СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 10.06.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Yuk tashish korxonalarida tashish ishlari o'quv amaliyotidan o'quv-uslubiy qo'llanma

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Yuk tashish korxonalarida tashish ishlari o'quv amaliyotidan o'quv-uslubiy qo'llanma

Просмотр содержимого документа
«Yuk tashish korxonalarida tashish ishlari o'quv amaliyotidan o'quv-uslubiy qo'llanma»


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Buxoro avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji



IMOMOV SHUHRAT KARIMOVICH


Yuk tashish korxonalarida

tashish ishlari

(kasb-hunar kollejlari uchun o’quv amaliyotidan qo’llanma)




















Buxoro – 2019 yil.












































O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Buxoro avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji



“YUK TASHISH AVTOKORXONALARIDA

TASHISH ISHLARI”

(o’quv amaliyotidan kasb hunar kollejlari TT va BTE

mutaxassisliklari uchun o’quv qo’llanma)



Tuzuvchi: BAYK o’qituvchisi Sh.K.Imomov



Taqrizchilar: BAYK – KTBDO’ D.T. Nabiyev

BAYK – “Mutaxassislik fanlari”

kafedrasi mudiri M.M.Saidov

BMTI “Mexanika” kafedrasi

katta o’qituvchisi S.N.Norov

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma Buxoro avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji “Mutaxassislik fanlari” kafedrasining yig’ilishida ko’rib chiqildi va o’quv jarayoniga tavsiya qilindi.

Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma Buxoro avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji uslubiy kengashida muhokama qilinib foydalanishga va nashrga tavsiya etilgan.

Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma “Transport” sho’basi va “Transport” uyushmasida muhokama qilingan hamda o’qituvchi va talabalarga qo’llanma sifatida foydalanishga va nashrga tavsiya etilgan.

Annotatsiya.


Mazkur o’quv qo’llanma “Yuk tashish avtokorxonalarida tashish ishlari o’quv amaliyoti” yuzasidan Davlat ta’limi standartlari talablari bo’yicha, O’MKHT markazi direktori tomonidan 25.08.2017 yilda tasdiqlangan namunaviy o’quv reja hamda Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603 – sonli buyrig’iga asosan № 3620101 bilan ro’yxatga olingan namunaviy o’quv dasturi asosida qayta ishlab chiqilgan. Ushbu o’quv qo’llanma “Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil qilish” yo’nalishi bo’yicha bilim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, undan shu sohada ish boshlagan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.


KIRISH


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar yurtimiz taraqqiyoti va uning istiqboli bilan bo’g’liq bo’lib, tadrijiy rivojlanish jarayonida yanada takomillashib, chuqurlashib bormoqda. Bu xususiyatlar, ayniqsa, mamlakat hayotini tubdan yangilash, mavjud muammolarni kechiktirmasdan hal etish, taraqqiyot jarayonida yuzaga chiqadigan dolzarb masalalarning yechimini topishda yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday serqirra va keng ko’lamli islohotlar O’zbekistonning o’z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq tan olgan istiqlol va taraqqiyot yo’li, jamiyatni har tomonlama yangilash kontseptsiyasiga asoslangan holda, yangi asr, yangi ming yillik boshida hayotning o’zi ilgari surayotgan talablar bilan bog’liq ravishda yangicha ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.

Bugun mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’yekti sifatida ko’plab davlatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatgan. Shu yo’lda qator xalqaro tashkilot ittifoq va uyushmalar azosi sifatida o’zini namoyon etmoqda. O’zavtosanoat assotsatsiyasi 30 dan ortiq katta va o’rta hajmdagi korxonalarni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu korxonalarda Janubiy Кoreya, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, AQSh va MDH mamlakatlarining sarmoyalari va texnologiyalari asosida ish olib borilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbusi bilan mamlakatda qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz uchun butunlay yangi yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli yo’nalish - avtomobilsozlik yaratilgan edi. Ayni paytda, mamlakatimizda avtomobilsozlik yildan-yilga rivojlanib, taraqqiy topib borayotgan sohalardan biridir. Bu sohada erishgan va erishilayotgan yutuqlarni eshitish barchamiz uchun birdek yoqimli. Bugungi kunda mamlakatimiz yo’llarida respublikamizda ishlab chiqarilayotgan “GM Uzbekistan”, “ISUZI” hamda “MAN” rusumli yuk va yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan avtomobillar xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.

Avtomobil yo’llari atomobil transportida yuk tashish hajmi va yo’lovchi tashishning o’sishida, hamda, harakat havfsizligining ta’minlanishida katta rol o’ynaydi. Talab darajasida bo’lmagan avtomobil yo’llarida harakatlanganda harakat tezligi pasayadi, yoqilg’i sarfi va tashish tannarxi (yuk tashish narxi) oshadi, avtomobilning texnik nosozligi ko’payishi natijasida ta’mirlash xarajatlari miqdori va yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaslik holatlari soni ortadi. Avtomobillarning yuqori tezlikda, turli ob – havo sharoitlarida qatnovini ta’minlaydigan yaxshi avtomobil yo’llari kerak bo’ladi.

Mustaqillikning ilk yillaridan yurtimizni boshqa davlatlar va mintaqalar bilan bog’laydigan yo’llar, komunikatsiya tarmoqlari barpo etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda, O’zbekiston avtomobil yo’llarining sifati jihatidan MDHda yetakchi o’rinlarning birida turadi. O’zbekiston bu sohaga oid o’ndan ziyod xalqaro konventsiya va hujjatlarga qo’shilgan, o’ttizdan ziyod davlat bilan xalqaro avtomobil aloqasi to’g’risida bitim imzolagan.

Qadimda eng uzun savdo yo’nalishi hisoblangan Buyuk Ipak yo’li bugun transportchilar sa’yi – harakatlari bilan qayta tiklanmoqda. Osiyo bilan Evropani birlashtiruvchi bu yo’l mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda tobora keng o’rin egallamoqda. Bu O’zbekistonning transport va tranzit salohiyati yuksalishiga ham xizmat qiladi.

Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni bilan O’zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Transport vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik avtomobil, temir yo’l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo’l xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o’rganish markazi tashkil etildi.

“Transport to’g’risida”gi Qonun hamda 2025 yilgacha transportni rivojlantirish konstepstiyasi va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqiladi.


Mavzu 48. Yuklash – tushirish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash.

Reja:

  1. Mehnat qonunlarining huquqiy asoslari.Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi;

  2. Yo’l-yo’riq berish va xavfsizlik texnikasini o’rgatish.Elektr va yong’in xavfsizligi;

Avtotransport korxonasida mehnat xavfsizligi.

3.Ko’tarish-tashish mexanizmlari bilan ishlashdagi texnika xavfsizligi.

Tayanch iboralar: Xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr va yong’in xavfsizligi, avtotransport korxonasi, ko’tarish-tashish mexanizmlari.



Bayoni:

Me’yoriy ma’lumotlar.

Avtomobillarning (avtopoezdlarning) yuk ortish va tushirish punktlarida to’xtab turish me’yoriy vaqtlari quyidagi o’lchamlarda bo’ladi:

Bortli avtomobillar, furgon- avtomobillar, standart tent bilan jixozlangan tirkama va yarim tirkamali avtomobillar va avtomobildan olinmasdan tushiriladigan ( yuklanadigan) universal konteynerlar uchun quyidagi jadvalda belgilangan:


Yuk massasi, t

Yuk ortish va tushirish me’yoriy vaqti, daq.


I

II

tonnagacha

tonnadan ortiq, har bir

to’liq, yoki, to’liq bo’lmagan tonnaga qo’shiladi.

12



2

13



2

Ag’darma avtomobillar va turli sisternali avtomobillar uchun


Harakatlanuvchi qism

Bir tonnaga me’yor vaqti, daq.

Kar’yerdan tashqarida ishlovchi

ag’darma avtomobillar uchun

Kar’yerda ishlovchi ag’darma avtomobillar uchun

Sisterna avtomobillar uchun

1.0



0.2



4.0

Paxta idishsiz uslubda tashilganda mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushurish ishlari uchun 1 tonna yukni ortishga 10.2 daqiqa, 1 tonna yukni tushurishga 6.8 daqiqa vaqt belgilanadi.

E s l a t m a: Yuk ortish-tushurish ishlari qo’lda bajarilganda me’yoriy vaqt 50 % ga oshadi.

Universal konteynerlarni tashuvchi avtomobilga mexanizatsiyalashgan yuk ortish tushurish ishlari uchun 1 dona konteynerga yuk ortishga, yoki, avtomobildan uni tushirishga me’yor vaqt belgilanishi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.




Brutto massa, t

1 dona konteynerga yuk ortish, yoki, tushirish me’yoriy vaqti, daqiqa

0.63

1.25

2.5-3.0

5.0

10.0

20.0

25.0

30.0

4

4

7

7

10

10

12

12


Yuk ortish- tushirish punktlarida qo’shimcha jarayonlarni bajarish quyidagi me’yor vaqti belgilanadi.


Qo’shimcha jarayonlarning nomi

Me’yoriy vaqt, daqiqa

Avtomobil tarozida yuklarning o’lchami (yuksiz, yoki, yuk bilan birga)

Yuk o’rinlarini hisoblash

Oraliq yuk ortish, yoki, tushirish punktlariga kirish

4



4

9



Avtomobil transportida yuk optish – tushirish ishlarini tashkil qilish.

Transport jarayoni o'z ichiga yuk ortish-tashish va tushirish ishlarini oladi. Avtomobillarda yuk tashish masofasining qisqaligi sababli, transport jarayonida yuk ortish-tushirish ishlariga ko'p vaqt sarflanadi. Yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash natijasida avtomobillarning ish unumi o'sadi va yuk tashish tannarxi

kamayadi.

Yuk ortish-tushirish ishlari asosiy va yordamchi yuk ortish-tushirish ishlaridan tashkil topadi.

Asosiy yuk ortish-tushirish ishlariga:

  • yukni ko'tarib ortish;

  • o'rnidan siljitish;

  • yukni tushirish;

  • yukni taxlash va joylashtirish kiradi.

Yordamchi yuk ortish-tushirish ishlariga;

  • yuklarni ilgichlarga ildirish, yoki, ajratib olish;

  • yukni yo'naltirish;

  • yukni mahkamlash va boshqalar kiradi.

Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda, mexanizmlar yordamida, avtomatlarda bajariladi.

Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda bajarilganda, avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida ko'p to'xtab qolishi hisobiga, xalq xo'jaligi katta zarar ko'radi. Bunday ishlarni bajarish uchun ko'p qo'l mehnati talab qilinadi. Umumiy bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarida mashinalar bilan bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarining hajmiga qarab, mexanizatsiyalashtirish darajasi 2 turda bo'ladi, yani:

-- Qisman mexanizatsiyalashgan ishlar.

-- To'liq mexanizatsiyalashgan ishlar.

Qisman mexanizatsiyalashgan ish turida avtomobillarga yukni ortish va tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida to'liq bajarilmaydi, chunki yuk ortish-tushirish jarayonida ishchilarning qo'l mehnatidan ham foydalaniladi. Agar, yuk ortish-tushirish jarayonida qo'l mehnatidan foydalanilmasa, yuk ortish-tushirish ishlari to'liq mexanizatsiyalashgan bo'ladi.

Kompleks mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushirish ishlari faqat mashina, yoki, mashinalar tizimi yordamida bajariladi, ishchilar qo'l mehnatidan umuman foydalanilmaydi. Bu usulda insonning faoliyati mashinalarni boshqarishdan iborat bo’ladi, holos.

Avtomatlashgan usuldagi yuk ortish-tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida oldindan tuzilgan reja-dastur asosida bajariladi.

Yuklarni ko’tarish-tashish ishlarida yuqorida ko’rib o’tilgan mexanizatsiyalashgan ko’tarish-tashish mashinalari va mexanizmlari bilan bir qatorda oddiy qurilmalardan ham keng foydalaniladi. Bo’lar jumlasiga pishang (richag)lar, rolganglar, nishabliklar, tarnovlar, aravachalar, priseplar kiradi.

Rolganglar maxsus tayyorlangan ramaga o’rnatilgan aylanuvchi roliklardan iborat.

Aravachalar bir, ikki, uch, yoki, to’rt g’ldirakli qilib tayyorlanadi. Bir, yoki, ikki g’ldirakli aravachalarning harakatlanishga qarshiligi kam, ammo yuk og’irligining ma’lum qismi yuk tashuvchiga tushadi.

Shuning uchun, ular tashish yo’li notekis bo’lgan hollarda ishlatiladi. Uch va to’rt g’ldirakli aravachalar muvozanatlashgan bo’ladi, ammo ularning harakatlanishga qarshiligi katta. Ulardan tsexlarning ichida (tashish yo’li asfaltlangan, tekis bo’lsa) foydalanish qulay.

Shatakkka olinadigan tashish vositalariga priseplar va trallerlar kiradi. Bir o’qli priseplar uzunligi bo’yicha katta o’lchamga ega bo’lgan yuklarni (po’lat quvurlar, taxta materiallari va sh.k.) tashishda ishlatiladi. Ko’p o’qli priseplar - traller deb ataladi. Ulardan katta o’lchamli bo’linmaydigan og’ir vaznli yuklarni (ekskvatorlar, gusenitsali traktorlar va sh.k.) tashishda foydalaniladi.

Yo’l-yo’riq berish va xavfsizlik texnikasini o’rgatish. Yuklash-tushirishda texnika xavfsizligi

Yuklarni ortish, tashish va tushirish ishlarining to'g'riligiga transport vositasining haydovchisi javobgardir. Yuklash ishlari boshlanishidan oldin u yukni tekshirib ko'rishi va bu yuklar transport vositalarining tonnaji, hamda, o'lchamlariga muvofiq kelish-kelmasligini tekshirib ko'rishi lozim. Portlovchi moddalarni va zaharli kimyoviy moddalarni tashishda haydovchi bu yuklarni ortish, tashish va tushirish yuzasidan yuklarni ortish joyida yo'1-yo'riq olishi lozim.

Yuklar ko'pincha qop, savat, yashik, yoki, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish usuli tashiladigan yukka va yuk ko'taradigan mashinalar, yoki, boshqa vositalarning bor-yo'qligiga bog'liqdir. Yuklarni qo'lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi. Bunday holda, erkaklar ko'pi bilan 50 kg, ayollar esa, ko'pi bilan 9 kg, 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar ko'pi bilan 13 kg, o'smir qizlar ko'pi bilan 7 kg yuk ko'tarishlariga ruxsat etiladi.

Yukni ortish, yoki, tushirishga qadar, yuk ko'taruvchi vositalarning mustahkam va turg'unligi, ularning yuk ko'taruvchanligi ko'tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, tros va himoya to'siqlarining holatini tekshirish lozim. Yuk ortilgan transport qo'yiladigan joy axlat, qor, yoki, yot narsalardan toza bo'lishi kerak. Agar yuklash va yuk tushirish ishlarida ko'tarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda, ko'tarilgan yuk ostida turish mumkin emas; transportni shunday o'rnatish kerakki, bunda avtomobil, yoki, traktor kabinasi ko'tarilgan yuk ostiga to'g'ri kelmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi lozim.

Chang bo'ladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar, yuk tashuvchilar, albatta, himoya ko'zoynaklari va respiratorlardan foydalanishlari zarur. Chang bo'ladigan, yoki, badbo'y hidli yuklar brezent bilan yopiladi. Bochka , yoki, shunga o'xshash yuklarni ortishda maxsus ponalardan foydalaniladi. Transport harakati vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga tayyorlangan yuklar arqon bilan bog'lab mahkamlab qo'yiladi. Po'lat tros va simdan arqon o'rnida foydalanish mumkin emas. Uzun yuklar alohida e'tibor bilan, mahkam bog'lanishi lozim. Chunki, ular puxta bog'lanmasa, baxtsiz hodisaga, yoki, avariyaga sabab bo'lishi mumkin. Yonilg'ini avtotsisternalarda va metall bochkalarda tashishga ruxsat etiladi. Bu maqsadlar uchun shisha idish va chelaklardan foydalanish mumkin emas. Siqilgan kislorod, asetilen va boshqa yonuvchi gazlar solingan ballonlarni tashishda avtomobil kuzoviga yog'ochdan yasalgan uyali maxsus tagliklarga joylashtiriladi va mahkamlab qo'yiladi, bu tagliklar namat bilan o'ralgan boiishi kerak.

Yonilg'i gaz to'ldirilgan ballonlarni kislorodli ballonlar bilan birgalikda, kislorodli ballonlarni esa, moyli moddalar va moylar bilan birgalikda tashish mumkin emas. Hamma ballonlardagi ventillarda shikastlanish va ifloslanishdan saqlash uchun qopqoqlar bo'lishi kerak. Yoz kunlarida ballonlar qizib ketmasligi uchun brezent bilan o'raladi.

Idishga solingan sochiluvchan yuklar, hamda, kuzov ichida tashiladigan yuklar kuzov va arava bortlaridan chiqib qolmasligi lozim, chunki, ular harakat vaqtida tushib qolishi va yo'lovchini shikastlantirishi mumkin. Yuk transport vositalari turg'unligini yo'qotmasligi va haydovchining ko'rish chegarasini cheklamasligi lozim. Bochka, yashik, xashak, pohollarni ortishda yo'l harakati qoidalari va belgilangan o'lchamga rioya qilish lozim. Ortilgan yukning yerdan baland qismigacha bo'lgan oraliq 3,8 m. dan ortiq bo'lmasligi, eni 2,5 m.dan ortmasligi, transport orqasidan 2 m.dan ko'p chiqib turmasligi kerak. Agar yuk, yoki, tashilayotgan qishloq xo'jaligi mashinasining massasi juda og'ir, balandligi belgilangan oichamdan katta bo'lsa, u holda, bunday yukni tashish uchun yuk olingan joydagi DAN dan ruxsat olish zarur. Ruxsatnomada harakat vaqti va yo’nalishi ko'rsatiladi. Agar, bunday yuk bilan temir yo'l orqali o'tiladigan bo'lsa, temir yo'l muassasasidan qo'shimcha ruxsatnoma olinadi. Agar, yuk enining oxirgi nuqtasi bilan oldingi, yoki, keyingi o'lcham chiroqlari orasidagi oraliq 0,4 m. dan ortiq bo'lsa, transport vositasidan 1 m. dan ortiq chiqib qolgan yuklar kunduz kuni signalli shchitlar , yoki, bayroqchalar bilan, tunda va kunduz kuni ko'rish yomonlashgan vaqtda yoqilgan fonarlar bilan belgilanishi lozim. Agar, tirkash dishlosi transport orqasidan 1 m. dan ortiq chiqib qolsa, unga va egiluvchan shatak zvenosiga ham shunday belgi qo'yiladi. Shchit va bayroqchalarning o'lchami 400x400 mm bo'lishi kerak. Ularning o'ng va teskari tomonlariga qarama-qarshi diagonal bo'yicha eni 50 mm keladigan qilib, qizil va oq yo'llar oralatib chiziladi.

Traktorlar va boshqa mashinalarni yo'lga jo'natishda xavfsizlikni ta'minlash uchun bir qator talablarni bajarish zarur. Shataksirab qolgan traktor va o'ziyurar mashinalarni ularning quvvatidan katta bo'lgan traktor bilan shatakka olish mumkin. G'ildirakli ekskovatorni shatakka olishda oldin uning strelkasini yuradigan tomonga burib, shunday pastga tushirish kerakki, burilishlarda u shatakka olgan mashinaga tegib ketmasligi lozim. Burilish platformasini tormozlab va mustahkamlab, barcha chig'irlarni (harakatlantiruvchi qismlarni) tormozlab qo'yish kerak.

Mashinalarni og'ir yuk tashiydigan pritsep-mashinalarga hamda yuk mashinalariga ortish va ularni tashish ishlari ma'muriyat vaqilining kuzatuvida olib borilishi, platformaga yuklangan mashina mahkam joylashtirilishi kerak. Yolda xavfsizlik uchun shatakka olingan transport haydovchisi javobgardir. Haydovchi safarga chiqishdan oldin, yukni tashishga javobgar qishidan yuk ortilgan yerdan u olib boradigan joygacha bo'lgan qatnov yo'li to'g'risida ma'lumot olishi zarur. Temir yo'l platformasida traktorlar, hamda, boshqa mashinalarni ortish va tushirish ishlari temir yo'l ma'muriyatining ko'rsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishlarni qo'lda bajarishda bir yukchi (erkak) massasi 50 kg bo'lgan yukni «ко 'tarishi , yoki, massasi 80 kg dan oshmaydigan yukni surish mumkin.

Haydovchilardan ortish - tushirish ishlarida foydalanilmaydi. Haydovchi ekspeditorlar yuklarni mayda partiyalar bilan tarqatganda, bir yukning massasi erkaklar uchun 30 kg va ayollar uchun 20 kg dan oshmagan hollar bundan mustasno. Yuklarni (ayniqsa toshni) uyib ortishda yukchilar avtomobilning faqat bir tomonida bir - birlaridan 1.2-1,5 m masofada turib ishlashlari kerak. Avtomobil platformasi sathidan past to’rgan dumalatma yuklar (bochka, baraban va rulonlarni) ortish va bo 'shatish ishlarini ikki yukchi kuzovda turib arqonlar yordamida qiya о 'rnatilgan taglikdan foydalanib bajaradi. - Changlanuvchi , yoki, zaharli yuklar ( sement, ohak ) ni maxsus kiyimda, respiratorlar va chang kirmaydigan niqob taqib olgan holda bajarish kerak. Zaharli suyuqlik solingan idishlarni ortishdan, yoki, tushirishdan oldin idishning mustahkamligi tekshirilib ко 'riladi.

Bunday yuklarni ikki yukchi ortadi, yoki, tushiradi. Kislota va ishqorli idishlarni orqalab, yelkaga qo’yib va ко 'krakka tirab tashish taqiqlanadi. Portlovchi, radioktiv va boshqa xafvli yuklarni ortish va tushirishdan oldin, yuk jo 'natuvchi ishchilarni xavfsizlik choralari bilan tanishtirib chiqish kerak.


