlanuvchan yoki tekis sekinlanuvchan harakat ko'zda tutiladi.
Tezlanish va uning birligi
Vaqt birligida jism tezligining o'zgarishi tezlanish deb ataladi.
Tekis o'zgaruvchan harakatni tavsiflash uchun tezlanish deb ataluvchi kattalik kiritilgan
Tezlanish formulasi quyidagicha ifodalanadi:
bunda v0 — jismning boshlang‘ich tezligi, v — harakat boshlanganidan t vaqt o‘tgandagi tezligi.
Tezlanish tezlik o‘zgarishining shu tezlik o‘zgarishi sodir bo‘lgan vaqt oralig'iga nisbati bilan aniqlanadi va a harfi bilan belgilanadi.
Xalqaro birliklar sistemasidagi tezlanish birligi — m/s2 shunday birlikki, bunda jismning harakat tezligi har 1 s da 1 m/s ga o'zgaradi.
Tezlanish formulasi sekinlanuvchan harakat uchun ham o‘rinlidir.
Tekis sekinlanuvchan harakat qilayotgan jismning boshlang‘ich tezligi v0 = 20 m/s, t = 10 s vaqt o‘tgandagi tezligi v = 5 m/s bo‘lsa, u holda tezlanish quyidagicha topiladi: a = (5 m/s — 20 m/s)/10 s = —1,5 m/s2.
Tekis tezlanuvchan harakatda jismning tezlanishi musbat (a 0), tekis sekinlanuvchan harakatda esa manfiy (a 0) bo‘ladi.
Tezlanish vektor kattalikdir. Uning vektor ko‘rinishdagi ifodasi
quyidagicha ifodalanadi:
Begonasini top (kinematikaga oid)
IV mavzuni mustahkamlash:
V=s/t
vetor
m/s2
m=pv
a=(v2-v1)/t
S=v*t
m/s
tezlik
V o’quvchilarni baholash: 5 mashqdan 1 masala
Tinch turgan jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, 8 s da 20 m/s tezlikka erishdi. Jism qanday tezlanish bilan harakat qilgan?
Berilgan formula yechish t=8 s a=v/t a=20/8=5/2 m/s2 v=20 m/s a=? |
Velosiped joyidan qo‘zg‘alib, avval tekis tezlanuvchan harakat qildi va 10 s da 18 km/soat tezlikka erishdi. So'ngra tormoz berib, tekis sekinlanuvchan harakat qildi va 5 s da to‘xtadi. Velosipedning tekis tezlanuvchan harakatidagi va tekis sekinlanuvchan harakatidagi tezlanishlarini toping.
Berilgan formula yechish
t=10 s a=v/t a=5/10=0,5m/s2
v=18/3,6 m/s
a=?
VI uyga vazifa mavzu savollariga javob va qolgan 3 ta masalani yechish
Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Neksiya" 25 s davomida tezligini 45 km/soatdan 90 km/soatga oshirdi. “Neksiya”ning tezlanishini toping.
Berilgan formula yechish
t=25 s a=
a=
=0,5m/s2
v1=45/3,6 m/s
v2=90/3,6 m/s
a=?
2 Joyidan qo'zgalgan jism 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakat qilib, qancha vaqtda 9 m/s tezlikka erishadi?
Berilgan formula yechish
a=0,3 m/s2 t=
t=
s
v=9 m/s
t=?
3 Samolyot qo'nish paytida g‘ildiraklari yerga tekkandagi tezligi 360 km/soat. Agar uning tezlanishi —2,0 m/s2 bo'lsa, u qancha vaqtdan keyin to'xtaydi?
Berilgan formula yechish
a= —2,0 m/s2 t=
t=
v=100 m/s
t=?