Mavzu: 3. Yuk tashishni tashkil etish
Reja:
1.Transpor yuklari. Taralar. Yuk tamg’alari. Yuk sinflari.
2.Yuk tashish hajmi.Yuk aylanishi.Yuk oqimlari va yuk oqimining epyurasi.
3.Yuk ortish-tushirish punktlari.Yuk ortish-tushirish postlari. Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti..Ortish-tushirish punktlarini mexanizmlar bilan ta’minlash.Кo’tarish-tashish mashinalarining turlari.
4.Yuk tashish yo’nalishlari.Rastional yo’nalishlari.Yo’nalish uzunligi.Yo’nalish turlari.Ratsional yo’nalishlar.
Tayanch iboralar: Transport yuklari, taralar, yuk tamg’alari, yuk sinflari, gabaritli va gabaritsiz yuklar,yuk tashish hajmi, yuk aylanishi, yuk oqimlari va yuk oqimining epyurasi, yuk punktlari, yuk ortish-tushirish postlari, ko’tarish-tashish mashinalari, yo’nalish uzunligi, yuk tashish yo’nalishlari, ratsional yo’nalishlar.
Bayoni:
Transport yuklari dеb, yuk jo’natuvchidan yuk qabul qiluvchiga tashib bеrish uchun olingan barcha prеdmеtlarga aytiladi. Transport yuklari tovar va tara (idish)dan tashkil topadi.
Таrа deb - yukni yuk ortish-tushirish, saqlash jarayonlarida uni buzilishdan asraydigan va bu jarayonlarni osonlashtiradigan har xil qurilmalarga aytiladi (yashiklar, tagliklar, konteynerlar, shisha idishlar va hokazo).
Taralar qattiq, yarim qattiq va yumshoq turlarga bo'linadi.
Yukning o'z og'irligi — netto, taraning og’irligi – tara, yuk va taraning birgalikdagi og'irligi - brutto deyiladi.
Transport yuklari quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tarasi bo ‘yicha:
tarasiz yuklar (qum, tuproq va hokazo);
tarali yuklar (uy-ro'zg'or buyumlari, shisha idishlar va hokazo, yashik super tara hisoblanadi).
2. O'lchami bo’ yicha:
gabaritli yuklar;
gabaritsiz yuklar;
gabaritsiz yuklar (eni 2, 5 metrdan, balandligi 3,8 metrdan, avtomobil orqa bortidan 2 metrdan ortiq bo'lgan yuklar).
3. Bitta yukning og'irlik о'lchami bo’yicha:
— normal yuklar (donali yuklar uchun bir yuk og'irligi 250 kg gacha, yumalaydigan yuklar uchun 400 kg dan oshmaydigan yuklar).
4. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish usuli bo’yicha:
sochiluvchan yuklar (shag'al, qum, tuproq va hokazo);
donali yuklar;
quyiladigan yuklar (suyuqliklar).
5. Avtomobilning yuk ко'taruvchanligidan foydalanish darajasi bo'yicha yuklar quyidagi 4 sinfga bo'linadi:
| Yuk sinfi | 1 | 2 | 3 | 4 |
| Yuk ko’taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti | 1.0 | 0.71–0.99 | 0.51-0.70 | 0.49-0.50 |
| O’rtacha | 1.0 | 0.8 | 0.6 | 0.5 |
6. Xavfliligi bo'yicha: yuklar 7 guruhga bo'linadi:
1- guruh — kam xavfli yuklar (qurilish materiallari va shu kabilar);
2-guruh —tez alangalanadigan yuklar (benzin, atseton va shu kabilar);
3-guruh — issiq va changlanadigan yuklar (sement, ohak, asfalt va hokazo);
4- guruh —kuydiradigan suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar va hokazo);
5-guruh — siqilgan va suyultirilgan gazlar;
6-guruh — o’lchami bo'yicha xavfli yuklar;
7-guruh —zaharlaydigan, radioaktiv va portlaydigan moddalar.
7. Yuk tashish va saqlash sharoitlari bo‘yicha:
oddiy yuklar;
tez buziladigan yuklar;
o’tkir hidli yuklar;
axlat va chiqindidan iborat yuklar;
tirik yuklar (qoramol va shu kabilar).
