СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 06.07.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Yassi va sferik ko'zgular mavzusida dars ishlanma

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fizika. Yassi va sferik ko'zgular mavzusida dars ishlanma

Просмотр содержимого документа
«Yassi va sferik ko'zgular mavzusida dars ishlanma»

Mavzu: YASSI VA SFERIK KO'ZGULAR.


Darsning texnologik xaritasi







Darsning maqsadi

Tarbiyaviy: ko’zgular, ularning turlari va ulardan yorug’lik nurlarning qaytishi haqida tushuncha berish, ulardan amalda foydalanishni o'rgatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarda turli sirtlardan yorug'likning qaytishini ko'rsatish orqali yorug’lik nurlarining inson organizmiga ta’siri haqidagi tasavvurlarini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning asboblardan foydalana olish malakalarini rivojlantirish, ularda o’zaro hurmat va bir-birining fikrini eshitish ko’nikmalarini shaklantirish



Vazifalari

O‘quvchilarga mavzuga oid bilimlar berish, qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirish. Ko’zgudan foydalanish madaniyatini shakllantirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari unda ko’zgularning turlari nomlari, ularning tuzilishi, ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarini hosil qilish


Asosiy tushuncha va atamalar


  • ko'zgu, yassi ko'zgu, sferik ko'zgu;

  • fokus, fokus masofasi;

  • botiq va qavariq ko'zgu;

  • mavhum fokus;

  • tasvir, tasvir yasash.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.


Metod: Jamoa va yakka tartibda ishlash, “Aqliy hujum”, Savol-javob, Fizik diktant, Amaliy mashg‘ulot,

Vosita: Fizika darsligi, turli ko'zgular, ko'zgularda tasvir yasash bo'yicha plakatlar, doska, bo’r.

Nazorat: yozma, og`zaki

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.






Kutilayotgan natijalar


O‘qituvchi:

O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqil

likka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.

O`quvchi

O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.





Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).


O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi..

O`quvchi

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tibor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha na`lumotlar topishga harakat qiladi.



Маshg`ulot bosqichlari.


Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

1-bosqich Tashkiliy іism

Salomlashuv. Sinf tayyorgsrligi va davomatni aniqlash, mashg`ulotning borishi haqіda tushuncha berish.

Og`zaki

muloqot

2daqiqa

2-bosqich

O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash.

Savol javob, fizik diktant

8 daqiqa

3-bosqich

Mavzu bayoni

O’qituvchining mavzuning asosiy haqida ma’lumotlar mazmuni to`g`risidagi ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish

“Aqliy hujum”, og’zaki bayon, tushuntirish,

savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.



20

daqiqa

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlari, tushunchalarini amaliy mashg’ulot orqali aniqlash

Mustaqil ishlash


10 daqiqa

5-bosqich

Mashg`ulot yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq

Darsda faol qatnashgan o`quuvchilarni rag`batlantirish, mashg`ulotni yakunlash, mustaql ish uchun topshiriq berish

O`quvchilarni rag`batlantirish


5 daqiqa





Otilgan mavzuni takrorlash:


Quyidagi savollar beriladi:

I-guruhga

1.Yorug'likning qanday manbalarini bilasiz?

2. Nima uchun havo bulut bo'lganda buyumlarning soyasi hosil bo'lmaydi?

II-guruhga

1. Agar devorga biror buyumning soyasi tushirilsa, bu soyaning o'lchami nimaga bog'liq bo'ladi?

2.Sovuq holda nur chiqaradigan manbalar bormi?

III-guruhga

1.Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan уana qanday qurilmalarni bilasiz?

  1. Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishini yana qanday hodisalar tasdiqlaydi?


Fizik diktant


Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, ……… ro'y beradi. Yorug'lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom ……..o'lchashga muvaffaq bo'ldi. Yorug'lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi ………. o'tadi.


(Javoblar : Oy tutilishi, Olaf Ryome, suv ichiga)


Yangi mavzu bayoni:


Aqliy hujum:

Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari buyumlar o'lchami bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada?


O’quvchilarning fikrlari tinglanib yangi mavzu elon qilinadi va tushuntiriladi:

Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko'zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug'lik ko'zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug'likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko'zguda tasvir hosil qilishni ko'raylik (101-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko'zguga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko'zgu orqasida hosil bo'ladi. Agar tasvirdan ko'zgugacha va ko'zgudan buyumgacha bo'lgan masofalar o'lchansa, ular teng bo'lib chiqadi.