G’isht tashishda asosan 200 dona g'isht oladigan tagliklardan foydalanish kerak. Tagliklarga g'ishtni archa usulida ortirib keyin g’isht zavodida ко prikli kran orqali avtomobillarga ortiladi.

Yukni ortishda texnika xavfsizligiga rioya qilish lozim. Kranning strelasi ostida yuk ortiladigan paytda turmaslik, chetga chiqib turish kerak. Yukni ortish va tushirish davrda haydovchi ehtiyotkorlik chorasini ко 'rishi kerak. Atrof yoritilgan bo’lishi, yuk haqida to’liq ma 'lumotga ega bo'lishi kerak Yukni tushirishda asosan yuqori qavatli uylarga avtomobildan «to'g'ridan — to'g'ri berishga kran strelasi ostidan ehtiyot bo'lish kerak. Yukni joy dan kran balandga kenglik bo yicha уo’naltirilayotgan paytda, tovushli signallar ishlatishi kerak bo’ladi.



Ko’tarish-tashish ishlarida texnika xavfsizligi asoslari

Ko’tarish-tashish mashinalarida ish bajarish jarayoni xavfsizlikni to’la ta’minlashni talab etadi. Chunki, tashiladigan yuklar ham, mashinaning ishlash zonasida joylashgan turli uskunalar, asboblar, dastgohlar ham, muayyan qiymatiga ega bo’lib, moddiy boyliklarni tashkil etadi. Shu bilan birga, mazkur zonada ishlayotgan insonning hayoti va sog’ligiga ham daxl solmaslik muhimdir.

Ko’tarish-tashish operatsiyalarini bajarilishi jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik yukning sinishi, buzilishi, boshqa moddiy resurslarning ishdan chiqishi, insonning hayotini xavf ostida qoldirishi kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ayniqsa, kranlarning ishlashi yuqori darajadagi xavf bilan bog’liq. Shu sababli, kranlarning normal texnik holati va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash maxsus nazorat organi - Tog va kon texnikaviy ob’ektlarini nazorat qiluvchi Davlat komiteti tomonidan tashkil etiladi, amalga oshiriladi va nazorat qilib boriladi.

Кranlardan foydalanishni tashkil etish maxsus ishlab chiqilgan me’yoriy-texnikaviy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu xujjatlarda kranlarning holatini nazorat qilish normalari va muddatlari ko’zda tutilgan bo’lib, korxonalarning kranni ishlatishda qatnashuvchi xodimlariga talablar va ularning vazifalari bayon etilgan. Mazkur ob’ektlarni ishlatishda, xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi xodimlar tegishli malakaga ega bo’lishlari, davriy ravishda qayta tayyorgarlikdan o’tib turishlari lozim.

Boshqa yuk ko’tarish-tashish mashinalarini ishlatishda texnika xavsizligi qoidalari korxonada namunaviy qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladi va tegishli tartibda tasdiqlanadi.

Avtomobil transportida ortish - tushirish ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash.

Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir.

Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

- shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish;

- ortish joyiga keltirish;

- transport vositasiga ortish;

Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

- yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;

-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash);

- xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar.

Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi.

Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi.

Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:

  • kutib qolish vaqti;

  • avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;

  • ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;

  • hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.

Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha operatsiyalar ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish ishlarida esa, barcha operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini kamaytiribgina qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Qo’l yordami bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg, ayollar uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish faqatgina mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur.




Nazorat savollari:



  1. Yuk tashishda ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish qulayliklari borasida tushuncha bering?

  2. Avtotransportda tashishda ortish-tushirish me’yoriy ma’lumotlarini bering?

  3. Yuk ortish-tushirish punktlari deb nimaga aytiladi?

  4. Yuk ortish-tushirish postlari deb nimaga aytiladi?

  5. Yuklar qanday almashinadi?

6. Yuk hosil qilishi va yuk iste’mol qilish maskanlarining vazifalari ?

7. Yuk ko’tarish mashinalarining turlarini sanab ko’rsating.

8. Yuklash-tushirishda texnika xavfsizligi haqida gapirib bering?







Mavzu 50 - 51. ATK da harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil qilish to’g’risidagi Nizom. Harakat xavfsizligi bo’limining asosiy vazifalari.

Reja.

1.Harakat xavfsizligi bo`limining asosiy vazifalari va tarkibi;

2.Harakat xavfsizligi xizmatining majburiyatlari;

3. Harakat xavfsizligi xizmatining huquqlari.

Tayanch iboralar: Harakat xavfsizligi bo`limining asosiy vazifalari va tarkibi, harakat xavfsizligi xizmatining majburiyatlari, huquqlari.


Bayoni:


O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI

BOSHLIG‘INING

BUYRUG‘I


AVTOMOBILDA TASHUVCHINING YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI
XIZMATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2545]

O’zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10- martdagi 118-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvoflq buyuraman:

  1. Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.





Boshliq V. ISMAILOV



Toshkent sh.,

2013-yil 23-dekabr,

20-son

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 23-

dekabrdagi 20-sonli buyrug‘iga


ILOVA



Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi


NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10- martdagi 118-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. '





I bob. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yolovchi, bagaj va yuk tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;

avtotransport vositalari— avtomobilda tashuvchiga tegishli bo‘lgan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;

yo‘l harakati xavfsizligi xizmati — avtomobilda tashuvchining avtotransport vositalari orqali tashishlarni amalga oshirishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi (bundan buyon matnda YHX xizmati deb yuritiladi);

yo‘l-transport hodisasi— avtotransport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;

yo‘I harakati qoidalarining buzilishi — DYHXX organlari tomonidan aniqlangan va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan avtotransport vositasi haydovchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabr 472-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 12- son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘l- transport hodisasiga sabab bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

  1. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq, 50 va undan ziyod avtotransport vositalariga ega bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi).

  2. YHX xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritadi va o‘z maqomiga ko‘ra avtomobilda tashuvchining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.

  3. YHX xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas.

  4. YHX xizmati avtomobilda tashuvchining faoliyati tugatilgan taqdirdagina tugatiladi.

II bob. YHX xizmatining tuzilishi

  1. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.

  2. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.

  3. Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat bo‘lgan YHX xizmati tashkil etiladi:

avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha bo‘lgan

avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim;

avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha bo‘lgan

avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim;

avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha bo‘lgan

avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim.

  1. Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilaming YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi.

  2. Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

  3. YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (bo‘lim) boshlig‘i, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi.

  4. “Yo‘1 harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21 - moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.


Ill bob. YHX xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari


  1. YHX xizmati quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:


- avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;

- avtotransport vositalari haydovchilarining qonun hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;

- avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;

- yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bohganda, transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;

- avtoransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘ 1- transport hodisalarining va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlami ko‘radi;

- avtoransport vositalari haydovchilarining tibbiy ko‘riklarini, ularning yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;

- avtomobilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

  • avtotransport vositalarining but saqlanishini ta’minlaydi.


  1. YHX xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


avtotransport vositalari haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat berilishini nazorat qiladi;

avtomobilda tashuvchining barcha xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to’g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora- tadbirlarni amalga oshiradi, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;

katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;

tashishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari haydovchilarining qonun hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;

avtotransport vositalari haydovchilariga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qo‘shimcha (navbatdan tashqari) yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi xonasini tashkil qiladi va uning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi;

avtotransport vositalarining yo‘nalishga chiqish oldidan texnik jihatdan sozligi va ko‘rinishi talab darajasida bo‘lishini nazorat qiladi;

yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sharoitlar aniqlanganda avtotransport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi;

yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha choraklik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun avtomobilda tashuvchining rahbariga taqdim etadi;

DYHXX organlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomobilda tashuvchining xodimlariga yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida muntazam ravishda ma’lumot berib boradi va ularning yuzaga kelish sabablari haqida tushuntirishlar beradi;

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtomobilda tashuvchi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni hisobga olish kitobini, 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘1-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobini, 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo’l harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobini hamda 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ko‘rsatmalarini qayd qilish kitobini yuritadi;

avtotransport vositalari haydovchilarining majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan, shu jumladan reys oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini ta’minlaydi;

avtotransport vositalari ishtirokidagi sug‘urta hodisalarini tekshirishda ishtirok etadi;

ish vaqti tugagandan so‘ng avtotransport vositalarining saqlash joyiga o‘z vaqtida qaytishi va qabul qilib olinishini nazorat qiladi.


IV bob. YHX xizmatining huquqlari va majburiyatlari

  1. YHX xizmati o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili bo‘lish;

avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga doir ma’lumotlarni talab qilib olish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy bo‘linmalari uchun majburiy bo‘lgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

tashishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklaming o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni ko‘rish;

yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash;

ahvoli yoki harakatlari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish;

namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun rag‘batlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish.


  1. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘1-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga yetib borish, yo‘nalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yo‘llari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan ta’minlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur.


17.YHX xizmati:

.

o‘z harakatlari bilan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzmasligi;

avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq bo‘lmasligi;

avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy ko‘rsatmalari va talablarini bajarishi shart.


Harakat havfsizligi bo’limi – ixtiyorida avtomobil transporti, yoki, shahar elektr transporti, traktor va o’zi yurar mashinalar mavjud bo’lgan muassasa, tashkilot, idoralarda yo’l harakati havfsizligini oldini olish va transport vositalaridan foydalanish samarasini oshirish ishlarini tashkil qilish uchun tuziladi.


Harakat havfsizligi bo’limi asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ­­­yo’l transport hodisalari kelib chiqish sabab va sharoitlarini aniqlash va o’rganish, yo’l harakati qoidalarining buzilishini tahlil qilish;

  • transport vositalarini shikastsiz (avariyasiz) ishini ta’minlash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • haydovchilarda yuk va yo’lovchilarni tashishda javobgarlik mas’uliyatini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar;

  • haydovchilarning mahoratini oshirish;

  • tashkilot, muassasa idoralar va ularning bo’linmalarini yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha uslubiy boshqarish va nazorat qilish;

  • Harakat xavfsizligi xizmati unga yuklatilgan masalalarni DAN xodimlari yo’l xodimlari va communal xizmat tashkilotlari bilan shuningdek, ish faoliyati yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’lgan jamoat tashkilotlari bilan o’zaro kelishilgan holda hal qiladi.


Harakat xavfsizligi xizmatining majburiyatlari

  • ATKning boshqa xizmatlari, bo’limlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda YTH bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va nazorat qilish;

  • ATK bo’limlari va xizmatlari tomonidan YHQ ishini ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarning bajarilishini muntazam nazorat qilish va tekshirish, hamda, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish takliflarini rahbariyatga taqdim etish;

  • ATK haydovchilari tomonidan YHQ buzilganligi va YTH hisobini olib borish, kelib-chiqish sabablarini tahlil qilish, YTH va ularni ogohlantirish uchun ko’rilgan choralar haqida belgilangan tartibda hisobot tayyorlash, tekshiruv va tahlil hujjatlari asosida YTH va YHQ buzilganligi haqida takliflar ishlab chiqish va ATK rahbariga taqdim etish;

  • ATKning harakatlanuvchi tarkibi ishtirok etgan YTH hujjatlarini DAN ma’lumotlari bilan muntazam solishtirib borish;YHX bo’yicha buyruqlar, ko’rsatmalar, boshqa boshqaruv hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, yoki, ularni ishlab chiqishda qatnashish;

  • Jamoada YHX bo’yicha ommaviy –tashviqot ishlarini tashkil qilish(leksiyalar, konkurslar, kinofilmlar namoyishi);

  • YTH sodir bo’lish sababi va sharoitini aniqlashda, shuningdek, YHX bo’yicha o’rnatilgan me’yor va qoidalarning buzilganligini aniqlashda (ATK dagi kamchiliklarga bog’liq bo’lgan) ishtirok etish; ATK jamoasida YTH va YHQni va transport vositalaridan texnik foydalanish qoidalarini buzgan haydovchilarni muhokama qilishni tashkil qilish;

  • Haydovchilarning reys oldi va reysdan keyin tibbiy ko’rikdan o’tishini, haydovchilik guvohnomasida qayd etilgan toifa bo’yicha transport vositalarini boshqarishni, foydalanish xizmati tomonidan haydovchilarga transport vositalarini boshqarishda yo’l va ob-havo sharoitlari haqida yo’riqnomalar o’tkazishni nazorat qilish;

  • Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish va haydovchilarning yo’nalishdagi ishini nazorat qilishda ishtirok etish, atetstatsiya komissiyasining haydovchilar malakasini oshirish ishlarida qatnashish, ilg’or haydovchilarning ish tajribasini ommalashtirish, xodimlar bo’limi bilan hamkorlikda, olingan mukofotlarni ATK rahbariga taqdim etish va rasmiylashtirish;


Harakat xavfsizligi xizmati huquqlari


  • ATK ning boshqa xizmati bo’limlarining YTH bo’yicha ishini tekshirish, ATKning mas’ul rahbar va xodimlaridan zarur hujjatlarini yozma va og’zaki ravishda tushintirishlarni talab qilishi, haydovchilar haydovchilik guvohnomasini, talonini, yo’l varaqalarini, tovar-transport hujjatlarini zarur hollarda tekshirishni,


haydovchilar tomonidan YHQ buzilganligi aniqlanganda, transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganda yo’l varaqalariga qaydnomalar qilish, kerak bo’lgan hollarda harakatlanuvchi tarkibni ATKga qaytarish;

  • ATKning YHX qoidalariga amal qilmagan xodim va haydovchilarni o’rnatilgan qonuniy tartibda ishdan chetlashtirish va mas’ul boshliqlardan tegishli chora ko’rilishini ta’lab qilish, sodir etilishi mumkin bo’lgan texnik nosoz avtomobillarni yo’nalishga chiqarmaslik, yoki, yo’nalishdan qaytarish;

  • ATKning boshqa xizmatllari va bo’limlari tomonidan YHXni ta’minlash bo’yicha tayyorlangan hujjatlar loyihasini ko’rib chiqish va loyihalarga xulosalar berish;



Nazorat savollari

1.Harakat xavfsizligi bo`limining asosiy vazifalari va tarkibi haqida aytib berin.

2.Harakat xavfsizligi xizmatining majburiyatlari haqida aytib bering.

3. Harakat xavfsizligi xizmatining huquqlari haqida aytib bering.





Mavzu: 52. Haydovchilarning malaka darajasi va toifalari bo’yicha taqsimlanishi



Reja:

1. Haydovchilarning malaka darajasi va toifalari bo’yicha taqsimlanishi.

2.Haydovchilarga yo’l harakati xavfsizligi qoidalari bo’yicha yo’riqnomalar to’g’risidagi Nizom.

Tayanch iboralar: Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, haydovchi, avtotransport korxonasi, ko’tarish-tashish mexanizmlari.


Bayoni:


Mavzu 53. Harakat xavfsizligi hujjatlari yuritilishi.

Reja:

1.YTH hisobi jurnali va YHQ buzilishining hisobi;

2.Haydovchilarning YTH va YHQ buzganliklarini hisobini oluvchi shaxsiy varaqasi;

3.Yuqori tashkilotlarga YTH haqida ma’lumotnoma;

4.Avariya hollari haqida YTH – 3 shaklidagi ma’lumotnoma.

Tayanch iboralar: YTH hisobi jurnali, YHQ buzilishining hisobi, avtotransport korxonasi, shaxsiy varaqa, Avariya hollari haqida YTH – 3 shaklidagi ma’lumotnoma.


Bayoni:

Harakat havfsizligi hujjatlari

Harakat xavfsizligi bo’yicha ishonchli ma’limotlar olish uchun korxonada hisob va hisobot ishlarini puxta tashkil qilish quyidagi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

YTH hisobi jurnali;

YHQ buzilishining hisobi;

Haydovchilarning YTH va YHQ buzganliklarini hisobini oluvchi shaxsiy varaqasi;

Yuqori tashkilotlarga YTH haqida ma’lumotnoma;

Avariya hollari haqida YTH – 3 shaklidagi ma’lumotnoma.


ATK YTH hisobi jurnaliOST 67-14—84 “Harakat xavfsizligi bo’yicha hujjatlar. Rejalashtirish.Hisob va hisobot ”shaklida tavsiya etilgan .

Betlari varaqlangan YTH –hisobi jurnalida ATK haydovchilari tomonidan sodir etilgan (moddiy zarari, keltirgan oqibatlari, haydovchining ayb- dorlik darajasidan qatiy nazar) barcha YTH i belgilab boriladi. DAN, haydovchilar, yoki, guvohlar arizasi, murojati bo’yicha YTH haqida kelgan ma’lumotlarni jurnalga faqat korxonaning harakat xavfsizligi xizmati xodimlarini tomonidan, vaziyat o’rganib chiqilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Jurnalda ATKning har bir haydovchisi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha YHQining buzilish hollari qayd qilinib boriladi.

--YTH va YHQning qo’pol ravishda buzilish hisobi haqidagi ma’lumotlar to’liq bo’lishi uchun, korxonaning harakat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kamida 1 oyda bir marta DAN bilan ma’lumotlarni solishtirib chiqish ishlari o’tkazilish kerak.

---Haydovchilarning transport – yo’nalishidagi intizomi darajasi haqida tezkor-ma’lumotlar olish uchun ATKda YTH va YHQ buzilishini hisobga oluvchi shaxsiy varaqalar yo’lga qo’yilishi tashkil qilinadi. Bunday shaxsiy varaqalar har bir haydovchiga harakat xavfsizligi bo’yicha kirish yo’riqnomasi o’tilgandan keyin to’ldiriladi.

Harakat xavfsizligi xizmati mavjud bo’lmagan ATKda haydovchilarning YTH va YHQi qo’pol buzilishining hisobini oluvchi shaxsiy varaqalari avtojamlanma, yoki, shu korxonaning xodimlar bo’limida saqlanadi. Varaqadagi qaydnomalar – hisob jurnalidagi ma’lumotlariga mos ravishda to’ldirilishi shart.

Yuqori tashkilotlarga ma’lumot berish – Yuqori tashkilotlarga sodir etilgan YTH haqida axborot berish uchun haakat xavfsizligi xizmati tomonidan har YTH haqida ma’lumotlar tuzish va jo’natish, xabar berish shaklida amalga oshiriladi. Bunga YTH chizmasi, yo’l - transport vaziyati tahlili ilova qilinishi kerak. YTH haqida xabar berish – telefonogramma, radiogramma,faks, telegraf orqali amalga oshirish rux- sat etiladi. Bu holda, korxonaning harakat xavfsizligi xizmatida yuborilgan ma’lumotning nusxasi bo’lishi shart.

Avaruya hollari haqidagi YTH - 3 shaklidagi ma’lumot-

ATK tashkilotlari muntazzam ravishda ( kvartalda bir marta ) yuqori turuvchi tashkilotlarga YTH – 3 shaklida hisobot beradilar.

Bu shakldagi hisobot ATK tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga yangi kvartalning birinchi oyi 15 – sanasidan kechiktirmay ( yanvar, aprel, yul, oktyabr)

YTH shaklidagi hisobot ikki qismdan iborat :

--Jabrlanuvchilar mavjud bo’lgan YTH ;

--Barcha YTH ;


a) Hisobotning birinchi qismida - YTH turi, sodir bo’lgan joyi, transport vositalari, turlari, YTH sabablari tahlili, shuningdek, ATK xodimlarining aybi natijasida jabr ko’rganlar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi.

YTH turlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:

To’qnashish, to’ntarilishi, yo’lovchilarning yiqilishi, to’xtab to’rgan harakatlanuvchi vositalarga urilishi, yoki, velosiped haydayotganlarni, piyodalarni, biron bir hayvonlarni urib yuborish va boshqa hodisalar.

YTH sodir etgan transport vositalari quyidagi turlarga bo’linadi:

--avtomobillar ( engil, avtobus, yuk,maxsus, avtokranlar)

--mototransport vositalari:

--traktorlar;

--o’ziyurar mashina va mexanizmlar;

b)YTH-3 shaklidagi hisobotning 2-qismida – kvartalda (hisobot tayyorlanayotgan) sodir bo’lgan YTH umumiy soni va transport vositalarining turlari, soni haqida, shuningdek, YTH natijasida transport vositalari, yo’l inshootlari, yuklarga yetkazilgan zarar haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

--YTH- 3 shaklidagi hisobot ATK rahbari tomonidan imzolangan va hisobotdagi keltirilgan ma’lumotlar DAN bilan kelishilgan bo’lishi va hisobot varaqasiga belgilangan bo’lishi kerak.


Nazorat savollari


1.Yuqori tashkilotlarga ma’lumot berish haqida nimalarni bilasiz?

2.Avaruya hollari haqidagi YTH - 3 shaklidagi ma’lumot nima?

3.Hisobotning birinchi qismida qanday ma’lumotlar bo’ladi?

4.YTH-3 shaklidagi hisobotning 2-qismida qanday ma’lumotlar bo’ladi?



Mavzu: 54. Haydovchilar malakasini oshirish bo’yicha qilinadigan ishlar.

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash.


Reja:


1. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

2. Haydovchilar malakasini va avtomobilarni boshqarish mahoratini oshirish.

3. Qoida buzgan haydovchilar bilan ishlash.

Tayanch iboralar: Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, Haydovchilar malakasini va avtomobilarni boshqarish mahoratini oshirish


Bayoni:


O’zbekiston respublikasi hududida fuqarolarga haydovchilik guvohnomasi berish tegishli qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Barcha avtotransport vositalari- “A”B”S”D”E” toifalariga, tramvay, trolleybus,motokajava ajratiladi.

Haydovchilarga ATKda ish jarayoni vaqtida, haydovchilik guvohnomasida ruxsat etilgan toifasiga bog’liq holda, ATKsi buyrug’i asosida 1-sinf , yoki, 2-sinf haydovchisi malakasi beriladi.

1-sinf haydovchisi toifasini olish uchun haydovchilik guvohnomasida barcha toifalarga (B,S,D,E) ruxsat berilgan bo’lishi kerak.

2-sinf haydovchisi malakasini olish uchun haydovchilik guvohnomasida “D” , yoki, “CE” toifasiga ruxsat etilgan bo’lishi kerak.

Haydovchilar maxsus dasturlar va ortirilgan ish tajribalari yordamida o’z malakalarini ortirib borishlari mumkin. Haydovchilar malakasini 3-sinf- dan 2- sinfga oshirish uchun maxsus dasturlar yordamida ta’lim berishga 350 soat ajratiladi. O’quv rejaga quyidagi ravishda har bir tinglovchiga; avtopoezd haydovchilariga – 10 soat; yuk avtomobili haydovchilariga – 15 soat; engil avtomobillarga – 5 soat;


Haydovchilar malakasini 3sinfdan – 2-oshirish o’quv rejasi o’z ichiga quyidagilarni oladi.


Mavzu

Mashg’ulot soatlari soni

Amaliy soatlar

1

Avtomobil

100

42

2

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish

83

50

3

Foydalanish asoslari

30

-

4

Xavfsizlik asoslari va YHX

70

-

5

Ishlab chiqarish va mehnat iqtisodi asoslari

30

-

6

Hukumat qonun va qarorlarini o’rganish

25

-

7

Imtihon

12

-

8

Jami

350

92

Haydovchilar malakasini 2-sinfdan (“B,S,E”) 1-sinfga oshirish uchun o’tkaziladigan mashg’ulotlarga 350 soat, shuningdek, o’quv rejadan tashqari 10 soat- avtomobillarni boshqarish uchun ajratilgan bo’lib, o’quv reja mavzulari quyida ko’rsatilgan.


Mavzu

Mashg’ulot soatlari soni

Amaliy soatlar

1

Avtobuslar tuzilishi

120

40

2

Avtobuslarga texnik xizmat ko’rsatish

60

40

3

Transport vositalaridan foydalanish asoslari

30

-

4

YHQ

55

-

5

Ishlab chiqarish va mehnat iqtisodi asoslari

30

-

6

Hukumat qonun va qarorlarini o’rganish

25

-

7

maslahatlar

12

-

8

Imtihon

18

-


Jami

350

80

Haydovchilarning malakasini 2- sinfdan 1- sinfga (“D”) toifasi uchun, o’quv rejasi asosida mashg’ulotlar 350 soat; 15 soat dan har bir tinglovchiga (avtomobilarni yakka tartibda boshqarish, shuningdek, 5-soatdan engil; 5 soatdan – yuk va avtopoyezd uchun)


Haydovchilarning malakasini 2- sinfdan 1- sinfga (“D”) toifasi uchun, o’quv rejasi


Mavzu

Mashg’ulot soatlari soni

Amaliy soatlar

1

Avtomobil va tirkamalar tuzilishi

120

40

2

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish

60

40

3

Transport vositalaridan foydalanish asoslari

30

-

4

YHQ

73

-

5

Ishlab chiqarish va mehnat iqtisodi asoslari

30

-

6

Hukumat qonun va qarorlarini o’rganish

25

-

8

Imtihon

12



Jami

350

80



Yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha bo’limlarni takomillashtirish uchun har yili ATKda haydovchilar bilan qo’shimcha ravishda 20 soatlik dastur bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkaziladi. Bunda nazariy mashg’ulotlar- 45 daqiqa, amaliy- 60 daqiqa.


Haydovchilar malakasini va avtomobilarni boshqarish mahoratini oshirish.

O’quv yurtini tugatib(tayyorlash va qayta tayyorlashdan ) kelgan, boshqa korxonalardan ishga o’tgan, uzoq muddat transport vositasini boshqarma-gan haydovchilar, avtomobillarni boshqarish malakasini, ko’nikmasini va mahoratini oshirish maqsadida tajriba muddatini ( stajirovka) o’taydilar.

Amaliy tajriba ishlari- haydovchi bundan buyon ishlaydigan avtomobil markasi va yo’nalishda, haydovchi-mo’rabbiylar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun harakatlanuvchi tarkib qo’shimcha ravishda ilashish muftasi va tormoz tizimi bilan jihozlanadi. Yaqinda yuk avtomobillarida ish boshlagan haydovchilar, ATK joylashgan hududiy shahar(tumanlar) qismida 30 kungacha amaliy tajriba ishlarini o’taydilar. Haydovchi mo’rabbiylarga- 5 yil ish tajribasiga ega bo’lgan, 1- va 2- sinf, oxirgi 3yil ichida, uning aybi bilan YHH sodir etilmagan, transport va mehnat intizomini buzmagan, shuningdek, yaxshi ish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan, o’rgatish va tarbiyalashga layoqati bo’lgan ilg’or haydovchilar ATK buyrug’i asosida tayinlanadilar.

Qoida buzgan haydovchilar bilan ishlash.

Axloqiy javobgarlik Agar haydovchi mehnat shartnomasida ko’rsatilgan vazifani bajarmagan, ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan, xizmat burchini o’tayotgan paytda ATKga ziyon keltirgan bo’lsa, axloqiy javobgarlikka tortiladi. Mehnat intizomini buzganligi uchun ATK ma’muriyati haydovchini: 1) ogohlantirish; 2) hayfsan e’lon qilishi; 3) qattiq hayfsan berishi; 4) maoshi past ishga o’tkazish; 5) ishdan bo’shatishi mumkin.

Mehnat intizomini buzgan, uzrli sababsiz ishga kelmagan, yoki, ishga mast holda kelgan haydovcilar uch oygacha muddatga boshqa-maoshi past ishga o’tkazilishi mumkin. Bu uch oy davomida o’z ixtiyori bilan ishdan bo’shashga ruxsat etilmaydi.

Haydovchining mazt holda ishga kelishi, yoki, spirtli ichimliklarni ATK maydonida, hamda, yuk tashilayotgan paytda is’temol qilishi mehnat intizomini qo’pol ravishda buzish hisoblanadi. Bunday ayblar uchun haydovchilar ATK tashabbusi bilan ishdan bo’shatilishi mumkin.

ATK ma’muriyati haydovchini nojo’ya hatti harakat qilgan kundan boshlab, bir oy davomida, biroq olti oydan kechiktirmasdan jazolashi mumkin. Jazo, haydovchining avvalgi ayblari uchun berilgan jazolardan qat’iy nazar, beriladi.Har bir mehnat intizomini buzganligi uchun faqat bitta axloqiy-tuzatish jazosi berilishi mumkin. Berilgan jazo ATK bo’yicha buyruqda e’lon qilinishi va bu haqda haydovchi yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Agar haydovchiga axloq – tuzatish jazosi berilgan kundan boshlab bir yil davomida yangi jazo berilmagan bo’lsa, berilgan jazoni bekor qilish to’g’risida buyruq chiqqan-chiqmaganligidan qat’iy nazar, jazo bekor qilingan hisoblanadi.


Moddiy javobgarliq. Haydovchining aybi bilan ATК ga ziyon keltirilgan (masalan, yo’l-transport xodisasi paytida avtomobil shiqastlansa) bo’lsa, u bu ziyonni to’lashi lozim. To’lanadigan pul – miqdori haydovchi o’rtacha maoshining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.


Кeltirilgan ziyonning o’rni ATК ma’muriyatining ko’rsatmasi bilan haydovchining ish haqidan ushlab qolish yo’li bilan to’ldiriladi. Haydovchi keltirgan ziyon aniqlangan kundan boshlab, ma’muriyat ko’pi bilan ikki xafta ichida buyruq, chigarishi kerak. Bu buyruq haydovchiga yetkazilganidan kamida etti kun o’tgach, bajarilishi kerak. Agar, haydovchi pul undirib olish haqidagi qaror, yoki, undirib olinadigan pul miqdoridan norozi bo’lsa, uning arizasiga ko’ra mehnat munozarasi qonunda ko’zda tutilgan tartibda ko’rib chiqiladi. Agar, haydovchi avtomobilni mast holda boshqarib, ATK ga moddiy zarar keltirgan bo’lsa, u bu ziyonni to’liq to’lashga javobgardir.

Zarar haydovchidan sud orqali, yoksu^ oi, qonunda ko’rsatilgan boshqa yo’l bilan undirib olinadi. ATK ga keltirilgan zararni haydovchidan undirib olish uchun ma’muriyat zarar aniqlangan kundan boshlab bir yil muddat ichida sudga murojaat qilishi mumkin.

Yuk tashish bo’yicha bajarilmagan ishni qo’shib yozish yo’li bilan ATK ga keltirgan zarar haydovchilardan, amaldagi qonunlarda ko’rsatilgan tartibda undirib olinadi. Haydovchining aybi bilan me’yordan ortiqcha sarflangan yonilg’i (benzin, yoki, dizel yonilg’isi) narxi haydovchidan 100% miqdorda ushlab qolinadi.Mazkur qarorda yana shu narsa ko’rsatib o’tiladiki, spidometri ishdan chiqqan, yoki, buzuq, hamda, plomba qo’yilmagan spidometrli avtomobil yo’lga chiqarilgan bo’lsa, bunday hollar kasaba uyushmasi ishtirokida ATK ma’muriyati tomonidan ko’rib chiqilishi, ayibdor shaxslar esa ko’rsatib o’tilgan tartibda javobgarlikka tortilishlari lozim.

Jamoatchilik asosida javobgarlik

Haydovchilar bunday javobgarlikka ATK jamoat tashkiloti, mehmat jamoasi va o’rtoqlik sudi tomonidan tortiladi.

O’rtoqlik sudlari 1) ATK kasaba uyushmasi, mahalla, uy boshqarmalari, fuqarolar yig’’ilishlarining xodimlari 2) mehnatkashlar xalq deputatlari; 3) ATK rahbarlari, 4) sud, prokuror, shuningdek, prokuror roziligi bilan tergov organlari bergan materiallar asosida; 5) fuqarolarning arznomalari bo’yicha; 6) o’rtoqliq sudining o’z tashabbusi bilan ham ishlarni ko’rib chiqadi.

O’rtoqlik sudi aybdor haydovchiga nisbatan quyidagi choralarni ko’rishi mumkin: jabrlanuvchidan, yoki, jamoadan jamoat oldida kechirim so’rashga majbur qildirish; o’rtoqlik ogohlantirishini e’lon qilish; jamoat oldida tanbeh berish; yozma ravishda, yoki, yozmasdan jamoatchilik nomidan hayfsan berish; g’ayri-qonuniy harakatlari bilan keltirgan zararning o’rnini to’ldirishga majbur qilish. Agar, o’rtoqlik sudi ishni ko’rib chiqib, qonun buzuvchini jinoiy va ma’muriy jazoga tortish lozim deb topsa, u holda materiallarni tegishli organlarga topshirish haqida hukm chiqaradi. O’rtoqlik sudi aniqlangan qonun buzilishi, yoki, boshqa jinoyat sodir bo’lish sharoitlarini va sabablarini jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarga xabar qiladi. O’rtoqlik sudining hukmi uzil-kesil hisoblanadi. Belgilangan muddatda o’rtoqliq sudining qarori bajarilmasa, uning raisi ishni xalq sudiga topshiradi. Xalq sudi yuborilgan materiallar va chiqarilgan hukm qonuniy ekanligini ko’rib chiqib, sud ijrochisiga bajarish uchun ijro varag’ini topshiradi. O’rtoqlik sudi chiqargan ogohlantirish jamoatchilik nomidan tanbeh, yoki, hayfsan berish haqidagi qarori bir yil o’tgandan so’ng o’z kuchini yo’qotadi. O’rtoqlik sudi tomonidan jazolangan shaxs ana shu bir yil davomida qonunni yana buzmasa va jinoyat qilmasa, chiqarilgan hukm bekor qilinadi. O’rtoqlik sudi jamoat tashkilotlarining, ATK raxbarlarining, o’rtoqlik sudiga tortilgan shaxsning ariza­siga ko’ra, yoki, o’z tashabbusi bilan bir yil muddat o’tmasdan berilgan jazoni bekor qilishi ham mumkin.


Ma’muriy javobgarlik.

Nuqsonlari bo’lganligi uchun foydalanish ta’qiqlangan, yoki, tegishlicha ruxsat olmasdan qayta jihozlangan, yoxud davlat texnika ko’ruvidan o’tmagan avtomobilni boshqarganligi uchun haydovchi ogohlantiriladi, yoki, jarima to’laydi

Tezlikni belgilangan miqdordan oshirganligi, yo’l harakatini rostlab turuvchi signallarga, yo’l belgilari, yoki, yo’llarning o’tish qismidagi reja chiziqlari talablariga rioya qilmaganligi,odamlarni tashish, transport vositasini quvib o’tish, manyovr qilish, chorrahalardan, piyodalar o’tadigan yo’llardan, jamoat transporti to'xtaydigan joylardan o’tish, yoritish priborlaridan foydalanish qoidalarini buzganligi harakat vaqtida to’siqsiz yurishga haqqi bo’lgan transport vositalarining o’tib ketishi uchun xalaqit berganligi uchun, yoki, avtomobilni haydash guvohnomasi bo’lmagan shaxsga boshqarishga berganligi uchun haydovchi ogohlantiradi, yoki, jarima undiriladi.

Avariya holati sodir bo’lishiga olib kelgan yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolarga yo’l qo’ygan, shuningdek, aytib o’tilgan harakat qoidalarini yana bir bor buzgan haydovchi ogohlantiriladi, yoki, jarima undiriladi.

Bir yil davomida aytib o’tilgan qoidalarni buzgan haydovchi jarima to’laydi, yoki, olti oy muddatga avto­mobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yo’l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida avtomobilga, olib ketilayotgan yukka, yo’lga, yo’l inshootlari va boshqalarga yoki, boshqa mulkka shikast etkazganligi uchun haydovchi jarima to’lay­di , yoki, olti oy muddatga avtomobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yo’l qoidalarini buzib, yuqoridagidek oqibatlarga sabab bo’lsa, haydovchi jarima to’laydi. Avtomobilni mast holda boshqarganligi, shuningdek, avtomobilni mast holdagi boshqa qishiga boshqarishga ruxsat berganligi uchun haydovchi jarima to’laydi, yoki, bir yil muddatga avto­mobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yuqorida aytib o’tilgan yo’l harakati qoidalarini bir yil davomida qayta buzganligi uchun, birinchi marta qoidani buzganda haydovchilik guvohnomasidan bir yil muddatga mahrum etilgan bo’lsa, jazo muddati tugashi bilan haydovchi yana bir yildan uch yilgacha haydovchilik guvohnomasidan maxrum etiladi

Avtomobilni boshqarayotgan haydovchining ichganligiga shubha tug’ilsa, u avtomobilni boshqarishdan chetlatiladi va spirtli ichimlik ichganligi tekshiriladi. Spirtli ichimlik ichganligini tegishli tartibda tekshiruvdan o’tishdan bosh tortganligi uchun haydovchidan jarima olinadi, yoki, bir yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi, haydovchilik guvohnomasi bo’lmagan shaxslardan esa, jarima olinadi.

Yo’llar, temir yo’llarning kesib o’tish joylarini va boshqa yo’l inshootlarini, yoki, yo’l harakatini rostlash texnik vositalarini atayin shikastlagan, shuningdek yo’l harakatiga atayin xalaqit bergan haydovchilardan jarima undirib olinadi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuqorida aytib o’tilgan hodisalar sodir bo’lsa ham , haydovchilar tegishli miqdorda jarima to’laydilar.



Nazorat savollari



1. Haydovchilar malakasini oshirish haqida nimalarni bilasiz?

2. Haydovchilar avtomobilarni boshqarish mahoratini oshirish bo’yicha ma’lumot bering.

3. Qoida buzgan haydovchilar bilan ishlash chora-tadbirlarini aytib bering.





Mavzu: 55. Yo’l transport hodisalarini tahlil qilishda ishtirok etish.


Reja:

1.Y’o’l-transport hodisalari. YTH klassifikasiyasi.

2.Yo’l harakati xavfsizligi.Harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan asosiy omillar;

3. Yo’l-transport xodisalarini xisobga olish.YTH-tahlil qilish.

Tayanch iboralar: Y’o’l-transport hodisalari. YTH klassifikasiyasi, yo’l harakati xavfsizligi.Harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan asosiy omillar, yo’l-transport xodisalarini xisobga olish.YTH-tahlil qilish.


Bayoni:

Y’o’l-transport hodisalari. Yo’l harakati xavfsizligi.

Harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan asosiy omillar:

Haydovchining malakasi, psixofiziologik xususiyatlari (ko’zning o’tkirligi, ranglarni ajrata olish, ko’z bilan chamalay olishi, reaksiyasi, diqqat-e’tibori, murakkab vaziyatlarda o’zini tuta bilish xususiyatlari),intizomligi, avtomobilni boshqarish tajribasi va mahorati;

Avtomobilning konstruktiv xususiyatlari va texnik holati;

Yo’l qatnov qismining kengligi, yo’l qoplamasining holati, ko’rinuvchanlik, yo’lning harakatni boshqarish texnik vositalari (svetofor, yo’l belgilari, to’siqlar) bilan jihozlanganligi, ayniqsa, qish vaqtlarida yo’lning holati va hokazo .


Haydovchi- avtomobil-yo’l tizimida harakat xavfsizligi bog’liq bo’lgan asosiy bo’g’in haydovchi bo’lib, bunda uning tajribasi, bilimi, intizomi muhim rol o’ynaydi.

Yo’l –transport hodisalari.

YTH larining asosiy turlari:transport vositalarining o’zaro to’qnashib ketishi; transport vositalarining ag’darilib ketish; to’siqqa urilishi, yo’lovchini bosib olishi; velosiped haydovchisini urib ketishi; to’xtab to’rgan transport vositasiga urilishi; ot-aravaga urilishi; hayvonlarni bosib ketishi; yo’lovchini yiqitib ketishi va hokazo.

YTH hodisalarini keltirib chiqaradigan sabablar va omillar:

Haydovchining yo’l harakat qoidalarini buzishi va uning malakasi etarli emasligi; yo’lovchilarning yo’l harakat qoidalarini bilmasligi va intizomsizligi; transport vositalari konstruktsiyasidagi kamchilik va texnik buzuqliklar; yo’l sharoiti holatining qoniqarsiz ekanligi va harakatni tashkil qilishdagi kamchiliklar va hokazo.

YTH haqida hisob va hisobot tayyorlash ishlari ATKsi harakat xavfsizligi xizmati xodimlarining ish faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. YTH haqidagi statistic ma’lumotlar – avariyalar bo’lib turish sabablarini har tomonlama tahlil qilish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Harakatlanayotgan transport vositalarining bir , yoki, bir nechtasi ishtirokidagi YTH oqibatida insonlar o’limi, jarohatlanishi, yoki, transport vositalariga, yuklarga, yo’l va yo’l inshootlariga zarar yetkazish hollarining barchasi haqida hisob olib boriladi. Biroq, davlat statistic hisobotida ichki ishlar organlarining faqat YTH natijasida jabr ko’rganlar va ko’rilgan moddiy zararlar qiymati ko’rsatiladi.

Davlat statistik hisobotlariga quyidagi YTHi kirmaydi:

  • qo’riqlanayotgan,chegaralangan korxona va tashkilotlar hududida;

  • aerodrom, harbiy qismlar va shunga o’xshashlar;

  • avtomobil sporti musobaqalari vaqtida ( mashg’ulotlar ham shu jumladan);

  • traktor va o’zi yurar mashinalar tomonidan asosiy ishlab chiqarish ishlarini bajarish vaqtida (transheyalar qozish);

  • o’zi ag’daruvchi avtomobillar va avtokranlar yordamida bajailgan ortish- tushirish ishlari;

  • q / x mahsulotlarini yig’’im- terimi vaqtida ;

  • tabiiy ofatlar natijasida sodir bo’lsa;

  • texnik soz bo’lgan harakatlanuvchi vositalarda yong’in chiqsa;

YHQlari, transport vositalarian foydalanish qoidalarining buzilishi va boshqa qoida buzarliklar YTHni tahlil qilish kerak ekanligini ko’rsatadi. YTQ buzilishiga misol qilib, quvib o’tish qoidalarining buzilishi; harakat tezligini oshirish; qarama-qarshi yo’nalishga o’tib ketish; oraliq masofaga rioya qilmaslik; yolovchi tashish qoidalarining buzilishini ko’rsatish mumkin.

YTH sabablariga – haydovchining etarlicha mahoratga ega emasligi, charchash va rulda uxlab qolish hollarini ko’rsatish mumkin.


Transport vositalarining qarama-qarshi va to’g’ri yo’nalishdagi to’qnashuvi



a) ro’paradan b) ko’ndalang



Nazorat savollari


1.Y’o’l-transport hodisalari, YTH klassifikasiyasi haqida aytib bering.

2. Harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan asosiy omillar haqida aytib bering.

3. Yo’l-transport xodisalarini xisobga olish haqida aytib bering.


Mavzu: 56. Yo’l harakatini tartibga solishda YPX ishini o’rganish.

Reja:

1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga qanday vazifalar yuklangan?DAN maskanlari va avtomobillarni tibbiy yordam ko’rsatish vositalari bilan jihozlash.Y’o’l-transport hodisasi haqida xabar, ma’lumot;

2. Yo‘l-patrul xodimi qanday hollarda transport vositalarini to‘xtatishga haqli?Yo’llarda xavfsiz harakatlanishni nazorat qilish.

3. Yo’l - tpanspopt hodisalapini ekspeptiza qilish haqida tushuncha.

Tayanch iboralar: DAN maskanlari, avtomobillar, tibbiy yordam ko’rsatish, y’o’l-transport hodisas,yo’l - tpanspopt hodisalapini ekspeptiza qilish.


Bayoni:

Qonunchilikda, yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishdagi qator majburiyatlari belgilab berilgan. Jumladan, YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:

- vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;

- yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatish;

- har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;

- yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish;

- belgilangan tartibda berilgan ko‘rsatmaga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini cheklash yoki taqiqlash;

- qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish;

- huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog‘lig‘i) xavf ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda yo‘l transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

- ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanmaslik;

- belgilangan harakatlanish tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish;

- yo‘l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirish.

Bundan tashqari, 2019 yil 1 iyuldan boshlab YPX xodimlari xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda olib borishi va bu haqda yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishi lozim.

  1. Adliya vazirligining Yo‘l-patrul xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

•    yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

•    transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
•    yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
•    vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish jarayonida;
•    transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga-kelganda;
•   maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

•    transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi taqiqlanadi.





Nazorat savollari





  1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga qanday vazifalar yuklangan?

  2. Y’o’l-transport hodisasi haqida xabar, ma’lumot bering.

3. Yo‘l-patrul xodimi qanday hollarda transport vositalarini to‘xtatishga haqli?

4. Yo’l - tpanspopt hodisalapini ekspeptiza qilish haqida tushuncha bering.

















57-mavzu: Harakat xavfsizligining oldini olish chora-tadbirlari.


Reja:


1.Haydovchining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni

2.Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish.

3.Harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jamoat tashkilotlarining ishini tashkil qilish.

Tayanch iboralar: Haydovchi, yo’l-transport hodisalari, yo’l harakati xavfsizligi, harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan asosiy omillar, Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish.

Bayoni:


Haydovchining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jadal qadamlar bilan bozor iqtisodiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilik, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi fuqarolar moddiy boyliginingi o‘sishiga va naijada nafaqat shaxsiy yengil avtomobillarning, balki shu bilan birga, xususiy yuk avtomobillarini va kichik hajmli avtobuslar sonining ortib ketishiga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi jahonda o‘z avtomobil sanoatiga ega bo‘lgan 28 mamlakatdan biriga aylandi.

Ma’lumki, mamlakatni avtomobillashtirish darajasining ortishi, uning iqtisodiy va mudofaa quvvatini mustahkamlash bilan bir vaqtda, ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga avtomobillar sonining ortishi oqibatida avtomobil yo‘llarida harakat miqdorinng, transport oqimi zichligining va yo‘llarning yuklanganlik darajasining ortishi, yodlarda harakat- lanish uchun haydovchiga qulaylikning yomonlashishi va oxir-oqibatda yo‘l-transport hodisalari (YTH) miqdorining, ularda halok bo‘layotgan va har xil tan jarohatini olayotgan odamlar sonining ortishiga, harakat tezligining kamayib ketishiga va boshqa shunga o‘xshash ko‘pgina salbiy oqibatlarga (shovqin, havodagi chiqindi gazlar konsentratsiyasi) olib keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissi- yasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har yili 55 milliondan ortiq YTH sodir etilyapti va ularda 1,4 milliondan ortiq odam halok bo‘lyapti, 10 milliondan ortiq odam esa har xil darajada tan jarohatlarini olyapti. Bulardan ko‘rinib turibdiki, avtomobillashtirish darajasining ortishi harakat xavfsizligi muammosining murakkablashishiga, ayniqsa, haydovchilarni tayyorlashga qo‘yilgan talablarning yanada yuqori bo‘lishiga olib kelar ekan.

Haydovchining mehnat jarayoni boshqa barcha murakkab tizimlarning boshqaruvchisi (operatori)ning ishiga o‘xshaydi. Haydovchining ham operator kabi biron-bir operatsiyani bajarishi (xatti-harakati), axborotlarni qabul qilishi, uni tushunishi va xatti- harakatlari natijasini nazorat qilishi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga haydovchining avtomobilni boshqarishdagi faoliyati boshqa operatorlardan ba’zi bir belgilari bilan farq qiladi.

Operator kuzatish asboblariga qarab boshqarilayotgan tizimning holatini oldindan bashorat qila oladi va uning xatti-harakatlari obyektning holatini yoki ko‘rsatkichlarini ma’lum bir darajada ushlab turishdan iborat bo‘ladi.

Haydovchida esa, bunday imkoniyatlar yo‘q. Masalan, avtomobil to‘g‘ri chiziqli harakat qilayotganida harakatlanish yo‘lagidan o‘ng yoki chap tarafga chiqib ketsa, buni kuzatib borayotgan haydovchi rulni burib, avtomobilni avvalgi holatiga qaytaradi, agar xavfsizlik oralig‘i kichrayib ketsa, tezlikni kamaytirib, zarur bo‘lgan xavfsizlik oralig‘ini ta’minlaydi va hokazo.

Operator faqat bitta mashina (tizim)ning holatini nazorat qilsa, haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashi uchun boshqa harakat qatnashchilarining xatti-harakatlarini ham kuzatib borishi zarur bo‘ladi. Bunday axborotlarni haydovchi o‘z vaqtida ololmay qolishi yoki olingan axborotlar yetarli bo‘lmasligi natijasida u noto‘g‘ri xat- ti-harakat qilishi, bu esa, o‘z navbatida, yo‘l-transport hodisalariga olib kelishi mumkin.

Haydovchining ishi mashina operatorining ishidan ancha murakkab. Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan, uzluksiz ravishda ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari orqali yo‘l sharoiti, boshqa harakat qatnashchilarining xatti-harakatlari, yo‘ldagi harakat va qo‘zg‘almas obyektlarning joylashuvi haqida axborotlarni oladi, ularni ongida tushunib yetadi va avtomo- bilning harakatini mavjud yo‘l sharoitiga muvofiqlashtirishi uchun yechimlar qabul qiladi va boshqarish jihozlariga ta’sir etadi (rul chambaragini buradi, uzatmalar pog‘onasini o‘zgartiradi, tormoz tepkisini bosadi, burilishdagi ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqadi va hokazo) va xatti-harakatlarning samarasini nazorat qilib boradi.

Agar haydovchiga uzatilayotgan axborotlar yetarli bodmasa, ularni o‘z vaqtida qabul qilib, tushunib yetmasa, u avtomobilni boshqarish bo‘yicha noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilishi va oxir-oqibatda bu xatti-harakatlar yo‘l-transport hodisasining sodir bodishiga olib kelishi mumkin (1-rasm).

1-rasm. Haydovchining xatti-harakatlari va ko‘p uchraydigan xatolari.



1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p yo‘l-transport hodisasiga asosan axborotni anglab yetmaslik (49 %) va noto‘g‘ri yechim qabul qilish sabab bo‘lar ekan.

Yo’l harakati murakkab dinamik jarayon bo‘lib, bu jarayonda avtomobil, yo‘l, haydovchi va piyoda ishtirok etadi. Shu bilan birga yo‘l harakati jarayoni ma’lum bir atrof-muhitda kechadi. Shuning uchun yo‘l harakatini «Avtomobil - haydovchi - yo‘l - muhit» tizimi deb qarash qabul qilingan. Bu tizimdagi barcha elementlar o‘zaro munosabatda bo‘lib, ularning jamlamasi yagona tizim jarayonini vujudga keltiradi (2-rasm).

2-rasm. AHYPM tizimining grafik ko‘rinishi.



2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, tizimdagi jarayonlarning optimal kechishi (harakat xavfsizligi) birinchi galda, undagi har bir elementning ishonchliligiga, ya’ni A, H, P va Y ga, elementlar orasidagi bog‘liqlikka (munosiblikka), ya’ni AH, AP, YP, HY, AY ga va ulardan ham yuqoriroq bo‘lgan barcha elementl ar majmua- sining o‘zaro bog‘lanishidan kelib chiqadigan yangi xususiyatlar yagona tizimning ishonchliligiga bog‘liqdir.

AHYPM tizimi tahlil qilinar ekan, undagi haydovchi va piyoda - biologik, qolgan barcha elementlar esa texnik element ekanini ko‘rish mumkin.

Tizimdagi texnik elementlarning ishonchliligini va boshqa elementlarga muvofiqligini ularni loyihalash, ishlab chiqish va foy- dalanish orqali ma’lum darajada ta’minlab turish mumkin. Ammo, haydovchi biologik element bo‘lgani uchun uning ruhiy fiziologik imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, bu imkoniyatlarni zarur bo‘lgan darajagacha ko‘tarib bo‘lmaydi. Bu yerda faqat haydovchining mav- jud imkoniyatlarini ma’lum vaqt davomida saqlab turish masalasini yechish mumkin, xolos. Shuning uchun AHYPM tizimining ele- menti bo‘lgan «haydovchi» tizimning eng nozik va ishonchsiz ele- menti hisoblanadi.

Bugungi kunda yo‘l-transport hodisalari 70 % haydovchilarning aybi bilan sodir etilyapti.



Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish



Harakat xavfsizligi va tasarruf xizmati bo‘limlarining xodimlari bajarishi shart bo‘lgan ishlardan biri, bu - ATXning transport vositalari qatnaydigan yo‘llarning sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirishdan iborat.

Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish yo‘l sharoitidagi xavfli uchastkalarni, eng ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarni va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini beradi.

Asosan, bu tadbir har yili ikki marta - bahorda (1-apreldan boshlab) va kuzda (1-sentabrdan boshlab) o‘tkaziladi.

Yangi ochiladigan avtobus yo‘nalishlarida esa, yo‘nalishni ochish- dan avval yo‘l sharoiti ko‘zdan kechirilib va tekshirib chiqiladi.

Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish uchun komis- siya tuziladi. Komissiya transport boshqarmasi, yo‘l xo‘jaligi (obodonlashtirish boshqarmasi), ATX, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish boshqarmalari va mahalliy davlat organlari vakillaridan tashkil topgan bo‘ladi. Komissiya ishiga O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘limlarining xodimlari raislik qiladi.

Yo‘nalishlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish ishlari to‘rt davrga bo‘linadi: tayyorlash, tekshirish, tekshirish aktini rasmiylashtirish va materiallarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.

Tayyorgarlik davrida komissiya a’zolari o‘z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda yo‘nalishni tekshirish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlaydi, masalan, ATX xodimlari yo‘nalish chizmasini, YTH sodir bo‘lgan joylarni (YTHning chiziqli grafigini), yo‘nalishdagi xavfli uchastkalarni, chorrahalarni va hokazo. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi «Yo‘nalish pasporti»da ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi vakillari yo‘nalishdagi harakatni boshqarish postlari, o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari, YTH sodir bo‘lgan joylar va ularning yo‘nalish o‘tgan yo‘l qismining pasportini, yo‘lni ta’mirlash ish rejasini tuzadilar.

Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish, yo‘nalishdagi bosh bekatdan to oxirgi bekatgacha avtomobillarda sekin harakatlanib (tezlik 10 - 15 km/s), zarur joylarda to‘xtab, xavfli uchastkalarni suratga tushirib borish bilan tugatiladi.

Komissiya yo‘l sharoitini bevosita tekshirish davrida yo‘l sharoitini shu yo‘l pasportiga to‘g‘ri kelishini, yo‘llarni yoritilganlik darajasini, trotuar va velosiped yo‘lakchalarining mavjudligini, temir yo‘l kesishmalarini, ularda harakatning qanday tashkil etilganligini, yo‘l harakatini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.

Tekshirish ishlarining aktini rasmiylashtirish davrida aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va kim tarafidan bartaraf etish kerakligi va muddatlari, mavjud yoki yangi ochilayotgan yo‘nalishda tashishni boshlash mumkin yoki mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar komissiya tekshirilgan yo‘nalishda transport vositalarining harakatini taqiqlashni lozim topsa, bu qaror to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni ogohlantiradi.


Harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha jamoat
tashkilotlarining ishini tashkil qilish

Harakat xavfsizligini ta’minlashda jamoat tashkilotlarining komissiyalari muhim o‘rin tutadi.

Jamoat komissiyalarining asosiy vazifasi harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ATX ma’muriyatiga yaqindan yordam berishdan iborat bo‘ladi.

Komissiya a’zolari ATX jamoasining yig‘ilishida saylanadi va avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida ish olib boradilar.

Komissiya a’zolarining vazifalariga quyidagilarni nazorat qilish kiradi:

  • haydovchilar tomonidan harakat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qilish;

  • yo‘lga faqat texnik soz avtomobillarning chiqishini nazorat qilish;

  • haydovchilarga, o‘z navbatida, yo‘riqnomalar berilishini nazorat qilish;

  • transport vositalarining va haydovchilarning tashqi ko‘rinishi- ni nazorat qilish;

  • yodlarning holatini nazorat qilish;

  • ATX ma’muriyati va bo‘limlari tomonidan harakat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, buyruqlar va ko‘rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.

Komissiya aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ATX ma’muriya­tiga ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni taqdim etadi.






Mavzu: 58. Avtomobillarning texnik holatini tekshirish


Reja:

1. Yo’lga chiqishdan oldin nazorat qilish.

2. Yo’nalishda ishlaganda va ATKga qaytgandan keyin nazorat qilish.

3.Avtomobillarning texnik holatiga tashxis qo’yish.

4. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishigaqo’yiladigan qo’shimcha talablar.

Tayanch iboralar: Harakat havfsizligi, haydovchi, harakat xavfsizligi bo’limi, gaz ballonli avtomobillar, avtomobillarning texnik holati.


Bayoni:


Yo’lga chiqishdan oldin nazorat qilish. Yo’lga chiqishdan oldin transport vositalarining texnik holatini OTK nazoratchisi, yoki, navbatchi mexaniq tekshiradi.Tormoz tizimi, rul boshqarmasi va old ko’prik, tashqi yoritish uskunalari, oyna tozalagich va oyna yuvgich, g’ildirak va shinalar, dvigatel va transmissiyalarida nosozliklar mavjud bo’lgan avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar yo’nalishga chiqarilmaydi.

Tez alangalanadigan, zaharli, portlaydigan va radioaktiv moddalar, siqilgan va suyiltirilgan gazlar tashish uchun mo’ljallangan yuk avtomobillarining kuzovi va undagi jihozlar, bunday yuklarni tashish uchun amaldagi qoidalar talabiga javob bermasa; boshqarish pedallari va richaklarning zichligi buzilgan bo’lsa, (natijada salaonga uglerod oksidi kirsa), old, yonlardagi va orqa oynalarga haydovchining ko’rishiga halaqit beradigan pardalar va boshqa narsalar osilgan bo’lsa, avtomobillarning yo’nalishga chiqishga ruxsat etilmaydi.

Yo’l hujjatlari haydovchiga ko’zdan kechirish tugagandan keyingina beriladi.

Yo’nalishda ishlaganda nazorat qilish Avtomobil yurib ketayotganda haydovchi uning texnik holatini,qirilmalarning (pribor)ko’rsatishiga, boshqarish organlaridagi kuchning o’zgarishiga, avtomobil agregatlaridagi shovqin darajasiga qarab nazorat qiladi. To’xtash joylarida haydovchi shinalardagi havo bosimini va shinalar holatini, tirkash asbobining holatini, yoritish va elektr priborlarining ishini tekshiradi. Agar harakat xavfsizligiga ta’sir qiladigan buzuqliklar sezilsa, va ularni shu joyning o’zida tuzatishning iloji bo’lmasa, haydovchi texnik yordamni chaqirishi, uning ham iloji bo’lmasa, tegishli ehtiyot choralarini ko’rib, ATKga qaytib kelishi lozim.

ATKga qaytgandan keyin nazorat qilish Transport vositasi ATKga qaytgandan so’ng, OTK nazoratchisi, yoki, navbatchi mexaniq uning texnik holatini tekshiradi. Buzuq avtomobillar nuqsonlarini bartaraf etish uchun TXK zonasiga jo’natiladi.

Avtomobillar va uning agregatlarini tehnik holatini tekshirishda transprot vositasi tormozlari va dvigateli to’xtalishi lozim. Faqatgina, avtomobil harakatda bo’lgan da transport vositasining tormoz tizimi dvigatelning ishlashi tekshirilganda shuningdek transport vositasini qabul qilishda dvigatelni to’htatib, tekshirish lozim. Avtomobil holatini tekshiruvchi ishchi «Avtotransport korxonalari uchun texnika xavfsizligi qoidalari» va «Harakatlanuvchi tarkibni ishlatish qoidalariga» asosan avtomobilni ishlatib, yoki, har bir qismini ko’rib tekshiradi. Shuningdek, avtomobildagi birlamchi zaruriy ehtiyot qismlar va asbob – uskunalar tekshiriladi.

Avtomobil tormoz tezligi korxona hududida maxsus ajratilgan maydonchada, yoki, tezligini ishlashini tekshirganda quyidagi talablarni bajarish lozim.

Tormoz va tormoz tizimi tekshiriladigan maydoncha tekis asfaltlangan va ogishsiz bo’lishi lozim.

Maydoncha: avtomobillar saqlash maydonchalari, ishlab chiqarish binosi va boshqa qurilmalardan uzoqroq bo’lishi lozim. Tekshirilgandan so’ng tormozlar kerak bo’lganda sozlanib, avtomobil garajga kiritilishi, yoki, ishga chiqarish mumkin.

Trasport vositasini texnik xizmat ko’rsatilgandan, yoki, ta’mirlangandan korxona hududida haydovchisi bo’lmagan hollarda, trasport vositasini boshqarish huquqi va guvohnomasi bo’lgan shahslar boshqarishi mumkin. Кorxona hududiga kirish joyida avtomobil 10 km/s tezlikda, korxona hududida 5km/s tezlikda harakat qilishi mumkin. Avtokorxona hududida transport vositalarining harakatlanishi harakat reja sxemalari tuzilishi zarur. Bu rejalar har bir haydovchiga tanishtirilib, bir necha joyda o’rgatilishi lozim.



Harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga va

jihozlanishiga qo`yiladigan talablar


Barcha xildagi, toifadagi, vazifadagi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar va boshqa transport vositalari, texnik holati jihozlanishi va butlanishi, harakat tarkibining texnik ishlatish qoidalariga, yo`l harakat qoidalariga, shuningdek, mazkur qoidalarga javob berishi va mos bo`lishi kerak.

Avtomobil kabinasiga quyidagi talablar qo`yiladi:

  • old va yon tomondagi oynalari soz holatda bo`lishi kerak;

  • o`rindiqlar haydovchining qulay o`tirishi uchun mos va soz holatda bo`lishi kerak;

  • avtomobillar kabinasi va salonida zararli gazlarning me’yoriy sanitar normalardan oshmasligi kerak;

Uglerod oksidi 20 mg/m3

Akrolein 0,2 mg/m3

Azot oksidi 5 mg/m3

Benzopiren 0,00015 mg/m3

Benzin bu`gi 100 mg/m3

Butan 200 mg/m3

Propan 180 mg/m3

  • barcha eshiklar yarim yopilishi va o`z o`zidan ochilib ketmasligi lozim;

  • kabina va salonni isitish moslamalari doimo soz holatda bo`lishi shart;

  • kabina va salonga ishlatilgan gazlar kirmasligi lozim;

  • avtomobil dvigateli tizimlaridan suv, moy, antifriz, yonilg`i oqmasligi kerak;

  • Karter ventelyasiyasidan chiqadigan gazlar kapot osti bo`shlig`ida yig’`ilmasligi shart;

  • Ishlatilgan gazlardagi zararli moddalar miqdori standartlarda ko`rsatilgan me’yordan oshmasligi kerak;

Avtomobillar g`ildiraklari, ularning qulf xalqalari texnik soz va qayrilgan joylari bo`lmasligi kerak. Avtomobil transporti doimiy soz holatda bo`lishi, elektr jihozlariga yaxshi mahkamlangan bo`lishi kerak. Akkumlyator batareyalari, klemmolari va elektr tarmoq simlari mahkam ulangan bo`lishi, harakat vaqtida battareyalar siljimasligi kerak.

Har bir avtomobilda g`ildirak ostiga qo`yish uchun 2 ta tayanch damkrat uchun taglik, tibbiy aptechka, avariyali to`xtash belgisi va o`t o`chirgich bilan ta’minlanishi lozim.

Odam tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobili va avtobuslar 2 ta o`t o`chirgich bilan jihozlanadi.

Uzoq yo`nalishga jo`nab ketadigan (1 kecha kunduzdan ortiq davom etadigan) yuk avtomobillari va avtobuslar qo`shimcha ravishda belkurak, metall eshakchalar, shatak moslamasi, g`ildiraklarini qulf halqasi uchun saqlash vipkasi, qishki paytda esa, g`ildiraklarning sirpanishini oldini olish uchun zanjirlar bilan ta’minlanishi lozim.

Chiqindi gazlarni chiqarib yuborish uchun ovoz pasaytirgich tizimi texnik soz holatda bo`lishi shart.

Gaz ballonli avtomobillarga nisbatan qo`shimcha talablar

Gaz ballonli avtomobillarning texnik holati ularni tayyorlagan zavodlar va gaz ballonli avtomobillarni ishlatish qoidalariga javob berish lozim. Gaz yonilg`isi bilan ta’minlash tizimi gazning kabinaga va salonga kirishini va atmosferaga chiqishini oldini olishi va texnik soz holatda bo`lishi shart. Gaz ballonlari 949-73 raqamli davlat standartiga javob berishi qizil, rangga bo`yalishi va gaz nomi yozib qo`yilishi lozim.

Ballonlarda quyidagi kamchiliklari bol`gan avtomobillardan foydalanish ta’qiqlanadi.

  • pasport ma’limoti bo`lmagan;

  • sinov muddati o`tgan;

  • shikast yetgan joyi bo`lgan;

  • gaz o`tkazgichi va jumraklari nosoz;

  • bo`yalishi va yozuvlari talabga mos emas.

Gaz ballonlar avtomobillarga puxta joylashtirilishi va rezba joylarida o`yiqlar bo`lishi ta’qiqlanadi.

Avtomobillarni siqilgan tabiiy gazda, yoki, suyultirilgan neft gazida ishlash uchun qayta jihozlash, gaz ballonlarni tayyorlovchi zavodlarning texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta jihozlangan avtomobillarga mos keladigan raqam berilib, zavod yo`riqnomasi talablari va quyidagi qoidalarga muvofiq foydalanish zarur:

  • qayta jihozlangan joylarini yuvish

  • yonilg`i baki va quvurlardan benzinni to`qish

  • simlar asboblarning qisqichlariga nisbatan bo’ralmasligi;

  • motor bo`limidagi past bosimli gaz datchigiga, elektr – magnit benzin klapaniga va elektr uskunalar boshqa elementlariga boradigan simlar, dvigatelning qizigan qismlariga tegmasligi lozim.

  • Simlarning himoya qoplamasi shikastlanmagan bo`lishi;

Ballonlarda, o`tkazish quvurlari va jumraklarni o`rnatish chog`ida quyidagi talablarga rioya qilish lozim.

- gaz ballonlari Davlat texnika nazorati quyidagi talablarga mos bo`lishi;

  • zichlikni ta’minlash uchun konusli rezbalarga qo`rg`oshin gleti, bo`yog`i, yoki, suyuq oyna surtilishi;

  • o`tkazish moslamalari va jumraklar konusli rezbalarni mahkamlashda kuch 450-500 n (45-50 kgs)ni tashkil etishi va maxsus dinamometrik burash asboblaridan foydalanish;

  • o`tkazish moslamalari va jo’mraklarni montaj qilinmaganda, ballon uning bo’ralib ketishiga to`sqinlik qiladigan maxsus mahkamlash qurilmasiga o`rnatilishi kerak;

  • ballonlar puxta mahkamlanishi lozim;

Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gazi uchun ballonlar quyidagi muddatlarda tekshirishdan o`tkazilishi lozim.

Uglerodli po`latdan tayyorlangan, siqilgan gaz uchun mo`ljallangan ballonlar davlat texnika nazorati tashkilotlari nazoratchilari tomonidan, uch yilda bir marta ligerlangan po`latdan tayyorlangan, gaz ballonlari esa, 5 yilda 1 marta, suyultirilgan neft gazi uchun ballanlar esa 2 yilda 1 marta sinaladi.

Ballonlarni tekshirishdan o`tkazish va gaz ballonli avtomobil yonilg`i tizimini sinash bo`yicha maxsus o`qitilgan xodimlar tomonidan, Davlat texnika nazorati organlari tomonidan yozma ruxsat olgandan so`ng, bosim ostida ishlaydigan idishlar xavfsiz foydalanish qoidalariga asosan amalga oshirish mumkin. Gaz ballonlarini tekshirishdan o`tklazish va gaz ballonli avtomobillarning yonilg`i tizimini sinash uchun xonalar va ularning jihozlanishi, “Gaz ballonlarini va gaz ballonli avtomobillarning yonilg`i ta’minlash tizimini tekshirish va sinovdan o`tkazish” to`g`risidagi nizomga mos kelishi zarur. Gaz ballonli avtomobillar ballonlarini va yonilg`i ta’minlash tuzilishini tekshiruvdan va sinovdan o`tkazishda belgilangan texnologik jarayonga qat’iy rioya qilinishi zarur.

Gaz ballonlar siqilgan gaz bilan to`ldirilayotganda, xonada begona qishilarning bo`lishi qat’iy man etiladi. Shuningdek, avtomobillar gaz bilan to`ldirish uhun kiritilganida ham yo`lovchi va haydovchilar avtomobil salonida bo`lishi va gaz qo`yish shaobchalarida cheqish, ochiq olovdan foydalanish, hamda, gaz ta’minlash tizimida, sozlash ishlarini olib borish qat’iy ravishda man etiladi.Sinovdan o`tkazish uchun olib kelingan gaz ballonlari, shovqinni yutadigan maxsus qurilma orqali gazdan bo`shatilishi, gaz bilan to`ldirilayotganda boshqarish pulti oldida begona qishilarning bol`ishi ham mumkin emas.




Nazorat savollari



1.Avtomobillarning texnik holatini tekshirish haqida tushuncha bering?


2. Gaz ballonli avtomobillarga nisbatan qo`shimcha talablar haqida tushuncha bering?

3. Avtomobil kabinasiga qanday talablar qo`yiladi?




















Mavzu: 59. Harakat xavfsizligiga tegishli bo`lgan kabinetlarning jihozlari bilan tanishish va hisobot tayyorlash.


Reja:


1. Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash.

2.Harakat xavfsizligi xonasi ishini tashkil etish.

3.Yo’l transport hodisalarini oldini olishda jamoat tashkilotlarining ishi.

4. Harakat xavfsizligiga tegishli bo`lgan kabinetlarning jihozlari bilan tanishish va jihozlarini amaliyotda qo’llash.

Tayanch iboralar: Harakat xavfsizligi xonasini jihozlari, harakat xavfsizligi xonasi, yo’l transport hodisalari.


Bayoni:


Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash
va uning ishini tashkil etish


Harakat xavfsizligi xizmati xodimlari o‘zlariga yuklangan vazifalarning asosiy qismini harakat xavfsizligi xonasida bajaradi.

«Avtotransportda harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish» nizomiga ko‘ra, xo‘jalik hisobida 50 nafardan ko‘p haydov­chilar uchun xo‘jaliklarda harakat xavfsizligi xonasi bodishi kerak.

Harakat xavfsizligi xonasining ishiga, uning jihozlanishiga va jihozlarning holatiga bevosita harakat xavfsizligi xizmati bo‘limining rahbari javob beradi.

Harakat xavfsizligi xonasining odchamlari pastdagi jadvalga muvofiq aniqlanishi kerak.

T/r

Xo‘jalikdagi haydovchilar soni, nafar

O‘rindiqlar soni, dona

Xonaning yuzasi, m2

1.

51 - 150

10 - 15

25 - 38

2.

151- 300

15 - 20

3850

3.

301-500

20 -25

50 - 62

4.

501 -600

25 - 30

62 - 75




Harakat xavfsizligi xonasi ATXning harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha metodik markaz vazifasini o‘tashi kerak va quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bodishi kerak:

  • harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fan va texnikaning yangiliklarini hamda tajribalarni teng targ‘ibot qilish;

  • haydovchilar (harakat xavfsizligi bo‘yicha) bilimini va mala_ kasini oshirish;

  • xo‘jalik xodimlariga harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berish va hokazo.

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun harakat xavfsizligi xonasi quyidagi jihozlar bilan jihozlangan bodishi kerak:

  • harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi;

  • harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasi;

  • yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;

  • avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;

  • ATXning transport vositalari qatnaydigan yodlarning xavfli joylari, yo‘nalishlarning sxemalari va boshqalar;

  • sinf taxtasi (magnitli);

  • kinofilmlarni ko‘rsatish uchun apparat;

  • fotoapparat va videokamera;

  • televizor;

  • videomagnitofon;

  • stol va stullar;

  • shkaf;

  • shaxsiy kompyuter va hokazo.

Xonaning devori harakat xavfsizligiga taalluqli materiallar, yod- transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi statistik materiallar bilan jihozlangan bodishi kerak.

ATX jamoasi orasida olib boriladigan o‘quv-uslubiy ishlarning samarasini yanada oshirish uchun xona quyidagi ko‘rgazmalar bilan jihozlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • haydovchining ruhiy fiziologik holatiga qo‘yiladigan talablar;

  • foydalanishdagi transport vositalarining konstruktiv xususiyatlari;

  • yo‘l sharoiti va unga qo‘yilgan talablar;

  • haydovchining ish va dam olish tartibi va uning harakat xavfsizligiga ta’siri;

  • harakat xavfsizligi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar;

  • ma’lumotnomalar.

Harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi unda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan kelib chiqadi:

  • avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar;

  • haydovchilarga va xo‘jalikning boshqa xodimlariga maslahat- lar berish;

  • haydovchilarning bilimini tekshirish;

  • avtomobilni tejamli boshqarishni o‘rgatish.

ATX bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlashning holatini tahlil qilish va baholash, ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni hamda xo‘jalikdagi xodimlar (muhandis-texnik, ishchi- xizmatchilar, haydovchilar va ta’mirlovchilar) bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun xo‘jalik haydovchilari tomoni- dan sodir etilgan barcha yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishining hisobini olib borish uchun maxsus daftarl ar tuziladi.

Bu daftarlardan tashqari, harakat xavfsizligi xizmati xodimlari tutishlari kerak bo‘lgan daftarlar yuqori tashkilot rahbariyatining buyruqlarida keltirilgan bo‘ladi.

Harakat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalaridan yana biri, bu - haydovchilar bilan ishlash.

Haydovchilar bilan ishlash quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:

  • harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga yo‘riqnomalar berish;

  • yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning amaliyotda sinov- dan o‘tishini tashkil etish;

  • haydovchilarning ishini yo‘nalishlarda nazorat qilish;

  • haydovchilarning malakasini oshirish va transport intizomini yaxshilash ishlarini tashkil etish va boshqalar.



Nazorat savollari


1. Yo’lga chiqishdan oldin nazorat qilishni tushuntirib bering.

2. Yo’nalishda ishlaganda va ATKga qaytgandan keyin nazorat qilish haqida nima bilasiz?.

3.Avtomobillarning texnik holatiga tashxis qo’yishni bilasizmi?

4. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishigaqo’yiladigan qo’shimcha talablar.



Mavzu 60-61. Yuk bekatining vazifasi va tashkiliy tuzilmasi. T va L shakldagi terminallar.

Reja:

1. Terminallar va ishlab chiqarish bazalari.

2. Yuk bekati (GAS) ning asosiy vazifalari.

3. Yuk bekatlari (GAS)ning asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlari.

Tayanch iboralar: Yuk bekati, tashkiliy tuzilmasi, shaharlararo yuk tashish, transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi. Yuk toifa(marka)lari.

Bayoni:

Yuk bekati.

Avtomobil yo’nalishidagi ahamiyatga molik yuk aylanish punktlarining trassalarida joylashgan muntazam ishlab chiqarish korxonalarga, yoki, tashish jarayonlari talab etilayotgan va tashkiliy tijorat, texnik tadbirlar bajarishga mo’ljallangan, harakatlanuvchi tarkiblardan samarali foydalaniladigan joylarga –yuk bekatlari (GAS) deb aytiladi.

Yuk bekatining (GAS) asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • yuk oqimi va aylanishini muntazam ravishda o’rganish va tashkil qilish; mijozlar bilan doimo bevosita aloqada bo’lish; tashish shartnomalarini tuzish;

  • transportning imkoniyatlariga mos tashish- tezkor rejalarini tuzish; transport ekspeditsiya ishlarini bajarish;

  • konteynerlarda tashish, kichik partiyadagi yuklarni jo’natish, tashish buyurtmalarini qabul qilish, yuklarni qabul qilish va jo’natish;

  • ATK va yuk jo’natuvchilar bilan hisob-kitob qilish; yuk bekati (GAS) bo’yicha tashish- yarim tirkamalarni avtoyo’nalish bo’yicha shatakka olib tortib borish va manyovr ishlarini amalga oshirish va hokazo;

  • tranzit holda o’tayotgan avtopoyezdlarni saqlashni tashkil qilish; yo’nalishdan qaytgan avtomobillarni yuk egalarining omborxonalariga yetkazib berish, manyovr ishlarini bajarish;

  • Yarimtirkamalarni saqlash, ortish-tushirish ishlarini nazorat qilish (yuk jo’natuvchi, yuk qabul qiluvchi omborlarida); Yuk saqlash omborlarini tashkil qilish, yuklarni toifalarga va yo’nalishlarga ajratish;


  • TXK stansiyalari va punktlarida yonilg’i quyish shaxobchalarini tashkil qilish; avtomobillarning texnik holatini nazorat qilish, harakatlanuvchi tarkiblarni vaqtinchalik saqlash;

  • yo’nalish avtopoyezdlar haydovchilariga maishiy xizmat ko’rsatish, dam olish va ovqatlanish maskanlari, oshxona ,mexmonxonalarni tashkil qilish;

Harakatning tashkil qilishning qo’llaniladigan usuliga harakatlanuvchi tarkibning oqimi quvvatiga, yuk bekati (GAS) joylashgan joyig’a qarab, uning ish hajmi va majmuyi har hil bo’ladi.

Avtoyo’nalishning ishini to’ppa-to’g’ri usulda bajarilganda yuk aylanishlari katta bo’gan puntlarda joylashgan yuk bekatlarida (GAS) ko’proq rivojlanish bo’ladi (ishlab chiqarish


markazlari temir yo’l stansiyalari, sanoat,daryo va dengiz bandargohlari va hokazo); Bu yerda yuqorida ko’rsatilgan barcha ishlar majmuasi bajariladi.


  • Yo’nalishdagi yuk bekatlari (GAS) –esa asosan o’tayotgan avtopoyezdlarni saqlash, TXK va taminlash, haydovchilarga maishiy hizmat ko’rsatish(dam olish,ovqatlanish);


  • Tijorat ishlari kichik hajmda bajariladi va yuk bekati (GAS) joylash gan manzilga kelgan va u yerdan jo’natiladigan mahalliy yuklarni qabul qilish va jo’natish ishlarini o’z zimmasiga oladi. Bu turdagi yuk bekat (GAS) larni trassa bo’yicha joylashtirish va rivojlantirish–tranzit yuklarni tashishga xizmat qiladigan avtopoyezdlarning o’rganilgan ish tartibiga bog’liq bo’ladi.

Harakatni tashkil qilishda qanotli tortish usuli- harakatni tashki qilishda qanotli tortish tizimi bo’yicha avtomobil yo’nalishi uchastkalarga bo’linadi, aksariyat hollarda bu ikkita qanotga bo’linadi. Odatda ukkita qanotlarning birlashish joyida yuk bekatlari va ularni ta’minlovchi avtotransport korxonalari joylashtiriladi, lekin qatnovi ko’p bo’lgan joylarda

bitta qanotga bitta yuk bekati ham joylashtirilishi mumkin.

Bu tizimda qilinadigan ishlarning hajmi odatda joylardagi yuk aylanishiga qarab belgilanadi.Bu holatda yuk bekatlari ichida to’g’ri harakat avtoyo’nalish dagi tog’ri harakatli printsip bo’yicha avtoyo’nalish ishini tashkil qilishdan farq qiladi. Yuk bekati joylardagi yuk aylanishi bo’yicha transport ekspeditsiya ishlarini, manyovrlarini bajaradi. O’z uchastkasida avtopoezdlariga yuklash –tushirish ishlarini tashkil qiladi. Avtopoezdlarni almashtirish ishlarini bajaradi, o’z hududida qanotlarning birlashgan joyida qo’shni qanotlarning ishini ham bajaradi. Avtopoezdlarning ishlarini ikkinchi qo’shni yuk bekati xodimlari ishtirokida almashtirish punktlarining xodimlari bajaradi. Yechiladigan va ulanadigan yarim tirkamalarni ham, ularning texnik holatini ham o’rganadi.

Har qaysi yuk bekati va almashtirish punktida katta bo’lmagan texnik yordam punkti bo’lishi lozim. Birlashgan almashtirish punktlarida haydovchilarga katta muddatli dam olish talab qilinmayda, ularda qisqa muddatli dam olish xonalari va oshxonalar tashkil qilinadi. Avtomobil stansiyasining avtomobil yo’nalishi trassasida joylashgan joyig’a va uning vazifasiga, bajaradigan ish hajmi va turiga, harakatlanuvchi tarkibning mahalliy va tranzit


oqimlariga,yani kelayotgan va ketayotgan avtopoyezdlar,manyovr ishlar soniga qarab yuk bekatlari (GAS) –yuqorida ko’rsatilgan barcha ishlarni, yoki, ularning ba’zilarini bajaradi.


Yuk qabul qiluvchi va tarqatuvchi punktlarga –mahsus jihozlangan avtomobil stansiyalari, shuningdek, yuk jo’natuvchilar omborlarini ham kiritish mumkin.


Yuk bekatlarining (GAS) –asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlariga quyidagilar kiradi :

-ma’muriyat binosi, ma’muriy-tezkor xonalar;

-yopiq omborlar ,yuklarni saqlash va saralash inshootlari,

-avtopoyezdlar to’xtash maydonchasi,yarimtirkamalarni ,konteynerlarni saqlash,yuklash va almashtirish maydonchalari ,

-yong’inga xavfli, tez o’t oluvchi , portlovchi, yuklarni tashiydigan yarim tirkamalar uchun alohida to’xtash maydonchalari;

-harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ekspluatatsion materiallar bilan ta’minlash hududlari, maydon va qurilmalar;

-maishiy binolar (oshxona, dush, tibbiy yordam xonasi ,haydovchilar dam olish xonalari va boshqalar )

Yuk bekatining ish tartibi butun avtostantsiyaning harakat jadvali bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Yuk bekatining hususiyati va ish hajmi sanab o’tilgan u, yoki, bu elementlaring mavjudligi va kengayishi darajasini aniqlaydi.

Yuk bekati –maydoninning joylashuvi, qurilma va inshootlarning o’rnashtirilishi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-bekatda bajariladigan jarayonlarning muntazam va uzluksiz ravishda bajarilishini ta’minlash;

-yong’in havfsizligi talablariga mosligi;

-atrof muhit tozaligiga rioya qilish.





Nazorat savollari



1. Terminallar va ishlab chiqarish bazalari haqida aytib bering.

2. Yuk bekati (GAS) ning asosiy vazifalari haqida aytib bering.

3. Yuk bekatlari (GAS)ning asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlari haqida aytib bering.







Mavzu: 62 -63. Shaharlararo yuk tashishda yuk bekatining transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatishi bo’yicha hisob-kitob ishlari .

Reja:

1. Shaharlararo va xalqaro yuk tashish.Avtomobil transportida yuk va yo’lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to’g’risida Nizom.

2.Sharlararo yuk tashishda harakatlanuvchi tarkibning harakatini tashkil qilish;

3. Sharlararo yuk tashishning samaradorligi.

Tayanch iboralar: Avtomobil transportida yuk va yo’lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish, faoliyatini litsenziyalash, Nizom, sharlararo yuk tashish, harakatlanuvchi tarkib, samaradorlik.



Bayoni:

Shaharlararo va xalqaro yuk tashish.

Shaharlararo avtomobillarda yuk tashish-deb, shahar hududi chetidan boshqa aholi yashaydigan punktgacha 50 km masofadagi tashishlarga aytiladi.

Shaharlar aro tashishlar ikki turga:

  1. Muntazam markazlashgan

  2. Muntazam bo`lmagan yuk tashishlarga ajratiladi va amalga oshiriladi.

Muntazam markazlashgan yuk tashishlar ATK, transport ekspeditsiya korxonasi yuk jo`natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar bilan birga harakatlanuvchi tarkiblarning harakat qilishi, kelishilgan jadval asosida amalga oshiriladi.

Muntazam shaharlar aro yuk tashishda harakat tarkibidan yaxshi foydalaniladi. Avtobosh bekatlarda mayda partiyadagi yuklarni guruhlarga ajratib, paketlash natijasida katta yuk ko`taruvchanlikka ega bo`lgan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Yuk tashishni temir yo`l transporti bilan birgalikda tashkil qilish mumkin. Muntazam shaharlar aro yuk tashishda har bir harakatlanuvchi tarkib ishiga nozimlik boshqaruvi tashkil qilinadi. Yuk tashishlar tirkamalarni oxirgi punktlarda, oraliq va oxirgi punktlarda taqish va boshdan oxirigacha almashmasdan qatnaydigan sistemalarda bajariladi.







Muntazam tashishlarda yuklarni yetkazish muddatlari.

Masofa

Tashish muddati

200 km gacha

1 sutka

201 km dan 400 km gacha

1.5 sutka

400 km dan keyingi har 250 km gacha

1 sutka qo`shiladi.



Muntazam bo`lmagan shaharlararo yuk tashishlar-yuk jo`natuvchi (qabul qiluvchi) tashkilotlarning bir martalik buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.

Shaharlar aro avtomobillarda tashishlar hududga oid belgisiga qarab, viloyat ichida, viloyatlararo, shaharlararo yuk tashishlarga ajratiladi.

Shaharlaro yuk tashishda harakat yo`nalishlari avtomobil yo`nalishlari deyiladi. Shaharlaro yuk tashishda tugun transport ekspeditsiya tashkiloti, agentligi, yuk avtobosh bekatlari va dispetcher nazorat punktlari rahbarlik qiladi.

Shaharlararo yuk tashish mamlakatning yuk aylanmasidan katta ahamiyat kasb etadi, bunda yuklarni tashishga ketadigan vaqt va mablag` sarfi kamayadi.

Bortli avtomobillardan foydalanilganda konteynerlarda tashishni qo`llash kerak. Bunda yuklarni qayta ortish osonlashadi va yuk tashilayotgan yo`nalish qismlarining tutashish joylarida yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Shaharlararo tashishdagi mayda partiyali yuklarni bir joyga yig`ib, komplektlab tashishni tashkil etishda, yuk tashish avtomobili bekati (YuTAB) ning ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari keltiradilar. Yuklarni yo`nalishlarga qarab komplektlab, avtopoyezdlarda yuk egalariga jo`natiladi. Bunday, oldindan komplektlab, yuklarni tashish tizimi, avtomobil va avtopoyezdlar yuk ko`tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini beradi.

Uzoq masofalarga yuk tashishda avtomobillarning harakati ishlab chiqarishdan quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Harakatlanish vaqti

  • To`xtab turish vaqti

  • Yuk tashish masofasi

  • Texnik tezlik

Shaharlararo yuk tashish 2-ilovaga muvofiq N2-TM shakliga binoan rasmiylashtirilgan tovar-transport nakladnoylari mavjud bo`lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Shaharlaro yuktashishda yo`l varaqalari 6-ilovaga muvofiq (yuklarni avtomobillarda tashishni tashkil etish to`g`risidagi qoidalar) 4-M shakl (shaharlaro) da to`ldiriladi. Ushbu shaklda yo`l varaqasining old tomonida qizil rangda bosmaxona usulida “shaharlararo tashishlar” yozuvi yoziladi.

