СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sinoning qarashlari. Dars ishlanma

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sinoning qarashlari. Dars ishlanma

Просмотр содержимого документа
«Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy, Ibn Sinoning qarashlari. Dars ishlanma»

MAVZU: YORUG'LIK HODISALARI HAQIDA BERUNIY VA IBN SINONING FIKRLARI


Darsning maqsadi

O’quvchilarga yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sinoning fikrlari haqidagi bilimlarni berish, vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtirish, o’quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g'oyasini o'quvchilar ongiga singdirish.

Vazifalari

O’quvchilarga mavzu asosida yorug’lik hodisalariga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, milliy g’ururni hosil qilish.

O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari, olimlarning qilgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bolishlari lozim

Asosiy tushuncha va atamalar

issiqlikdan kengayish;

konveksiya;

iqlim; nurlanishdan qizish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.


Uslub: “Aqliy hujum”,“Guruhlar bilan ishlash”, krossvord, “O’zing bajar”

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg’ulot.

Vosita: Fizika darsligi, Olim va allomalarning portretlari,

proyeksion apparat, tarqatma materiallar, o’quv filmi, savol va topshiriqlar.

Usul: . Savol-javob, bahs munozara

Nazorat: yozma, og’zaki

Baholash: Rag’batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar


O’qituvchi:

O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi ortadi. O’quvchilar o’rtasida do’stona muhitni yarata

di. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga yerishadi. O’quvchilarni mustaqil

likka va ijodkorlikka o’rgatadi. Past o’zlash-tiruvchi o’quvchilar-ning fikrlash qobiliyatini o’stiradi.

O’quvchi

O’quvchilar mustaqil va yerkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o’z ustida ishlashni o’rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko’rsata olish ko’nikma va malakalarga yega bo’ladilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar).


O’qituvchi:

Yangi pedagogik texno-logiyalarni darsda qo’llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tash-kil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi.

O’quvchi

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e’tibor qaratadi. Mavzu uchun qo’shimcha ma’lumotlar topishga harakat qiladi.


Darsning borishi

Dars jarayonida amal qilinishi zarur bo’lgan qoidalar doskada ilingan holda turadi.

  1. Aniqlik , haqqoniylik

  2. Rostgo’ylik, faollik

  3. Ko’rgazmalilik, isbottalab

  4. Amalda ko’rsata olish

  5. O’zaro hurmat

  6. Vaqtga amal qilish.

O’qituvchi tomonidan rag’bat kartochkalari, shart savollari konvertlarda tayyor holatda bo’ladi. Guruh sardorlari belgilanadi.



3 ball, 4 ball 5 ball

Dars rejasi:

1. O’qituvchining kirish so’zi. (1 daqiqa)

2. Guruhlarga bo’linish. (2 daqiqa)

3. O’tigan mavzu bo’yicha savol-javob ( 5 daqiqa)

4 Yangi mavzu bayoni. O’qituvchining kichik ma’ruzasi (10 daqiqa)

5. Kompyuterda animasion ko’rgazmali tajribalarni namoyish qilish ( 7 minut)

6. Guruhlar taqdimoti. (15 daqiqa)

7. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

8. O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. (2 daqiqa)

9. Uyga vazifa. (1 daqiqa)

1. O’qituvchining kirish so’zi. (1daqiqa)

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash;

b) o’quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;

s) O’quvchi qoidalar bilan tanishtiriladi.

2. Guruhlarga bo’linish. (2 daqiqa)

O’quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5 ta guruhga bo’linib, joylariga o’tirishadi.

1-guruh.Beruniy

2-guruh. Ibn Sino

3-guruh. Ulug’bek

4-guruh. Xorazmiy

5-guruh. Nur

3. O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob ( 5 daqiqa).

O’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig’i chiqib tanlab oladilar.

1-savol: Yorug’lik nuri deb nimaga aytiladi?

Javob: Shaffof bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Yorug’lik tarqalayotgan chiziq yorug’lik nuri deb ataladi.

2- savol: Yorug’likning qaytish qonunini tushuntiring.

Javob: Tushgan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak α tushish burchagi, qaytgan nur va perpendikular orasidagi burchak γ qaytish burchagi deyiladi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.

3- savol: Yorug’likning sinish qonunini tushuntiring.

