O‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari
Ingliz til fanini
5-9 sinflar uchun
O‘quv Dasturi
___________
DAVLAT TA’LIM STANDARTINING TUZILISHI
Chet tillar bo‘yicha uzluksiz ta’lim uchun davlat ta’lim standarti quyidagilarni belgilab
o‘quv fanining maqsad va vazifalari;
chet tilini o‘qitish va o‘rganishning mazmuni;
ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining majburiy tayyorgarlik
darajalariga qo‘yiladigan talablar.
O‘QUV FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
Chet tili kommunikativ kompetensiyasi – o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyatidir.
Ushbu hujjatda kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish) bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko‘zda tutadi.
Pragmatik kompetensiya o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Mazkur standartda diskurs kompetensiyasi pragmatik kompetensiya tarkibiga kiritildi. Mazkur kompetensiya og‘zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni nazarda tutadi. Diskurs kompetensiyasi og‘zaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashda lingvistik signallarni tushunish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini nazarda tutadi.
TA’LIM MAZMUNI
Ta’lim mazmuni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning fanlar bo‘yicha
o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzulardan iborat. O‘quv materiali ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi.
Har bir ta’lim bosqichida mazkur standart mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqishda minimum sifatida foydalaniladi.
BITIRUVCHILAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKA DARAJALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Bitiruvchilarning chet tillar bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘yicha uzviy bo‘lib, nutq ko‘nikma va malakalarning deskriptorlari “can do” mazmunida tasvirlangan hamda kerakli joylarda grammatika, leksika, fonetika va orfografiya bilan to‘ldirilgan. Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida nutq ko‘nikma va malakalarning deskriptorlari chet tillarni bilishning umumyevropa tizimiga o‘zaro bog‘liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Bitiruvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malaka darajalariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar
har bir darajani to‘liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bosqichida o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi,
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutilishi lozim.
TA’LIM MAZMUNI
Ta’lim mazmuni o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzulardan iborat. O‘quv materiali ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi.
Har bir ta’lim bosqichida mazkur standart mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqishda minimum sifatida foydalaniladi.
CHET TILI BO‘YICHA A2 VA A2+ DARAJA UCHUN TA’LIM MAZMUNI
Kompetensiyalar | Ta’lim mazmuni |
Mavzular | Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazo). Ijtimoiy hayotga oid mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar). Ta’limga oid mavzular (maktab, o‘qish va o‘qitish, maktabdagi fanlar va hokazo). Madaniyatga oid mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar tarixi, madaniyati va geografiyasi). |
Lingvistik kompetensiya | Nutqiy kompetensiya | Tinglab tushunish | Tinglab tushunish. Darsga oid ko‘rsatmalar va o‘qituvchi nutqi. Hikoyalar, ob-havo ma’lumotlari, e’lonlar, TV va radio dasturlar. O‘rganilayotgan til sohibining tasmaga yozilgan nutqi (qo‘shiqlar, she’rlar, dialoglar va boshqalar). Rivojlantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar: asosiy mazmunini tushunish uchun tinglash; to‘liq batafsil tushunish uchun tinglash; muayyan masalalar yoki ma’lumotlar uchun tinglash. |
Gapirish | Dialogik nutq. Rasmiy va norasmiy salomlashish. O‘zini tanishtirish. Rozi bo‘lish va rad etish. Gapni takrorlash va aniqlashtirishni iltimos qilish. Ma’lumot olish va berish. Tabriklash. Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish. Monolog nutq. Voqea yoki tajribani sodda bayon qilish. Qisqa hikoyani gapirib berish. Yoshiga mos mavzuda sodda va qisqa taqdimot qilish. O‘rganilayotgan chet tili materiali asosida qisqa hisobot berish. |
O‘qish | O‘rganilgan va o‘rganilayotgan til materialidan tashkil topgan qisqa matnlarni o‘qish. Tarkibida ma’nosini taxmin qila olish mumkin bo‘lgan ba’zi yangi so‘zlardan iborat badiiy va media matnlarni o‘qish. Qisqa xabarlardan iborat sodda xatlarni o‘qish. Darsdan bo‘sh vaqtlarida sodda hikoyalar va she’rlarni o‘qish. Rivojlantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini |
| | | tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, yorliqlar va hokazo). |
Yozish | Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar, xatlar va hokazolar)ni yozish. Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldirish. |
Til kompetensiyasi | Grafika va orfografiya | Punktuatsiya va orfografiya qoidalarini o‘rganishni takomillashtirish. |
Fonetik kompetensiya | Tovushlarni gapda va yakka holda tinglaganda farqlay olish. Kommunikativ vaziyatlarda gapning kommunikativ turlari (darak, so‘roq, buyruq gap)ga mos ravishda ritm va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanish. Til tovushlarini, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga nutqda ishlatishni mashq qilish. |
Leksik kompetensiya | Mavzuga oid so‘zlarni oddiy matnda to‘g‘ri ishlata olish. So‘z tuzilishi (qo‘shma so‘zlar va affiksatsiya), boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar (baynalminal so‘zlar) haqida ilk tushunchalarni shakllantirish. |
Grammatik kompetensiya | So‘z turkumlari. Sintaksisning asosiy qoidalari. Fe’lning hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon shakllari. Aniq va majhul nisbat. Boshqalar. |
Sotsiolingvistik kompetensiya | O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish hamda ba’zi masalalarning tilga bog‘liqligini anglash, masalan, salomlashish odati, murojaat shakllari, xushmuomalalikning asosiy me’yorlari va hokazo. Ijtimoiy vaziyatlarda imo-ishoraning ahamiyati. |
Pragmatik kompetensiya | Tanish vaziyatlarda kerakli til vositalarini tanlash. Oddiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma nutqda fikrlarni uzviy ifoda eta olish. |
CHET TILI BO‘YICHA A 2 VA A 2+ DARAJA BITIRUVCHILARI TAYYORGARLIGI DARAJASIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Kompetensiya | Bilish va qo‘llay olish |
Lingvistik kompetensiya | Nutqiy kompetensiya | Tinglab tushunish | A2 O‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi. Biror yerga borish bo‘yicha sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi. Sodda xabarlar va e’lonlardagi asosiy ma’nolarni tushuna oladi. A2+ |
| | | Kundalik mavzulardagi tasmaga yozilgan parchalardan muhim ma’lumotlarni tushuna oladi. Muhokama etilayotgan masalaning asosiy mavzusini aniqlay oladi. |
Gapirish | Dialog. A2 To‘g‘ri ma’lumot ola biladi va bera oladi. Salomlasha oladi va murojaat qila oladi. Taklif, tavsiya qila oladi va taklifga javob bera oladi, uzr so‘rashning sodda kundalik shakllarini ishlata oladi. Qisqa muloqotda ishtirok eta oladi. Sodda iboralardan foydalanib tanish mavzuda o‘z fikrini ifoda eta oladi. Sodda yumushlar (masalan chiptalar sotib olish, xarid qilish, oshxonada taom buyura olish)ni amalga oshira oladi. Tushunmaganligini bildira oladi. A2+ Ommaviy vaziyatlarda odamlar bilan muloqotga kirisha oladi. Qisqa suhbatlarda o‘z rejalari haqida muammosiz ishtirok eta oladi (masalan, kechqurun yoki dam olish kunlari rejalari bo‘yicha). Kundalik hayotga oid o‘zi qiziqqan yoki o‘ziga bevosita aloqador mavzularda qisqa suhbatlarda ishtirok eta oladi. Oldindan rejalashtirilgan kundalik suhbatlarda ma’lum tanish mavzularda savol-javob qila oladi, fikr va ma’lumot almasha oladi. Boshqalar fikriga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslikni ifodalay oladi. Chet tilida ma’lumot, yo‘riqnomalar va boshqalar yuzasidan tegishli javoblarni qaytara oladi (masalan ko‘chada o‘rganilayotgan til sohibi bo‘lgan so‘zlashuvchi murojaat qilganda). Monolog. A2 Odamlar, yashash yoki ish joyi sharoitlari, kundalik ishlar, yoqtirgan/yoqtirmagan narsalar va boshqalarni sodda qilib tasvirlay oladi yoki taqdimot qila oladi. Sodda iboralar bilan odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi. A2+ Tanish mavzuda qisqa taqdimot qila oladi. Nimani yoqtirishi yoki yoqtirmasligini tushuntira oladi. Tadbir yoki voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumot bera oladi. |
| | | Rejalar, tadbirlar, odatlar va tajribalarni tasvirlay oladi. Sodda iboralar bilan predmetlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi. |
O‘qish | A2 Juda qisqa sodda autentik va yarim-autentik matnlarni tushuna oladi. Qisqa shaxsiy sodda xabarlar va xatlarni tushuna oladi. Jamoat joylaridagi umumiy belgilar va e’lonlarni tushuna oladi. Sodda yozma ko‘rsatmalarni tushuna oladi. Ro‘yxatlar, veb saytlar, qo‘llanmalar va boshqalardagi maxsus ma’lumotlarni qidirib topa oladi. A2+ Standart xatlarning asosiy turlarini tushuna oladi (masalan, tasdiqlash xati kabi). Ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni tushuna oladi. Tovarlar va asbob-uskunalarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi. Faktlarga asoslangan matnlarda, masalan broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan maxsus ma’lumotlarni topa oladi. Ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini kontekstga qarab aniqlay oladi. |
Yozish | A2 Sodda qisqa xat va xabarlar yoza oladi (masalan, minnatdorchilik bildirish, uzr so‘rash xatlari). Anketani turli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldira oladi (ism-sharifi, manzili, telefon raqami, millati, ota-onasi bilan ulanish haqida ma’lumotlar va hokazo). Kundalik turmush haqida yoza oladi. Sodda biografiya yoza oladi. Sodda she’rlar yoza oladi. A2+ Tadbirlar va shaxsiy tajribalarni tasvirlab yoza oladi. Og‘zaki xabarni tushunarli qilib yoza oladi. |
Til kompetensiyasi | Fonetik kompetensiya | Chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi. So‘z va gap urg‘usidan to‘g‘ri foydalana oladi. Kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellaridan to‘g‘ri foydalana oladi va ularni farqlay oladi. |
Leksik kompetensiya | O‘zlashtirilgan leksik birliklarni kontekstda qo‘llay oladi. Mavzuga oid sodda so‘zlarni kommunikativ |
| | | vaziyatlarda qo‘llay oladi. Ba’zi baynalminal va o‘zlashgan so‘zlarni taniy oladi va ularni qo‘llay oladi. So‘z yasashning turli yo‘llarini farqlay oladi (qo‘shma so‘zlar, prefikslar va suffikslar). |
Grammatik kompetensiya | Kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik va sintaktik tuzilmalarni qo‘llay oladi. So‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni “ammo”, “va”, “chunki” kabi sodda bog‘lovchilar bilan bog‘lay oladi. Fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalangan holda bayon qilish va hikoyalarni gapirib berishda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ifodalay oladi. |
Grade 5 Syllabus (102 hours)
Grade 6 Syllabus (102 hours)
Grade 7 Syllabus (102 hours)
Grade 8
Syllabus (102 hours)
Darslar tartibi | Mavzu nomi | Soat | Taqvimiy muddat | |
I CHORAK | |
1-2-dars | On the telephone | 2 | | |
3-4-dars | Business phone calls | 2 | | |
5-6-dars | At the post office | 2 | | |
7-dars | 1-Dictation | 1 | | |
8-9-dars | Letters | 2 | | |
10-11-dars | Fax, Internet, e-mail … what next? | 2 | | |
12-13-dars | The future language | 2 | | |
14-dars | Pronunciation, Grammar exercises | 1 | | |
15-dars | 1-Mustaqil ish. Diolog tuzish | 1 | | |
16-17-dars | What is work? | 2 | | |
18-19-dars | Personal qualities and jobs | 2 | | |
20-21-dars | Applying for a job | 2 | | |
22-23-dars | A day in the life of … | 2 | | |
24-25-dars | A worthwhile job | 2 | | |