Xalqaro yuk tashish.

Xalqaro-yuk tashish 2 va undan ortiq davlatlar chegarasini kesib o’tgan holda bajariladi. Bugungi kunda Evropa va Osiyo mamlakatlariga xalqaro tashishlar tashkil qilingan. Davlatlararo tuzligan ikki tomonlama bitimga muvofiq, avtomobil transportida xalqaro tashishlar bajariladi. Bitimga asosan tomonlarning tashishdagi majburiyatlari, yuk tashish turi va tavsifi belgilanadi.Avtomobil umumiy massasi, gabarit o`lchamlari, yo`l qoidalari me`yoridan farq qilsa yoki xavfli yuk tashilsa, bitim tuzgan davlatlarning vakolati bor tashkilotlar tomonidan har bir avtomobilning, avtopoyezd yoki har bir qatnov uchun ruxsatnomadan tashqari yana maxsus shakldagi ruxsatnoma bo`lishi kerak. Bitimda avtomobil va haydovchining avtomobilni boshqarish hujjatlarini tan olish majburiyati ko`rsatiladi.


Asosiy xalqaro transport tashkilotlari.

Abbreviatura

Nomi

Tashkil topgan yili

Web-server (sayt) manzili

Rus tilida

Lotin harfida

O`zbek tilida

Tashkilotning ish tilida

ФИА

FIA

Xalqaro avtomobil federatsiyasi

Federation Internationale de Г Automobile

1948

www.fia.com

Trans-figorut Yevropa

Trans-figoroute Yevrope

Temperatura nazorati sharti asosida tez buziluvchan mahsulotlarni tashish bo`yicha xalqaro tashkilot

International Organization for the Carriage on Hire or Reward Terms of Perishable Food-Stuff in conditions of controlled

1955

www.license.org/trans/main

МСАТ

IRU

Avtomobil transporti xalqaro ittifoqi

International Road Transport Union

1948

www.iru.org

ЕКМТ

ECMT

Transport vazirlarning yevropa konferensiyasi

Evropean Conferense of Ministers of Transport

1953

www.oecd.org

ЮНКТАД

UNKTAD

Tijorat va rivojlantirish bo`yicha BMT konferensiyasi

United Nations Conferense on Trade abd Development

1964

www.unctad.org

ФИАТА

FIATA

Ekspeditorlik uyushmasining xalqaro federatsiyasi

International Federation of Freight Forwarders Associations

1926

www.fiata.com

КВТЕЭКООН

ITC

BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport komiteti

UN/ECE Inland Transport Committe

1948

www.unise.org/trans/main/



Avtomobil transportida yuk va yo`lovchilarni xalqaro tashish bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxslarning rahbarlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar 6-bandda ko`rsatilgan talablardan tashqari O`zbekiston Respublikasining xalqaro avtomobilda tashish sohasidagi xalqaro konvensiyalari, shartnomalari va bitimlari normalarini chegaralarini kesib o`tish qoidalarini, transport vositalarining og`irlik va gabarit parametrlariga qo`yiladigan talablarini, “Xalqaro avtomobilda tashishlarni bajarayotgan transport vositalari ekipajlari shunga tegishli Yevropa bitimi” ga muvofiq xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga qo`yiladigan talablarni va boshqa talablarni bilish lozim.

Yuklarni xalqaro tashish 3 ilovaga muvofiq. CMR namunaviy shakliga binoan rasmiylashtirilgan tovar transport nakladnoylari mavjud bo`lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Yuklar yuk avtomobillarida xalqaro qatnovda tashilganda 1 shakl (xalqaro) 7 ilovaga muvofiq qo`llaniladi. Shaharlararo va xalqaro tashishlarda tashish haydovchi tomonidan bir sutkadan ortiq muddat davomida bajariladigan taqdirda 4M va 1 shakllardagi yo`l varaqalari mundane uzoqroz muddatga ham beriladi. Beriladigan yo`l varaqasida avtomobil tegishli bo`lgan tashkilotning shtampi va muhri bo`lishi shart. Yuklar xalqaro yo`nalishlarda tashilganda yuklarni yo`llarda xalqaro tashish shartnomasi to`g`risidagi konvensiya shartlariga muvofiq jo`natuvchi (yuk egasi) bilan tashuvchi o`rtasida tashish shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma CMR shaklidagi xalqaro Tovar transport nakladnoyi tuzilishi bilan tasdiqlangan va tomonlar o`rtasida shartnoma mavjudligini tasdiqlaydigan yuridik hujjat hisoblanadi. CMR nakladnoyi 3 nuxsada tuziladi, jo`natuvchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi. Ushbu imzolar bosmaxona usluda bosilishi yoki jo`natuvchi va tashuvchining shtempellari bilan almashtirilishi mumkin.

Nakladnoyning birinchi nusxasi jo`natuvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi yuk bilan birga qo`shib jo`natiladi, uchinchi nusxasi tashuvchida qoladi. Xalqaro yuk tashishlarda katta yuk ko`taruvchi avtomobillar va furgon avtopoyezdlardan foydalaniladi, hamda yoshi 21 yoshdan katta malakali va ishonchli haydovchilarga ruxsat etiladi. Xalqaro yuk tashishda haydovchilar ishi boshdan oxirigacha almashmasdan qatnash uchastka uslublarida juft bo`lib (ikki kishilab) va smenali tashkil qilishadi. Haydovchiga xorijga jo`natilganda o`sha mamlakat valyutasida yo`l harakatlari beriladi. Yuk tashish ishlarida bojxona hujjati-mamlakatlararo yo`l daftarchasi mavjud.

Xalqaro avtomobillarda tashishda ishlatiladigan asosiy me`yoriy hujjatlar.


Hujjatning nomi (qabul qilingan yili)

Asosiy maqsadi, vazifasi

Yo`l harakati haqida Konvensiya (1968)

YHQ ni, yo`l belgilarini, transport vositalari, yo`l harakati asoslarining yagona qoidalarini o`rnatadi. Haydovchilik guvohnomasidan foydalanish tartibi aniqlanadi.

Convention on the Contract for the International Carriage of Goods by Road (1956)

KDPG-yo`llarida xalqaro yo`nalishlarda yuk tashish shartnomasi haqida konvensiya

Xalqaro aloqalarda tijorat yuklarini tashish shartnomasining asosiy shartlari, yuk jo`natuvchi, yuk qabul qiluvchi, yuk tashuvchining huquqlari, majburiyatlari, javongarliklari aniqlanadi. CMR-tashilayotgan yuklar nakladnoyini rasmiylashtirish qoidalari o`rnatiladi.

Mamlakatlararo yo`l daftarchasidan foydalangan holda xalqaro yo`nalishda yuk tashish haqida bojxona konvensiyasi Customs Convention on the International transport of Goods under Cover of TIR Carnets (1975)

Xalqaro yuk tashishlarda bojxona postlaridan o`tishda bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish tartibi aniqlanadi.

Yuklarni vaqtinchalik kirgizish haqida bojxona konvensiyasi

Xalqaro yuk tashishlarda bojxona postlaridan o`tishda vaqtinchalik kirgiziladigan yuklar bojxona rasmiyatchiliklarini soddlalshtirish tartibi aniqlanadi. Yuklarni bojxonada rasmiylashtirish ATA daftarchasi yordamida amalga oshiriladi.

Xavfli yuklarni tashish bo`yicha shartnoma

ДОПОГ-European Agreement Concerning the International Carriage of Dangerous Goods by Road (1957)

Xalqaro aloqalarda avtomobillarda xavfli yuklarni tashishdagi qoidalar, hujjatlarni rasmiylashtirish, harakatlanuvchi tarkibning jihozlanishi va harakati aniqlanadi.

Tez buziluvchan mahsulotlarni tashish bo`yicha shartnoma. CПC-Agreement on the International Carriage of Perishable Foodstuffs and on the Special, Equipment to be used for such Carriage (1970)

Tez buziluvchan mahsulotlarni tashish shartlari va jihozlanish talablari, turli xildagi mahsulotlar bilan birgalikda tashish yo`llari, transport jarayonida ishtirok etuvchilarning majburiyatlari aniqlanadi.

Xalqaro avtomobillarda tashishni bajaruvchi transport vositalarining ekipajlariga aloqador Yevropa kelishuvi

ECTP-EU Regulation 3820/85 (1970)

Haydovchilarga ularning mehnatiga va dam olish tartibiga bo`lgan talablar o`rnatiladi. Haydovchilarning mehnati va dam olishini nazorat qilishining shakl va usullari aniqlanadi.







Xalqaro yuk tashishlarda qo`llaniladigan asosiy hujjatlar ro`yxati.


Hujjat nomi


Topshiradigan tashkilot nomi

Haydovchiga


Yo`l varaqasi

Xorij pasporti vizasi bilan

Xalqaro haydovchilik guvohnomasi

ОВИРб ТИВ

ГИБДД

ЙХХБН

Avtotransport vositasiga


O`zbekiston hududida ro`yxatdan o`tganligi haqida guvohnoma

Texnik ko`rikdan o`tganligi haqida xalqaro guvohnoma

Xalqaro avtomobillarda tashishga ruxsat beruvchi varaqa

Kirishga va tranzit uchun ruxsatnoma

Fuqarolik mas`uliyati sug`urtalanganligi haqida guvohnoma

Bojxona yuklarini tashishga ruxsat beruvchi xalqaro guvohnoma*

Tez buziluvchan yuklarni tashishga ruxsat beruvchi guvohnoma*

ГИБДД


РТИ АСМАП

Sug`urta kompaniyasi


АСМАП bojxona xizmatlari

*-kerak bo`lganda Yuklarga

Xalqaro tovar transport hujjati

Mamlakatlararo yo`l daftarchasi МДП (karnet-ТИР)*

Yukning sifati haqida sertifikat

Karantin va veterinariya sertifikati*

Bojxona yuk deklaratsiyasi

Eksport-import yuklariga litsenziya

Yuk jo`natuvchi

Yuk jo`natuvchi

Yuk jo`natuvchi

СЭС

Yuk jo`natuvchi

Yuk jo`natuvchi










Xalqaro va shaharlararo avtomobillarda tashishda haydovchilarning

ishini va harakatini tashkil qilish shakllari.
















Mavzu: 64. Bo’sh ketayotgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish.


Reja:

1.Bo’sh ketayatgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish tartibi.

2.Avtomobillarning yuksiz yurish masofasini qisqartirish.

3.Mavzu bo’yicha amaliy ko’nikmalar bajarish.

Tayanch iboralar: Yuk bekati, tashkiliy tuzilmasi, shaharlararo yuk tashish, transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi. Yuk toifa(marka)lari.

Bayoni:


Avtomobillardan samarali foydalanish va shaharlararo yuk tashishda avtomobillarning bo’sh yurmasligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, bo’sh ketayotgan avtomobillarga qaysi tarmoq, tashkilotga qarashligidan qat’iy nazar, yo’l-yo’lakay tashishlar tashkil qilnadi va maxsus yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.

--Yuk ortish ishlari – yuk bekatlarida, agarda bu hududda yuk bekatlari mavjud bo’lmasa, umumfoydalanish avtotransport korxonalari zimmasiga yuklatiladi. Bu yo’l varaqasida ko’rsatilgan manzil bilan bir yo’nalishda bo’lsa amalga oshiriladi.

Asosiy yo’nalishdan chetlashish yo’nalishning umimiy uzunligidan 10%gacha, faqat avtomobil harakati uchun mo’ljallangan yo’llarda amalga oshiriladi. Yo’nalishdan katta hajmda chetllashishlar faqat avtomobil tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar ruxsati bilan amalga oshiriladi.Agarda yuk egasi avtomobilni yuk bekati bilan kelishilmagan holda jo’natayotgan bo’lsa, unda ortish ishlari majburiy o’tkaziladi.

Bo’sh avtomobil haydovchisi nozim-nazoratchi ishorasi bilan avtomobilni to’xtatishi shart (kunduzi qizil bayroqcha, kechasi qizil fonar). Majburiy ortish davrida barcha tashish haqlari yuk bekati zimmasida qoladi.

Bo’sh avtomobillarga yuk ortilganda Tovar-transport hujjati 5 nusxada to’ldiriladi va hujjatni qabul qilgan haydovchi imzosi qo’yilgan 1 nusxasi yuk bekatida qoladi. Berilgan 4 nusxadan 1 tasi avtomobil yo’nalishdan qaytgandan so’ng, 3 kundan kechiktirmay, yuk bekatiga qaytarilishi lozim.





Nazorat savollari



1.Bo’sh ketayatgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish tartibi haqida aytib bering.

2.Avtomobillarning yuksiz yurish masofasini qisqartirish haqida aytib bering.

3.Mavzu bo’yicha amaliy ko’nikmalarni bajaring.





Mavzu 65. Omborxonalar ishi.Yuklarni omborlarda saqlash, qabul qilish,jo’natish bo’yicha hujjatlar bilan tanishish.


Reja:

  1. Omborxonalar ishi. Omborlarning tasnifi va vazifasi.

  2. Omborxonalardan foydalanish.

  3. Omborxona ishining namunaviy texnologik jarayoni.

Tayanch iboralar: Omborxonalar, omborxonalar ishi, shaharlararo yuk tashish, transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi. Yuk toifa(marka)lari.

Bayoni:


Omborxonalar ishi. Omborlarning tasnifi va vazifasi.

Yuklarna saqlash, qabul qilish, jo’natish, ortish-tushirish, saralash, yo’na- lishlarga ajratish uchun turli xil omborxonalar vujudga keladi.

Omborxonalar yuk ishlab chiqaruvchi va tayyorlov punktlarida (tayyorlov omborxonalari, ishlab-chiqarish, jo’natish omborxonalari) yuklarni bir transport vositasidan ikkinchisiga ortilayotgan joylarda (temir yo’l, bandargoh omborxonalari va boshqalar) joylashtiriladi.

Mahsulotlarni saqlash uchun mo’ljallangan tashkilotlar omborxonalari ham mavjud.(tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlash omborxonalari).

Omborxonalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.

vazifasiga va yuk turiga ko’ra :


Universal ( turli xil yuklarni saqlash uchun )

ixtisoslashtirilgan (ma’lum bir tirdagi yuklarni saqlash uchun )


Tuzilishiga qarab :

Ochiq - (havo yog’inlari va harorati ta’sir qilmaydigan yklar uchun mo’ljallangan maydonchalar va patformalar)

Yarim ochiq , yoki, ayvonli – (havo yog’inlaridan himoya talab qiluvchi, lekin harorat o’zgarishidan xavfsiramaydigan yuklar uchun )

Yopiq ( shuningdek qavatli)-

Bunkerli,silos uchun, shuningdek sochiluvchan yuklar uchun elevatorli -

Rezervuar - (yer osti va yer usti ;quyuluvchi,suyuq yuklar uchun)

Muzlatgichlar – ( tez buzuluvchi yuklar uchun )

Yuklarni saqlash muddatiga qarab:

  • Qisqa muddatli omborxonalar

  • Uzoq muddatli omborxonalar


Tegishligiga qarab:

  • Idora – (tashkilot, korxonalarga tegishli)

  • Umumfoydalanish – (barcha yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchilarning yuklarini qabul qilish va jo’natish )

  • Avtomatlashgan - ( alohida toifadagi omborxonalar hisoblanib, ko’tarish - transport ishlari mashina va mexanizmlari yordamida bajariladi).

Umumfoydalanish ATT ixtiyorida turli xildagi yuklarni saqlash, qabul qilish, tarqatish- jo’natish uchun mo’ljallangan omborxonalar bo’lishi mumkin. Bunday omborxonalar, turli mijozlarning yuklarini shaharlararo yo’nalishda tashishni tashkil qiluvchi yuk bekatlarida bo’ladi.

Yuklarni omborxonalarda saqlash, ortish- tushirish ishlarini bajarganligi, saralanganligi uchun buyurtmachidan mavjud ta’riflar asosida haq olinadi.



Saqlanadigan yuk turi

O’rtacha saqlash muddati,sutka

Nagruzka,

kPa

Maydondan foydalanish

koeffitsiyenti

tarali-donali


3-4

6-20

1.5-1.8

Konteynerlar


3-4

6

1.4

yog’och


5-10

15

1.3

uyib olinuvchi


5-10

20

1.2



Omborxonalardan foydalanish



Omborxonalar quyidagi texnik- foydalanish talablariga mos kelishi kerak:

  • Yuklar saqlanadigan joylar o’lchamlarining talabga mos kelishi;

  • Kam mehnat va vositalar sarf qilingan holda, ortish-tushirish ishlarini majmuaviy-mexanizatsiyalash;

  • Qulay ravishda kirish-chiqish yo’laklari, ortish-tushirish vositalari mavjud bo’lishi;

  • Yilning, sutkaning istalgan vaqtida ortish – tushirish va ombrxona ishlarini tez va sifatli bajarilishini ta’minlash;

  • Texnika xavfsizligi va yong’in xavfsizligiga to’liq javob berishi;

Ba’zi turdagi omborxonalar, asosan universal, rampalar bilan jihozlanishi kerak. ( rampalar- transport vositalariga ortish balandligi darajasida 1300mm katta bo’lmagan,qattiq qoplamali maydonchalar)

Hid tarqatuvchi, chang chiqaruvchi yuklar bilan hid sezuvchi va chang yutuvchi yuklarni bir joyda saqlashga ruxsat etilmaydi. (oziq-ovqat mahsulotlari-tamaki). Og’ir yuklar ortish-tushirish ishlari bajariladigan joyning yaqiniga joylashtiriladi.

Kimyoviy, portlovch, zaharli yuklarni saqlash o’ta ehtiyotkorlik bilan tashkil qilinishi kerak. Bunday turdagi yuklarni saqlash, ortish-tushirish ishlarining maxsus qoidalari mavjudki, buni har bur transport va omborxona xodimi juda yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Yuk tashqi holati tekshirilib, saqlash uchun qabul qilinadi ( tarasini ochmay)

Tara og’irligi qabul qilingan yukning umimiy og’irligiga ( brutto og’irligi)

kiradi.Yukni qabul qilgandan boshlab, omborxona javobgarlikni to’liq bo’yniga oladi. Omborxonada saqlash davomida yukning buzilish alomatlari aniqlansa, darhol kerakli choralar ko’rish uchun yuk jo’natuvchilar ogohlantiriladi.

Yukni omborxonada saqlash uchun olinganini tasdiqlovchi asosiy hujjat bu – omborxona kvitantsiyasi hisoblanadi.


Avtomobil transportida yuklar tashilganda – yuklarning vaznini o’lchash uchun – tovar tarozilari; avtomobil tarozilari; ba’zi hollarda esa vagon tarozilaridan foydalaniladi.

Umum maqsadda foydalaniladigan tovar tarozilari – alohida partiyali tarali va donali yuklarni o’lchashda qo’llaniladi.


Avtomobil va vagon tarozilari – asosan yuklar harakatlanuvchi tarkib bilan birgalikda o’lchanadi.Avtomobil tarozilari elevatorlarda, shakar, paxta zavodlarida, meva- sabzovotlar saqlash joylarida va shunga o’xshash joylarda keng qo’llaniladi. Yuk og’irligini o’lchash uchun avtomobil ukki marta o’lchanadi:


Jo’natishda – avval avtomobil yuksiz, keyin yuk bilan o’lchanadi.


Qabul qilishda – avval avtomobil yuk bilan, keyin yuksiz o’lchanadi. O’lchash natijalaridagi farq ikkala holda ham yukning vaznini ko’rsatadi. Standartlarga mos ravishda quyidagi avtomobil tarozilari ishlab chiqarilgan.

A-10; A-25M; A-25B; A-50; A-100;

Ularning yuk ko’tarish qobiliyati : 10; 25; 50; 100 tonna



Nazorat savollari

  1. Omborxonalar ishi. Omborlarning tasnifi va vazifasi.

  2. Omborxonalardan foydalanish.

  3. Omborxona ishining namunaviy texnologik jarayoni.

Omborxona ishining namunaviy texnologik jarayoni.










































Mavzu: 66. Yuklarni toifa(marka)larga ajratish.


Reja:

1.Transport yuklari.

2. Yuklarni tashishda ularning xususiyatlarini hisobga olish maqsadida qo’yiladigan maxsus tamg'alar.

3. Shtrixli kod.

Tayanch iboralar: Transport yuklari, yuklarni tashishda ularning xususiyatlarini hisobga olish maqsadida qo’yiladigan maxsus tamg'alar, shtrixli kod.

Bayoni:

Transport yuklari deb, yuk jo'natuvchidan yuk qabul qiluvchiga tashib berish uchun olingan barcha predmetlarga aytiladi. Transport yuki tovar va tara (idish)dan tashkil topadi.

Тага deb - yukni yuk ortish-tushirish, saqlash jarayonlarida uni buzilishdan asraydigan va bu jarayonlarni osonlashtiradigan har xil qurilmalarga aytiladi (yashiklar, taglikiar, konteynerlar, shisha idishlar va hokazo).

Taralar qattiq, yarim qattiq va yumshoq turlarga bo'linadi.

Yukning o'z og'irligi — netto, taraning og’irligi – tara, yuk va taraning birgalikdagi og'irligi - brutto deyiladi.

Transport yuklari quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Tarasi bo ‘yicha:

  • tarasiz yuklar (qum, tuproq va hokazo);

  • tarali yuklar (uy-ro'zg'or buyumlari, shisha idishlar va hokazo, yashik super tara hisoblanadi).

2. O'lchami bo’ yicha:

  • gabaritli yuklar;

  • gabaritsiz yuklar;

  • gabaritsiz yuklar (eni 2, 5 metrdan, balandligi 3, 8 metrdan, avtomobil orqa bortidan 2 metrdan ortiq bo'lgan yuklar).

