Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:25
MAVZU: 25-dars. MS ACCESS 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish
DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.
TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция
o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
2 | O`tilganlarni takrorlash | 10 minut |
3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 15 minut |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 15 minut |
5 | Uyga vazifa | 3 minut |
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. MS Access 2010 da MOBTning qaysi turga mansub?
2. MS Access 2010 da obyektlarning asosiy elementlarini tushuntirib bering?
3. MS Access 2010 da maydon turlari haqida ma’lumot bering?
4. MS Access 2010 ni ishga tushiring va uning asosiy oynasida yangi ma’lumotlar omborini (Новая база данных) yarating.
Yangi mavzu bayoni
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun Microsoft
Office dasturlari orasidan Microsoft Access 2010 ni yuklaymiz:
Hosil bo‘lgan oynadan Новая база данных bo‘limini tanlaymiz. Natijada quydagi oyna hosil bo‘ladi:
MS Access 2010 da jadval hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1. Режим-Конструктор.
2. Создание-Конструктор таблиц.
MS Access 2010 oynasida bitta jadval hosil qilish uchun Режим-Конструктор bo‘limidan foydalanish mumkin. Agar oynada bir nechta jadvallar hosil qilish va ular bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qilish uchun Создание menyusining Конструктор таблиц bo‘limi orqali bajariladi.
1-mashq. MS Access 2010 da o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
shakllantirish usuli.
Bajarish:
MS Access 2010 ning Режим-Конструктор ketma-ketligi bajariladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Имя таблицы qatoriga “O‘quvchilar ma’lumoti” nomi bilan saqlaymiz va jadvalni quyidagi tartibda shakllantirib olamiz:
oynadan Да tugmasi tanlanadi (“O‘quvchilar ma’lumoti” nomli jadval hosil bo‘ladi).
o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar omborini shakllantirish uchun, “O‘quvchilar ma’lumoti” nomli yozuv ustiga sichqoncha tugmasi ikki arta
bosiladi:
MS Access 2010 da yaratilgan jadvalning ustun yozuvini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Buning uchun Главная – Режим – Конструктор buyrug‘i bajariladi.
YODDA SAQLANG !
MS Access 2010 da jadval hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
1. Режим-Конструктор.
2. Создание-Конструктор таблиц.
UYGA VAZIFA
1. MS Access 2010 ni uch xil usulda ishga tushiring.
2. Создание–Конструктор таблиц bo‘limini tanlab, o‘quvchilar familiyasi, ismi, yashash manzili, telefon raqami to‘g‘risidagi MO yarating.