СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

4-mavzu jaxon musiqa tarixidan mavzu

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

4-mavzu  jaxon musiqa tarixidan mavzu

Просмотр содержимого документа
«4-mavzu jaxon musiqa tarixidan mavzu»

Jaxon musiqasi tarixi

4-modul. XIX asrda fransuz musiqa madaniyatining rivojlanishi

Reja:


1. XIX asrda fransuz musiqa madaniyatining rivojlanishi.

2. J.Bize ijodida musiqiy-sahna janri.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.


Adabiyotlar: .

  1. А.Х.TrigulоvаХоrijiy musiqаadabiyoti T. Ilimziе 2009

  2. А.Х.Trigulоvа CHеt el musiqа tаriхi. Rоmаntizm dаvri T.,Nizоmiy nоmli TDPU 2008

  3. «Muzikаlnаya entsiklоpеdiya» M. Muzikа 1978

  4. «Chet el musiqasi tarixi» dasturi. Toshkent, 1966 yil.

  5. B.V.Levik. «Chet el musiqasi tarixi». Toshkent «O’qituvchi», 1984 yil.

  6. Iz istorii zarubejnoy muziki 4. «Muzika» nashriyoti, M., 1980 yil.

  7. V.S.Galatskaya. «Muzikal’naya literatura zarubejnix stran». Izd. «Muzika». M., 1967 yil.

www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz


Jorj Bize — XIX asring ikkinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk fransuz kompozitor. U musiqiy teatrlar uchun yaratilgan eng a’lo ijod namunalari — “Karmen” operasi va Alfons Dodening “Arlezianka” dramasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir.

Kompozitor nihoyatda qisqa umr ko‘rgan boMsa-da (u o‘ttiz yetti yoshga ham to'Imagan edi), musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo‘Idi. Bize opera san’atining buyuk namoyandasi bo'lib yetishdi. Bizening opera san’ati milliy zaminda yaratilgan bo'lsa-da, u jahon san’atida har doim yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan fransuz opera teatrlari an’analariga tayangan edi.

XIX asming 60-yiIlarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan “katta” opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko‘ngilochar tomoshaga, lirik operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy ijodiy yutuqlari teatr bilan bog‘langan bo'lib, u teatr uchun o'zining eng yaxshi asarlarini yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: “Men simfoniya uchun tug‘ilgan emasman, menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman”, degan edi.

Faqat operadagina Bizening dahosi, uning dono, tiniq va haqqoniy mahorati xalq orasidan chiqqan oddiy kishi laming katta fojiasini, hayotning go‘zal manzaralarini, uning yorqin hamda qorong‘i tomonlarini ko‘rsatishdagi mahorati to‘Ia ochildi.

Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi.

Yorqin hayotiy bo‘yoqlarga, o‘tkir sujetlarga moyillik, Bizening Janub va Sharq xalqlarini ko'proq tasvirlashga olib keldi. “Javohir izlovchilar”, “Jamila”, provansalcha “Arlezianka” va ispancha-sigancha “Karmen” singari sharqona ruh bilan yo‘g‘rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelgan edi.

Provans, Ispaniya va Sharq xalqlari hayotini aks ettirar ekan, Bize milliy ohanglardan foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go'zal asarlarini yaratadi. Bize XIX asr kompozitorlari orasida o‘zining hayotsevarligi va “Karmen” operasi bilan jahon musiqa madaniyati iftixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan ijodkorlar toifasiga mansubdir.

Jorj Bize (Bizet, Georges) (1838—1875). Aleksandr Sezar Leo­pold Bize (u cho'qinayotgan paytda Jorj nomini olgan) 1838-yil 25- oktabrda Parijda musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi va ona tomonidan bobosi ashuladan dars berishgan. Bizening musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo'lgan. U to'rt yoshga kirganidayoq, yaqinlari musiqiy salohiyati va noyob xotirasini sezib qolishgan. To'qqiz yoshida Bize Parij konservatoriyasiga o'qishga kiradi. U A. F. Marmontelning fortepiano sinfida P. Simmerman, J. F. Galevilaming kompozitsiya sinflarida muvafTaqiyat bilan o'qidi. Galevi sinfida Bize opera janri bilan yaqindan tanishib, bu sohani umrining oxirigacha ham tark etmadi. Keyinchalik Galevining ukasi Leon, kompozitoming jiyani Ludovik Bize bilan uning librettochisi sifatida hamkorlik qilishdi.

Bizega fransuz lirik operasining yirik ustasi Shari Guno katta ta’sir ko'rsatdi. Bize Gunodan kompozitsiya sirlarini o'rgandi. Guno opera musiqasining eng yaxshi tomonlari Bizening ijodiy uslubiga ta’sir o'tkazmasdan qolmas edi.

Konservatoriya yillarida yaratilgan asarlar orasida do major sim- fbniyasi e’tiborga sazovor. Bize konservatoriyada o'qib yurgan yillarida do major simfoniyasidan tashqari, bir aktli komik operasi “Doktoming uyi” va orkestr uchun lya major uverturasini ham yaratadi. Konservatoriyani bitirish yili (1857) "Klovis va Klotilda” kantatasi uchun Bize Nafis san’at akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan Rim mukofotini oladi. Bu mukofot yosh musiqachiga davlat stipendiyasini ta’minladi va unga uch yil davomida xorijiy mamlakatlarda badiiy mahorat sirlarini egallash imkoniyatini berdi.

Konservatoriyani tugatgach, Bize o'zining fortepiano bo'yicha o'qituvchisi A.F. Marmontelning ta’biri bilan aytganda “katta musiqachi” bo'lib yetishdi. Guno va Galevi singari opera janrining ikki yirik ustasi rahbarligida Bize XIX asr o'rtalaridagi fransuz opera madaniyati an’analari bilan tanishdi.

Bizening uch yil davomida Itaiiyada yashashi (1858—1860) yosh kompozitoming dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko'rsatdi. Rim mukofoti sovrindorlarining doimiy uchrashuv joyi Rimdagi Medichi villasi edi. Bu yerda Bize Marmontelning shogirdi Ernest Giro bilan do'stlashadi. Keyinroq Giro Parij konservatoriyasida o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Uning sinfidan Klod Debyussi va Pol Dyuka singari kompozitorlar yetishib chiqadi. Eng yaxshi asarlari Giro nomi bilan bog'langan, ulardan biri — “Karmen” operasi. Bize vafotidan keyin Giro kompozitoming uslub qirralarini saqlab qolgan holda operaga rechitativ yozadi va uni o‘zi orkestrga moslashtiradi. Giro Alfons Dodening “Arlezianka” dramasiga orkestr uchun ikkinchi suitani tuzadi.

Italiyada Bize ikki ko'rinishdan iboral komik opera “Don Prokopio”, “Vasko da Gama”, “Те Deum” qasida-simfoniyalarini yaratadi.

1869-yilda Bize Parijga qaytadi. 1862-yilda u “Lirik teatr”dan “Javohir izlovchilar” operasi uchun taklif oladi. Bu opera 1863-yilda qo'yilgan va muallifga katta muvaffaqiyat!ar keltirgan edi. “Javohir izlovchilar” operasida fransuz kompozitorining Sharq ekzotikasi bilan qiziqishlari o‘z ifodasini topgan. Asl sharq ohanglaridan foydalanmasdan turib ham Bize alohida olingan sharq koloritini haqqoniy va mafhinkor tarzda ko'rsata olgan. Bizening navbatdagi opera asari “Ivan Grozniy” besh ko‘rinishli katta opera bo'ldi. U “Grand Opera” teatrining buyurtmasi edi. Opera partiturasi 1865-yilda tugallangan bo'lishiga qaramay, Parij teatrlari uni rad etishgan edi. Operaning librettosi ancha muvaffaqiyatsiz chiqadi, chunki tarixiy haqiqatdan bir qadar uzoqroq bo'lgan. “Katta opera” janrining o'zi kuchaytirilgan ehtiroslar, tashqi tomoshabop ko'rinishlariga qaramay, Bize uchun yot edi. “Ivan Grozniy”dan keyin Bize “katta opera” janri bilan boshqa shug'ullanmaydi.

