СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"Zulfiyaning hayoti va ijodi" mavzusida dars ishlanma

Категория: Литература

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данная разработка урока предназначек по предмету узбекский язык для учителей 10-классов с русским языком обучения Республики Узбекистан

Просмотр содержимого документа
«"Zulfiyaning hayoti va ijodi" mavzusida dars ishlanma»

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI

NAMANGAN SHAHAR XALQ TA`LIMI BO`LIMI



NAMANGAN SHAHRIDAGI

34-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI

o`zbek tili fani o`qituvchisi

Go`yibova Dilfuza Nuriddinovnaning

10-sinflar uchun “ZULFIYANING HAYOTI VA IJODI ” mavzusida yozgan bir soatlik





El. manzil: [email protected]



10-sinf O`zbek tili


Mavzu: ZULFIYANING HAYOTI VA IJODI.

O`g`lim, sira bo`lmaydi urush” she’ri.


Darsning maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad. O`quvchilarga Zulfiyaning hayoti va ijodi yuzasidan ma’lumotlarni, ko`nikma larni yetkazish, uning she’rlari haqida ma’lumot berish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.


2. Tarbiyaviy maqsad. O`quvchilarda she’riyatga, o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishni kuchaytirish, fanga mehr uyg`otish orqali ularning ilmga intilishlarini kuchaytirish, milliy va umummadaniy kompetensiyani rivojlantirish.


3.Rivojlantiruvchi maqsad. O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini,o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish va nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyani shakllantirish.


Darsning usuli: yangi bilim beruvchi


Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, savol-javob, amaliy metodlar, “Sirli maktub”, “Talaffuzdan adashmang”, “Kim bilimdon?” metodlari.. .


Darsning jihozlanishi: “O`zbek tili” darsligi, tarqatma materiallar,slaydlar va proyektor.


Darsdan kutiladigan BKM natijalari: O`quvchilarda o`zbek tilida qo`shma gaplarni to`g`ri qo`llash ko`nikmalari,nutqda mustaqil ishlatish malakasi shakllanadi, o`z fikrini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakasi shakllanadi.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism. Uy vazifasini so`rash. 7 daqiqa

2. Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqidagi slayd namoyishi. 5 daqiqa

3. Videolavha, matn ustida ishlash (adabiy o`qish) 15 daqiqa

4. O`g`lim, sira bo`lmaydi urush” she’ri. 15 daqiqa

5. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. 3 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashіsh;

O`qituvchi: Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar, kelajagimiz poydevori bo`lgan yoshlar. Darsimga xush kelibsiz! Marhamat, o`tiring.

b) davomatnі anіqlash;

O`qituvchi: Qani, bugun kim navbatchi?

Davomatni ayting-chi.. (navbatchi axboroti)

N avbatchi o`quvchi: bugun darsda hamma ishtirok etyapti.

O`qituvchi: Rahmat, o`tiring.

d) ma’navіyat daqіqalarі:

-O`quvchilar fevral oyida buyuk shaxslardan kimlarning tavallud ayyomlarini nishonlaymiz?

O`zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'ri- fatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tavallud topgan. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad zamonasining bilimdon kishilaridan va Temuriylar xonadoniga yaqin  shaxslardan bo`lgan. U go`dakligidanoq she'riyatga va ilm olishga qiziqqan, farzandiga ta'lim-tarbiya berish uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berishga harakat qilgan. Alisher 4-5 yoshlarida shahzoda Husayn bilan birga maktabda ta'lim oladi.

Alisher yoshligidanoq sharq adabiyotiga, fors she'riyatiga qiziqqan. U badiiy asarlarni o`qish va o`rganish bilan kifoyalanib qolmay, o`zi ham she'rlar  yoza boshladi. U 10-12 yoshlaridayoq ilk she'rlari bilan mashhur bo`lib, katta san'atkor va olimlarning diqqatini o`ziga jalb qildi. Alisherning  iste'dodidan mamnun bo`lgan mavlono Lutfiy (Xondamirning xabar berishicha) uning:

Orazin yopqoch ko`zimdan sochilur har lahza yosh,

Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz, nihon  bo`lg`och quyosh...

matla'li g`azalini tinglab, "Agar mumkin bo`lsa edi, men o`zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o`n-o`n ikki ming she'rimni shu bir g`azalga  almashar edim",- degan.

Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan shug`ullanadi. Firdavsiy, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Sa'diy, Atoiy, Lutfiy va boshqa  yozuvchilarning asarlarini qunt bilan o`rgana boshlaydi. U o`zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she'rlar bitib, ikki til bi-limdoni sifatida

shuhrat qozonadi.  O`zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy" ("navo"-kuy so`zidan), fors-tojik tilidagi she'rlarida esa asosan "Foniy" ("fano"-vaqtincha,  o`tkinchi so`zidan) olib va ba'zan "Navoiy" taxallusini qo`llaydi.

Navoiy dastlab lirik she'rlari bilan keng shuhrat qozona boshlaydi. U o`zbek tilidagi dastlabki yirik asarini, ya'ni "Hiloliya" qasidasini Sulton  Husayn Boyqaroga bag`ishlagan bo`lsa, fors tilidagi birinchi yirik asari "Tuhfat ul-afkor" (1476) qasidasini Jomiyga bag`ishlagan edi.

1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o`zi- ning o`zbek tilida yozgan she'rlaridan iborat ilk devoni - "Badoe' ul-bidoya" ("Badiiylik  ibtidosi")ni tuzdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.

Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va oʻzi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirgʻinbarotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qoʻli baland keldi va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janubga qarab yoʻl oldi va Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. 


O`qituvchi: 21-fevral “Xalqaro ona tili kuni” deb tan olingan

Hurmatli o`quvchilar, biz ona va vatan so`zlarini ne–ne so`zlarga qo`shib aytamiz: Vatan tuprog`i, Vatan tuyg`usi, ona-Vatan, ona tili. Bu ikki so`zni ayro tasavvur etib bo`lmaydi. Shunday ekan, keling, fanimizga bo`lgan hurmatimizni ona tili va Vatan haqidagi she`rlar, maqollar, hikmatli so`zlarni aytish bilan izhor etsak. Bunda biz odatdagi qoidalarimizga amal qilamiz. (1-slayd orqali qoidalar eslatiladi)

Shundan so`ng sinf guruhlarga bo’linadi. Guruhlar o`zlariga nom va shior tanlaydilar.

Shu o`rinda Birinchi Prezidentimizningtilimiz haqida aytib o`tgan fikrlarini eslab o`tamiz.



O`qituvchi: Оna tilim – bag`ri keng tilim

Ajdоdlardan qоlgan merоsim.

Kelajakka umidim, sоzim

Jaranglatgan sho`xchang оvоzim.

O`zbek tilim – sen iftixоrim,

Jahоn uzra tanitgan qadrim.

Bоbоlarim so`zlagan tilim,

Sen dardkashim, ham mehribоnim (M.Mirzarahimova).

Qani o`quvchilar, davom ettiramiz. Marhamat


O`quvchilar:

  1. Til – millatning k`ozgusi.

  2. Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.

  3. Til – millat ruhi

O`quvchilarning diqqat-e’tiborini darsga qaratish uchun slaydlar yordamida kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda o`quvchilar til haqidagi she`rlar va maqollarni(o`zbek, rus, ingliz tillarida)aytadilar va mazmunini izohlab beradilar.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi. “O`ylab top” usuli orqli o`tilgan mavzular takrorlanadi.

Uy ishi uchun berilgan “Hukmdorni yig`latgan darvesh”rivoyatining mazmuni so`rab o`tiladi.


III. Yangi mavzu bayoni.














Zulfiya (1915-1996)

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniq-li jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yilda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtlaridayoq she’rlar mashq qilar edi. Uning «Hayot varaqlari» nomli birinchi she’riy to‘plami 1932-yilda nashr qilingan. Zulfiya uzoq yillar «O‘zbekiston xotin-qizlari» va ke-yinroq «Saodat» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Zulfiyaning ijodiy kamoloti-da uning hayot yo‘ldoshi, O‘zbek xalqining sevimli shoiri Hamid Olimjonning o‘rni juda katta. «Qizlar qo‘shig‘i», «Hijron kun-larida», «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga», «O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» kabi she’riy to‘plamlarida Zulfiya vatanni madh eta-di, fidokor kishilar haqida kuylaydi. Zulfiya tinchlik va do‘stlik haqidagi asarlari uchun Respublika davlat mukofoti, Javoharlal Neru nomidagi va «Nilufar» xalqaro mukofot-lari bilan taqdirlangan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, arab, fors, bolgar, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Jamoatchilik faoliyati uchun «Mehnat qahramoni» unvoni va qator orden va medallar bilan taqdirlangan. Zulfiya nomini abadiylashtirish maqsadida 1999-yilda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomli Davlat mukofoti ta’sis etilgan.