26-dars | Project | 1 | | |
27-dars | 2-Nazorat ishi. Test | 1 | | |
II CHORAK | |
28-29-dars | Education in Uzbekistan and the USA | 2 | | |
30-dars | Education in England and Wales | 1 | | |
31-32-dars | Estover Community College | 2 | | |
33-dars | A day in the life of a pupil | 1 | | |
34-dars | State versus private education | 1 | | |
35-dars | Project | 1 | | |
36-dars | 3-Nazorat ishi. Yozma ish | 1 | | |
37-dars | Grammar exercises | 1 | | |
38-dars | 2-Mustaqil ish. Matn tuzish | 1 | | |
39-40-dars | School rules in Uzbekistan, the UK and the USA | 2 | | |
41-dars | School policy | 1 | | |
42-43-dars | Extra – curricular activities | 2 | | |
44-dars | School Council | 1 | | |
45-dars | School as a centre for community | 1 | | |
46-dars | Project | 1 | | |
47-dars | 4-control work Test | 1 | | |
48-dars | Revision | 1 | | |
III CHORAK | |
49-50-dars | National flags and emblems | 2 | | |
51-dars | Democracy in Uzbekistan | 1 | | |
52-dars | The USA is a republic. | 1 | | |
53-dars | The UK is a constitutional monarchy | 1 | | |
54-55-dars | Westminster and Washington | 2 | | |
Grade 9 Syllabus (102 hours)
56-dars | Project | 1 | |
57-dars | Pronunciation, Grammar exercises | 1 | |
58-dars | 5-Dictation | 1 | |
59-60-dars | Political parties in Uzbekistan and Great Britain | 2 | |
61-62-dars | Local government | 2 | |
63-dars | Small political parties in the USA | 1 | |
64-dars | This party believes that … | 1 | |
65-dars | Our manifesto | 1 | |
66-dars | Project | 1 | |
67-dars | 3-Individual work Translation of article from the newspaper | 1 | |
68-dars | Grammar exercises | 1 | |
69-70-dars | What is marketing and promotion? | 2 | |
71-72-dars | Special offers | 2 | |
73-74-dars | The power of advertising | 2 | |
75-76-dars | Advertising standards | 2 | |
77-dars | I want to make a complaint | 1 | |
78-dars | Project | 1 | |
IV CHORAK |
79-dars | 6-Nazorat ishi. Test | 1 | |
80-dars | Revision | 1 | |
81-dars | Grammar exercises | 1 | |
82-dars | We have had our house painted | 1 | |
83-dars | At the hairdresser | 1 | |
84-dars | I’ve broken my heel | 1 | |
85-86-dars | Industry in Uzbekistan | 2 | |
87-dars | Industry in the UK and the USA | 1 | |
88-dars | 7-Nazorat ishi. Yozma ish | 1 | |
89-dars | Project | 1 | |
90-dars | 4-Individual work Description of the picture | 1 | |
91-dars | Grammar exercises | 1 | |
92-dars | Uzbekistan and the UN | 1 | |
93-dars | UNESCO and UNICEF in Uzbekistan | 1 | |
94-95-dars | NGOs are organizations which … | 2 | |
96-dars | Multi-nationals | 1 | |
97-dars | One world – in English? | 1 | |
98-dars | Project | 1 | |
99-dars | 8-Nazorat ishi | 1 | |
100-dars | Revision | 1 | |
101-102-dars | Grammar exercises | 2 | |
Сана, синф (параллел синфлар учун битта мавзу бўйича алоҳида-алоҳида дарс ишланмаси(конспект)ни ёзиш шарт эмас, битта мавзуга битта дарс ишланмаси ёзилса кифоя. 5-а, б-синфлар деб кўрсатилади), фан номи ёзилади.
Дарснинг мавзуси (тақвим-мавзу режа асосида).
Дарс мақсади (дарсга қўйилган мақсад 45 дақиқа давомида бажариладиган(эришиладиган), аниқ, ҳаётий (реал) ва дарс якунида баҳоланадиган(ўлчамли)бўлиши мақсадга мувофиқ):
а) Таълимий мақсад - дарс жараёнида ўқувчиларда шакллантириладиган билим, кўникма ва малакалар асосида белгиланади;
б) Тарбиявий мақсад - дарс жараёнида ўқувчиларда қайси ахлоқий сифатлар шакллантирилиши асосида белгиланади;
с) Ривожлантирувчи мақсад - дарс натижасида ўқувчиларда қайси билимлар ва ахлоқий фазилатлар ривожлантирилиши асосида белгиланади.
Дарс тури: (қуйидагича бўлиши мумкин: янги тушунча, билимларларни шакллантирувчи; ўқувчиларнинг билим, кўникма ва малакаларини ривожлантирувчи; умумлаштирувчи; ўқувчилар эгаллаган билим, кўникма ва малакаларни таҳлил, назорат қилувчи дарслар).
Дарсда фойдаланиладиган турли хил методлар (анъанавий,замонавий, интерфаол кабилар)дан энг яхшиси бу ўтилаётган мавзунинг ўқувчилар томонидан самарали ўзлаштирилишига хизмат қиладигани.
