СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Устные методы обучения музыке.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

На уроках музыки процесс взаимодействия ученика и преподавателя строится на личном контакте. Направляет и контролирует музыкальную деятельность всех без исключения учеников музыкального класса. Это также поощряет взаимодействие и наблюдение между студентами. Работа учителя в классе позволяет всем учащимся приобрести основы знаний, навыков и компетенций, которые они изучают в классе.

Просмотр содержимого документа
«Устные методы обучения музыке.»



УСТНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ МУЗЫКЕ



Аннотация. На уроках музыки процесс взаимодействия ученика и преподавателя строится на личном контакте. Направляет и контролирует музыкальную деятельность всех без исключения учеников музыкального класса. Это также поощряет взаимодействие и наблюдение между студентами. Работа учителя в классе позволяет всем учащимся приобрести основы знаний, навыков и компетенций, которые они изучают в классе.

Ключевые слова. Урок музыки, инновации, метод, студенты, деятельность


Annotation. In music lessons, the process of student-teacher interaction is based on personal contact. Directs and monitors the musical activities of all students in the music class without exception. It also encourages student interaction and supervision. The teacher's work in the classroom allows all students to acquire the basics of knowledge, skills and competencies that they are learning in the classroom.

Keywords. Music lesson, innovation, method, students, activity



О’qituvchi bilan o’quvchining vazifalarini hal etishga qaratilgan bog’langan zaro faoliyati yo’llan va usullarini o’qitish metodlari deb atash qabul qilingan. Metodlar pedagogning asboblaridir. U metodlardan foydalanib bilim beradi. О’quvchilarning ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Hamda rivojlanishga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli hamma o’qitish metodlarini mukammal bilishi va ulardan mohirona foydalanish pedagog uchun kasbiy zarurat va vaqtda uning mahorat ko’rsatgichi xisoblanadi.

O’quv materialining bitta mazmunining o’zi ta’limning turli vositalari yordamida turli usullar bilan o’zlashtirilishi mumkin. Shu sababli doimo o’qituvchi oldida muvoff'aqiyatliroq va samaraliroq o’qitishga yordam beradigan yo’llarni tanlash muammosi turadi.[1.B.32]

Musiqa faoliyati turlarini o’zlashtirishning turli shakllari qidirish musiqa darsining maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Masalan, qo’shiq aytish qoidasini tushuntirishdan avval u nima maqsadda o’rgatish uchun yoki ana shu qoida yordamida ularda badiiy didni shakllantirish uchunmi, yohud o’quvchining umumiy nutq madaniyatini oshirish uchunmi, o’rganilayotganini aniq bilishi kerak.[2.B.61]

Metod o’z tuzilish jihatdan murakkab bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining ko’pgina jihatlarini o’z ichiga oladi.

Musiqa o’qitish metodlari pedagogikada, maktabda, o’qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog’liq. Masalan, musiqa o’qituvchisi individual tus bag’ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko’radi. Unda ko’pincha boshqa mukammalroq ish shakllariga o’tish qiyin bo’ladi. Yoki, aksincha, ish uslubi ilg’or tajribani o’rganish va umumlashtirish uchun asos bo’lib qoladi.

O’qitish metodlari nihoyatda xilma-xildir, ularning ko’pchiligida o’xshash hususiyatlar bor, shu sababli guruhlarga birlashtiriladi. Metodlarning kllasifikatsiyasi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o’qituvchiga o’uvchilarning o’quv metodlarini egallash shakllaridan o’xshash va tafovut qishdagi jihatlarini chuqurroq anglab olishda ham o’z o’qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Hozirgi vaqtda ta’lim nazariyasi va amaliyotida bilm olishning asosiy manbai bo’lgan o’qitishning og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlari keng tarqalgan.

Agar o’quvchilar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining og’zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki qo’shiq matnlari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki tushuntirish, hikoya, suhbat, izoh, sharx va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Bunda asosiy narsa filer bayon qilishning to’g’ri tizimidir. Bu metodlar yoki tushunchalami shakllantirish va o’zlashtirish jarayomga yoki xissiy obrazlami shakllantirish va tasavvur qilishga qaratilgan bo’ladi.[3.B.58]

Musiqa darsida o’qituvchining so’z mahoratiga alohida talab qo’yiladi. O’qituvchi o’zining asar haqidagi badiiy kirish so’zi bilan o’quvchilarni ajoyib va sehrli san’at dunyosiga kiradi, qiziqarli hikoya va suhbat bilan o’quvchilar diqqatini musiqa obrazlariga yo’naltiradi.

Musiqa o’qituvchisi so’zdan foydalanish sohasidagi shaxsiy pedagogik texnikasini takomillashtirish ustida hamisha ishlashga to’g’ri keladi. Quyidagilar ularning asosiy mezoni qatoriga kiradi.

  • So’zlarni aniq talaffuz qilish yaxshi diktsiya;

  • Nutqning sur’atini va ohangini mohirona tartibga solish, intonatsiyalarning rang - barangligi;

  • Pauzalarda mantiqiy urg’ularni o’z vaqtida qo’llash;

  • Bayon qilish uslubining emotsionalligi;

  • Imo - ishora va mimikaning egallaganligi, ularning nutq mazmuniga o’z vaqtida o’ylab va me’yor bilan kiritishi;

  • Talabalar oldida o’zini qat’iy va ayni vaqtda erkin tutishi.

Hikoya. Hikoya tinglanadigan musiqa asan yoki o’rganadigar mazmunini izchilik bilan obrazli qilib, chiroyli bayon qilishdir. Hikoya qilish jarayonida tinglovchilarning tuyg’ulari va kechinmalariga etiladi va bu bilan ularning o’rganayotgan asarga bo’lgan munosabati shakllanadi.

Hikoya - bu o’qituvchining musiqa asari haqidagi jonli, obrazli va yorqir hikoyaviy bayonidan iboratdir. Hikoya qisqa, obrazli va qiziqarli bo’lib, undagi bayon mazmuni asosiy maqsad - o’quvchilarni asar obrazni badiiy tasavvur etishga va u vosita bilan musiqa asarini badiiy idrok etishdan iboratdir.[4.B.104]

Hikoya metodi og’zaki bayon qilishda musiqa asarining mazmunini o’quvchilarga savol berib uzmasdan bayon qilishni nazarda tutadi. Faqatgina qiziqarli va obrazli qisqa hikoya qalbida o’rganiladigan asarga nisbatan qiziqish va muhabbat uyg’ota oladi.

Pedagogning yorqin, jonli hikoyasi, u keltirgan misollar va faktlar o’quvchilami o’z - o’zini tarbiyalashga undaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tafakkurning obrazliligi xos bo’lganligi uchun ular bilan ishlashda hikoya metodini qo’llash, ayniqsa, maqsadga muvofiqdir.

Biz hozirgi darsdagi o’qitish metodi sifatida o’qituvchining hikoyasi haqida gap yuritdik. Ammo hikoyadan o’quvchilarning bilimlarini tekshirish vositasi sifatidan ham foydalaniladi. U holda gap o’quvchilardan yakka holda so’rash vaqtidagi hikoyalari to’g’risida boradi. O’qituvchi o’quvchilardan dokladchilarni oldindan tayyorlanganda, o’quvchilarning hikoyalari dars davomida qo’llaniladi. O’quvchilar bunda eng muhim hikoya qilish vaqtida muayyan rejadan foydalanish mazmun elementini mantiqan birma-bir ochib berish; hikoyaning ma’lum bosqichini tugallar ekan, yakunlovchi jumlalarni tushuntirishning yangi bosqichi bilan bog’lay olsin.

Tegishdi nuqta madaniyatini ta’minlash o’quvchilarga ortiqcha so’zlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutilishdan mohirona maslahatlar ko’magida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza, so’zlarning, o’ylab topilgan yangi fikrlarning originalligi uchun rag’batlantirishlar muhim ahamiyatga ega. Nutq o’stirish o’quvchilarning shaxsini intellektual rivojlantirishda o’ta muhim ahamiyatga molik vazifa bo’lib, u faqat musiqa o’qituvchilarini emas, balki barcha o’quv fani o’qituvchilarning ham vazifasi ekanligini unutmaslik kerak. [5.B.51]

Suhbat. Suhbat o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatning jonli, faol savol - javob shakli. O’qituvchi savol berish bilan juda ham rang - barang o’quv vazifalarini hal etish o’quvchilar bilimini aniqlash, ularni umumlashtirish va tizimlashtirish, yangi bilmlarni o’zlashtirish vaqtida o’quvchi tafakkurini boshqarish, о’z tarbiyalanuvchilarining bilish kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo’ladi. Bunda o’quv materiali bolalarning musiqa haqida balni doirasi va amaliy tajribalari bilan bog’lanib o’zlashtiriladi. Suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning fikriy faoliyatini kuchaytiradi, musiqa haqidagi bilim doirasini yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.

Tushuntirish. Bu ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darslarida qo’llaniladi. U musiqa savodi, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi kabilarni qo’llaniladi tushuntirish o’rganilayotgan qo’shiq, musiqa savodi va undagi qoidalar va musiqa bilan harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgandir. Musiqiy tarbiyada u doimo tushuntirilganlarni nima uchun aynan o’qituvchi talab qilgan usulda bajarilishi zarurligi sabablari va shartligini ochib berish bilan bog’langan. Masalan, o’qituvchi musiqa savodidan biror bir mavzuni yoritayotganda. Uning ham ilmiy asosda, ham hayotiy misollar orqali sodda yo’llar bilan o’quvchilarga tushuntirib berish kerak. O’qituvchi tomonidan tushuncha berilayotgan vaqtda nutqqa “chunki” so’zni kiritish tushuntirish metodi uchun harakterlidir.

Tavsif. Tavsif musiqa bilan bajaraladigan harakatlarning belgisi, sifatlari yoki ularning izchiligi haqidagi qo’llanmani o’z ichiga oladi, lekin musiqiy harakatning aynan shunday harakterni shart qilib qo’yuvchi sabablari ko’rsatilmaydi. Tushuntirishga nisbatan tavsif go’yo uning soddalashgan shakli hisoblanadi.[6.B.154]

Musiqa tajribasida harakat amallari yoki ularning elementlari o’quvchilarga etarlicha yaxshi ma’lum bo’lgan yoki yangi harakatlarning bajarilish yo’llari juda soddaligi tufayli batafsil taxlil qilinmasa ham bo’ladigan hollarda tavsifdan foydalaniladi.

Sharxlash. Bu o’quchilarning musiqiy idrokini rivojlanirishda darsning musiqa tinglash qismida asosan musiqa o’qituvchisining badiiy nutqi orqali amalga oshiriladi. O’qituvchi musiqa darsiga tayyorgarligi jarayonida tanlangan musiqa asariga va uning mazmuniga mos adabiy matn tayyorlaydi. Musiqa va ifodali o’qilgan matn bir vaqtning o’zida magnit lentasiga yoki diskka yozib olinadi. Bunda o’qituvchining vazifasi yangrayotgan musiqa asarini va uning mazmuni hamda harakterini, unda aks etayotgan voqeylikni bevosita va bilvosita sharqlab beradi. Sharhlash musiqa o’qituvchisidan katta ko’tarinki ruhda tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Agar musiqa o’qituvchisida badiiy o’qish qobiliyati bo’lmasa, unda adabiyot o’qituvchisi yoki boshqa talantli o’qituvchi nutqidan foydalanishi mumkin. Musiqa asarini sharhlash orqali o’quvchilarga bunday taqdim etish ularda asarga nisbatan yaxshi taasurot qoldirishga yordam beradi.