IV. Mustahkamlash.

O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush


Urush! Noming o‘chsin jahonda,

Hamon bitmas sen solgan alam.

Sen tufayli ko‘p xonadonda

Ota nomli buyuk shodlik kam.

Yulding ota demak baxtini,

Juda murg‘ak go‘daklarimdan.

Yaxshi ham bor shunday vatani,

Dalda bo‘ldi yuraklarimga.

Ota bo‘lib soldim men yo‘lga,

Ona bo‘lib mehrimga oldim.

Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan

Bir davlatmand boy bo‘lib qoldim.

Qancha ishonch, umid baxsh etar,

Ham vatanga, ham menga bu dil,

Qoya kabi yonimdan chiqib,

Suyan, – deydi, – kiftimga dadil.

Men onaman, mening yuragim

Farzandlarim quvonchiga kon.

Dil orziqar, ba’zan tilagim

Vahimalar o‘ragan zamon.

Yo‘q, urushning nomi ham o‘chsin.

Mening o‘g‘lim kerak hayotga.

Istamayman, uning dudlari

Qo‘nsin labi uzra qanotga.


Bas, bas, ezgu onalar qalbi,

Yashay olsin bexavf, baxt bilan.

Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz

Tinchlik, deydi butun xalq bilan.


Ko‘krak suti va mehnat bilan

Biz jahonga berganmiz turmush,

Ona qalbi oyoqqa tursa,

O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!


She’rda uchragan notanish so`zlar lug`ati ustida ishlash.

She’r “zanjir”usulida ifodali o`qilgach, Zulfiya ijodi yuzasidan viktorina o`tkaziladi.

ZULFIYA-IJODINI O`RGANAMIZ.

(Ad abiy viktorina)


1. Zulfiya hayoti haqida nimalarni bilasiz?-


- Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zahmatkash temirchi bo`lgan, onasi Xadicha opa qo`shiq, ertak va afsonalarni juda ko`p bilgan va bolalarga aytib bergan.

Zulfiya 1928 yilda boshlangich maktabni tugalab, Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim gortiga ukishga kiradi.


2. U adabiy faoliyatini qachon boshlagan?


- 1930 yildan boshlab "Ishchi", "Turkiston", "Yangi yul" jurnallarida dastlabki she'rlarini chop etilishi bilan adabiy faoliyati boshlangan.


3. Zulfiyaning jurnalist, tarjimon va faol jaoat arbobi ekanligi haqida nimalarni bilasiz?


- Zulfiya 1941-1950 yillarda O`zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo`limi mudiri, 1950-1954 yillarda "O`zbekiston xotin-qizlari (Saodat) jurnalining adabiyot va san'at bo`limi mudiri vazifasida ishladi. U mohir tarjimon sifatida o`zbek kitobxonlarini rus va boshha qardosh xalqlar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishda ham samarali mehnat qilgan. Masalan: A.S.Pushkin, M.Yu.Lermantov M.Isakovskiy,T.Shevchenko shular jumlasidandir. Zulfiya katta jamoat arbobi sifatida ham mashhur bo`lgan. U Osiyo-afrika xalqlari birdamlik komitetining a'zosi, o`zbek-hind do`stligi O`zbekiston Jamiyatining prezidenti sifatida o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchilik va do`slik ishiga katta hissa qo`shgan shoiradir.


4. Shoiraning xijron, umid va g`alaba qo`shiqlari mavzusidagi ijodiga qaysi she'rlar turkumi kiradi?

- Ikkinchi jahon urushi yillari Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo`lgan. Bu yillarda "Uni Farhod der edilar", "Xijron kunlarida", she'riy to`plamlarini hamda rus tilida "Vernost'" to`plami nashr etilgan. Shoira she'rlarida mashuqaning frontda qahramonona jang qilayotgan yigitga yozgan maktublari orhali dushmanga nafrat, g`alabaga ishonch, sevgida vafo va sadoqat tuyg`ularini ifodalagan. Bu mazulardagi she'rlariga "qo`limda qurolu ustimda shinel'", "Gullar ochilganda", "Ikki maktub", "Bizni kut", "Iigitlarga" va boshqalar kiradi.


5. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi poemasiga opera liberetasini yozgan?


- Zulfiya Hamid Olimjonning "Zaynab va Omon" poemasi asosida yaratilgan opera liberetosining avtoridir.


6. Zulfiya- tinchilik elchisi sifatida qaysi she'rlariga ko`proq ahamiyat bergan?


- Zulfiya "Xulkar", "Men tongni kuylayman", "Yuragimga yaqin kishilar" nomli she'rlariga tinchilik elchisi sifatida ahamiyat bergan.


