СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Yoshlar ittifoqi bolalar nigohida

Нажмите, чтобы узнать подробности

Oʻquvchilarga ITTIFOQ haqida maʼlumot berish

Просмотр содержимого документа
«Yoshlar ittifoqi bolalar nigohida»





O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ХАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI


RESPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI












2019-2020-O‘QUV YILIDА UMUMIY O‘RTА TА’LIM MАKTАBLАRINING 11-SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI O‘TKAZISH BO‘YICHA ADABIYOT FАNIDАN METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR















Toshkent-2020

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf oʻquvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda kоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat imtihoni materiallariga 15-20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


Tuzuvchi:


K. Egamberdiyeva – Respublika ta’lim markazi metodisti.


Taqrizchilar:


Sh. Sodiqova – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 202-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.


D. Manapova – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 286- umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

























ADABIYOT

11-SINF

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li, xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar, o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat hissini o‘stirish, yurtboshimiz tomonidan milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi, mamlakatimiz aholisining ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar mohiyatini anglash, shu orqali o‘quvchilarni ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarni puxta egallashga yo‘naltirish, ularda milliy g‘ururni shakllantirish, mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biridir.

Respublikaning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bitiruv(yakuniy) imhonlari o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yildan boshlab imtihon olish uchun insho mavzulari tavsiya etilmoqda. Imtihonda insho tanlanishidan maqsad o‘quvchilarda mantiqiy-kreativ mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish, imlo va uslubiy savodxonlikni tarkib toptirish, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirishdan iborat.

Insho mavzulari kiritilishining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, ona tili va adabiyot fanlaridan olgan bilimlari hamda savodxonligi mustahkamlanadi, ijodkorlik, so‘z boyligidan foydalana olish malakasi oshadi, o‘z qarashlarini mantiqiy, tizimli ifodalash tajribasiga ega bo‘ladi va shu yo‘nalishda fikrini yetkazib berishni o‘rganadi.

11-sinflar uchun insho 3 variantda tuzilgan bo‘lib, har bir varinatda

3 tadan insho mavzulari bor. Shunga ko‘ra, variantdagi mavzularning 2 tasi adabiyot fanidan imtihon materiallari Davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturida belgilangan mavzular asosida, 1 tasi esa erkin mavzuda tayyorlandi.

Inshoni yozib, o‘quvchi tomonidan o‘qilib, xatolar ustida ishlash, qo‘shimchalar qo‘shishini inobatga olib, 3 soat akademik vaqt belgilanadi.













Inshoni baholash mezoni

T/r

Bilim, ko‘nikma, malakalar

Ball

1

Insho mavzusiga mos epigraf tanlay olishi va reja tuza olishi; insho mavzusini reja asosida to‘liq va izchil yoritganligi; ifodalash usulida so‘z boyligining rang-barangligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlashi va o‘z o‘rnida qo‘llashi, gap tartibining to‘g‘riligi, til vositalaridan foydalanganligi; insho mazmuniga tarixiy, adabiy-badiiy, publitsistik va boshqa materiallarning singdirilganligi; inshoni mustaqil ijodiy fikrlab, dalillar asosida, ravon va savodli yoza olganligi; inshoni xulosalay olishi va uslubi o‘ziga xos bo‘lib, 1-2 ta qo‘pol bo‘lmagan imlo yoki tinish belgilarida xatoga yo‘l qo‘ysa



5

2

Insho mavzusiga mos epigraf tanlay olishi va reja tuza olishi; insho mavzusini reja asosida to‘liq va izchil yoritganligi; ifodalash usulida so‘z boyligining rang-barangligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlashi va o‘z o‘rnida qo‘llashi, gap tartibining to‘g‘riligi, til vositalaridan foydalanganligi; insho mazmuniga tarixiy, adabiy-badiiy, publitsistik va boshqa materiallarning singdirilganligi; inshoni mustaqil ijodiy fikrlab, dalillar asosida, ravon va savodli yoza olsa-da, lekin xulosalay olmasa va o‘ziga xos uslubi bo‘lmasa hamda 1-2 ta uslubiy, 2 ta imlo, 2 ta tinish belgilarida xatosi bo‘lsa




4

3

Insho mavzusiga mos reja tuzishda izchillik yetishmasa; insho mavzusi reja bo‘yicha to‘liq va izchil yoritilmasa; ifodalash usulida so‘z boyligining kamligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va o‘z o‘rnida qo‘llashda izchillik yetishmasa, insho mazmuniga tarixiy, adabiy-badiiy, publitsistik va boshqa materiallarning yetarlicha singdirilmaganligi; inshoni mustaqil ijodiy fikrlab, dalillar asosida ravon va savodli yoza olmaganligi hamda 3 ta uslubiy, 4 ta imlo va 5 ta tinish belgilarida xatosi bo‘lsa

3

4

Insho mavzusiga mos reja tuza olmagan bo‘lsa; inshoni yoritishda mavzudan chetga chiqqan bo‘lsa; insho qolipga tushgan tafsilot bo‘lsa, inshoni mustaqil ijodiy fikrlab, dalillar asosida ravon va savodli yoza olmaganligi hamda 4 ta uslubiy, 5 ta imlo va 6 tagacha tinish belgilarida xatosi bo‘lsa

2

5

Insho mavzusiga mos reja tuza olmagan bo‘lsa; inshoni yozishda o‘quvchining mavzuni tushunmaganligi, fikrini bayon qilishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ysa, savodli yoza olmaganligi hamda 5 ta uslubiy, 5 ta imlo va 7 tagacha tinish belgilarida xatosi bo‘lsa



1







Adabiyot

11-sinf

1-VARIANT

  1. Mumtoz adabiyot bo‘stoni.

  2. So‘zda hikmat bor.

  3. Bolalikning beg‘ubor olami.

2-VARIANT

  1. O‘tmishdan saboqlar (Fitrat “Abdulfayzxon” drammasi asosida)

  2. Erkin Vohidov - nazm va nasrda buyuk ijodkor.

3. Adabiy merosimizning buyuk siymolari.

3-VARIANT

  1. “Boburnoma” – memuar asar.

  2. “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidur...” (Abdulla Qodiriy)

  3. Vatanni sevmoq imondandir.