Mavzu: X harfining kichik va bosh yozma shakllari bilan tanishtirish. Tekshiruv diktantini o`tkazish
Amaliy mashg’ulot rеjasi:
-
Bosh yozma X va kichik yozma X harflarining yozishni mashq qilish.
-
Tekshiruv diktantini o`tkazish
-
Talabalarga diktant o’tkazish tartibini tushuntirish.
Mashg’ulot mazmuni:
O’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va matеriallarining sifati katta rol o’ynaydi.
Talabalarda X harfini yozish qoidalari bilan tanishtirish elеmеntlarga ajratib avval kichik yozma x harfini grafik jihatdan to`g`ri yozish malakalarini shakllantirish.
Talabalarda X harfini yozish qoidalari bilan tanishtirish elеmеntlarga ajratib avval kichik yozma x harfini grafik jihatdan to`g`ri yozish malakalarini shakllantirish.
Kichik x harfi ikki elementdan iborat. (1-2rasmlarga qarang)
1-rasm.
Birinchi element
2-rasm.
Ikkinchi element
3-rasm.
x harfining to’liq shakli
Bosh yozma X harfi ikki elementdan iborat. (4-5 rasmga qarang)
4-rasm
Birinchi element
5-rasm
Ikkinchi element
6-rasm
X harfining to’liq shakli
Diktant
Yangi hovli
Oila-xonadon boshpana bilan tirik. Boshpanalik bo`lish esa hamma zamonlarda ham oson bo`lmagan. O`zbek xonadonlari azaldan serfarzand, katta ro`zg`or bo`lib kelishgan. Bo`y yetgan qizlar uzatilgan. Voyaga yetgan o`spirinlar uylantirilgan. O`g`il bolaning yo`li boshqa.
O`g`il tug`ilishi oilaning baxti, shonshavkati sanalgan. Zuryod davomchisi, vatan egasi, himoyachisi, oila qo`rg`onining darg`asi. O`g`il tug`ilishi bilan tadbirkor otalar, bobolarning maslahati bilan tomorqa hovliga 100-200 ta terak ekishgan. Bu teraklar to bola ulg`ayib uylanadigan bo`lguncha yangi imoratga xomashyo sifatida voyaga yetgan. Yangi uyga ko`chib kirishda bir qator urf-odatlar, hatto irimlarga o`zbek xalqi hamon amal qilib keladi. ( 90 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
DIKTANTNI BAHOLASH MEZONI
Diktant yozish uchun ajratilgan vaqt: 60 daqiqa.
Diktantni yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ehtiyotkorlik bilan xato ustidan chiziq chizib, uning tepasiga to‘g‘ri variantni yozish mumkin. Diktantni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo‘li bilan ko‘rsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni ko‘rsatish uchun imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=), tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-), uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi. Daftar hoshiyasidagi / (shtrix) imlo, V (ve) tinish belgisidagi, W (dubl ve) uslubiy xatolarni bildiradi. Z (zet) abzasni, ba’zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan satrlarni bildiradi.
Quyidagilar qo‘pol (jiddiy) xato sifatida qabul qilinadi:
- juft so‘zlarni yozishda, satrdan satrga ko‘chirishda defis qo‘ymaslik, shuningdek, defis o‘rnida tire ishlatish va aksincha;
- muayyan gapga xos tinish belgilarini qo‘llamaslik yoki noo‘rin ishlatish (masalan, gap oxirida qo‘yilishi shart bo‘lgan nuqta, so‘roq, undov, ko‘p nuqta, nuqtali vergul kabilarni tushirib qoldirish);
- so‘z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo‘llash, masalan, yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri ishlatish: bevosita – bavosita; beobro‘ – baobro‘; sinfdosh – hamsinf; hamqishloq – qishloqdosh.
