СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “30-дарс. MS Access2010 да маълумотлар омборини ҳосил қилиш ва таҳрирлашда формалардан фойдаланиш” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “30-дарс. MS Access2010 да маълумотлар омборини ҳосил қилиш ва таҳрирлашда формалардан фойдаланиш” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:30

MAVZU: 30-dars. MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish

DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

1. Ma’lumotlar omborida berilgan shablon bo‘yicha izlash qanday amalga oshiriladi?

2. Saralangan ma’lumotlar qanday bekor qilinadi?

3. Jadvaldagi uchta familiyani bir vaqtda qidirib saralang.

4. O‘quvchilarning ma’lumotlar omborini yarating va bunda quyidagiketma-ketlikdan foydalanig:

a) Familiyasi bo‘yicha qidiruvchi MO yarating;

b) Telefon raqami bo‘yicha qidiruvchi MO yarating;

c) Sinfi bo‘yicha qidiruvchi MO yarating;

Yangi mavzu bayoni

Formalar MO yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi.

Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlari bo‘lgan elektron blank ko‘rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar bevosita MOning jadvaliga qo‘shiladi.

Umuman olganda, forma hosil qilinmasdan ham ma’lumotlarni asosiy jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik tug‘diradi. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun turlicha forma tuziladi.

MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli mavjud:

  • bevosita MO jadvaliga kiritish;

  • maxsus tuzilgan formalar orqali kiritish.

1 -mashq. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun forma yarating va forma yordamida ma’lumotlarni kiriting.

Bajarish:

  • “Ma’lumotnoma” nomli jadval yaratiladi va u belgilab, Создание menyusidan Мастер форм bandi tanlanadi;

  • hosil bo‘lgan oynadan “” belgini tanlab, Далее tugmasi orqali navbatdagi oynaga o‘tamiz;

  • oynada forma oynasini to‘rt xil ko‘rinishga o‘tkazish imkoni mavjud:



  • в один столбец ( birustun);

  • летночный (lenta simon);

  • табличный (jadvalli);

  • выровненный(to‘g‘irlangan).

  • Ushbu oynadan водин столбец bandi belgilanib, Далее tugmasini tanlaymiz;

  • navbatdagi oynadan Открыть форму для просмотра и вводаданных bandi tanlanadi;

  • Готов tugmasini bosamiz.



Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:


Hosil bo‘lgan forma oynasi yordamida “Ma’lumotnoma” nomli jadvalga m’alumotlarni kiritish imkoni mavjud.

2-mashq. 29-darsda berilgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni forma

orqali qidiring.

Bajarish:

  • “Ismi yordamida qidirish” nomi bilan saqlangan jadvalni belgilaymiz va menyular satridan Конструктор форма bo‘limini tanlaymiz;

  • Конструктор bo‘limidan Кнопкa buyrug‘ini tanlaymiz va uniforma oynasiga joylashtiramiz. Natijada quyidagi forma oynasi hosil bo‘ladi:

hosil bo‘lgan birinchi oynadagi Разнос buyrug‘i tanlanib, ikkinchi oynadan Выполнить запрос buyrug‘ini belgilab, Далее tugmasini tanlaymiz;

  • oynaning Текст qatoriga “Qidirish” jumlasi kiritiladi va Далее tugmasini tanlash yordamida navbatdagi oynaga o‘tiladi:

oynadagi Понятное имя упращает дальнейшие ссылки на нее qatoriga “Qidirish” jumlasi kiritilib, Готов tugmasi tanlanadi:

Hosil bo‘lgan dasturni ishga tushirish uchun Режим bo‘limidan Режим формы bandi tanlanadi. Natijada yaratilgan dastur ishchi holatga o‘tadi. Oynadagi “Qidirish” tugmasini tanlash orqli jadvaldagi kerakli o‘quvchining ismi yordamida ushbu o‘quvchi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish mumkun:

Natijada quyidagi ko‘rinishdan Ushbu Ali ismli o‘quvchi to‘g‘risida ma’lumotlar ekranda aks etadi:




Agar forma oynasiga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish kerak bo‘lsa, uni Режим bo‘limidan Конструктор bandi tanlash orqali amalga oshirish mumkin.


YODDA SAQLANG !

MS Access 2010 dasturida MO yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli mavjud:

1. Bevosita MO jadvaliga kiritish orqali.

2. Maxsus tuzilgan formalar orqali kiritish.


UYGA VAZIFA

1. “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida MOni yarating va so‘rov orqali MOdan tegishli ma’lumotlarni qidiring.

2. Jadvaldagi ma’lumotlarni forma orqali qog‘ozga chop etuvchi tugma yarating.