Ko'zgudagi aksimizga qarab, unga o'ng qo'limizni uzatsak, aksimiz chap qo'lini uzatadi. Demak, yassi ko'zguda chap tomon bilan o'ng tomonning o'rni almashinib ko'rinadi. Ko'zgudagi buyum o'zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi.

Shunday qilib, buyumning yassi ko'zgudagi tasviri mavhum, to'g'ri, o'lchamlari buyum o'lchamlariga teng, buyum ko'zgudan qancha masofada bo'lsa, ko'zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o'ng tomoni bilan almashinib ko'rinadi.

Sferik ko'zgular*. Shaming bir bo'lagi ko'rinishida bo'lgan ko'zgular sferik ko'zgular deyiladi. Ular ikki turda bo'ladi: botiq va qavariq. Botiq ko'zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko'zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi.


Botiq ko'zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to'planadi (102-a rasm). Bu nuqta botiq ko'zguning bosh optik o'qida joylashib, uning fokusi deyiladi. Ko'zgu markazidan F nuqtagacha bo'lgan masofa fokus masofasi deyiladi.

Qavariq ko'zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi (102-6 rasm).

Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, F nuqtada kesishadi. Unga mavhum fokus deyiladi. OD - ko'zguning egrilik radiusi, OF ko'zguning fokus masofasi deyiladi.

OF=OD/2



Agar yorug'lik manbayini botiq ko'zguning fokusiga qo'yilsa, undan chiqqan nurlar ko'zgudan qaytib, bosh optik o'qqa parallel holda qaytadi. Ko'zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan foydalanish kifoya. 103-rasmda botiq ko'zguda yonib turgan shamning tasvirini yasash keltirilgan.


103-rasmda buyum ko'zgudan 2F masofadan nariga qo'yilgan. Undan 1 nurni bosh optik o'qqa parallel, 2 nurni bosh fokus F ga yo'naltiramiz. Bu nurlar ko'zgudan qaytib, o'zaro uchrashgan joyida shamning tasviri hosil bo'ladi. Tasvir to'nkarilgan, kichiklashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum ko'zgudan 2F va F oralig'idagi masofaga qo'yilsa (104-rasm), tasvir bu safar ham 1 va 2 nur yordamida yasaladi. Tasvir to'nkarilgan, kattalashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum 2F masofaga qo'yilsa, buyum va tasvir ustma-ust tushadi.



105-rasmda qavariq ko'zguda tasvir hosil qilish ko'rsatilgan. Unda tasvir to'g'ri, kichiklashgan va mavhum bo'ladi.



Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki, qavariq va botiq ko'zgularda buyumdan ko'zgu markazigacha bo'lgan masofa d, tasvirdan ko'zgu o'rtasigacha bo'lgan masofa f (103-rasm) va fokus masofasi F orasida quyidagicha bog'liqlik bor:

Botiq ko'zgularda d va F hamma vaqt musbat qiymatga ega. f ning qiymati haqiqiy tasvir uchun musbat, mavhum tasvir uchun manfiy bo'ladi.

Sferik ko'zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo'llaniladi. Qavariq ko'zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o'rnatiladi. Chunki unda yassi ko'zguga nisbatan kattaroq joyni ko'rish mumkin. Botiq ko'zgular nurni to'plash xususiyatiga ega bo'lganligidan projektorlarda, avtomobil va qo'l chiroqlarida qo'llaniladi.


Yangi mavzuni mustahkamlash:


Quyidagi masala yechib ko’rsatiladi:


Odam ko'zguga lm/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri ko'zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?

Mustaqil ish (amaliy topshiriq)

I-guruhga

Tajribada sferik ko'zgularning fokusi qanday topiladi?

II-guruhga

Sferik sirt markazi va ko'zgu fokusi ustma-ust tushadimi?

III-guruhga

Botiq ko'zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo'yish kerak?


Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, quyida berilgan masalalarni yechib kelish:

1.Buyum botiq ko'zgudan 2F masofada joylashgan hoi uchun tasvir yasang.

2. Buyum botiq ko'zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko'zguning fokus masofasi
245 sm. Ko'zgudan tasvirgacha bo'lgan masofani toping.

3. Yassi ko'zguga nur α burchak ostida tushmoqda. Agar ko'zguni α
burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi?


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!