8. Tashqi muhit ta’siridan saqlash sharoitlari bo’yicha:
oddiy yuklar (tashqi muhitdan saqlanishi shart emas);
tashqi muhit ta'siridan saqlanishi lozim bo'lgan yuklar (yog’ingarchilikdan, temperaturadan, urilish va tebranishlardan saqlash lozim bo’lgan yuklar).
Yuklarni tashishda ularning xususiyatlarini hisobga olish maqsadida maxsus tamg’alar qo’yiladi.
Тага (idish) turlari:
a — bochka; d,e,f — yog’och yashiklar; g — dumaloq yashik;b — savat; i— shisha idishlar uchun yashik.
Yuk tamg’alari 4 turga bo’linadi:
-- tovar tamg’asi;
-- yuk tamg’asi;
transport tamg'asi;
maxsus tamg’a.
Tovar tamg’asida yukning va uni tayyorlagan tashkilotning nomi ko’rsatiladi.
Yuk tamg’asida yuk jo’natiladigan punkt va jo’natuvchi olib boradigan punkt, hamda, yuk qabul qiluvchi ko’rsatiladi.
Transport tamg’asida tovar-transport hujjatining raqami va hujjat bo'yicha tashilayotgan yuk o'rinlari ko'rsatiladi.
Maxsus tamg’ada yukni ortish, tushirish, tashish jarayonlarida lozim bo’lgan maxsus ko’rsatmalar beriladi.
Tashqi muhit ta’siridan saqlanishi lozim bo’lgan yuklarga qo’yiladigan maxsus tamg’alar.
xavfli yuklarga qo’yiladigan tamg’alar
SHTRIXLI KOD.
Strixli kod (ShK)-mahsulot va uni ishlab chiqarish korxonasi haqida ma`lumot beradi. Eng ko’p uchraydigan 13 ta raqamli kod EAN-13 (European Article Numbering) va unga to’liq mos keladigan va AQSh, Kanadada foydalaniladigan 12 ta raqamli UPC kodidir.
Mamlakatning kodi
Mahsulotni ishlab chiqargan tashkilot kodi
Mahsulotning kodi
Nazorat raqami
Hisoblash qismi.
| 1 | ShK juft turgan raqamlar qo’shiladi | 7+0+0+6+0+8=21 |
| 2 | Natijasi 3 ga ko’paytiriladi | 21×3=63 |
| 3 | ShK toq turgan raqamlar qo’shiladi(nazorat raqamdan boshqalar) | 4+8+1+0+5+6=24 |
| 4 | 2-3 punktdagi natijalar qo’shiladi | 63+24=87 |
| 5 | O’nliklar ayriladi | 87-80=7 |
| 6 | 10 sonidan 5 punktdagi natija ayriladi | 10-7=3 |
Yakuniy natija (3) nazorat raqam bilan mos kelishi kerak. Bu ShK haqiqiyligini va mahsulotning sifatini bildiradi.
Nazorat savollari
Yuklar nima maqsadda tamg’alanadi?
Yuk tamg’alari kimlar tomonidan qo’yiladi?
Yuk tashish hajmi deganda nimani tushinasiz?
Yuk aylanishi deb nimaga aytiladi?
Amaliy mashq
Misol. Yonilg’i sarfi bo’yicha GAZ-53A va ZIL-130-76 avtomobillarining qaysinisi samaraliligi aniqlansin. GAZ-53A avtomobili kuzovi sig’imiga ko’ra yuk ko’taruvchanlikdan foydalanish *0,8, ZIL-130-76 avtomobilida *0,7, yo’ldan foydalanish koeffitsienti m*0,5, ya’ni tashish bir tomonlama. Har 100 km masofaga belgilangan yonilg’i sarfi me’yori GAZ-53A avtomobilida 25 litr, ZIL-130-76 avtomobilida 30 litr. Bajarilgan har bir 100 tkm transport ishiga belgilangan qo´shimcha me’yor har ikkala avtomobil uchun 2 litr.
Yechimi:
yonilg’ining solishtirma sarfi:
ayni yechimdan ma’lum bo’ldiki, berilgan vaziyatda ZIL-130-76 avtomobilidan foydalanish GAZ-53A avtomobiliga nisbatan afzal ekan.
Yuk tashish hajmi. Yuk aylanishi. Yuk oqimi.
Yuk avtomobil transporti ishini ikkita asosiy ko’rsatkich xarakterlaydi:
1. Yuk tashish hajmi.
2. Yuk aylanishi.
Yuk tashish hajmi — bu ma’lum rejalashtirilgan muddatda tashilgan yoki tashilishi lozim bo’lgan yuk miqdoridir. Yuk tashish hajmi tonnalarda o’lchanadi.
Yuk aylanishi bu ma’lum muddatda bajarilgan yoki bajarilishi
mumkin bo’lgan transport ishidir. Yuk aylanishi tonna kilometrda o’lchanadi.
Yuk tashish hajmi va aylanishi yuk oqimi kattaligi, tarkibi, bajarilish muddati va notekislik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi.
Yuk tashish kattaligi bo’yicha -yalpi, partiyalab va mayda partiyalar bilan tashishga bo’linadi.
Yuk tashish partiyasi deb, ma’lum bir transport hujjati bilan tashishga beriladigan yuk miqdoriga aytiladi.
Yalpi yuk tashish deb, juda ko’p miqdoridagi bir xil tarkibdagi yuklarni ma’lum yo’nalish va vaqtda tashishga aytiladi. Yukning tarkibi unin
g nomini va sinfini belgilaydi. Tashish muddati esa yuk tashishning boshlanishi, tamom bo’lish kunlarini va uning tezkorligini ko’rsatadi.
Muddati bo’yicha yuk tashish doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xarakterda bo’ladi.
doimiy yuk tashish yil davomida amalga oshirilsa;
vaqtinchalik yuk tashish ma’lum bir vaqtda;
mavsumiy yuk tashish yilning ma’lum bir vaqtida bajariladi.
Yuk tashish hajmi va aylanishi vaqt mobaynida o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar notekislik koeffitsiyentlari bilan xarakterlanadi. Yuk tashish hajmi(Q) va aylanishi (P), notekislik koeffitsiyentlari (tiq; nR) bilan belgilanadi.
Notekislik koeffitsiyentlari quyidagicha aniqlanadi:
bunda: Qmax; Pmax — yuk tashish hajmi va aylanishining eng katta qiymati.
Qo’rta va Po’rt — yuk tashish hajmi va yuk aylanishining o’rtacha qiymatlari.
Yuk tashish hajmi va yuk aylanishi notekisligi harakatlanuvchi tarkib ishining bir me’yorda bo’lishiga ta’sir qiladi. Bu notekislikning ta’sirini avtotransport korxonalari ish rejasida har xil yo’llar bilan kamaytirishga harakat qilinadi.
Qayta yuk tashish ma’lum bir koeffitsiyent bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsiyent (η.q) qayta tashilgan yuk hajmini (Qq) mavjud yuk miqdoriga (Qyu) nisbati bilan o’lchanadi, ya’ni:
bu yerda: Qq — qayta tashilgan yuk hajmi; Qyu — mavjud yuk miqdori.
Ba’zi yuklar uchun qayta yuk tashish koeffitsiyenti ikki va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Qayta yuk tashishni iloji boricha kamaytirish lozim, chunki xalq xo’jaligining transport xarajatlari qayta yuk tashilganda asossiz oshib ketadi. Shuning uchun iloji bo’lgan hamma joylarda yuklarni yuk jo’natiladigan punktlardan bevosita yuk oladigan punktlargacha tashish maqsadga muvofiqdir.
Yuk oqimi va yuk aylanishi yuk punktlarini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Tekshirish davomida sutka, oylik va yillik yuk tashish hajmi va yuk aylanishi, tashish masofasi va yo’nalishi, yuk oqimi va yuk aylanishi tarkibi aniqlanadi.
Yuk oqimi dеb, ma’lum muddatda yo’l trassasining faqat yo’nalishi bo’yicha tashiladigan yuk miqdoriga aytiladi.
Yuk oqimi tarkibi quyidagicha bo’ladi:
1. Tarmoqqa qarashligiga qarab: nеft qayta ishlash mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati va hokazo;
2. Yukning ma’lum bir guruhga qarashligiga qarab:
(oziq-ovqat tovarlari, qurilish yuklari va hokazo);
3. Yuklarning xususiyatiga qarab: (don ekinlari, sut mahsulotlari, tеmir-bеton buyumlari va hokazo).
Yuk tashish hajmlarini maxsus jadvallarda ko’rsatish mumkin. Ratsional yo’nalishlar tuzish va boshqa tashish masalalarini to’g’ri hal qilish uchun yuk oqimlarini grafik tarzda epyura yoki tasvirlar orqali ifodalash mumkin.
Yuk oqimining epyurasi to’g’ri chiziqli koordinata tizimida ko’rsatiladi. Bunda ordinata o’qida yuk miqdori, absissa o’qida esa masofa qo’yiladi.
Yuk oqimlari yo’nalishlariga qarab absissa o’qining yuqorisi yoki pastida to’rtburchaklar ko’rinishida ifodalanadi. Bunda to’rtburchakning bir tomoni yuk miqdorini, ikkinchi tomoni esa masofani masshtabda ifodalaydi. To’rtburchakning yuzi esa shu yukni tashishdagi transport ishini, ya’ni yuk aylanishini ko’rsatadi. Yuq oqimining yo’nalishlari ko’rsatkich bilan ifodalanadi.
Yuk aylanishi va yuk oqimining tasviri
Shuni qayd qilish lozimki, yuk oqimlarining epyurasi yuk punktlari bir yo’l bo’ylab joylashgandagina quriladi. Agar yuk murakkab tasvirdagi yo’llar orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, unda yuk oqimlari tasviri chiziladi. Bunda yuk oqimlari to’rtburchaklari bevosita yo’l tasviri ustiga quriladi. Agar to’rtburchaklar bevosita xaritadagi yo’l tasviriga qurilsa, bunga yuk kartogrammasi deyiladi.
Shaxmat tartibida yuk tashish jadvali
| Jo’naish punktlari | Yuk olinadigan punktlar | Jami jo’natiladigan yuk, t |
| A | B | D | E |
| A | - | 100 | 200 | - | 200 |
| B | 200 | - | 400 | 300 | 900 |
| D | 550 | 450 | - | - | 1000 |
| E | - | 350 | - | - | 350 |
| Jami olinadigan yuk, t | 750 | 900 | 600 | 300 | 2550 |
Yuk oqimi epyurasi.
1. Yuk tashish hajmi. Yuk aylanishi.
2. Yuk oqimlari va yuk oqimining epyurasi.
Nazorat savollari
1.Yuk oqimining epyurasi nima?
2.Yuk oqimi epyurasining sxemasi nimaga asoslanib tuziladi?
3.Yuklar qanaqa holatlarda qayta tashiladi?
Yuk ortish-tushirish punktlari.Yuk ortish-tushirish postlari. Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti..Ortish-tushirish punktlarini mexanizmlar bilan ta’minlash.Кo’tarish-tashish mashinalarining turlari.
Yuk ortish-tushirish punktlari deb - ularni qabul qiladigan, jo’natadigan, saqlaydigan va hujjatlarni rasmiylashtiradigan joyga aytiladi. Yuk ortish-tushirish punktlari doimiy va vaqtinchalik turda bo’ladi. Doimiy punktlarda yuk ortish-tushirish ishlari uzoq vaqt davomida bajariladi. Vaqtinchalik yuk ortish-tushirish punktlarida esa, yuk ortish –tushirish ishlari qisqa muddatda , yoki, mavsumiy bajariladi.Yuk ortish-tushirish punktlari tarkibida yuk ortish-tushirish postlari bo’ladi.
Yuk ortish-tushirish postlari deb - bevosita yuk ortish- tushirish ishlari bajariladigan maydonga aytiladi. Yuk ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan usulda bajarilganda yuk ortish-tushirish postlari yuk ortish-tushirish mashinalari bilan jihozlangan bo’ladi.
Yuk ortish-tushirish punktlari shunday ob’ekt-ki, ularda yuklar jo’natiladi, qabul qilinadi, tayyorlanadi, saralanadi, saqlanadi, ortiladi, tushiriladi, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bunday punktlar doimiy va muvaqqat bo’lishi mumkin. Doimiy punktlarda yuklarni ortish va tushirish uzoq vaqt davomida, muntazam bajariladi. Sanoat korxonalari, savdo-ulgurji bazalar, metal bazalar, elevatorlar va shunday punktlar sarasiga kiradi. Muvaqqat punktlarda yuklarni ortish-tushirish ishlari qisqa muddat davomida yoki goh-goh bajariladi. Bularga don tozalash oqimlari, kichkina qurilish ob’ektlari kabilar kiradi. Ortish-tushirish punktlari hududida maxsus maydonlar bo’lib, shu ishlarni bajarishga mo’ljallanadi. Ishlar mexanizatsiya yordamida bajarilishi uchun postlarga tegishli, yuk ko’taruvchi mashinalar bilan jihozlanadi. Bitta maydon chegarasidagi ortish-tushirish postlari ish fronti deyiladi. U postlar soniga, avtomobillar va yuk ko’tarish mexanizmlarining gabarit o’lchamlariga, ularning joylashish sxemasiga bog’liq. Ortish-tushirish punktlarida postdan tashqari kirib kelish yo’llari va avtomobillarning manyovr uchun maydonlar, yuklarni saqlash va yuzani saralash uchun omborlar, tarozu, xizmat va maishiy xonalar, ortish-tushirish amallarini bajarishdi qo’llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar bo’lishi lozim.
Yuk ortish-tushirish kengligi postlar soniga, avtomobillarning gabarit o’lchamlariga va tanlangan yuk ortish-tushirish mashinalariga bog’liq bo’ladi.
Yuk ortish-tushirish punktlari kirish yo’llari, avtomobilni manyovr qilish uchun maydonchalar, yuklarni saralash va saqlash uchun omborlar, tarozi, maishiy xizmat xonalari, yuk ortish- tushirish jarayonida qo’llaniladigan kerakli qurilma va jihozlar bilan ham jihozlangan bo’ladi. Yuk ortish-tushirish postlarida avtomobillar quyidagi tartibda joylashtiriladi.
--- yon tomoni bilan;
--- orqa tomoni bilan;
--- qiya, yoki, zinasimon tartibda.
Yuk ortish-tushirish postlarida avtomobillarni joylashtirish tartibini tanlashda omborlarni va kirish yo’llarini joylashishini, yuk ortish-tushirish mashinalarini maqsadga muvofiqligini harakatlanuvchi tarkib turi va boshqalarni hisobga olish lozim.
Yuk ortish-tushirish punktlari avtomobillarni yuk ortish-tushirish paytida kam vaqt turishini ta’minlash kerak.Yuk ortish- tushirish punktlari ishini xarakterlovchi ko’rsatkichlardan biri uning o’tkazuvchanlik qobiliyati hisoblanadi.
Yuk ortish -tushirish punktlarining o’tkazuvchanlik qobiliyati avtomobillarning ish unumiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, yuk ortish tushirish postlarining o’tkazuvchanlik qobiliyatiga va soniga bog’liq bo’ladi. Berilgan hajmdagi ishlarni bajarish uchun avtomobillarning yuk ortish-tushirish postlarida turish vaqtini va mehnat sarfini kamaytirish lozim. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish uchin esa, zarur yuk ortish va tushirish postlari sonini aniqlash kerak.
Avtomobillar va yuk ortish-tushirish punktlari ishini moslashda punktning ish ritmi (K) va avtomobillarning harakat intervali (J) hisobga olinadi. Punktning ish ritmi ( R ) deb, yuk ortilgan, yoki, yuk tushirilgan avtomobillarni punktdan jo’natish oraliq vaqtiga aytiladi.Punktning ish ritmi avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqtiga va punktdagi postlar soniga bog’liq bo’ladi.
Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti
Avtomobil transportida transport yuklari qisqa masofalarga tashiladi. Shuning uchun ham, avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti, umumiy ish vaqtining o’rtacha 25 foizni, ayrim turdagi yuklar uchun esa, 50 foizni tashkil qiladi. Yuk ortish-tushirish punktlarida avtomobillarning to’xtab turish vaqti yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish usuliga bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligining darajasi va yuk tashish tannarxiga yuk ortish-tushirish vaqti katta ta’sir ko’rsatadi.
Avtomobillarni yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti yuk hujjatiga asosan aniqlanadi. Yuk hujjatida avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelgan va ketgan vaqtlari qayd qilinadi.
Avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelganidan boshlab ketganigacha bo’lgan vaqt yuk ortish-tushirish punktida to’xtab turgan vaqtni tashkil qiladi. Yuk ortish-tushirish vaqtining tarkibi quyidagicha bo’ladi:
yuk ortish-tushirishni kutish vaqti;
avtomobilni yuk ortish-tushirish punktida joylashtirish vaqti;
yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti;
hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti.
Ayrim holatlarda yuk ortish-tushirishni kutish vaqti avtomobilga yuk ortish-tushirishda turish vaqtidan ham katta bo’ladi. Yuk ortish-tushirishni kutish vaqtini kamaytirish yuk tashishni to’g’ri tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Yo’nalishdagi avtomobillar soni punktlarning o’tkazuvchanligiga mos kelishi kerak.
Avtomobillarni yuk ortish-tushirish punktlarida joylashtirish vaqti maydon sathi o’lchamlari, harakatlanuvchi tarkib turi, kirish yo’llarini obodonlashtirilganligi, harakatlanuvchi tarkibning va yuk ortish-tushirish mashinalarining joylashish tasviriga bog’liq.
Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti avtomobilning yuk ko’taruvchanligiga va yuk turiga bog’liq bo’ladi. Yuk ortish-tushirish ishlari qo’lda bajarilganda yuk ortish-tushirish punktlarida turish vaqti faqat avtomobilning yuk ko’taruvchanligiga bog’liq bo’lmasdan, yuk turiga, ishchilar soniga va malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Yuk ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan usulda bajarilganda, yuk ortish-tushirish punktlarida turish vaqti mashina turi va uning ish unumiga, mashinani ishlash sharoitiga bog’liq bo’ladi. Bevosita yuk ortish-tushirish ishlari asosiy jarayon hisoblanadi. Yordamchi jarayonga avtomobil kuzovi eshiklarini, yoki, bortlarini ochish va berkitish, yuk og’irligini o’lchash va sanash, yuk ustuni brezent, yoki, sholcha bilan berkitish, yukni bog’lash, tamg’alash va boshqa ishlar kiradi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtining qiymati ish noto’g’ri tashkil qilinganda asosiy yuk ortish-tushirish vaqtlaridan oshib kctadi.Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda avtomobillarning to’xtab turish vaqti ancha kamayadi.
Ortish-tushirish punktlarini mexanizmlar bilan ta’minlash.Кo’tarish-tashish mashinalarining turlari.
Foydalaniladigan barcha ko’tarish-tashish mashinalarini tuzilishi, ishlash prinsipi va qo’llanishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Yukni siljitish xarakteriga ko’ra – davriy (kranlar, yuklagichlar) va uzluksiz ishlovchi (konveyerlar, transporterlar, pnevmatik qurilmalar) ko’tarish-tashish mashinalari. Yukni ko’tarish va tashishni bevosita bajaruvchi qurilmalar (yukni osma va yer sirti bo’ylab siljituvchi mashinalar) alohida guruhni tashkil etadi.
2. Vazifasiga ko’ra - umumfoydalanish uchun mo’ljallangan (kranlar, transporterlar, avtoyuklagichlar) va maxsus (don yuklagichlar, xashak yig’gichlar va x.k.) ko’tarish-tashish mashinalari.
3. O’rnatilishiga ko’ra – poydevorga, yoki, bino devorlariga maxkamlangan statsionar- qo’zg’almas (kran-balkalar), qo’zg’aluvchi (g’ildirakli tasmali, shnekli, pnevmatik transporterlar), o’ziyurar (traktor, yoki, avtomobil shassisiga o’rnatilgan ko’tarish-tashish moslamalari), tirkaluvchi-osma (traktor va avtomobillarga qisqa muddatga tirkaluvchi ko’tarish-tashish moslamalari) ko’tarish-tashish mashinalari.
Yuk ko’tarish-tashish mashinalarini texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari mashinalarning alohida-alohida guruhlariga xos bo’lib, ushbu texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar u, yoki, bu turdagi ko’tarish-tashish mashinasini tanlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Kranlarni ish siklidagi harakat operatsiyalari: a - og’ir vaznli yuklarni platformadan ikki konsolli chorpoyali kran bilan tushirish jarayoni; b - sochiluvchan yuklarni yarim ochiq vagonga greyfer bilan jihozlangan aylanuvchi strelali kran bilan ortish jarayonini.
Topshiriqlar
1.Yuk ortish-tushirish punktlari va postlari to’g’risida taqdimot tayyorlang.
2. Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to’xtab turish vaqti to’g’risida taqdimot tayyorlang.
3.Кo’tarish-tashish mashinalarining turlari to’g’risida taqdimot tayyorlang.
Yuk tashish yo’nalishlari.Rastional yo’nalishlari.Yo’nalish uzunligi.Yo’nalish turlari.Ratsional yo’nalishlar.
Harakatlanuvchi tarkibning yo’nalishi deb, maksimal ish unumi bilan yuk punktlari orasida ratsional harakatlanish tizimiga aytiladi.
Yo’nalishlar tavsifi yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi punktlarning joylashishi va tashiladigan yuk partiyasi hajmi, avtotransport korxonalarining joylashishi va shu kabilarga bog’liq bo’ladi.
Harakatlanuvchi tarkibning yo’nalish harakati mayatnik va halqasimon yo’nalishlarda amalga oshiriladi.
Yo’nalish uzunligi deb, harakatlanuvchi tarkibning yo’nalishda boshlang’ich punktdan oxirgi punktgacha bosib o’tadigan masofasiga aytiladi.
Mayatnik yo’nalishda yuk tashish bir trassada joylashgan yuk punktlari orasida bajariladi. Mayatnik yo’nalishlar uch turga bo’linadi.
Bir tomonga yukli, qaytishda yuksiz yuriladigan yo’nalish.
Orqa tomonga yuksiz va (a) orqa tomonga qisman yukli (b) yo’nalishlar tasviri.
Bir tomonga yuk tashiladigan va qaytishda o’tilgan masofaning bir qismigacha yukli yuriladigan yo’nalish.
Ikkala yo’nalishda ham yuk tashiladigan yo’nalish.
Halqasimon yo’nalishlar yuk tashishda harakatlanuvchi tarkibning yuksiz yurish masofasini kamaytirish maqsadida tashkil qilinadi. Halqasimon yo’nalishda yuk punktlari bir trassada joylashmaydi. Halqasimon yo’nalishlarning quyidagi uch turi mavjud.
Oddiy halqasimon yo’nalish.
Yig’uvchi halqasimon yo’nalishi.
Tarqatuvchi halqasimon yo’nalishi.
Oddiy halqasimon yo’nalish Yig’uvchi halqasimon
yo’nalish va yuk oqimi epyurasi.
Oddiy halqasimon yo’nalishlar yirik partiyali yuklar tashilganda, yuksiz yurish masofasini kamaytirish maqsadida, qo’llaniladi.
Yig’uvchi va tarqatuvchi halqasimon marshrutlarda mayda partiyali yuklar tashishiladi.Masalan, pochta yuklarini va savdo-sotiq do’konlariga tovarlarni tashish bunga misol bo’ladi.Ayrim hollarda bir yo’nalishda yig’ish va tarqatish jarayonlarini bir vaqtda bajarish mumkin. Bunday yo’nalish yig’uvchi -tarqatuvchi halqasimon yo’nalish deyiladi.
Mayatnik yo’nalishda avtomobil transporti vositalarining harakatini tashkil etish.
Yo’nalish chizmasi:
Aylanma yo’nalishda avtomobil transporti vositalarining harakatini tashkil etish.
Yo’nalish chizmasi:
Ratsional yo’nalishlar.
Harakatlanuvchi tarkibning minimal yuksiz yurish masofasiga qarab ratsional harakat yo’nalishini aniqlash lozim. Bir xil turdagi yuklar tashilayotgan bo’lsa, tashish haqi faqat tashish masofasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun, eng qisqa o’rtacha tashish masofasiga qarab bir xil turdagi yuklarni qabul qiluvchi tashkilotlarni yuk jo’natuvchi tashkilotlar bilan biriktirishining optimal variantini aniqlash muhim hisoblanadi.