Javob: Singan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak  sinish burchagi deyiladi. Yorug’lik tezligi katta bo’lgan muhitdan tezligi kichik bo’lgan muhitga o’tganda sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo’ladi.

4- savol: Ko’zgu deb nimaga aytiladi?

Javob: Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastina. Plastina shakliga qarab, yassi, qavariq va botiq bo’ladi. Narsa , buyumlardan qaytgan yorug’lik ko’zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi.

5-savol: Yorug’lik tezligi nechaga teng va uni birinchi bo’lib kim aniqlagan?

Javob: Yorug’likning bir jinsli muhitda 1 sekundda bosib o’tgan yo’li. Vakuumda tng katta tezlik 300000 km/s ga teng. Boshqa muhitlarda undan kichik. Tabiatda birorta jism yoki zarracha yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng yoki undan katta tezlikda harakatlana olmaydi. Yorug’likning tezligini birinch bo’lib 1676 –yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o’lchagan.

Yangi mavzuda o’rganiladigan asosiy tushunchalar ancha ko’p bo’lganligidan o’qituvchi tomonidan "Faol ma’ruza" usulida o’tish maqsadga muvofiq.

Yangi mavzu bayoni: O’qituvchining kichik ma’ruzasi (10 daqiqa)


Yorug'lik hodisalari allomalarimiz bo'lgan Beruniy va Ibn Sinoning ham e'tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning (issiqlikning) asosiy manbayi Quyosh deb ko'rsatilgan edi. Bu haqda Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida quyidagicha bayon qiladi:



«Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida
ba'zilar bunga sabab nur desalar, ba'zilar esa nur aksi -
burchaklarining o'tkirligi sabab deganlar. Unday emas, balki
Ibn Sino nurning o'zida harorat mavjud» - deydilar. Beruniyning bu fikri Quyoshdan Yerga issiqlik nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.

Yorug'lik tezligi haqida quyidagicha yozadi: «Ba'zilar u zamonsizdir, chunki jism emas - desa, ba'zilar esa uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa yo'q va nur tezligini sezib bo'lmaydi». Bu fikrlari bilan tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug'lik tezligiga teng yoki undan katta bo'la olmasligini ta'kidlagan. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning bizdan tutilishi (ya'ni, Quyosh bilan, Yerning orasiga Oyning kirib qolishi) tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g'arb tomondan va Quyoshning tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi. Quyosh tutilishi oldidan Oy g'arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) to'sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo'ladi. Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi (Yer) kattadir». Beruniyning bu fikrlari qanchalik to'g'ri ekanligi haqida o'ylab ko'ring. Yorug'lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo'llagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so'raydi: - «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to'ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo'shatilib, havo bilan to'ldirilgan bo'lsa, kuydirmaydi va Quyosh shulasini to'plamaydi. Nima uchun shunday bo'ladi?». Savolga Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo'lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug'lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to'ldirilgan dumaloq shishada yorug'lik akslanadi. Shulaning to'planishidan kuydirish quvvati paydo bo'ladi. Ammo havodagi shula kuchli akslanmaydi. Chunki havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fikrlarning qanchalik to'g'riligini keyingi «linza» haqidagi mavzuda o'rganasiz.

Ko'rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol yuboradi: «Ko'z nuri vositasi bilan idrok qilish - ko'rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko'rinib turadi, holbuki, ko'z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va yaltiroq-ku».

Ibn Sino o'zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonunlari» nomli asarlarida aniqroq tavsiflaydi. «Agar ko'zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko'radigan bo'lsak, nima uchun kechasi ko'rmaymiz? Nahotki ko'zimizdan chiqqan nur butun olamni yoritishga yetsa?»-deya Aflotunning fikrini rad etadi. Ibn Sino ko'rishning asosiy sababi aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko'zimizga tushishi va ko'z gavharidan o'tib sinishi, so'ngra ko'zdagi to'r pardada tasvirning paydo bo'lishi natijasida deb tushuntiradi.

Osmonda ba'zan yomg'irdan key in ko'rinadigan kamalak (Hasan-Husan kamalagi) hodisasini ham to'g'ri tushuntiradi. Uning sababi Quyosh nurlarining atmosferadagi bulutlardan o'tgan vaqtda rangli nurlarga ajralishdir. Uning yoy shaklida bo'lishi sababi, Yer atmosferasining sharsimonligidandir.

