6 – dars. Mantiqiy elementlar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni mantiqiy amallar yordamida mos tushish, yig’uvchi va inventor sxemasini hisoblashga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, milliy istiqlol ruhini singdirish.
Rivojlantiruvchi: kompyuterlarning mantiqiy elementlari, mos tushish sxemasi, yig’uvchi sxema, inventor sxemasi, trigger.
Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.
Dars metodi: an`anaviy, amaliy, aqliy hujum, interfaol usullar.
Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)
Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)
O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)
Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)
I.Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
sinf jurnalini tekshirish
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: mantiqiy amallar mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Kompyuterlarning mantiqiy elementlari bo‘lib VA, YOKI, EMAS, VA-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa elektron sxemalar, hamda trigger xizmat qiladi. VA, YOKI, EMAS elektron sxemalar bilan darslikda tanishdingiz.
VA-EMAS elektron sxemani VA elektron sxema va EMAS elektron sxema tashkil etadi, ya’ni uning qiymati (X Y) ga teng bo‘ladi. Bu elektron sxemaning rostlik jadvali quyidagicha:
X | Y | (X Y) |
0 | 0 | 1 |
0 | 1 | 1 |
1 | 0 | 1 |
1 | 1 | 0 |
Boshqa elektron sxemalar ham shu kabi aniqlanadi.
1-misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang.
1
0
1
Yechish: Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo‘lgani uchun chiqishida 10=0 bo‘ladi. Bu 0 ikkinchisi bosqich – YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko‘rinib turgandek YOKI elementning ikkinchi kirishiga 1 keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1+0=1 hosil bo‘ladi.
Javob: 1
2-misol. Quyidagi sxema chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
? 0 0
?
Yechish: Sxemada uchta bosqich bor. 3-bosqich chiqishda 0 ekanini bilgan holda orqaga qarab yuramiz:
3-bosqich (EMAS elementi) chiqishida 0 bo‘lishi uchun kirishida 1 bo‘lishi kerak.
2- bosqich (YOKI elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun birinchi kirishida 0 ekanligini hisobga olgan holda ikkinchi kirishida 1 bo‘lishi kerak.
1- bosqich (VA elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun ikkala kirishida ham 1 bo‘lishi kerak.
Javob: Ikkala kirishida 1 bo‘lishi kerak.
3-misol. Quyidagi sxemada barcha YOKI elementlarini VA hamda EMAS elementlaridan foydalanib almashtiring.
Yechish. YOKI elementini
sxema bilan almashtirish mumkin. Bu sxemani yuqoridagi YOKI elementining o‘rniga qo‘yamiz. Natijada
hosil bo‘ladi. Bu erda ketma-ket kelgan ikkita EMAS elementini sxemadan chiqarib tashlash mumkin. Demak, natija
ko‘rinishida bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:Quyidagi mashqlarni bajarish.
B
erilgan mantiqiy sxemaning natijasini aniqlang.
O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.
Uyga vazifa: Darslikdagi mashqlarni bajarish.
Quyidagi mantiqiy sxema chiqishida qanday qiymat hosil boladi?
1
0
1
0Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
?
? Uyga vazifa: Darslikdagi mashqlarni bajarish.
O’IBDO’: Farmonova S.R________