Jo’natuvchilardagi yuk miqdori.
| Yuk jo’natuvchi | Indeks | Yuk turi | Yuk miqdori,t |
| Qum kar’eri № 1 Qum kar’eri № 2 Qum kar’eri № 3 | A1 A2 A3 | Qum qum qum | 300 200 500 |
| Jami: | | | 1000 |
Qabul qiluvchilarning yukka bo’lgan talabi.
| Yuk qabul qiluvchi | Indeks | Yuk turi | Yuk miqdori, t |
| № 1 qorishma tayyorlash uchastkasi № 5 mikrorayon № 3 qorishma tayyorlash uchastkasi № 6 qurilish maydoni № 7 mikrorayon | B1 B2 B3 B4 B5 | Qum Qum Qum Qum Qum | 300 100 300 200 100 |
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, matritsa tuzamiz.
Matritsani yechishda 5 ta qoidaga amal qilinadi va yuk jo’natuvchilarni qabul qiluvchi tashkilotlar bilan optimal biriktirish varianti aniqlanadi.
Matritsa deb - sonlar raqami tizimi ifodalangan to’g’ri burchakli jadvalga aytiladi.
Matritsada yuk miqdorlari joylashgan kataklarni yukli kataklar deb, bo’sh kataklarni yuksiz kataklar deb aytiladi.
Harakat qiluvchi tarkibning minimal yuksiz yurish masofasiga qarab ratsional harakat yo’nalishini aniqlash
Masofadan foydalanish koeffitsiyenti qiymati 0,5 dan katta bo’lgan yo’nalishlarni ratsional yo’nalishlar deb aytiladi.
Ratsional yuk tashish yo’nalishlarga chiziqli dasturlashning transport aloqalari va birlashtirilgan matritsa uslubidan foydalanib ishlab chiqiladi.
Birlashtirilgan matritsa uslubi asosiga yuk tashish rejasi olinadi va minimum yuksiz yurish masofasiga qarab yuk tashish rejasi o’zgartirilmasdan masala yechiladi.
Yuk tashish rejasi yuk jo’natuvchilar va qabul qiluvchilar oralig’idagi masofasiga qarab yuk tashish rejasi o’zgartirilmasdan masala yechiladi.
Avtomobilni kunlik yo’nalishda bo’lish vaqti.
soat
bu yerda:
avtomobilning o’rtacha kunlik ish vaqti, soat
nollik masofalar, km
salt yurish masofasi, km
o’rtacha texnik tezlik, km/soat
Avtomobilni bir aylama qatnov vaqti.
soat
bu yerda:
avtomobilni yo’nalishda bir aylanma qatnovda bosib o’tgan yo’li, km
bir qatnov uchun yuk ortish vaqti, soat
bir qatnov uchun yuk tushirish vaqti, soat
bir aylanma qatnovdagi qatnovlar soni, dona
3. Avtomobilning kunlik aylanma qatnovlari soni.
aylanma qatnov
Eslatma: Aniqlangan aylanma qatnovlar soni butun songa yaxlitlanadi va avtomobilni yo’nalishdagi va ishdagi vaqtlari qaytadan hisoblanadi.
a) Avtomobilni kunlik yo’nalishda bo’lish vaqti.
soat
b) Avtomobilning haqiqiy ish vaqti.
soat
4. Avtomobilning kunlik yukli qatnovlar soni.
qatnov
5. Bir avtomobilning kunlik yo’l bosib o’tish masofasi.
km
6. Avtomobilning kunlik yuk bilan yo’l bosib o’tish masofasi.
km
bu yerda:
yukli yurish masofasi, km
7. Avtomobilning kunlik bosib o’tgan yo’ldan foydalanish koeffitsiyenti.
8. Avtomobilning kunlik bajargan ishi.
a) tonnada:
b) tonna kilometrlarda:
t.km
bu yerda:
avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyati, tonna
– yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti
9. Yillik yuk tashish rejasini bajarish uchun kerak bo’ladigan ishdagi avtomobillar soni.
avt
bu yerda:
–yillik yuk tashish rejasi, tonna (topshiriqda mayatnik
)
–kalendar bo’yicha yillik ish kunlar soni.(305 yoki 252 kun)
Eslatma: Aniqlangan avtomobillar soni butun songa yaxlitlanadi.
Amaliy mashq
Yuk avtomobili 150 km masofaga yuk tashib berishi kerak edi. Avtomobil belgilangan masofaning 80 % ni bosib o’tdi. Yuk avtomobili necha km masofani bosib o’tgan?