Shunday qilib, allomalarimiz yorug'lik hodisalarini turli afsonalarga emas, balki o'zlarining ilmiy kuzatishlariga asoslanib tushuntirishgan.


Yangi mavzu proyeksion apparat yordamida katta yekranga chiqarib, o’quvchilarga havola yetadi.

O’qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:

Linza nima?

5. Kompyuterda animasion ko’rgazmali tajribalarni namoyish qilish ( 5 minut)

Yangi mavzu bilan tanishtirilgach bir necha olimlarning rasmlari jonli tasvirda namoyish yetiladi

6. Guruhlar taqdimoti. (15 daqiqa)

O’qituvchi ajratigan vaqt ichida o’z ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlarni o’quvchilar bilan birgalikda mustahkamlash maqsadida guruhlarga o’zlari mustaqil ravishda matnni o’qib, xulosani tushuntiradilar. Ushbu dars yuqori samara berishi va o’quvchilar bilimida bo’shliq hosil bo’lmasligi ko’zda tutiladi.

Guruhlar o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar.

1-shart. Tezkor savollar. Har bir guruhga 1 tadan savol kartochkada beriladi.

1. Savol: Forobiy kim bo’lgan va qachon tug’ilgan?


2. Savol: Ibn Sino haqida nimalarni bilasiz?


3 savol: Forobiy qanday ishlarni amalga oshirgan?

4 savol: “Har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo'lishi shu jismni tashkil etgan zarrachalarning harakatlariga bog'liqdir”-ushbu fikr kimga tegishli?

5 savol: Konveksiya hodisasini Kim quyidagich quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovugan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi.

2 shart: . «O’zing bajar» bu shartda o’quvchilar amaliy bajarib ko’rsatadilar.

1-guruhga “Yorug’likning qaytish qonuni” (Yorug’likning manbai, yassi ko’zgu, disk)

2-guruhga “Yorug’likning sinish qonuni” 1 stakan suv, 1 varaq oq qogoz, qalam.

3-guruhga “Soya hosil qilish”

4-guruhga “Yarim soya hosil qilish”

5-guruhga “Quyosh va oy tutilishini ko’rsatish”.

3 shart: O’quvchilar qiziqishini orttirish maqsadida qiziqarli savollar beriladi.

1. Inson qanday qilib ko'radi?

2. Nima sababdan qog'oz ho'llansa orqasidagi yozuvlar ko'rinadi.

3. Suv ichida turib atrofga qaralsa, undagi toshlar, suv o'tlari va h.k. suv ustidan turib qaralgandagidek ko'rinadimi

4. Shisha butilka tabiatga qanday zarar keltirishi mumkin?

5. Shishani sindirmay, ichkari kiradigan narsa?

4 shart: 5. Topishmoqlar.

1. Boqsang aksing qaytadi, faqat rostin aytadi.

Javob: Ko’zgu

2. Sandiqga nimani yashirib bo’lmaydi?

Javob: Yorug’lik nurini.

3. Chopsa chopilmaydi, ko’msa ko’milmaydi?

Javob: Soya

4. Nur sochar issiq

Boqolmayman ko’zim qisiq.

Javob: Quyosh

5. Ikki og’ayni bir-birini ko’rmaydi.

Javob: Ko’z

7. Mavzuni mustahkamlash. (2 daqiqa)

O’tilgan mavzu bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o’quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to’ldirilib ketadi.

Boshqotirma.

Savollar. 1. Shishani sindirmay uyga kira oladi. 2. O’z aksingizni ko’ra olasiz. 3. Quyoshdan kelib olamni yoritadi. 4. Issiqlik uzatishning bir turi. 5. Rasmingizni oladigan optik qurilma. 6. Spektrdagi ranglardan biri. 7. Vatandoshlarimizdan biri. 8. Ko’zoynakning asosiy qismi. 9. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidan hosil bo’ladi.










Boshqotirma javobi.

1. Nur 2. Ko’zgu 3. Yorug’lik 4. Nurlanish 5. Fotoapparat 6. Zarg’aldoq 7. Beruniy 8. Linza 9. Soya

8. O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o’quvchilari to’plagan ballariga rag’batlantiriladi.


9. Uyga topshiriq: Mavzuni o’qib kelish va yorug’lik hodisalari haqida boshqa ma’lumotlarni to’plash