Quyidagilar qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xato sifatida qabul qilinadi:
- bir tinish belgisi o‘rnida ikkinchisini almashtirib qo‘llash yoki qo‘sh tinish belgilardan birortasini tushirib qoldirish (masalan, qavslar yoki qo‘shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi);
- ba’zi joy nomlari, shaxs otlari yoki personajlar ismini nuqsonli yozish (Ham-robibi - Hamrobuvi, Shchedrin - Shedrin);
- tinish belgilarining birgalikda ishlatilishidagi tartibning buzilishi yoki bittasining tushib qolishi: ?! shaklda emas, !? shaklda qo‘llash; !... shaklda emas, ??? shaklda qo‘llash kabi;
- sostavli atoqli atamalarni yozishda bosh harflarni nuqsonli ishlatish: Xalqlar do‘stligi saroyi – Xalqlar Do‘stligi Saroyi; Yangi Urganch – уаngi Urganch kabi;
- yarim qavsdan so‘ng nuqta ishlatish yoki undan keyingi so‘zni (turdosh otni) bosh harf bilan yozish;
- ba’zi so‘zlarni ikki xil ishlatish: oliy qimmat - olihimmat; hamma vaqt - hammavaqt; obi havo - ob-havo.
Muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubiy qoida bilan bog‘liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi. Masalan, besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xatohisoblanadi;
Agar diktantda qaratqich belgisini 3 o‘rinda noto‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.
Takroriy va tasodifiy xatolar uchun ball ayirilmaydi:
- Masalan tushunmoq, qutulmoq, turg‘unlik, sukunat kabi so‘zlar barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilib, bir o‘rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi agar qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato hisoblanadi;
- 1441 o‘rnida 1941 yozib qo‘yilsa, tasodifiy xato hisoblanadi. Takroriy va tasodifiy xatolar diktantda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Har bir diktant ikki martadan tekshiriladi. “5” bahoga da’vogar diktant uch marta tekshiriladi. Baholash oxirgi tekshiruvdan so‘ng amalga oshiriladi.
Baho | Xatolar soni: orfografik/punktuatsion |
“5” | 0/0 | 0/1 |
“4” | 0/2 1/0 2/0 3/0 | 0/3 1/1 2/1 3/1 | 0/4 1/2 2/2 3/2 | 3/3 |
“3” | 0/5 1/3 2/3 3/4 4/0 5/0 6/0 | 0/6 1/4 2/4 3/5 4/1 5/1 6/1 | 0/7 1/5 2/5 4/2 5/2 6/2 | 0/8 1/6 2/6 4/4 5/3 6/3 | 4/5 5/4 6/4 | 5/5 6/5 | 5/6 6/6 |
“2” | 7/0 8/0 | 7/1 8/1 | 7/2 8/2 | 7/3 8/3 | 7/4 8/4 | 7/5 8/5 | 7/6 8/6 | 7/7 8/7 | 8/8 |
Eslatma: Xatolar nisbati 8 ta imlo, 8 ta ishorat xatolardan oshsa, savodxonlik uchun ball qo‘yilmaydi.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati
1. X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, G.Mamatova, H.Boqiyeva, N.Sobirova. Husnixat va uni o`qitish metodikasi. Toshkent, 2008.
2. Azimov Y.Y., Qo`ldoshev R.A. Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari (Metodik qo`llanma). –Toshkent: Turon Zamin Ziyo nashriyoti, 2017. -132 bet.
-
Boshlang`ich sinf ona tili dasturi. T., 2016.
-
Abdullayeva Q. va boshq. Alifbe, T., 2016.
-
Abdullayev Q. va boshq. Savod o`rgatish, T., 1996.
-
Abdullayev Y. Hamrohim. T., 1997.
-
Abdullayev Y. Sovg`a. T., 1998.
-
Abdullayev Y., Yo`ldosheva Sh. Yangi alifbo va imlo. T., 2000.
-
Husnixat daftari. 1-sinf uchun. T., 2016.
-
Husnixat daftari. 2-sinf uchun. T., 2016.
-
Husnixat daftari. 3-sinf uchun. T., 2016.
-
Husnixat daftari. 4-sinf uchun. T., 2016.