Дарсда фойдаланиладиган жиҳозлар (техник воситалар, кўргазмали ва дидактик материаллар).
Дарсни таркибан қуйидаги қисмларга ажратиш мумкин:
Ташкилий қисм;
Ўтилган мавзуни такрорлаш (мустаҳкамлаш);
Янги мавзуни тушунтириш;
Янги мавзуни мустаҳкамлаш;
Ўқувчиларни баҳолаш;
Уйга вазифа бериш.
Дарс ишланмаси (конспект) ҳамма ўқитувчида бўлиши шарт. Лекин дарс ишланмаси қандай ҳажмда, неча варақдан иборат бўлиши ўқитувчининг маҳоратига боғлиқ. Бунда ҳамма ўқитувчи учун бир хил чегара, чекланиш ўрнатиб бўлмайди.
Агарда ўқитувчи дарс бераётган ўқувчиларининг ўзлаштириш самарадорлиги юқори бўлса, ўқувчилари турли кўрик-танловларда юқори натижаларга эришган бўлса, ўқитувчининг дарс жараёнига мактаб маъмурияти ва ҳудудий халқ таълими бошқаруви идоралари ходимлари томонидан ҳалақит беришларига йўл қўйилмайди.
Дарс ишланмаси (конспекти) қўлёзма шаклида ёки компьютерда ҳам ёзилиши мумкин. Дарс ишланмасини компьютерда ёзишнинг энг муҳим ягона шарти, шу ўқитувчининг ўзи компьютерда ишлашни билиши лозим.
Директорнинг ўқув тарбиявий ишлар бўйича ўринбосари ҳар бир ўқитувчининг дарс ишланмасини кўриб, тасдиқлаш жараёнида ўқитувчиларда дарсга кириш учун қуйидаги энг минимум ҳужжатлар бўлишини назорат қилади:
- дарс ишланмаси (конспекти)
- тақвим-мавзу режа
- ўқув дастури
- дарслик
Ҳар бир ўқитувчи унинг энг биринчи асосий вазифаси
сифатли дарс ўтиб, яхши тарбия бериш эканлигини,
дарснинг муқаддаслигини масъулият билан англаши лозим
“ДАРС – МУҚАДДАС” Умумтаълим мактабларида ЎҚув-тарбия жараёнини самарали ташкил этиш бЎйича тавсиялар
Таълим-тарбия тизимининг бугунги кундаги асосий вазифаси ўсиб келаётган ёшларни ватанпарвар, замонавий билим, кўникма ва малакаларни ўзлаштирган ҳамда жамиятда ўз муносиб ўрнини эгаллашга қодир бўлган — комилликка интиладиган баркамол авлодни вояга етказишдир.
Халқимизнинг шундай эзгу мақсадларини рўёбга чиқариш йўлида мустақиллик йилларида Юртбошимиз раҳнамолигида таълим-тарбия сифати ва самарадорлигини замон талаблари даражасига кўтариш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Бунинг учун давлат умуммиллий дастури доирасида барча шароитлар яратилди. Бугунги кунда илм-фан, техника ва ишлаб чиқариш соҳаларининг тез суръатларда жадаллик билан ривожланиши барча таълим муассасаларида таълим-тарбия сифатини мазмун жиҳатидан янги босқичга кўтаришни талаб этмоқда. Бу ўз ўрнида ҳар бир тизим ходими, айниқса, ўқитувчилар зиммасига янада юксак масъулият ва вазифаларни юклайди. Негаки, рад қилиб бўлмайдиган бир ҳақиқат бор — қилинган барча саъй-ҳаракатлар охир-оқибат ўқитувчи меҳнати орқали ўз натижасини намоён этади. Шундай экан, педагоглардан виждонан меҳнат қилиш, ёруғ келажагимиз олдидаги масъулиятлилик, кўрсатилаётган юксак эътиборга муносиб жавоб бериш талаб этилади. Бу эса фарзандларимизнинг чуқур билим эгаллашларида асосий роль ўйнайдиган сифатли дарсда намоён бўлади.
