СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Xat , xabar mazmunidagi matnlar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Xat , xabar mazmunidagi matnlar

Просмотр содержимого документа
«Xat , xabar mazmunidagi matnlar»


Dаrsning tеxnоlоgik xаritаsi

Mavzu

Xat , xabar mazmunidagi matnlar

Darsning maqsad-lari

Talimiy maqsad: Xat , xabar mazmunidagi matnlar haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: Buyuk ajdodlarimiz meroslaridan g’ururlanish, adolat va haqiqatga moyillik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik, tinchliksevarlik hislatlarini kuchaytirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Egallagan bilimlarni amaliy qo’llay olish ko’nikmalarini hosil qilish.

Organi-ladigan BKMlar

Bilim; yangi olingan bilimlarni eslab qolish, tizimga solish va umumlashtirish. Ko’nikma; o’zlashtirilgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash. Malaka; olingan va o’zlashtirilgan bilimlarni kengaytirish, amaliyotda qo’llay olish.

Dars turi

Yangi mavzu

Dars usuli

Yelpig’ich, Kim chaqqon, Tasvir va sharh, Tabaqali yondoshuv.

O’quv jarayoni-ning amal-ga oshirish texno-yasi

Shakl: guruh bilan hamkorlikda va yakka tartibda ishlash.

Vositalar: kompyuter,rasmlar,slayd,maketlar,tarqatmalar

Nazorat: savol-javob,mashq va topshiriqlar orqali

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Shakllan-tiriladigan

kompiten-siyalar

Kommunikativ kompetensiyalar:Muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish, muomala madaniyatiga rioya qilgan holda o’z qarashlarini himoya qila olish kompitensiyasi

Axborot bilan ishlash kompitensiyalari: Ommaviy axborot vositalaridan, internetdan to’g’ri ma’lumotlarni izlay olish kompitensiyalari. Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyalari: Muloqotda muomala madaniyatiga rioya qilish.

Kutiladi-

gan natijalar

O’qituvchi: Mavzuning ilg’or interfaol usullar orqali barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi, o’quvchilarning faolligini oshiradi, o’quvchilarni baholaydi. Bugungi zamonga mos tarzda ta’lim berib, o’quvchilarini barkamol inson qilib tarbiyalashga erishadi .O’quvchi: Mavzu yuzasidan yetarli ma’lumotga ega bo’ladi, tahlil qila olish ko’nikmasi rivojlanadi. Turli vaziyat va muammolarga tezkor yechim va javob topishga o’rganadi.

Kelgusi natijalar

Oqituvchi: Interfaol usullarni darsga tadbiq etadi, o’z pedagogik mahoratini oshirib boradi.Oquvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi, mavzu bo’yicha qo’shimcha materiallarni izlaydi, o’z fikrini asoslashga o’rganadi.



Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish.Navbatchining hisobotini tinglash. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini; o’quv qurollarini mavjudligini tekshirish, dars usullari bilan tanishtirish, guruhlarga bo’lish.

2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash; guruhlarda tarqatmalar bilan ishlash, uy vazifasini taqdimot usulida so’rash va baholash.

3.Yangi mavzuni yoritish: Slayd orqali o’qituvchi tomonidan ma’lumotlar berish.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash : Guruhlarda isshlash;,,Tabaqali yondoshuv’’ va ,,Yelpig’ich’’ usulida

5. Yo’l qo’yilgan kamchiliklar ustida ishlash:

,,Baxs-munozara’’ usulida

6.Darsga yakun yasash va baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham bunga jalb qilinadi.

7.Uyga vazifa berish.

4 daqiqa




8 daqiqa



10 daqiqa

10 daqiqa


6 daqiqa


5 daqiqa


2 daqiqa



Mаvzu: Xat va xabar mazmunidagi matnlar

I.Tashkiliy qism: O’quvchilar guruhlarga bo’linadilar. Bunda o’quvchilarni bilimlariga qarab teng qilib bo’linsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Uy vаzifаsining tаhlili.

3.Yangi mavzuni yoritish: O’qituvchi mavzuni yoritishdan avval o’quvchilarni diqqatini darslikdagi 1-topshiriqqa qaratadi. 1-topshiriqda xat mazmunidagi matn berilganligini o’quvchilar topganlaridan so’ng , xatni og’zaki tarzda davom ettirish vazifasi beriladi. Har bir guruhdan bir o’quvchi xatni o’qib davom ettiradi. 1- topshiriqni bajartirish orqali o`quvchilаrdа xat yozish ko’nikmasi shakllana boshlaydi.





Do’stimga maktub

Qolgan o’quvchilar xat, xabar mazmunidagi matnni yanada kengaytiradilar. Guruhlarga bo’linib do’stlariga, ustozlariga yoki ota-onalariga maktub yozadilar.

