СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Жонажон Узбекистоним мангу бул омон

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Жонажон Узбекистоним мангу бул омон»

Tasdiqlayman”

Maktab direktori________

Salaydinova X.Z

MIBDO’_______Ibrayeva M. M



Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Kattaqo’rg’on shahri xalq ta’limi bolimi tasarrufidagi

6-umumiy orta ta’lim maktabi


11-“V” SINF RAHBARI

_______________________NING


Ozbekiston Respublikasi mustaqilligini

28 yilligiga bagishlangan


Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”

shiori ostida tayyorlagan bir soatlik



















Mavzu: “Eng ulug‘, eng aziz”

Shior: “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon

Darsning maqsadi:

ta’limiy maqsad-o`quvchilarga istiqlol bu- ajdodlarimiz ko`p yillar orzu qilgan erkinlik, hurlik ekanligini, yurtimiz  kelajagining nechog`lik porloq bo`lishi yosh avlodga bog`liqligi hamda zamon bilan hamnafas yashash bugunning talabi ekanligini tushuntirish, mustaqillik buyuk ne’matligi uni qadrlash uchun mas’ullik hissini tarkib toptirish.

tarbiyaviy maqsad- dunyoqarashi keng va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, shukronalik hissini uyg`otish, boy tariximizni ko`z qorachig`idek asrash, davlat ramzlariga hurmat, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat, sodiqlik hissini tarbiyalash.

rivojlantiruvchi maqsad- o‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o’quvchilar ongiga singdirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning usuli: Tushuntirish, savol-javob, hikoya, suhbat.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari. O'zbekiston Respublikasi Bayrog'i, Davlat ramzlari. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barpo etilgan sanoat korxonalari, shahar va qishloqlarda madaniyat, san'at va ta'lim muassasalari tasviri tushirilgan slaydlar.

T exnik jihoz: Proyektor, ekran, kompyuter.

Darsning tuzilishi:

1.Tashkiliy qism:

2.Darsning borishi:

O'qituvchi: Bir o'lkaki, tuprog'ida oltin gullaydi,

Bir o'lkaki, sal ko'rmasa quyosh sog'inar

Bir o'lkaki, qishlarida shivirlar bahor...

Assalomu alaykum, qalblari hayajonga to'la bolajonlar!

Xush kelibsiz, bilimlar koshonasi bo'lgan maktabimizga! Barchangizni yangi o`quv yili bilan tabriklayman. Shuningdek, eng aziz va eng ulug' Mustaqillik bayrami bilan chin dildan qutlayman!

O'qituvchi: Bolajonlar, qani aytingchi, Vatan deganda nimani tushunasiz?

- Sizning Vataningiz qayer?

- Vatan nima o'zi?

(O'quvchilar o'zlarining Vatan haqidagi fikrlarini aytadi. O'qituvchi ularning javoblarini umumlashtiradi.)

O'qituvchi: Vatan-bu kindik qonimiz to'kilgan uyimiz, qishlog'imiz, shahrimiz! Siz-u biz yashayotgan jonajon go'shamiz, har bir giyoh, bir qarich tuproq. O'zbekiston - Vatanimiz.



















Jannatmakon yurtimiz O'zbekistonning fusunkor bog'lari, osmono'par tog'lari, tabiati juda go'zal.

(Respublikamiz shahar va qishloqlari hamda tog', bog', dala, va qirlarining go'zal manzaralari tasvirlangan rasmlar kompyuter orqali namoyish etiladi.)

O'qituvchi: Bolajonlar, o'zingiz tasvirda ko'rgan O'zbekistonimizning jonajon shaharlari haqida gapirib bering.

O
'quvchilar:
 Toshkent, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Namangan, Farg'ona, Jazzax, Samarqand.


O'zbekiston-hur va obod yurt.

O'qituvchi: Aziz o'quvchilar! Xalqimiz 1991-yil 1-sentabrda mustaqillikka erishganligini birinchi bor bayram qildi. Mustaqilligimizga ham 28 yil to'ldi.

2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo`nalishi haqida qisqacha to`xtalib,bu yo`nalishlarning amalga oshirilishidan maqsad xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilashdan iborat ekanligi tushuntiriladi.



















Prezidentimiz raisligida 2019-yil19-mart kuni o’tkazilgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda 5 ta muhim tashabbusni belgilab berdi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.













I kkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.






Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.









To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.









Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.










Mustahkamlash:

O'qituvchi: Siz Vatan, ona, do'stlik, tinchlik haqida qanday she'r va maqollarni bilasiz?

O'quvchilar yoddan she'r va maqollar aytadi.

O'qituvchi: Bolajonlar! Bizning yurtimizdan juda ko'p shoirlar, san'atkor, hunarmandlar yetishib chiqqan. O'zbekistonimiz juda go'zal, uning chet ellarga mashhur-Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qo'qon, Karmana kabi tarixiy shaharlari hamda aziz qadamjolari bor

O'qituvchi: Sevimli shoirimiz Hamid Olimjon to'lqinlanib shunday deydi:

O'xshashi yo'q-bu go'zal bo'ston,

Dostonlarda bitgan guliston.

O'zbekiston deya atalar,

Uni sevib el tilga olur.

- Aziz o'quvchilarim, qani endi siz o'zlaringiz sevgan narsa, buyum, gul va hayvonlar rasmini chizing. O'qituvchi bolalar chizgan rasmlariga izoh beradi, ularning ijodkorligini baholaydi, har bir o'quvchining ijodini rag'batlantiradi.

O'qituvchi: 

Orzusi osmondan o'tgan eldir bu,

Mehri quyoshga taft tutgan eldir bu,

Manglayiga hurlik bitgan eldir bu,

Istiqlolim yigirma sakkiz yoshingdan sening,

Yurtim xumo ketmas qoshingdan sening.

Iymoni sodiqning baxti but bo'lgay,

Mehnatdan topgani doim but bo'lgay,

Sarbon yaxshi bo'lsa,yurt ham yurt bo'lgay,

Istiqlolim yigirma sakkiz yoshingdan sening,

Yurtim xumo ketmas qoshingdan sening.

Uyga vazifa:

Mustaqillik va vatan haqida she’r yod olish va rasm chizib kelish.