3. Bitia yukning og'irlik о 'lchami bo yicha:

normal yuklar (donali yuklar uchun bir yuk og'irligi 250 kg gacha, yumalaydigan yuklar uchun 400 kg dan oshmaydigan yuklar).

4. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish usuli bo yicha:

  • sochiluvchan yuklar (shag'al, qum, tuproq va hokazo);

  • donali yuklar;

  • quyiladigan yuklar (suyuqliklar).

5. Avtomobilning yuk ко 'taruvchanligidan foydalanish darajasi bo'yicha:




Yuklar quyidagi 4 sinfga bo'linadi


Yuk sinfi


1

2

3

4

Yuk ko’taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti




1.0




0.71–0.99



0.51-0.70



0.49-0.50

O’rtacha




1.0

0.8

0.6

0.5


6. Xavfliligi bo'yicha: yuklar 7 guruhga bo'linadi:


  1. guruh — kam xavfli yuklar (qurilish materiallari va shu kabilar);

  2. guruh —tcz alangalanadigan yuklar (benzin, atseton va shu kabilar);

  3. guruh — issiq va changlanadigan yuklar (semcnt, ohak, asfalt va hokazo);

  4. guruh —kuydiradigan suyuqliklar (kislotalar, ishqoriar va hokazo);

  5. gu ruh — siqilgan va suyultirilgan gazlar;

  6. g u r u h — o'lchami bo'yicha xavfli yuklar;

7-guruh — zaharlaydigan, radioaktiv va portlaydigan
moddalar.


7. Yuk tashish va saqlash sharoitlari bo ‘yicha:


  • oddiy yuklar;

  • tez buziladigan yuklar;

  • o'tkir hidli yuklar;

  • axlat va supirindidan iborat yuklar;

  • tirik yuklar (qoramol va shu kabilar).


8. Tashqi muhit ta 'siridan saqlash sharoitlari bo 'yicha:

- oddiy yuklar (tashqi muhitdan saqlanishi shart emas);

— tashqi muhit ta'siridan saqlanishi lozim bo'lgan yuklar
(yog'ingarchilikdan, temperaturadan, urilish va tebranishlardan
saqlash lozim bo'lgan yuklar).



Yuklarni tashishda ularning xususiyatlarini hisobga olish maqsadida maxsus tamg'alar qo'yiladi.



Тага (idish) turlari:

a — bochka; d,e,f — yog'och yashiklar; gdumaloq yashik;

b — savat; i— shisha idishlar uchun yashik.


Yuk tamg'alari 4 turga bo'linadi :

-- tovar tamg'asi;

-- yuk tamg'asi;

  • transport tamg'asi;

  • maxsus tamg'a.


Tovar tamg'asida yukning va uni tayyorlagan tashkilotning nomi ko'rsatiladi. Yuk tamg'asida yuk jo'natiladigan punkt va jo'natuvchi olib boradigan punkt, hamda, yuk qabul qiluvchi ko'rsatiladi. Transport tamg'asida tovar-transport hujjatining raqami va hujjat bo'yicha tashilayotgan yuk o'rinlari ko'rsatiladi. Maxsus tamg'ada yukni ortish, tushirish, tashish jarayonlarida lozim bo'lgan maxsus ko'rsatmalar beriladi.





Tashqi muhit tasiridan saqlanishi lozim bolgan yuklarga qoyiladigan maxsus tamgalar.





XAVFLI YUKLARGA QO’YILADIGAN TAMG’ALAR













SHTRIXLI KOD.

Strixli kod (ShK)-mahsulot va uni ishlab chiqarish korxonasi haqida ma`lumot beradi. Eng ko`p uchraydigan 13 ta raqamli kod EAN-13 (European Article Numbering) va unga to`liq mos keladigan va AQSh, Kanadada foydalaniladigan 12 ta raqamli UPC kodidir.

  1. Mamlakatning kodi

  2. M
    axsulotni ishlab chiqargan tashkilot kodi

  3. Mahsulotning kodi

  4. Nazorat raqami




Hisoblash qismi.


1

ShK juft to’rgan raqamlar qo`shiladi

7+0+0+6+0+8=21

2

Natijasi 3 ga ko`paytiriladi

21×3=63

3

ShK toq to’rgan raqamlar qo`shiladi(nazorat raqamdan boshqalar)

4+8+1+0+5+6=24

4

2-3 punktdagi natijalar qo`shiladi

63+24=87

5

O`nliklar ayriladi

87-80=7

6

10 sonidan 5 punktdagi natija ayriladi

10-7=3


Yakuniy natija (3) nazorat raqam bilan mos kelishi kerak. Bu ShK haqiqiyligini va mahsulotning sifatini bildiradi.


Nazorat savollari


1.Yuk bekatining vazifasi nimalardan iborat?

2.Shaharlararo yuk tashish deb nimaga aytiladi?

3.Bo’sh ketayotgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish tartibi qanday?

4.Yuklarni omborlarda saqlash, qabul qilish,jo’natish bo’yicha hujjatlar haqida ma’lumot bering?

5. Yuklarni toifa(marka)larga ajrating?


67-mavzu: Avtotransport logistikasining asoslari. Logistuka haqida umumiy tushuncha. Logistikaning rivojlanish bosqichi.


Reja:

1. Logistuka haqida umumiy tushuncha.

2.Logistuka tushunchasini aniqlash.

3.Logistikaning rivojlanish bosqichlari.

Tayanch iboralar: Logistika, logistikaning rivojlanish bosqichlari, sub’yekt, ob’yekt.

Bayoni:

Logistik yondashuv, ayniqsa, ikkinchi jahon urushida Amerika armiyasi tomonidan keng ravishda qo’llanilib kelindi.




Logistikaning rivojlanish bosqichlari.

Zamonaviy iqtisodiyotda logistikaning rivojlanishida uchta bosqich ajratiladi.

Birinchi bosqich 60-yillar bo‘lib, moddiy vositalar oqimining munosabatlar sohasini boshqarishda logistik yondashuvdan foydalanish bilan tavsiflanadi.

Bu davrda asosiy ikkita qoidani tushunib yetishga muvaffaq bo’linadi:

  1. Alohida ravishdagi ishlab chiqarishning moddiy vositalar, shuningdek, saqlashdagi, transport qilishdagi mavjud oqimlari boshqaruvning yagona tizimiga o‘zaro bog‘lanishi mumkin.

  2. Moddiy vositalaming jismoniy taqsimoti bo‘yicha ayrim vazifalarining birlashtirilishi sezilarli darajada iqtisodiy samara berishi mumkin.

Logistikaning birinchi bosqichida transport va ombor, oldinlari faqatgina yuklash va tushirish jarayonlari bilan bog‘langan bo‘lsa, endilikda ular o‘zaro uzviy ravishda bog’langandir. Ular o‘zaro birgalikda yagona iqtisodiy natijalar uchun yagona jadval va yagona kelishilgan texnologiya asosida ishlay boshlaydilar.

Yuk tashish uchun mo ‘ ljallangan idishlar qo ‘ llaniladigan transport vositalariga qarab tanlab olinadi; o‘z navbatida topshiriladigan yuklaming xususiyatlariga qarab transportni tanlash belgilanadi. Transport ombor jarayonlarini tashkil qilishning boshqa vazifalari ham birgalikda hal etiladi.

Logistikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davr ichida logistikaning birlashtiruvchi asoslari ancha kengaygan bo’lib, ishlab chi­qarish jarayonlarini egallay boshladi. Logistikaning rivojlanishi jihatidan 80-yillar quyidagi xususiyatlarga egadir:

  • jismoniy taqsimot qiymatining tez o‘sishi;

  • logistik jarayonlarni boshqaruvni amalga oshiruvchi menejerlarning kasb mahoratlarini o‘sishi;

  • logistika sohasidagi uzoq muddatli rejalashtirish;

  • logistik jarayonlar uchun axborotlar to‘plash va nazorat qilish uchun kompyuterlardan keng ravishda foydalanish;


  • jismoniy taqsimotlami markazlashtirish;

  • moddiy vositalami o‘tkazuvchi bo‘g‘inlardagi zaxiralami keskin ravishda qisqartirish;

  • taqsimotdagi haqiqiy xarajatlami aniq belgilash;

  • moddiy vositalar oqimni oxirgi iste’molchiga yetkazib berishdagi qiymatlami kamaytirish choralarini belgilash va amalga oshirishdir.


Uchinchi bosqich hozirgi davrga oid bo‘lib quyidagi xususiyatlarga egadir:

  • bozor jarayonlarini boshqarishdagi butun jahon iqtisodiyotida uni tashkillashtirish vujudga kela boshladi;

  • zamonaviy o‘zaro moslashuv texnologiyalari moddiy vositalar va axborot oqimlarining tezlik bilan o‘tishlarini ta’minlagani holda mahsulot harakati- ning barcha bosqichlarida monitoringni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi; ya’ni xomashyoning boshlang‘ich manbayidan tortib oxirgi iste’molchiga qadar;

  • logistika doirasida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar rivojlanadi;

  • birlashuv zarur bo‘lgan qoidalami ta’kidlovchi logistika tamoyillari ta’minot, ishlab chiqarish va taqsimot zanjiridagi ko‘pchilik ishtirokchilar tomonidan tan olinmoqda.

  • moddiy vositalami o‘tkazish subyektlarining to‘plami yaxlit ravishdagi xususiyatlarga ega bo‘lmoqda.



Nazorat savollari


1. Logistuka haqida umumiy tushuncha bering.

2.Logistuka tushunchasini aniqlashni izohlab bering.

3.Logistikaning rivojlanish bosqichlari haqida aytib bering.

68-mavzu: Logistikaning tamoyillari va prinsiplari. Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi.


Reja:


1. Logistikaning tamoyillari va prinsiplari.

2.Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi.

3.Logistika va marketing.

Tayanch iboralar: Logistikaning tamoyillari va prinsiplari, logistika, marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish.

Bayoni:

Logistikaning tamoyillari va prinsiplari.

Tamoyil (konsepsiya) - bu dunyoqarash tizimining u yoki boshqa hodisalar, jarayonlarini tushunishdir; turli faoliyat turlarining asosiy ustuvor prinsipidir.

Prinsip - har qanday nazariya, ilm, fanning asosiy boshlang‘ich holatidir.

Boshlang‘ich qoidalarga (prinsiplarga) tizim nuqtayi nazaridan qarash bilan birgalikda logistikaga quyidagilar kiritiladi: kompleks asosda, ilmiy, aniq qurilmali, ishonchli va turli variantlarga ega bo‘lish bosh talab hisoblanadi.

Yuqorida bayon etilgan logistika prinsiplarining xususiyatlarini ko‘rib chiqaylik.

Kompleks asoslar:

  • aniq sharoitlarda moddiy vositalar oqimining harakatini amalga oshirish uchun ta’minotning barcha turlarini (rivojlangan infratuzilmasini) shakllantirish;

  • resurslar va mahsulotlar harakatidagi ishtirok­chilaming bevosita va vositachilik harakatlarini muvofiqlashtirish;

  • logistik tarkiblarga ko‘ra firma oldida turgan vazifalarning bajarilishini markazlashtirilgan holda amalga oshirish;

  • tovar zanjirlari yuzasidan firmalaming tashqi sheriklar bilan hamkorlik qilishi hamda ichki faoliyat doirasida firma turli bo‘linmalarining o‘rtasida mustahkam aloqalami o‘matishga harakat qilish.

Ilmiy asoslar:

  • oqimni boshqarishning barcha bosqichlarida rejalashtirishdan tortib tahlil qilishgacha hisob-kitob asoslarini kuchaytirish, oqim harakatining yo‘nalish ko‘rsatkichlarining barcha hisob-kitoblarini batafsil bajarish;

  • firmaning logistik tarkibida malakali xodimlaming mavqeyini eng muhim resurs sifatida tan olish.

Aniqlik asoslari:

  • texnik, iqtisodiy va boshqa talablar asosida oqimlarni harakatlantirish maqsadlarida aniq natijalami puxta belgilash;

  • barcha turdagi resurslaming harakatini eng kam miqdordagi harakatlar bilan amalga oshirish;

  • hisob-kalkulatsiya bo‘linmalari tomonidan yoki tarkibiy organlar orqali ish natijalari olingan foyda bilan o‘lchanadigan logistik bo‘linmalarga rahbarlik qilish.

Ustuvorlik asoslari:

  • oqimni dispetcherlash, har bir oqim obyektining ko‘chirilishi va o‘zgarishini uzluksiz kuzatib borish va uning harakatini tezkorlik bilan o‘zgartirib turish; moddiy texnika ta’minoti va tovarlami transportda tashishning bar­cha jarayonlarining qismlarini puxtalik bilan aniqlash.

Ishonchlilik asoslari:

  • harakatlaming beto‘xtov va bexavotirligini

ta’minlash, harakat yo‘nalishlarini zarur bo‘lgan hollarda o‘zgartirish uchun texnik vositalarining muvofiqlashuv rezervlarini nazarda tutish;

harakatlanishda zamonaviy texnik vositalardan hamda harakatni boshqarishda ulardan keng ko‘lamda foydalanish; axborotlaming kelib tushishida yuksak tezlik va sifatga ega bo‘lish va ulaming texnologik ishlovini tezlashtirish.

Variantlilik asoslari:

  • firmaning talablar o‘zgarishlariga ixchamgina ta’sir eta olish va boshqa tashqi muhim ta’sirlariga sezgir bo‘lish;

  • qo‘shimcha quwatlami maqsadga yo‘naltirilgan ravishda barpo etish, ulami yuk bilan to‘ldirish firmaning oldindan ishlab chiqilgan qo‘shimcha rejalari asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan prinsiplar bilan birgalikda logistika tamoyillari quyidagi qoidalar bilan yuritiladi:

  • logistik zanjiming barcha o‘rinlari davomida logistik xarajatlami hisobga olish;

  • texnologik jarayonlaming insoniyligiga erishish, zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish;

  • logistik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish.


Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi.


Korxonada rejalashtirish, boshqarish, nazorat va logistik faoliyatni amalga oshirish boshqa faoliyat sohalari bilan uzviy ravishda bog‘langandir. Logistik vazifalar, ko‘pincha turli xizmatlarga «taqsimlanib» ketadi. Masalan, ishlab chi- qarish korxonasining biror bo‘linmasi moddiy vositalami sotib olish bilan, boshqasi ulami saqlash bilan, uchinchisi - tayyor mahsulotlami sotish bilan shug‘ullanishadi. Bunda bu bo‘linmalaming maqsadlari, korxona orqali o‘tayotgan moddiy vositalar oqimining to‘plamini oqilona tashkil- lashtirish maqsadlari bilan mos kelmasligi ham mumkin. Korxonadagi rejalashtirish vazifalariga logistik yondashuv maxsus logistik xizmatning ajratilishini nazarda tutadi hamda u mahsulotlami yetkazib bemvchilar bilan shartnoma munosabatlarini shakllantirishdan boshlab, iste’molchiga tayyor mahsulotlami yetkazib berishga qadar bo‘lgan moddiy vositalar oqimini boshqarishi lozim.

Logistika va marketing. Logistikaning marketing bi­lan o‘zaro munosabatlari mavjuddir.

Marketing xizmati orqali korxonada hal etiladigan vazifalami ajrataylik.

  1. Tashqi muhitning tahlillari va bozor tadqiqotlari.

  2. Iste’molchilar tadqiqotlari.

  3. Tovarlami rejalashtirish, ishlab chiqarishni mahsu- lot turlari bo‘yicha ixtisoslashtirish.

  4. Xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish eng qulay xizmat ko‘rsatish yuzasidan bozor tabiatini o‘rganib borish.

Agar birinchi ikkita vazifalar logistika xizmatining ishtirokisiz marketing xizmati orqali hal etilsa, uchinchi va to‘rtinchi masalalar birgalikda hal etilishi kerak.

Aytaylik, marketing xizmati yangi mahsulot turini chiqarishning zarurligini asoslagan bo‘lsin. U holda logistika xizmatining vazifasi ishlab chiqarishni xom-ashyo bilan ta’minlash, zaxiralami boshqarish, transport ishlarini tashkil etish, bunda ulaming barchasi yangi mahsulotlar ko‘lamida boMadi. To‘rtinchi masalani hal etayotganda marketing logistik xizmat ko‘rsatishning jiddiy talablari bo‘yicha jismoniy taqsimot belgilaydi. Bu talablar logistika tizimi orqali bajariladi. Umuman olganda korxonada logistik xizmat faoliyatlari va marketing uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.Mahsulotni yetkazib beruvchining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri va barcha logistik jarayonlami tashkillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchilardan biri qo‘yilayotgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Qulay sifat darajasini aniqlash va uni saqlab qolishni nazorat qilish korxona logistikasining va ishlab chiqarishni rejalashtirish xizmatining birgalikdagi vazifalariga kiradi.


Nazorat savollari


1. Logistikaning tamoyillari va prinsiplari haqida aytib bering.

2.Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya, ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi haqida aytib bering.

3.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari haqida aytib bering.

69-mavzu: Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari.



Reja:

1.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari.

2. Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi.

3. Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish.

Tayanch iboralar: Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari, logistika, xarid qilish logistikasi, mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi, transport vositalari.


Bayoni:


Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari.

Logistika sohasi vazifalarining xususiyatlari.

Mahsulot yetkazib beruvchining tanlash masalasi

Logistika sohasida ilmiy va amaliy masalalami hal etishda qo‘llaniladigan asosiy usullarga quyidagilar kiradi:

  • tizimli tahlil usullari;

  • jarayonlar nazariyasini tadqiq qilish usullari;

  • kibemetika yondashuvi;

  • istiqbolni belgilash.

Ushbu usullarning qo‘llanilishi moddiy vositalar oqimining istiqbolini belgilash, boshqaruv tizimi va uning harakatini nazorat qilish, logistik xizmat ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish, zaxiralami qulay holga keltirish va qator boshqa masalalar hal etilishiga imkon yaratadi.

Moddiy vositalar oqimini boshqarish yuzasidan qarorga kelishda logistikaning keng ravishda qo‘llanishiga qadar ko‘p hollarda malakali ta’minotchilar, sotuvchilar, ish­lab chiqaruvchilar va transportchilaming ichki hissiyotlariga asoslanar edi. Uslubiy apparatni rivojlantira borib, zamonaviy logistika qarorga kelishning rasmiy usullarini ishlab chiqish va foydalanish bilan bir qatorda, aytib о‘ tilgan kasb mahoratiga ega bo‘lgan kishilaming tajribalarini ham keng qo‘llash imkoniyatlarini izlab topadi. Ana shunday maqsadlarda ekspert kompyuterli qo‘llab-quvvatlashlar deb ataluvchi tizimlar qo‘llanilib, bular logistikada chuqur tayyorgarlikka ega bo’lmagan xodimlarga texda yetarli darajada samarali qarorga kelish imkoniyatini beradi.


Transport bo’linmalarida moddiy vositalar oqimini boshqarishda transport logistikasining o‘ziga xos vazifalari hal qilinadi. Transport ishlarining to‘plami hajmi moddiy vositalar oqimini boshlang‘ich xom-ashyolar manbalaridan oxirgi iste’molchiga yetkazish jarayonida bajarilgan ishlarni asosiy ikkita yirik guruhlarga bo’lish mumkin:

  • transport bilan bajariladigan, maxsus transport tashkilotlari tomonidan (umum foy dalanadigan transportlar) bajariladigan ishlar;

  • korxonalaming xususiy transportlari va boshqa barcha (transportli bo’lmagan) korxonalar tomonidan bajarila­digan ishlar.

Xuddi boshqa vazifa sohasidagi logistika singari, transport logistikasi aniq belgilangan doiraga ega emas.

Transport logistikasining usullarini har qanday yuk tashishni tashkillashtirishda qo’llaniladi. Biroq, bu bo’limda e’tiborga molik ob’yekt, о‘rganish va boshqarishdagi moddiy vositalar oqimi bo’lib, umum foydalanish transportlarining yuk tashish jarayonida sodir bo’ladi.

«Yasash yoki sotib olish» haqidagi masala hal qilingandan so‘ng, shuningdek, korxona tomonidan qanday xomashyo va qanday moddiy vositalami sotib olish aniqlangach, mahsulotni yetkazib beruvchini tanlash vazifa si hal qilinadi. Ushbu vazifaning hal qilinishidagi asosiy bosqichlarni sanab o’taylik va ta’riflaylik:

  • imkoniyatli mahsulot beruvchilami topish;

  • imkoniyat darajasida mahsulot yetkazuvchilaming tahlili;

  • mahsulotni yetkazib beruvchilar bilan bo’ladigan ishlarni baholash.

Mahsulotlami yetkazib beruvchilami tanlashga ular bilan tuzilgan shartnomalar bilan ishlash natijalari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.


Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni «Aniq muddatlarda» yetkazib berish tizimi.

Ishlab chiqarishni tashkillashtirishning
an’anaviy va logistik tamoyillari


«Aniq muddatlarda» yetkazilib berish tizimi - bu ishlab chiqarish yoki butlovchi tovarlaming yoki tovarlarning ishlab chiqarish iste’moli joylariga, yoki savdo korxonasiga sotish paytiga talab qilingan miqdorda va kerakli paytda yetkazish tizimidir.

Aniq muddatda ta’minlash tizimi iste’molchilar ishlarini an’anaviy ta’minot sharoitlariga nisbatan kamroq zaxiralar bi­lan ishlashni ko‘zda tutadi. Shu boisdan, logistik jarayonlardagi barcha ishtirokchilaming ishonchli bo‘lishliklariga talablar ortadi, shu jumladan, transportchilarga ham. Shuning uchun ham, agar an’anaviy ta’minot tizimida yuk tashuvchini tanlashda birinchi navbatda yuk tashish tariflariga e’tibor berilsa, u holda aniq muddatli ta’minot tizimida ko‘proq e’tibor yuk tashuvchiga, ya’ni uning belgilangan muddatlarga yukni yetkazib berishni ishonchli kafolatlashiga beriladi.

Savdo tizimida tovarlami o‘z muddatida yetkazib be­rish quyidagi shakllaming biri orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • ulgurji savdo korxonalari ombori-do‘kon savdosi;

  • tayyorlovchi zavodning tayyor mahsulotlar omborido‘kon savdosi;

  • dala-do‘kon savdosi.

Aniq muddatli tizimni amalda joriy qilish uchun ancha urinishlami talab etadi. Binobarin, uni ishlab chiqish uchun qo‘yilayotgan tovarlar ro‘yxatini tabaqalashfirish yoki eng qulay qatorlar resurslarini yetkazib berishda aniq muddat­da ta’minlash tizimi eng yuqori samara berishi mumkin.




Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish.


Avtomobil transportidan an’anaviy ravishda yuklami kichik masofalarga tashish uchun foydalaniladi. Ulaming asosiy afzalliklaridan biri - yuqori darajadagi tezligi va moslashuvidir.

Avtomobil transporti yordamida yuklar eshiklarning tagigacha zarur muddatlarda yetkazilib beriladi. Transportlaming bu turlari yukni yetkazishni uzluksiz amalga oshirib, shuningdek, kichik to‘plamlarda jo‘natish imkoniyatlarini yaratadi. Bu yerda boshqa transport turla riga qaraganda, tovarlarni о‘rash va bog‘lashga nisbatan qat’iy talablar kamroq qo‘yiladi. Avtomobil transportining asosiy kamchiliklariga nisbatan yuk tashish tannarxining yuqori bo‘lishi bo‘lib, ular uchun haq to‘lash avtomobilning eng yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha olinadi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga, shuningdek, yuk tushirishning muddatliligi, yuklaming o‘g‘irlanish xavfi va avtomobillami olib qochib ketish, yuk yuklash imkoniyatlarining ozligini ko‘rsatish mumkin.

Avtomobil transporti ekologik jihatdan noqulay bo‘lib, uning keng ravishda qo‘llanilishi cheklangandir. Turli xildagi omillaming ahamiyatlarini baholashning ekspert farqlari shuni ko‘rsatadiki, transport turlarini tan- lashda birinchi navbatda quyidagilar e’tiborga olinadi:

  • yuklami yetkazishning jadvaliga amal qilish;

  • yukni yetkazish vaqti;

  • yukni tashishing qiymati.

Transport turini to‘g‘ri aniqlashi texnik iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan bo‘lishi, turli xil transport barcha xarajatlarga asoslangan boTishi kerak.

Masalan, 5 tonna qimmat bahodagi yukni (qiymati - 50000 dol) avtomobilda tashish - 1000 dollar, samolyotda esa - 3000 dollar. Tanlov avtomobilda to‘xtadi.


Transport harakatining yo‘nalishini tuzish

Aylanma yo‘nalishlami birinchi yondashishda svir algoritmi yoki avtomobilning oyna tozalagich algoritmi usullarida amalga oshiriladi.

Koordinatlar tizimida moddiy vositalar oqimidagi iste’molchining holatini olib ko‘rayJik. Tizimning boshlang‘ich nuqtasi 0 da taqsimlovchi omborlaming joylanishini belgilaylik «j = 0» bo’lgan qutb nuqtasining boshlanishini tanlab olaylik. Iste’molchining holati markazgacha bo‘lgan masofa va «j» burchagining katta- kichikligiga bog‘liq bo‘lib, u «0» nuqtadan chiqqan va iste’molchiga qarab yo‘nalgandir. Svir algoritmining mazmuni shundan iboratki, qutb o‘qi xuddi avtomobilning oyna tozalagich shchyotkasi singari soat millariga o‘xshash o‘ng tomonga, yoki chap tomonga aylana boshab, do‘konlar faraz qilib joylashtirilgan nuqtalami egallaydi, ya’ni moddiy vositalar oqimining iste’molchilarini.

«Ko‘chirilgan» do‘konlar tomonidan berilgan talablar summasi transport vositalarining yuklash quwatiga yetgach, bir aylanma yo‘nalish bilan xizmat ko‘rsatiladigan sektor aniqlanadi hamda iste’molchilami aylanib chiqish yo‘li belgilanadi. Shuni aytish kerakki, ushbu usul transportining evklid tarmog‘ida yaxshi natijalami beradi, ya’ni transport tarmoqlaridagi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi masofaning mavjud yo‘llaming yo‘llar uzunligiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lganida qulay keladi.

Aylanma yo‘nalishlarga yukning joylanishini cheklashlardan tashqari boshqa talablar ham qo‘yishi mumkin, masalan vaqt bo‘yicha cheklashlar. Agar tanlab olingan aylan­ma yo‘nalishning harakatlanish vaqti ruxsat etilgan vaqtdan ko‘p bo‘lsa, bu sektomi kamaytirishga to‘g‘ri keladi, shu bilan birgalikda, qo‘shni sektordagi yo‘l uzaytiriladi.

Sektorlaming zarur bo‘lgan kamaytirilishi boshqa cheklashlar natijalarida ham bajarilishi mumkin. Keyingi sektomi barpo etish shundan keyingina boshlanadiki, bunda mazkur sektorda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aylan­ma yo‘nalish vujudga kelishi zarur. Aylanma yo‘nalishlami shakllantirish «o‘chiruvchi» nurning to‘liq aylanishi bilan yakunlanadi.





Nazorat savollari



1.Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari haqida aytib bering.

2. Xarid qilish logistikasida mahsulotlarni “Aniq muddatlarda” yetkazib berish tizimi haqida aytib bering.

3. Transport vositalar turlarini tanlash. Transport harakatining yo’nalishini tuzish haqida aytib bering.

Mavzu: 70. Yuklar birligi – bu logistik jarayonning bevosita qismidir. Logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari.


Reja:


  1. Yuklar birligi – bu logistik jarayonning bevosita qismidir.

  2. Yuk birliklarini shakllantirishning ilg’or usullari.

3. Logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari.

Tayanch iboralar: Yuklar birligi, logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari, yuk birliklarini shakllantirishning ilg’or usullari, yuk, logistika, sifat ko’rsatkichi.


Bayoni:


Yuk birliklari – bu logistik jarayonlarning bevosita qismidir.

Yuk birligining o‘lchami, shuningdek, ulami yuklash, transportda tashish-tushirish va saqlashlar bo‘yicha usku- nalar o‘zaro kelishilgan bo‘lishlari kerak. Bular moddiy vositalar oqimidagi barcha bosqichlarda logistik jarayonlar ishtirokchilarining moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.

Asos sifatida yuk birligini shakllantirish yuzasidan standart tagdonlardan foydalaniladi. Standart transport - idishlariga joylashtirilgan har qanday yukni ushbu tagdonlarga qulay joylashtirish mumkin. Bularga transport idishlarining uyg‘unlashtirilishi natijasida erishish mumkin. Logistikada turli xildagi moddiy-texnika vositalari qo‘llaniladi. Ular ma’lum darajada o‘lchovli bodishi uchun ayrim maydon birliklaridan foydalaniladi hamda asosiy modul deyiladi.

Bu modul tomonlari 600x400 mm bo‘lgan to‘rtbur chak bo‘lib, transport vositasining yuk maydonchasidan teng sonli ravishda, shuningdek, ombor uskunalarining ishchi yuzalarida joylanishi shartdir va h. k.

Yagona moduldan foydalanish, moddiy vositalar oqimi harakatining barcha yo‘llaridagi moddiy-texnika bazalarining oMchamlarini uyg‘unlashgan holatga keltirish imkoniyatlarini yaratadi, ya’ni xomashyo boshlang‘ich manbalaridan tortib oxirgi iste’molchiga qadar bu tartib saqlanib qoladi.


Asosiy modul asosida transport idishlarining uygunlash- gan o‘lchamlarining yagona tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizimni barpo etishning printsipi shundan iboratki, tagdon maydonchasi teng miqdorda bo‘lingan bo‘lib, u transport idishlarining tashqi va ichki o‘lchamlarini belgilaydi.

Yuk birliklarinng ikkita asosiy turlarini ajratish mumkin.

- boshlang‘ich yuk birliklari transport idishlaridagi yuk bo‘lib, masalan, qutilarda, bochkalarda, qoplarda va h. k. bo‘ladi.

- yiriklashtirilgan yuk birliklari - yuk to‘plamlari, boshlang‘ich birliklaridan tarkib topgan tagdonlardagi yuk birliklari, ya’ni transport idishlaridagi yuklardir.

Boshlang‘ich yuk birliklari tovar harakatlari tarmoqlari, odatda qaytadan shakllantirilmasdan ortiladi, karton qutilariga solingan konfetlar konditer fabrikasidan tortib, iste’molchilarga yetkazib berilguniga qadar ochilmasdan yetkaziladi.

Yukning bo‘lib tarqatilishi uning o‘lchamlariga to‘g‘ri mutanosiblikda bodgani bois uning o‘lchamlarini qisqartirish ushbu turning harakatlarini pasaytiradi.

Boshqa tomondan shu narsa aniqki, yuk birligini yuklash, tushirish va transportlarda tashish bilan bogdiq bodgan xarajatlar, ulaming ogdrligiga teskari mutanosiblikda bo‘lib, shuningdek, ulaming odchamlariga ham bogdiqdir. Shunday qilib, yuk birligining odchamlarini tanlashda kelishuv yodlarini izlab topish zamr bodadi. Yuk birliklarining odchamlari bo‘yicha tanlov masalasi ayrim korxona omborlari darajasida ham, bevosita uzluksiz logistik zanjirlami shakllantirishda ham hal etilishi mumkin.

Bunda yuk birliklarini tashishda yiriklashtirish an’analarini e’tiborga olish muhimdir.

  1. Yuk birliklarining bir butunligiga va boshlang‘ich geometrik shakllarda bo‘lish xususiyatlariga turli xildagi logistik jarayonlami bajarish va ulami to‘plamlar bo‘yicha paketlashtirish yo‘li bilan erishiladi.

Paketlashtirish - bu yuk birliklarini tagdon bilan birgalikda shakllantirish va keyinchalik yuk va tagdonning yaxlit bog‘lanish jarayonidir. Paketlashtirish (to‘plam qilib bog‘lash) quyidagilami ta’minlaydi:

  • mahsulotlaming iste’molchiga harakati davomida ulaming saqlanishini;

  • yuklami kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga yuklash-tushirish va transport- ombor ishlarini bajarishda samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyatlarini;

  • hamma transport turlari bo‘yicha harakatlanuvchi tarkibning yuk ko‘tarish va joylanish imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishni;

  • qayta shakllantirilmagani holda qo‘shimcha yuklash imkoniyatlarining mavjudligini;

  • yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarining xavfxatarsiz bajarilishini ta’minlaydi.

Amalda yuk birliklarini paketlashtirishning turli usullari qo‘llanilib, shulardan po‘lat simlar yoki polietilen tasmalar, arqonlar, rezinali bog‘lagichlar, yopishqoq tasmalardan va h. k. foydalaniladi.

Yuk birliklarini shakllantirishning ilg‘or usullaridan biri yuklami to‘plamlarga bog’lashning plyonkalardan issig‘icha yopishtirish yo‘li bilan foydalanishdir. Ushbu usulning afzalliklarini ko‘rib chiqaylik.


  1. Yuklarni saqlashning yuqori darajasi.

Issiqlik yo‘li bilan qoplanib plyonka orqali o‘ralgan yuk to‘plami yuqori darajada turg‘unlikka egadir. Natijada transportlarda tashilganda isrofgarchilik kamayadi, yuk bi­lan ishlashda xavfsizlik ancha yuqorilashadi.


  1. O‘lchami va shakllari bo‘yicha turii yuklarni paketlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi.

Issiqlik yo‘li bilan plyonkaga o‘rash uchun g‘isht, attorlik buyumlari, kitoblar, noto‘g‘ri shakllardagi metall buyumlar va ko‘plab boshqa tovarlami bog‘lash mumkin.

  1. Mehnat xarajatlarining nisbatan kam bo‘lishi.

Avtomatik va yarim avtomatik uskunalardan

foydalanilganda issiqlik yordamida plyonka bilan o‘rash usullari po‘lat tasmalar bilan o‘rab-bog‘lashga nisbatan 3-4 marta mehnat xarajatlari kam bo‘ladi.

Bundan tashqari, peshtaxtalarda joylashgan plyonkali boylamlardan ochib namunalar olishda ancha qulayliklar mavjuddir. Bunda bog‘langan to‘plamlaming yaxlitligi bo‘lmaydi, va ish vaqtini ortiqcha sarflamasdan qaytadan o‘rab bog‘lashga ehtiyoj qolmaydi.

Yuk birliklarini ishlashning korxonadagi standartlashuvi idishlar va o‘raydigan qutilaming ichki firma ma’lumotnomalaridan rahbarlik uchun keng foydalanib, barcha manfaatdor bo‘lgan xizmatlar ishtirok qiladilar. Rahbarlik asoslarini quyidagi axborotlar tashkil etadi:

  • firma uchun eng qulay bo‘lgan о‘rash-bog‘lash turlari;

firmada foydalaniladigan yuk birliklarini qayta ish­lashning qo‘l kuchi yoki mexanizatsiyadan foydalanish texnologiyasi;

transportda tashishda foydalaniladigan idishlami tamg‘alanishi va aylanish tartibi;

  • transportda kuzatish va to‘plash varaqalari, shuningdek, boshqa axborotlar bo‘lib, yuklarni ishlashdagi jarayonlarda bir xil vaziyatni ta’min etadi.

Ma’lumotnomalar barcha tovar yetkazib beruvchilarga yetkazilgan bo‘lishi va firmaning texnologiya jarayonlari ni muvofiqlashtirish uchun xizmat qilishi kerak. Yuklarni ishlash texnologiyasi shundagina ta’sir ko‘rsatishi mum- kinki, foydalanish mumkin bo‘lgan idishlar bilan tovar yetkazib beruvchilar ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Masalan, Belgiyaning ulgurji oziq-ovqat do‘konlarida tovarlar standart idishlarda sotilib bozor tomonidan ular fermerlarga oldindan yetkazib beriladi. Natijada yuklarni ishlash tezligi ortadi. Xarajatlar esa kamayadi.


Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari


Logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:

  • tovar yetkazib berishning ishonchliligi;

  • talab olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetka­zib berishga qadar bo‘lgan to‘liq vaqt;

  • tovar yetkazib berishning ishonchliligi;

  • talab olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetka­zib berishga qadar bo‘lgan to‘liq vaqt;

  • tovar yetkazib berishning ixchamliligi;

  • Tovar yetkazib beruvchining omboridagi zaxiralarining mavjudligi

  • kreditlami berish imkoniyatlari, shuningdek, boshqa imkoniyatlardir.

Aytib o‘tilgan koTsatkichlarning har birini tavsiflab o‘taylik. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi deyil- ganda tizimning kompleks xususiyatlari tushunilib, uning belgilangan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlaridan iborat bo Tib, ulaming xususiyatlarini belgilangan doirada saqlab qo ladi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi - bu yetkazib beruvchining belgilangan tarzda shamomada ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilib berish xususiyatlarini bildiradi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi ayrim ish turlari bo‘yicha bajarish muddatlarini saqlashning ishonchliligi bilan belgilanib, tovar yetkazib berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Tovar yetkazib berishning to’liq ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri bo’lib, shamomada belgilangan majburiyatlaming mavjudligi (kafolati) hisoblanib, uning ta’siri natijasida tovar yetkazib beruvchi yetkazib berish muddatlari buzilganda mas’uliyatli hisoblanadi.

Tovarlar talabini bajarish uchun talabnoma olingandan boshlab, tovar to‘plamlarini yetkazib berishga qadar bo’lgan davr o‘z ichiga quyidagilami oladi:

  • talablami rasmiylashtirish uchun ketgan vaqt;

  • tovarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt (bu vaqt tovarni yetkazib berish muddatiga qo‘shiladi, agar talab qilinadigan tovar, avvalo, tayyorlanishi lozim bo’lsa);

  • о ‘rash-bog’lash uchun sarflanadigan vaqt;

  • jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt;

  • yetkazib berish uchun sarflanadigan vaqt;


Tovarlarni tayyorlashning belgilangan muddatlariga e’tibor berilmasligi yoki ekspeditor tomonidan e’lon qilingan transportda olib kelish muddatlari saqlanmasligi yoki amal qilinmasligi ham mumkin. Tovar yetkazib berishning ixchamligi - bu tovar yetkazib beruvchi tizimning mijozlar bo‘yicha alohida qoidalami hisobga olishni nazarda tutadi. Bular o‘z ichiga quyidagilami oladi:

  • talablar shaklining o‘zgarish imkoniyatlarini;

  • talablami berish usulining o‘zgarish imkoniyatlarini;

  • idishlar va o‘rash-bog‘lash to‘plarining o‘zgarish imkoniyatlarini;

  • mijoz tomonidan uning talabi qaysi holatda ekanligi haqidagi axborotni olish imkoniyatlarini;

  • butlanmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda e’tirozlarga munosabatlami;

Ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatlarining nisbatlari o‘zgarib borishi mumkin. Masalan, toTov vositalarining tanqisligi yuzasidan respublikamiz sharoitida kreditlar berish garovi ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotlari turlicha bo’lgan mamlakatlarda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo’lib tovar yetkazib berishning ishonchli bo’lishi muhim omillardan hisoblanadi.





Mustaqil tayyorlanish uchun savollar



  1. Logistigakadan foydalanish qaysi yillarga to‘g‘ri keladi?

  2. Matematika mantiqlarini logistika deb e’lon qilingan falsafa bo‘yicha konferensiya nechanchi yilda o‘tkazilgan?

  3. Logistika fan sifatida qanday vayifalarni oldiga qo‘yadi va hal etadi?

  4. Horijiy mamlakat olimlari tomonidan yaratilgan adabiyotlami tahlil qilish natijalarida bugungi kunda «logistika» deganda nimalar tushuniladi?

Mundarija

Kirish............................... ........................................................................................4

Mavzu 48. Yuklash – tushirish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash............................. .6

Mavzu 50 - 51. ATK da harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil qilish to’g’risidagi Nizom. Harakat xavfsizligi bo’limining asosiy vazifalari...................................... 14

Mavzu: 52. Haydovchilarning malaka darajasi va toifalari bo’yicha taqsimlanishi

Mavzu 53. Harakat xavfsizligi hujjatlari yuritilishi............................................….. 22

Mavzu: 54. Haydovchilar malakasini oshirish bo’yicha qilinadigan ishlar.

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash. ………………………………… 24


Mavzu: 55. Yo’l transport hodisalarini tahlil qilishda ishtirok etish…………….... 30

Mavzu: 56. Yo’l harakatini tartibga solishda YPX ishini o’rganish………………. 32

57-mavzu: Harakat xavfsizligining oldini olish chora-tadbirlari……………….. 35

Mavzu: 58. Avtomobillarning texnik holatini tekshirish ...................................... 40

Mavzu: 59. Harakat xavfsizligiga tegishli bo`lgan kabinetlarning jihozlari bilan tanishish va hisobot tayyorlash…………………………………………………… 45

Mavzu 60-61. Yuk bekatining vazifasi va tashkiliy tuzilmasi. T va L shakldagi terminallar. ……………………………………………………………………….. 48

Mavzu: 62 -63. Shaharlararo yuk tashishda yuk bekatining transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatishi bo’yicha hisob-kitob ishlari . ……………………………… 51

Mavzu: 64. Bo’sh ketayotgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish………….58

Mavzu 65. Omborxonalar ishi.Yuklarni omborlarda saqlash, qabul qilish,jo’natish bo’yicha hujjatlar bilan tanishish. ……………………………………………….. 60

Mavzu: 66. Yuklarni toifa(marka)larga ajratish....................................................... 64

67-mavzu: Avtotransport logistikasining asoslari. Logistuka haqida umumiy tushuncha. Logistikaning rivojlanish bosqichi…………………………………... 69

68-mavzu: Logistikaning tamoyillari va prinsiplari. Logistikaning vazifasi jihatdan marketing, moliya ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan bog’liqligi. ................ ... 72

69-mavzu: Logistika masalalarini hal etish usullarining umumiy xususiyatlari. Logistik sohasi vazifalarining xususiyatlari. ........................................................ . 75

Mavzu: 70. Yuklar birligi – bu logistik jarayonning bevosita qismidir. Logistik xizmat ko’rsatishning sifat ko’rsatkichlari. ……………………………………….. 80









Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. .E.Karimov,B.Niyazov “Korxona va aholiga transport- ekspeditsiya xizmati ko’rsatish” Toshkent 2007 yil.

  2. .J.R.Qulmuhamedov, E.Karimov H.H .Muxamedov ,A.A.Oxunov ,T.A. Doshekenov “Avtomobillardan foydalanish va avtotransportda mehnat muhofazasi” Toshkent 2003 yil.

  3. Sh.K.Imomov “Transport vositalarida yuk va yo’lovchilar tashish” Buxoro, “Iste`dod”

  4. .N.N.Gromov ,T.A.Panchenko,A.D.Chudnovckiy “Edinay transportnaya sistema”.Moskva 1987 god.

  5. .I.Ya Aksenov ; “Edinaya transportnaya sistema”.Moskva 1980 god .

  6. .E.Karimov Avtomobillarda yo’lovchilar tashish Toshkent –2002 yil

  7. L.Qudratov ,T.G’aniyev “Mehnat muhofazasi Toshkent –2002 yil.

  8. SH.K. Imomov,B. S. To`xsanov “Avtomobil transportida yuk va yo’lovchilarni tashish bo`yicha umumiy tushunchalar”, Buxoro “Iste`dod”, 2009 y.

9.B.A.Xo’jayev”Yagona transport sistemasi” Toshkent 1984 yil





















































45



Скачать

© 2020, 5566 5

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!