СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

4-урок для 8 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«4-урок для 8 классов»

4 – dars. Mantiqiy amallar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga mantiqiy amallar: «yoki»-mantiqiy qo‘shish, «va»- mantiqiy ko‘paytirish, «emas»-mantiqiy inkor haqida, sodda mulohazalar, «rost» yoki «yolg‘on» mantiqiy qiymatlar, mantiqiy sxemasi haqida ma’lumot beriladi.

Tarbiyaviy – o’quvchilarni do’stona ruhda, o’quvchilarni izlanuvchanlik ruhida vatanga muhabbatli , bilimga chanqoqlik, mehrli, oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, , buyuk ajdodlar merosi ma`naviyatimiz asosi ekanligini o`quvchilarning ongiga singdirish.

Rivojlantiruvchi: mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, mantiqiy inkor, mulohazalar, mantiqiy qiymatlar.

Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.

Dars metodi: an`anaviy, aqliy hujum, interfaol usullar.

Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)

  • O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)

  • Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)

  • Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)

  • O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)

  • Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)

I.Tashkiliy qism:

salomlashish

davomatni aniqlash

sinf jurnalini tekshirish


II. O’tilgan mavzuni takrorlash: kompyuterlarning texnik vositalari mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.

Mavzuni yoritish:

Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalana­miz. Mulohaza – bu narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir. Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan «VA», «YОKI» kabi bog‘lovchilar, «EMAS» shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.

Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: «rost» yoki «yolg‘on» mantiqiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Qulaylik uchun «rost» ni 1 raqami bilan, «yolg‘on»ni esa 0 raqami bilan belgilaymiz.

Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.

Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz.

Mantiqiy kopaytirish amali: A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi ( murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy kopaytirish amali deb ataladi.

Mantiqiy ko‘paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “VA” bog‘lovchisi bilan bog‘laydi hamda “A va B” , “A B” , “A  B” kabi ko‘rinishlarda yoziladi. Mantiqiy ko‘paytirishni jadval yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:

A

B

A B

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0








Mantiqiy qoshish amali: A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo‘lganda rost bo‘ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi.

Mantiqiy ko‘paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “YOKI” bog‘lovchisi bilan bog‘laydi hamda va “A yoki B”, “A B”, “A + B” kabi ko‘rinishlarda yoziladi.

Mantiqiy qo‘shish amalini jadval ko‘rinishida quyidagicha ifo­dalash mumkin:

A

B

A B

1

1

1

1

0

1

0

1

1

0

0

0








Mantiqiy inkor amali: A mulohaza rost bo‘lganda yolg‘on, A yolg‘on bo‘lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.

A

A

1

0

0

1

Mantiqiy inkor amali «A EMAS» , “ A” , “ ” ko‘rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amali jadval ko‘rinishida qu­yidagicha ifodalanadi:






Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy o‘zgaruvchilar, munosabat­lar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar ho­sil qilish mumkin ekan.

Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor ( ), mantiqiy ko‘paytirish (  ), mantiqiy qo‘shish ( ).

Teng kuchli yoki bir xil amallar ket ma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o‘ngga qarab, tartib bilan bajariladi; ifodada qavslar ishtirok etgan holda esa dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Qavslar ichma-ich joylashgan bo‘lsa, dastlab eng ichkaridagi qavslar ichidagi amallar bajariladi.

Mantiq nazariyasida kerakli qonunlar:


Qonun

YOKI uchun

VA uchun

O‘rin almashtirish

x y = y x

x y= y x

O‘rinlashtirish

x( y z) = ( x y)  z

x ( y z) = ( x y)  z

Taqsimot

x  ( y z) = ( x y)  ( x z )

x ( y z) = ( x y)  ( x z )

De Morgan qonuni

Idempotensiya

x x = x

x x= x

Yutilish

x ( x y) = x

x  ( x y) = x

Ulanish

( x y)  ( y ) = y

( x y)  ( y ) = y

O‘z aksi bilan amallar

x = 1

x = 0

O‘zgarmaslar bilan amallar

x  0 = x , x  1 = 1

x  1 = x , x  0 = 0

Ikkilamchi inkor

= x


Mantiqiy amallarga misollar keltiramiz.

1 – misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A “EMAS”) mulohazaning qiymati qanday bo‘ladi?

Yechish. A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) yolg‘on qiymatga ega bo‘ladi. U holda rost va yolg‘on qiymatlarning ko‘paytmasidan (“va” amali) yolg‘on natijaga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, javob “yolg‘on” ekan.

2 –  misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilsa, A B A amal qanday qiymatga ega bo‘ladi?

Yechish. A va B mulohazalar rost qiymatli bo‘lganligi uchun A B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko‘ra ikkita rostni mantiqiy qo‘shishdan rost hosil bo‘ladi. Demak, javob “rost” ekan.

3 – misol. (Е  D) A B ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.

Yechish. –2,4 3,2 munosabat noto‘g‘ri bo‘lganligidan bu natija “yolg‘on” bo‘ladi. A “rost” qiymat qabul qilganligidan, (Е D) A amal yolg‘on qiymat qabul qiladi. B “rost” bo‘lganidan B “yolg‘on” qiymatli bo‘ladi. U holda (Е  D) A B amal “yolg‘on” qiymat qabul qiladi. Demak, natija “yolg‘on” ekan.


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.

O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.


Uyga vazifa:

10 ta test tuzib kelish, mashqlar.

Savol va topshiriqlar

    1. Sodda mulohazalar deb nimaga aytiladi va ular qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?

    2. Mantiqiy ko‘paytirish deb nimaga aytiladi?

    3. Mantiqiy ko‘paytirish jadvalini og‘zaki ayting.

    4. Mantiqiy qo‘shish deganda nimani tushunasiz?

    5. Mantiqiy qo‘shish jadvalini og‘zaki aytib bering.

    6. Mantiqiy inkor deganda nimani tushunasiz va uning jadva­li qanday?

    7. Ikkilik sanoq sistemasidagi arifmetik amallar bilan mantiqiy amallarni bog‘lay olasizmi?




8A

8B

8V

8G

1





2





O’IBDO’: