СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 17.06.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Zakovat o'yini uchun savollar

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Zakovat o'yini uchun savollar»


Zakovat” savollari.


1. “Washington Post” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Milliy Xavfsizlik xizmati agentligi 1998 yil dekabrda mashhur o‘yinchoqlardan biri bo‘lgan “Fort-Mid” o‘yinchog‘ini ta’qiqlab qo‘yadi. Aslida shahar ichida ta’qiqlangan predmetlar ro‘yxatida shaxsiy fotoapparatura, video va audio yozadigan qurilmalar mavjud. O’ylab ko‘ringchi, siz o‘yinchoqning qaysi xususiyatidan unumli foydalanib, ba’zi ma’lumotlarni saqlab qolishingiz mumkin.

Javob: Diktofonlik xususiyatidan. (“Fort-Mid” o‘yinchog‘i eshitgan ovozini takrorlaydi)



2.Ba’zi versiyaga ko‘ra otasi uni Yevpalam deb nomlagan. Buning ma’nosi “uddabaron qo‘lli” degani. Boshqa versiya bo‘yicha esa uni Metin deb nomlagan. Ma’nosi “donishmand inson” degani. Ammo bizga uning boshqa ismi ma’lum. Undan ham ko‘proq uning o‘g‘li mashhurroq. Menga uning o‘g‘lini ismini ayting.

Javob: Ikar

3.O’rta asrlarda rus monarxistlari o‘rtasida mashhur bir ibora bo‘lgan: “Samoderjaviya monarxi hamma ishni qilishi mumkin, faqat bir ishdan boshqa” U nima qila olmagan?

Javob: Monarxlikdan voz kecha olmagan



4.1875 yil fransuz ximigi Lekok de Buabodran yangi kimyoviy element ochgan va uni Frantsiya sharafiga Galliya deb nomlagan. Ba’zi mutaxasislarning fikricha uni nomni tanlashida umuman vatanparvarlik rol o‘ynamagan, ko‘proq u o‘zini o‘ylagan. Sizga savol, u bu nomni nega tanlagan edi?

Javob: Gall ham, Lekok ham xo’roz degani



5.Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish. Ko‘plab Amerikalikayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?

Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan ololmas ekan.



6.Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: “Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”. Menga ularning ikkalasini ham ayting.

Javob: Gitler va Gebbels.



7.Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog'idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda........." Marhamat qilib jumlani to'ldiring.

Javob: “Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz”



8.Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha

1-o'rin: Sigareta maxsulotlari

2-o'rin: Kiyim-kechak

Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi?

Javob: Qaroqchilar tomonidan tayyorlangan soxta CD, VCD va DVD disklari



9.2006 yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko'p javob Manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim?

Javob: Bu butun dunyo bolalarini qalbidan joy egallagan GARRY POTTER



10.1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?

Javob: Xristofor Kolumb



11.Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?

Javob: Robin Gud



12.Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:

Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning “mijozini” yozib bering.

Javob: Mona Liza



13.Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. Xo’sh, u xozir nimaning ramzi?

Javob: (Boyo’g’li)



14.Uni gultoji, belbog'chasi, korpusi va tomog'i bor. Uni ichki bosimi 1 million 700 ming paskaldan past bo’lmasligi kerak.U nima? Aniq javobni qabul qilaman

Javob: Shampan vinosi butilkasi (uning ichki bosimi yetarli bo’lmasa otilmaydi)



15.Shveytsariyalik olim Jan Jak Babel yillarni hisoblab chiqib,shunday xulosaga kelibdi. Mil. avv. 3500-yili va 292-yili odamzod usiz yashagan ekan. Nimasiz?

Javob: urushlarsiz. Qolgan hamma yili urushlar bo’lgan ekan



16.Taysonning Xolifildga nisbatan qilgan ishini bir o’zbek san'atkori ham bajargan. Gap qanday ish va qaysi san'atkor haqida ketmoqda?

Javob: Ozodbek Nazarbekov. Gap quloq tishlash haqida ketmoqda.



17.Rossiyada o’tkazilgan so’rovnomada rus xalqining 42% bu davlatlarni 1 ta emas,

aloxida-aloxida davlat deb xisoblar ekan. Qaysi davlatni?

Javob: Gollandiya-Nederlandiya



18. J.Koreyada turmush qurishda bir cheklov bor ekan. Agar Yigit va qizda bir narsa bir xil bo’lsa ularning turmush qurishi ta'qiqlanadi. Nima bir xil bo’lsa?

Javob: familiya



19.Odamning bir tomonida ularning soni 150-200, ikkinchi tomonda esa 50-100 ta bo’ladi. Ularning xar biri o’rtacha 150 kun yashaydi. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: kiprik



20.Titsian - "Misrga sayohat" - $ 7 mln – 1995 y;

Uilyam Terner - "Soya va sharpa" - $ 7 mln – 1994 y;

Rembrand - "Dengizda tofon" – bebaho – 1990 y

Bularni bog'liqligi nimada?

Javob: Bular o’g’irlab ketilgan va xozirgacha topilmagan eng mashhur san'at asarlari edi.

21.Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?

Javob: Qaynatilgan tuxum



22.Angliyada “S”, AQShda “U”. Xo’sh Toshkentdachi?

Javob: M (metro haqida ketmoqda. “S” – subway, “U” - underground)



23.O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.

Javob: Hammasi ingliz tilida “U” harfi bilan boshlanadi.



24.Buyuk Britaniyada oldin u 18 yoshga to’lmaganlarga, 60 yoshdan oshganlarga, homilador ayollarga berilmasdi. Xozir esa umuman yo’qolgan. U nima?

Javob: O’lim jazosi



25.Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada nima deb ataymiz?

Javob: Bahor, yoz, kuz, qish



26.Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi?

Javob: o’ng qo’lini



27.Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Is’hoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?

Javob: Adam va Yeva



28.Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?

Javob: Pul va tangalarga Tailand qirolining surati tushurilgan



29.U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting.

Javob: Jirafa



30.Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?

Javob: G.Uelsning “Ko’rinmas odam”iga


31.Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda

Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?

Javob: Sapyor


32.XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi: “Sinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir”

Kavedo “Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan?

Javob: Pul (Dinor)


33.Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini hatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Men sizdan bu qaysi xalq ekanini emas, shu xalq nomi bilan ataladigan mahsulot nomini so’ramoqchiman.

Javob: Muzqaymoq. “Eskimo”


34.Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 7 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?

Javob: Google


35.Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko’rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?

Javob: ?


36.Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”, “buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq

haqida ketmoqda?

Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni


37.Boshqa davlatlarni bilmadim-u, O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?

Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)


38.Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib, unga atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini aniq qilib ayting?

Javob: Million million pushti atirgul


39.1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi. Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi menga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?

Javob: Madam Tyusso (Londondagi mashxur muzeyga asos solgan)


40.Ushbu tarixiy voqeadan so’ng, qator gazetalarda “AQSh hukumati shuncha katta xolodilnikni nima qiladi?”, “E.Jonson oq ayiqlar uchun park qurmoqchimi?” sarlavhalari ostida tanqidlar tinmay yozilgan edi. Gap qaysi voqea haqida ketmoqda?

Javob: Alyaskaning sotib olinishi.


Tuzuvchi tarix fani o’qituvchisi
R.Raxmatov


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!

Поделитесь с друзьями
ВКонтактеОдноклассникиTwitterМой МирLiveJournalGoogle PlusЯндекс