Бугун ҳар бир ўқитувчи ўзига ишониб топширилган ҳар бир соат дарсни муқаддас деб билиши ва унга заррача хиёнат қилиб бўлмаслигини ҳис этиши лозим. Ана шу мақсадда Халқ таълими вазирлиги томонидан ишлаб чиқилиб, таълим жараёнига татбиқ этилаётган “Дарс — муқаддас” деб номланган, умумтаълим мактабларида ўқув-тарбия жараёнини самарали ташкил этишда ўқитувчиларга ёрдам берадиган тавсиялар мажмуи эътиборингизга ҳавола этилмоқда. Ўйлаймизки, ушбу тавсияларга фидойи ўқитувчиларимиз ижодкорлик билан ёндашган ҳолда, уларни ўзларининг янгидан-янги тажрибалари билан бойитади. Масалан, Фарғона вилояти халқ таълими бошқармасининг вилоятдаги барча ўқитувчи-мураббийлар, ўқувчилар ва уларнинг ота-оналари иштирокида мазкур тавсияларни жараёнга татбиқ этиш юзасидан чора-тадбирлар режасини тузиб олганлиги, Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармасининг “Бугуннинг дарси ўқитувчи нигоҳида” шиори остида ўтказилган фестиваллар каби дарснинг сифатини оширишга қаратилган ташаббуслари ана шундай ўзига хос ёндашувга мисол бўлади.
Муҳтарам устозлар, сизлардан ҳам бу борада янгиликлар, ташаббуслар ва фарзандларимизни юксак интеллектуал билимли қилиб тарбиялаш йўлидаги муваффақиятларингизни кутиб қоламиз.
I. “ДАРС – МУҚАДДАС” тадбирини амалга ошириш:
Ўқитувчининг дарсга пухта тайёргарлиги таълим муваффақияти ва самараси гаровидир.
Дарс бу, синфда тақвим-мавзу режа асосида белгиланган вақт давомида ўқитувчи томонидан ўқувчилар учун ўқув-тарбия жараёнининг мақсадли ташкил этилишидир.
Шундай экан, ҳар бир ўқитувчи дарсга сифатли ва пухта тайёрланмасдан киришни инсонийликка, пок виждонга хиёнат эканлигини ва иш ҳақини ҳалоллаб олиш лозимлигини ҳис қилиши керак. Чунки, ҳар бир фан ўқитувчиси фаолияти асосини сифатли дарс ўтиш, ўқувчиларга яхши таълим-тарбия бериш ташкил этади.
Ўқитувчининг дарсга тайёргарлиги шартли равишда қуйидаги икки босқичдан иборат:
1. Ўқитувчининг ўз фани юзасидан умумий тайёргарлиги.
2. Ўқитувчининг ҳар бир дарсга кундалик тайёргарлиги.
Ўқитувчининг умумий тайёргарлиги мунтазам амалга ошириб бориладиган жараён бўлиб, ўқув йили бошланиши олдидан қуйидагиларни қамраб олади:
— Давлат таълим стандарти (ДТС), ўқув дастури, ўқув режа ҳамда уларга берилган тушунтириш хатларини ўрганиб чиқиш;
— Ўзи дарс берадиган ўқув фанига оид янги илмий ва методик адабиётларнинг мазмуни билан танишиш;
— тегишли кўргазма материалларни, ўқув-жиҳозларини ўрганиш, уларни қўллай билиш;
— илғор ўқитувчиларнинг иш тажрибаларини ўрганиш, таҳлил қилиш орқали ўз билимини кенгайтириш;
— компьютер техникасидан фойдаланиш кўникмасини шакллантириб, бу борадаги маҳоратини ошириш, электрон дарсликлар, матн муҳаррирлари, “ZiyoNet” ахборот таълим порталига жойланган маълумотлардан самарали фойдаланиш кабилардир.
Ўқитувчининг дарсга кундалик тайёргарлиги энг асосий вазифалардандир.
Дарсга тайёргарлик кўриш қуйидаги босқичларда амалга оширилиши лозим:
1-босқич: Тақвим-мавзу режадаги янги мавзу ва унга ажратилган вақт (соат) аниқлаштириб олинади.
Ўқитувчининг тақвим-мавзу режасининг намунавий шакли
Т.р | Мавзулар | Мавзуга ажратилган дарс соати | Дарс ўтиладиган сана (Дарс жадвали бўйича сана ёзилади) | Изоҳ |
1. | | | | |
2. | | | | |
3. | | | | |
2-босқич: ДТС ва ўқув дастуридан ўтилаётган мавзу юзасидан ўқувчида қандай тушунчалар (билим, кўникма ва малакалар) шакллантирилиши лозимлиги аниқлаштирилиб, шу асосида дарс мақсадлари белгилаб олинади.