1866—1871-yillar oralig'ida Bize o'zining yagona musiqiy-tanqidiy asari “Musiqa haqida suhbatlar”ni yozadi. U musiqa san’ati muam- molariga bag'ishlangan edi. Maqolada Bize san’atning asosiy muammolari ustida to‘xtaydi: san’aming buyuk emotsional kuchini tasdiqlaydi, shu bilan birgalikda o‘zi uchun zamondosh bo'lgan Ikkinchi Fransiya imperiyasida san’atning ayanchli o'mi va ahvolini ko'rsatib beradi. Bize san'atdagi akademizm va eskilikka qarshi chiqadi, san’atdan hayomi jur’at va iqtidor bilan tasvirlashni talab qiladi. Maqolada Bize Verdini himoya qilib chiqadi. Akademik guruhlar uni qupollik hamda nafosatdan xolilikda ayblashayotgan edi. 0‘z ijodiy izlanishlari, birinchi navbatda. opera janrida Bize o'sha davming eng ulug' opera kompozitorlari (Verdi, Vagner, Chaykovskiy) xayollarini band etgan ideal — musiqiy dramaga kirishi kerak edi. Bizening e’tirof etishicha, mavjud “katta opera” unga o'lik janr bo'lib ko'rinar, lirik opera meshchanlarga xos chegaralanganligi bilan achchig'ini keltirar, komik opera boshqalaridan ko‘ra ko'proq islohotga muhtoj edi. U o'zidagi demokratik unsurlari bilan diqqatga sazovor bo'lgan.

60-yillarning eng kozga ko‘ringan asari Valter Skottning romani asosida yaratilgan “Pert go‘zali” operasi bo‘ldi. Opera 1867-yilda “Link teatr”da qo'yilgan va katta muvaffaqiyat qozongan. Opera c|iiliramonlari oddiy kishilar: temirchi Smit, qo‘lqop tikuvchi Simon Glover va uning qizi Katarina. lo'li qiz Mab edi. Bize “Karmen” va "Arlezian qizi”dan ham ustunroq boigan yorqin maishiy va ommaviy sahnalar yaratadi 1870-yilda frank-pruss urushi boshlanadi. Bize Milliy Gvardiya qo'shinlari safida bo‘ladi. Bizening vatanparvarlik tuyg'ulari Gyugoning “Fransiya uchun qurbon bo'lganlar” she’ri asosidagi qo'shig'ida o‘z ifodasini topgan.

1871-yilda Parij kommunasi e’lon qilinadi, uni Bize qabul qila olmaydi, zero, u siyosiy hayotdan ancha uzoq bo'lgan buijuaziya tarbiyasidagi kishi edi. So'nggi besh yillikdagi asarlarga — xalq hayotidan olingan musiqiy dramalar “Arlezian qizi”, “Karmen”, “Jamila” lirik operasi, “Don Rodrigo” qahramonlik operasi, fortepianoda ikki kishi ijrosi uchun “Bolalar o'yinlari’1 suitasi mansubdir. Ushbu suitadagi beshta pyesani kompozitoming o'zi orkestrga moslashtirgan va ular “Kichik suita”ni tashkil etardi. Uning tarkibiga: “Marsh” (“Truba va baraban”). “Alla” (“Qo'g'irchoq”), “Ekspromt” (“Pildiroq”), “Duet” (“Mitti er va mitti xotin”), “Galop” (“Bal”) kiradi. “Jamila” operasi “Komik opera” taklifi bilan 1871-yilda Alfred Myussening “Namuna” dostoni asosida Lui Gallening librettosiga yozilgan edi. Doston sevgi va sadoqat haqida. Operada sharqona kolorit mail ora t bilan nozik tarzga ifodalangan. Asar arab xalq musiqasi ohanglari, rittnlar bilan boyitilgan. Bizening navbatdagi katta ishi Alfons Dodening “Arlezian qizi” dra­masi uchun yozilgan musiqa edi. Spektakl premyerasi 1872-yilda “Vodevil” teatrida bo'lib o'tadi. Partituraning yigirma yettita nomeri xalq hayotidan olingan chuqur dramalami yorqin musiqiy obrazlarda ochib beradi.

1874-yilda Prosper Merimening shu nomdagi dramasi asosida A. Melyak va L. Galevilar librettosiga tayanib, “Karmen” operasini tugallaydi. Opera premyerasi 1875-yil martida bo'lib o'tadi. Operaning postanovkasi uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan bo'lishiga qaramay, muvaffaqiyatsiz chiqadi. Bize bundan larzaga tushadi. U asaming zafar quchishiga to'la-to'kis ishongan edi.

Bizening bevaqt o'limi “Karmen” operasi atrofidagi gap-so'zlar tufayli tezlashib ketadi. U 1875-yil 3-iyunda vafot etadi. Parijda “Kar­men” operasining postanovkasi 1883-yilda yangidan qo'yiladi. Ernest Giro operadagi dastlabki dialoglami rechitativlar bilan almashtiradi.Unga oxirgi ko'rinishda balet sahnalarini qo'shadi. ulami “Pert go'zali” va “Arlezian qizi”dan oladi. Hozirgi kunda “Karmen” jahon musiqiy teatrlari repertuarida eng munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda.