СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ways to organize a choir and the use of patriotic songs

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. The choir should be aimed at broadening the general musical outlook of the participants, creative work as a team, a sense of responsibility of the majority and the formation of their moral-aesthetic, national-ideological upbringing. Choral art not only educates the public in a collective spirit, but also introduces students to the masterpieces of folk songs and foreign classical vocal - choral works, enriches their spiritual world.

Просмотр содержимого документа
«Ways to organize a choir and the use of patriotic songs»

Xor to`garagini tashkil etish yo`llari va unda vatanparvarlik qo`shiqlaridan foydalanish

Xor to`garagi qatnashchilarning umumiy musiqaviy dunyoqarashlarini kengaytirishga , jamoa bo`lib ijodiy mehnat qilishga , ko`pchilik mas’uliyatini his qilishga va ularda ahloqiy – estetik , milliy – g`oyaviy tarbiyani tarkib toptirishga qaratilgan bo`lishi kerak . Xor san’ati ommani jamoaviy ruhda tarbiyalash bilan birga , o`quvchilarni xalq qo`shiqlari ijodiyoti durdonalari va chet el klassik vokal – xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi , ularning ma’naviy dunyosini boyitadi .

Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o`zaro uyg`unlashib, yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq qo`shiqchiligi ijodiyoti bilan bog`liq bo`lib , milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o`ynab kelgan .

Ko`pchilik bo`lib qo`shiq aytish deyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati , an’anaviy marosimlari , qolaversa , butun turmush hayoti bilan doimo bog`liq bo`lib kelgan .

Ma’lumki, an’anaviy marosim qo`shiqlari , u yoki bu ma’rosim munosabati bilan xalq tomonidan to`qilgan , xor bo`lib ijro etilgan .

O`rta osiyoda , jumladan o`zbek xalqi o`z professional xor san’atiga ega bo`lmasada , qadim zamonlardan beri jamoa bo`lib qo`shiq aytish an’analariga ega bo`lgan . Xalq ijrochilik san’atida aralash erkaklar va ayollar xorlari bo`lmasada , aloxida erkaklar , ayollar va bolalar tomonidan qo`shiq aytish an’analari bo`lgan . Masalan : turli mavsumiy sayrlarda , diniy marosimlarda ,

ramazon oyida bolalarning qo`shiq aytishi yoki kattalar zikr tutishi , marsiya qo`shiqlarini aytish ham jamoa ijrosining bir turidir .

Shuningdek, bolalar tomonidan « Boychechak »,  « Laylak keldi », « Oftob chiqdi » kabi dunyoviy mazmundagi xalq qo`shiqlari aytilganda ham jamoa ijro shaklini ko`rish mumkin .O`zbekistonda musiqa va xor badiiy havaskorligi asosan yigirmanchi yillardan boshlab rivojlana bordi . Xususan shu yillarda o`quvchi va yoshlar o`rtasida va o`quv yurtlarida musiqa havaskorligi keng tarqaldi .

Hozirga kelib xor ijrochiligi xususan , bolalar xor qo`shiqchiligi keng tarqalgan . Bu san’at turi bolalar xor jamoalarining chiqishlarida , ya’ni yurtimizda o`tkazilayotgan katta bayram tantanalaridagi chiqishlarida , har – xil bolalar va o`smirlar bayram va festivallaridagi jamoalarning chiqishlarida , har – xil tanlovlardagi chiqishlarida namoyon bo`ladi .

Bolalar xori boshlang`ich va o`rta sinf o`quvchilaridan tashkil qilinadi . Uning tarkibida asosan diskant va alt ovozlari mavjud . Har qanday xor ma’lum ovoz guruhlaridan tashkil topgan bo`ladi . Bu guruhlar esa partiyalar deyiladi .

Xor partiyalari xonandalar ovozining ohangdorlik (tembr) harakteriga va diapazoniga qarab tuziladi . Bolalar xori ikki ovoz partiyasidan tashkil topadi :

Diskant – bolalarning yuqqori ovozi ;

Alt – bolalarning pastki ovozi hisoblanadi .

Bolalar xori quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi :

Bir ovozli bolalar xorida diskant va alt unisonda kuylaydilar .

Ikki ovozli bolalar xori diskant va alt ovoz partiyalaridan iborat .

Uch ovozli bolalar xorida ovoz partiyalaridan birining ikki ovozga bo`linishi, ya’ni : diskant 1 – 2 va alt yoki, diskant va alt 1 – 2 bo`ladi .

To`rt ovozli bolalar xori esa har ikkala partiyaning ikkitadan ovozga bo`linishidan iborat : diskant 1 – 2 va alt 1 – 2 .

Bolalar xorining umumiy va ishchi diapazoni sol kichik oktavadan sol ikkinchi oktavagacha . Ovoz diapazonining ko`proq ishlatiladigan qismiga ishchi diapazon deyiladi . Ishchi diapazon esa umumiysidan qisqaroq bo`ladi . Bolalar va o`smirlar ovozining ishchi diapazoni esa do birinchi oktavadan re ikkinchi oktavagachadir .

Yengil tovush hosil bo`lmaguncha barcha mashqlar sekin tempda kuylanadi. Mashqlarni kuylashda unli tovushlarning yorqinligiga ,undosh tovushlarning aniqligiga va jarangdorligiga erishish zarur .

Nutq apparati : til , lab , tomoq , ovoz rezonatori va boshqa vositalar adabiy til fonetikasi talablariga to`liq javob bermog`i darkor . Kuylashni to`g`ri tashkil etishda nafas ustida ishlash muhim ahamiyatga ega . Nafas olishda gavdani to`g`ri ,elkani esa zo`riqtirmasdan tekis tutib , nafasni esa hotirjam va tejamli ishlatishga o`rgatish lozim . Nafas olishning ikki turi mavjud:

Aralash pastki qovurg`a – diafragma usulida nafas olish .

Zanjir yoki ulama nafas olish .

Pastki qovurg`a –diafragma usulida nafas olish .

Bu usul xonandalarga oldin tushuntirilib , keyin ko`rsatib berilishi kerak .

Bunday nafas olishda pastki qovurg`alar kengayadi . Nafas olishda kiftlar va ko`krak qafasi ko`tarilmasligi kerak . Ashulachilarda nafas pastga –diafragmaga olinib , qorinning pastki qismi harakatda bo`ladi .

Nafas og`iz va burundan bir vaqtda olinadi . Nafas olishni o`rganish individual mashg`ulot jarayonida yaxshi natija beradi . Qo`llarni biqinga qo`ygan holda nafas olish kerak . Nafas olishni kuzatish uchun qo`llarni qovurg`alar bo`ylab pastga , yon tomonga yurita berish va bunda qorin bo`shlig`ining oldinroqqa chiqishini, qovurg`alarning yon tomonga kengayishini tuzatish mumkin. Nafasni rahbarning qo`l ishorasi bilan olib , bir tekis , shoshilmasdan chiqarishni ham o`rganish kerak .

Nafas asarning tempiga , jumlalarning katta – kichikligiga qarab bir maromda tez , yengil , tekis , chuqur olinadi . Demak , nafas olishda gavda , bo`yinning to`g`ri erkin holatda bo`lishiga , kiftlarning ko`tarilmasligiga va nafasning diafragmaga olinishiga erishish zarur .

Nafas tejam bilan sarflanishi kerak . Qo`shiq aytganda haddan tashqari ko`p nafas olish mumkin emas .

Zanjir yoki ulama nafas olish usulu .

Zanjir usuli ayrim polifonik xor asarlarida yoki cho`zib turiladigan tonika va dominanta organ punktlarida uzoq muddatgacha nafas olish mumkin bo`lmagan paytlarda qo`llaniladi .

Ma’lumki, asarning boshidan oxirigacha bir nafas bilan qo`shiq aytib bo`lmaydi . Ko`p ovozli katta asarlar ijro etishda , kuy cho`zilib qolmasligi uchun xonandalar birdaniga bir vaqtda emas ,balki navbatma – navbat nafas oladilar . Ya’ni , bir xonanda nafas olganda , yonidagi ikkinchi xonanda ijroni cho`zishni davom ettiradi . Bu xonanda nafasni rostlagach , u boshqalardan ajralmagan holda ijro partiyasiga qo`shiladi . Natijada kuy uzluksiz taralaveradi . Bu usul zanjir yoki ulama nafas olish deyiladi .

Yuqori sinf o`quvchilariga ovoz apparatining tuzilishi , ish faoliyati , ovozni parvarish qilish usullari tushuntirilmog`i zarur .

Yuqori sinf o`quvchilarida ovoz etarlicha sayqal topmagan bo`ladi . Shuning uchun ovozni zo`riqtirmasdan ,oqilona ishlatish , kuylash tartibiga qat’iy rioya qilish kerak . Bu tartib quyidagicha :

Mashg`ulot haftada ikki marotaba o`tkazilib boriladi va yigirma – o`ttiz daqiqadan ovozga dam berib turiladi . Mashg`ulotlar belgilangan vaqtda boshlanmog`i va o`quvchilarni mashg`ulot boshlanmasdan besh – o`n daqiqa avval o`z o`rinlarida bo`lishiga odatlantirmoq lozim .

Qatnashchilarni qo`shiq aytishga tayyorlash .

To`garak qatnashchilarini qo`shiq aytishga tayyorlash jarayonida qilinadigan ishlar ham ovoz sozlash tarbiyasi turkumiga kiradi . Ma’lumki , har bir mashg`ulot xonandalarning ovozlarini qo`shiq aytishga tayyorlash va ohang eshitish qobiliyatlarini ko`zda tutuvchi mashqlarni bajarishdan boshlanadi .

Bu mashqlar 10–15 daqiqa va undan ko`p davom etadi . Ovozni qo`shiq aytishga tayyorlash mashqlari ma’lum tartibda o`tkazilib , ovozni to`g`ri hosil qilishga , to`g`ri nafas olishga , yaxshi ansambl va jarangdorlikka erishiladi . Natijada xonandalarning ovoz imkoniyatlari mustahkamlanadi .

Xonandalarni qo`shiq aytishga tayyorlashning turli uslublari mavjud :

- mashqlarni butun guruh yoki alohida ovoz turlari bo`yicha kichik guruhlar bilan ishlash ;

- ma’lum unli tovushlar , bo`g`inlar va so`zlar yordamida ish olib borish ;

-turli tovush yo`nalishlarida ( legato , nonlegato ,stakkato , markato ) uslubida ish olib borish ;

-turli dinamik ( tovush kuchi ) sur’at usullarida ish olib borish ;

-ayrim xalq qo`shiqlari bo`laklaridan foydalanib ishlash ;

-diapazonning ma’lum qismida ( ma’lum registrda ) kengaytirib ish olib borish .

Ovozni kuylashga tayyorlash mashqlari oddiydan murakkabgacha bo`lgan tartibda olib boriladi .




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!