3-босқич: Мавзу асосида дарсда фойдаланиладиган техник воситалар, электрон манбалар, слайдлар, кўргазмали ва дидактик материаллар, адабиётлар ўрганиб чиқилади ҳамда дарс ишланмаси (конспекти) ёзилади.
Дарс ишланмаси (конспект)нинг таркибий қисмлари қуйидагилардан иборат:
Сана, синф (параллел синфлар учун битта мавзу бўйича алоҳида-алоҳида дарс ишланмаси(конспект)ни ёзиш шарт эмас, битта мавзуга битта дарс ишланмаси ёзилса кифоя. 5-«А», «Б» синфлар деб кўрсатилади), фан номи ёзилади.
Дарснинг мавзуси (тақвим-мавзу режа асосида).
Дарс мақсади (дарсга қўйилган мақсад 45 дақиқа давомида бажариладиган (эришиладиган), аниқ, ҳаётий (реал) ва дарс якунида баҳоланадиган(ўлчамли) бўлиши мақсадга мувофиқ):
а) таълимий мақсад — дарс жараёнида ўқувчиларда шакллантириладиган билим, кўникма ва малакалар асосида белгиланади;
б) тарбиявий мақсад — дарс жараёнида ўқувчиларда қайси ахлоқий сифатлар шакллантирилиши асосида белгиланади;
с) ривожлантирувчи мақсад — дарс натижасида ўқувчиларда қайси билимлар ва ахлоқий фазилатлар ривожлантирилиши асосида белгиланади.
Дарс тури: янги тушунча, билимларни шакллантирувчи; ўқувчиларнинг билим, кўникма ва малакаларини ривожлантирувчи; умумлаштирувчи; ўқувчилар эгаллаган билим, кўникма ва малакаларни таҳлил, назорат қилувчи каби дарс турлари бўлиши мумкин.
Дарсда фойдаланиладиган методлар: бунда анъанавий, замонавий, интерфаол методлардан ўтилаётган мавзунинг ўқувчилар томонидан самарали ўзлаштирилишига хизмат қиладиганини оқилона танлаш лозим.
Дарсда фойдаланиладиган жиҳозлар: техник воситалар, слайдлар, кўргазмали ва дидактик материаллар.
Дарсни таркибан қуйидаги қисмларга ажратиш мумкин:
ташкилий қисм;
ўтилган мавзуни такрорлаш (мустаҳкамлаш);
янги мавзуни тушунтириш;
янги мавзуни мустаҳкамлаш;
ўқувчиларни баҳолаш;
уйга вазифа бериш.
Дарс ишланмасини тайёрлашда ўқитувчи дарснинг ҳар бир қисмини эътиборга олиши мақсадга мувофиқ.
Дарс ишланмаси (конспект) ҳамма ўқитувчида бўлиши шарт. Лекин дарс ишланмаси қандай мазмунда, ҳажмда ва неча варақдан иборат бўлиши ўқитувчининг дарс ўтишдаги ўзига хос ёндашувидан келиб чиққани маъқул. Бунда ҳамма ўқитувчи учун бир хил чегара, чеклов ўрнатиб бўлмайди.
Агарда ўқитувчи дарс бераётган ўқувчиларнинг ўзлаштириш самарадорлиги юқори бўлса, улар турли кўрик-танловларда юқори натижаларга эришган бўлса, ўқитувчининг дарс жараёнига мактаб маъмурияти ва ҳудудий халқ таълими бошқаруви идоралари ходимлари томонидан ҳалақит беришларига йўл қўйилмайди.
Дарс ишланмаси (конспекти) қўлёзма шаклида ёки компьютерда ёзилиши мумкин. Дарс ишланмасини компьютерда ёзиш учун эса ўқитувчи, албатта, ўзи компьютерда ишлашни билиши лозим.
Директорнинг ўқув-тарбиявий ишлар бўйича ўринбосари ҳар бир ўқитувчининг дарс ишланмасини кўриб, тасдиқлаш жараёнида уларда дарсга кириш учун қуйидаги энг муҳим(минимум) ҳужжатлар бўлишини назорат қилади:
— дарс ишланмаси (конспекти);
— тақвим-мавзу режа;
— ўқув дастури;
— дарслик.
Ўқитувчиларнинг дарсларини таҳлил қилиш — самарадорликка хизмат қилади.
Ўқитувчиларни ўз устида мустақил ишлашлари, ижодий изланишлари орқали таълим самарадорлигини оширишга ёрдам берадиган омиллардан бири — мунтазам равишда ўқитувчиларнинг дарсларини таҳлил қилишдир.
Ўқитувчи дарсини кузатиш ва таҳлил қилиш, уларнинг педагогик маҳорати, иш тизими, ўқувчиларининг ўзлаштириши, билим даражаси каби соҳавий ва касбий лаёқати юзасидан хулоса чиқариш ҳамда ўқитувчиларнинг ўзаро тажриба алмашиш имконини беради.
Дарс таҳлили кузатиш ва ўрганиш шаклида олиб борилади.
Халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш туман (шаҳар) бўлими мудирлари, ўринбосарлари, методистлари томонидан ҳафтасига камида 2 соат, таълим муассасалари директорлари, уларнинг ўринбосарлари томонидан
4 соат, фан методбирлашма раҳбари томонидан 2 соат, ўқитувчилар томонидан 1 соат ўқитувчилар дарслари кузатилиши ва таҳлил қилиниши белгиланган.
Дарс кузатиш ва таҳлил қилиш орқали ўқувчиларнинг умумий тайёргарлиги, билим олишдаги фаолликлари, фанга бўлган қизиқишлари, ўқув материаллари ва жиҳозлар билан мустақил ишлай билишлари, ўқитувчига бўлган муносабатлари аниқланиб, таҳлилга тортилади. Бунда асосий мезонлар сифатида ўқитувчи томонидан дарс мақсадининг тўғри қўйилганлиги, ўқув дастури асосида дарс жараёнини тўҚри режалаштириши, материалларини билиш даражаси, янги мавзуни тушунтириш жараёнида асосий Қояни ажратиб олиши, илмийлик, кўргазмалилик тамойилларига риоя қилиши, дарсда ҳамкорликка эриша олиши, билим ва кўникмаларни ўзлаштиришни назорат этиши, дарс мобайнида вақтдан унумли фойдаланиши ва педагогик муомала маданиятини эгаллаганлик даражаси каби жиҳатлар инобатга олинади.
Унутмангки, сифатли дарс — бу, ўқувчилар томонидан самарали ўзлаштирилган дарс.
Дарс бошлангандан кейин ҳеч кимнинг ушбу жараёнга ҳалақит беришига йўл қўйилмайди.
Дарснинг таҳлили қуйидаги турларга бўлинади:
1. Илмий таҳлил. 2. Психологик таҳлил. 3. Методик таҳлил. 4. Дидактик таҳлил.
5. Умумпедагогик таҳлил ва бошқа таҳлиллар (ёки буларнинг ҳаммасини қамраб оладиган комплекс таҳлил).
Ўқитувчиларнинг дарсларини тизимли таҳлил қилиш ўқитувчиларга амалий-методик тавсиялар беришга ва натижада дарс самарадорлигининг ошишига хизмат қилади.
Таълим муассасаларидаги фан методбирлашмаларининг асосий вазифаси ўзаро тажриба алмашиш асосида таълим ва тарбия жараёнининг илғор педагогик технологиялар асосида самарали ташкил этилишини таъминлашдан иборат.
Фан методбирлашмалари таълим муассасаларида фан ойликлари, очиқ дарслар фестиваллари жараёнида ўтказиладиган барча турдаги машғулотларнинг асосан ўрганилиши қийин ёки мураккаб бўлган мавзулар асосида ташкил этилишини таъминлайди.
Ҳар бир фан йўналишидаги методбирлашмаларда “Мен ўзлаштирилиши қийин бўлган мавзулар бўйича дарсларни қандай ташкил этаман?” мавзусидаги очиқ муҳокамалар ташкил этилади.
Фан ўқитувчилари астойдил, виждонан ёндашган ҳолда “Билимлар беллашуви”да ўқувчиларининг фаол иштирокини таъминлайди. “Устоз-шогирд” тизимида, “ўрган-ўргат” тадбирларида чин юракдан, фаол иштирок этадилар.