7. Prezidentimiz tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofot nechinchi yilda ta'sis etilgan?


- O`zbekiston Respublikasi Prezidenta 1999 yil 10 iyundagi PF-2336 raqamli qarori bilan "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.


Ushbu viktorinani o`tkazish uchun hakamlar haya'ti saylanadi . Ular adabiyot o`qituvchilari, adabiyotshunoslar, yozuvchi shoirlar, jurnalistlar, shuningdek adabiyot bilimdonlari bo`lishi mumkin. G`oliblarni sovg`alar bilan taqdirlash tavsiya etiladi. Sovga tariqasida kitoblar, gullar va esdaliklar topshirish mumkin.

Shundan so`ng o`quvchilar ingliz va rus tilida Zulfiyaning hayoti haqidagi ma’lumotlarni va uning she’rlaridan namunalarni o`qiydilar

Zulfia (1915-1996)

29 September 2013


Zulfia Isroilova was born in 1915 in Tashkent and after finishing a secondary school she went to The Pedagogical Institute and then she studied at post graduate course. Later she worked as an editor in the publishing houses and for many years she had worked as an editor - in chief - in the magazine "Saodat". In 1932 Zulfia's first collection of poems "Hayot varaqlari" (Pages of life) was published. Then her poems and collections of poems such as "Yuragimga yaqin kishilar" (People who are close to my heart), "Yurak hamisha yo'lda" (Heart is always on the road), "Kamalak" (Rainbow) appeared in the literature.


Her "Falak" (Oh, Heaven), "Bahor keldi seni so'roqlab" (The spring has come to you), "O'g'irlamang qalamim bir kun" (Don't steal my pencil), "Bo'm bo'sh qolibdi bir varaq qog'oz" (A list of paper left unwritten) and other poems and such works as "O'g'lim sira bo'lmaydi urush" (My son, war never happens again), "Mushoira" are very popular among the people. Zulfia is the author of such lyric and lyro-epic legendary tales as "Uni Farhod der edilar" (He was called Farhad), "Quyoshli qalam" (A sunny pencil), "Hotiram siniqlari" (Broken pieces of my life). In 1935 she married Hamid Olimjan and after his death she created several sad poems.


ПРИШЛА ВЕСНА, СПРАШИВАЕТ О ТЕБЕ

Хамиду Алимджану


Живым дождем омыв миндаль,

В рассветный час пришла весна.

Полетом птиц наполнив даль,

Тревожа нас, пришла весна.


О, как любил ты час ночной,

Когда готов зацвесть урюк,

И аромат земли сырой,

И почек хлопающий звук!


За ворот зиму ухватив,

В рожок пастушеский трубя,

Твердя любимый твой мотив,

Весна пошла искать тебя.


И, чтоб скорей тебя найти,

Став ветром, ворвалась в сады

И обыскала по пути

Все — от пустыни до воды.


И так озлилась, не найдя,

На белый свет, на свой простор,

Что стала бурею, гудя,

И покатила камни с гор.


Она спросила пастухов,

Стада пасущих: "Где поэт?"

Но нет у горя добрых слов, —

Они молчали ей в ответ.


Тогда, оборотясь лучом,

Весна вошла в мой темный дом,

Спросив у слез моих: "О чем?",

Склонилась над ребячьим сном.


Моих детей, твоих детей.

И, не найдя тебя опять,

Не видя более путей,

Мне сердце начала пытать.


"Где тот, который ждал меня

На перекрестке всех дорог,

Тревоги от себя гоня,

Налюбоваться мной не мог?


Зачем покинул свежесть трав,

Тюльпаны и в цвету урюк?

Зачем, строки не дописав,

Перо он выронил из рук?


Где те прекрасные слова,

В которых я любила цвесть,

В которых я была жива,

Еще прекраснее, чем есть?


Зачем ты в черном и в слезах?

Зачем молчишь ты мне в ответ

И снег не тает в волосах?

Где тот певец, где тот поэт?"


Дай руку мне... Молчат уста.

И молча я ее веду...

В тени безлистого куста

Могила выросла в саду.


Тогда весна умчалась прочь,

Неся с собой мою печаль,

И над могилой в ту же ночь

Зацвел, как облако, миндаль.


И песню, спетую тобой,

Запел на ветке соловей.

И мир, разбуженный весной,

Шумел над памятью твоей.


V. O`quvchilar bilimini baholash.


VI. Uyga vazifa. “ O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rini yod olish




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!