Darsda og’zaki metodlardan foydalanishda o’quvchilar o’z fikrlarini erkin ayta olishlishlari, ashulalar, she’rlar, badiiy asarlardan parchalar ijro etish uchun keng imkoniyatlar ochib berish kerak.

Shunday qilib, maktablarda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari og’zaki uslubning asosiy turlarini ta’riflab berdik. O’qituvchining vazifasi bu to’plangan metodlarni faqat egallabgina qolmasdan konkret vaziyatdan ularning har biridan oqilona foydalanish, o’sha vaziyat uchun aynan mos variantlarni o’ylab topish, ularni boshqa metodlar bilan mohirona qo’sha oishdan iboratdir.

Og’zaki metodlar endilikda ko’rgazmali va boshqa metodlar bilan ko’proq qo’shib olib borilayapti. Bu hikoya, suhbatlar va leksiyalarning samaradorligini oshiradi. Ovozni yozib oluvchi va ovozni qayta eshittiruvchi apparaturalarni og’zaki metodlarning ta’lim - tarbiyaviy ahamiyatini oshiradigan alohida qimmatli vositalar qatoriga kiritish kerak.[7.B.42]

Og’zaki metodlarni qo’llash o’quvchilar nutqini rivojlanishiga chuqur ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli maktablardagi o’qitish amaliyotida o’qituvchilarning o’quvchilar bilan, shuningdek, o’quvchilarning bir- biri bilan og’zaki muomalada bo’lishlarining salmog’ini oshiradi. O’qitishning og’zaki metodlari to’g’risida gapirar ekanmiz, o’quvchilarning o’quv materiali ustida uy ishlarini bajarish vaqtida ularning rolini oshirish zarurligini ko’rsatib o’tishimiz kerak. O’quvchilar odatda, uy vazifalarini indamay bajaradilar. Vaholanki, uy vazifalarini bajarish vaqtida sharhlashdan foydalanib, darslik matnini yodlanayotganda qo’shiqlarni ovoz chiqarib kuylash o’quvchilar nutqini rivojlantirishga ko’maklashadi. Uyga berilgan o’quv materialini o’zlashtirishda o’zini - o’zi nazorat qilish uchun ovoz chiqarib qayta hikoya qilishdan ayniqsa foydalanish mumkin. Bu o’rinda albatta darslik, matnining so’ma - so’z yodlab olish xavfi ham bor va buning oldini olish kerak, lekin shu narsa mutlaqo ravshanki, uyga berilgan vazifada o’quvchilar nutqini o’stirish maqsadlari uchun oqilona foydalanish mumkin.

Darslarda og’zaki metodlardan foydalanishda o’quvchila o’z fikrlarini erkin ayta olishlari, she’rlar, qo’shiqlar, badiiy asarlardan parchalar ijro etish uchun keng imkoniyatlar ochib berish kerak.

O’qitishning og’zaki metodlari tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zamr. O’quvchilarda musiqiy faoliyatlar mazmunini asoslash, taqqoslash, bir - biriga qarama - qarshi mahoratini oshirish uchun metodlaming rolini ko’rsatish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan hirga quramiz.T. “O’zbekiston” 2017 yil.

  2. Abralova M., Galieva D., Qo’shaev A. Musiqa. 3-sinf. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. T., 2008 yil.

  3. Boymirzayev X. va boshqalar. “Musiqa o’rganish metodikasi”. T. 1995 yil

  4. Babanskiy Yu. “Hozirgi zamon umum ta’lim maktabida o’qitish metodlari”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1990 yil.

  5. Karimova D. “Musiqiy pedagogik mahorat asoslari”. Toshkent 2008yil.

  6. “Maktabda musiqaviy tarbiya” (musiqa o’qituvchilari uchun metodik tavsiyalar). Toshkent. 1991 yil.

  7. Soliev N, Umarov A “Musiqa savodi alifbosi o’qitish” bo’yicha o’quv- uslubiy qoTlanma. T. 2003 yil.

3



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!