Ustozimga maktub

Onamga maktub







Maktublar guruh ishtirokchilari tomonidan o’qib eshittiriladi va bir-birlariga xat, xabar mazmunidagi matnni yana qanday yozish mumkinligi haqida qo’shimcha qiladilar.O’quvchilarning baxs-munozaralari o’qituvchi tomonidan xulosalanadi.

O’qituvchi: Xat, xabar mazmunidagi matnlarni yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berib o’tadi.

1.Avvalo imlo va uslubiy qoidalarga rioya qilgan holda yozish kerak. Chunki, har bir yo’l qo’yilgan imlo yoki uslubiy xato gapning ma'no-mazmunini noto’g’ri yoritib berishi mumkin.

2. Xat yozganda, xatni ravon, ozoda, o'qimishli yozish kerak va haddan tashqari ko'p undov va so'roq gaplarni ishlatish ham xatning mazmuniga shikast yetkazishi mumkin .
3.Fikrni jamlab, o’qiyotgan o’quvchiga ma’lumotni yoshiga va salohiyatiga mos ravishda tushunarli qilib yozish kerak.

4.Xat yozishda avvalambor sokinlik , shirinso'zlik bilan yondashish kerak. Xatingizni o'qiyotgan odam yana va yana qayta o'qish ilinjida bo'lish ehtimoli darajasidagi odob bilan yozish maqsadga muvofiq bo'ladi.

5.Yana shunday xatlar borki, masalan: tabrik, taklif, nasixat.Albatta bunday shakldagi xatlarni yozishda xam savodxonlikka katta e’tibor qaratish kerak. Chunki, yo’l qo’yilgan arzimas xato ham xat yozuvchini jamoa oldida uyaltirib qo’yishi mumkin..

Slayd orqali o’qituvchi tomonidan ,, Xat, xabar mazmunidagi matnlar ’’ haqida ma’lumotlar beriladi.

Xatlar mazmuniga ko’ra turli hil mavzuga ega bo’lishi mumkin. Masalan: To’yxat (taklifnoma), telegram(xabarnoma), chaqiruv qog’ozlari, nasihatnoma, qorxat, noma, maktub, qora xat shakllarida yozilishi mumkin.




4.Yangi mavzuni mustahkamlash : Guruhlarda ishlanadi; ,,Tabaqali yondoshuv’’ va ,,Yelpig’ich’’ usulida guruhlarga topshiriq beriladi. Guruh ishtirokchilari bir-birlarini javoblarini to’ldiradilar.

Dаrslik bilаn ishlаsh: Dаrslikdаgi 749-mashqqa ko’ra o’quvchilar berilgan so’zlarni almashtirib ko’radilar va qanday o’zgarish sodir bo’lganini izohlaydilar. 750- mаshqda berilgan matnga sarlavha topadilar.Matn mavzusini yoritib bera oladigan sarlavhalar sinf tahtasiga yozib qo’yiladi. Bu mashqda past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga tabaqali yondoshgan holda osonlashtirilgan savollar beriladi.

Namunaviy sarlavhalar:

Katta ne’mat

Onamning ertaklari

Ijod sarchashmasi




Jonli xalq shevasi


Ilk bor havas




751-mashqqa ko’ra ,,Otamga maktublar’’ asaridan olingan parcha o’qittiriladi. O’quvchilarga: ,,Siz ham ota-onangizga maktub yozganmisiz?’’degan savol beriladi. Og’zaki javoblar tahlil qilingach o`quvchilаrga mustаqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida guruhlarga 3 hil vazifa beriladi.






1-guruhgа: Asar qahramonlariga xat mazmunidagi matn tuzish vazifasi topshiriladi.

2-guruhgа: Tabriknoma, taklifnoma, bildirgi, xabarnoma mazmunidagi matn tuzish vazifasi beriladi

3-guruhgа:Xabar mazmunida matn tuzish vazifasi beriladi.

O’quvhilarning javoblari yuzasidan baxs-munozara uyushtiriladi.

V. Yo’l qo’yilgan kamchiliklar ustida ishlash: ,,Baxs-munozara’’ usulida guruhlar bir- birlarini kamchiliklari bo’lsa tuzatadilar va qo’shimcha savollarga javob beradilar.

753- mashqqa ko’ra Abdulla Qahhorning til haqidagi aytgan qimmatli so’zlarining mazmuni tahlil qilinadi. Tilimizning buzilib ketmasligi uchun qanday choralar ko’rish kerakligi haqida fikr-mulohazalar bildiriladi.Shoirlarimizning til haqidagi she’rlaridan namunalar keltiriladi.

O’quvchilarning bilim darajasiga ko’ra savollar berib o’tilgan mavzuni qay darajada o’zlashtirilganligi aniqlaniladi va bo’shliqlar bilan ishlab o’quvchilar javob topa olmagan savollariga javob beriladi va izoh keltiriladi.

Darsga barcha o’quvchilarni qamrab olish tavsiya etiladi va dars yakunida barcha o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uygа vаzifа: «Biz bunyodkor xalqmiz» mavzusida xat, xabar mazmunidagi matn yaratish.