Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “33-дарс. Такрорлашга доир топшириқлар” мавзусида дарс ишланма»
Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:33
MAVZU: 33-dars. TAKRORLASHGA DOIR TOPSHIRIQLAR
DARS MAQSADI: O’quvchilarga ma`lumotlar ombori haqida ma’lumot berish.
TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalarini hal qilish haqida tushuncha berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция
o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
2 | O`tilganlarni takrorlash | 10 minut |
3 | Yangi mavzu ustida ishlash | 15 minut |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | 15 minut |
5 | Uyga vazifa | 3 minut |
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi
1. MS Access 2010 da forma yaratish ketma-ketligini tushuntirib bering?
2. MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning necha xil usuli mavjud?
3. Forma oynasiga tugmalar qanday joylashtirish mumkin?
4. Мастер формdan foydalanib forma yarating.
5. Yaratilgan forma oynasi orqali jadvalga ma’lumotlarni kiriting.
Yangi mavzu bayoni
1. MS Access 2010 da ma’lumotlar ombori haqida gapirib bering.
2. MOBT haqida ma’lumot bering.
3. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlovchi MOning faylini tuzing.
4. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi jadvaldan to‘rtta o‘quvchining familiyasi bo‘yicha qidiring.
5. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tug‘ilgan yili bo‘yicha tartiblang.
6. Kitoblar haqidagi ma’lumotni uchta jadvalda hosil qiling va ularni so‘rov yordamida bitta jadvalga birlashtiring.
7. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni beshta jadvalda hosil qiling va ularni so‘rov yordamida bitta jadvalga birlashtiring.
8. O‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni uchta jadvalda hosil qiling va ularni birlashtiring.
9. MS Access 2010 da sinf o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidiruvchi MO yarating.
10. MS Access 2010 da ko‘p dars qoldirgan o‘quvchilarni aniqlab beruvchi dastur yarating.
11. Berilgan ikki sonning ayirmasini ustun bo‘yicha hisoblovchi jadval hosil qiling.
12. Ustundagi sonlarning kvadratini hisoblovchi jadval hosil qiling.
13. Ustundagi sonlarning sinusini hisoblovchi jadval hosil qiling.
14. Quyidagi amallarni hisoblang:
a) 3*(5-7+8*6+9). b) 4*(7-5+12*3-4).
Uyga vazifa
O`tilganlarni takrorlash