СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

8_cinf_ochik_dars_informatika

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«8_cinf_ochik_dars_informatika»


8”a”-sinf. Infofmatika fani.o’qituvchi: Mirzaqulova Z.

19.03.2010 yil.

Dars maqsadi:

Ta’limiy:Fayllar va kataloglar mavzusi bo’yicha o’quvchilarga bilim ,ko’nikma va malaka hosil qilish;

Tarbiyaviy:o’quvchilarga mavzu o’tish jarayonida iqtisodiy,estetik tarbiya berish, ularni har tomonlama ma’naviyati yetuk,komil insonlar qilib tarbiyalash; hozirgi zamon kompyuter vositalari va dasturlaridan foydalana oladigan kelajagi buyuk o’quvchilarni tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi :Fayllar va kataloglar mavzusi haqidagi bilimlarini,tushunchalarini oshirish, o’quvchilarni kompyuterda mustaqil ravishda axborotlarni fayllarda va kataloglarda saqlashni o’rgatish,fayllar va kataloglar haqidagi bilimlarini kengaytirish;

Tayanch atamalar: fayllar,kataloglar,direktoriylar,adres,joriy kataloglar;

Dars vositalari:kompyuter,tarqatma materiallar,plakat,darslik;

Dars tipi: yangi bilimlar beruvchi;

Dars metodlari:interfaol” o’yini,testlar,boshqotirma,anagrammalar,rebuslar,mavzuga oid slayd namoyishi;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars shiori:XXI –asrda o’quvchilarni kompyuterdan mavzuga mos foydalana olishga o’rgatish

Darsning borishi:


1.Tashkiliy etap va uyga vazifani tekshirish.


2.O’tgan mavzuni sorash savol-javob orqali.

1-savol:hozirgi kunda qaysi o’lchamdagi magnit disklardan ko’proq foydalaniladi.

Javob:5,25 duymli va 3,5 duymli .

2 savol:yangi egiluvchan magnit disklarga axborot yozish qanday amalga oshiriladi.

J:Avval ular formatlanishi lozim.Formatlash jarayonida yo’lka va sektorlar hosil bo’ladi.

3s:Vinchester deganda nimani tushunasiz?

J:U qattiq disk deb ham yuritiladi.U sistema blokining ichida joylashgan bo’lib ,tashqi xotira vazifasini bajaradi.

4s:Kompakt disklar haqida nimalar bilasiz?

J: Ular oltin yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlanib ,doirasimon plastik ichiga joylashgan holatda bo’ladi.Axborot sig’imi 700 Mbaytdan 10 Gbaytgacha keladi.

5s:Sistemali disklar qanday vazifani bajaradi?

J:Operatsion sistema dasturlari mavjud bol’gan disklariga sistemali disklar deyiladi.

6s:Shaxsiy kompyuterlar uchun qattiq disk qachon ishlab chiqarilgan?

J:1980- yilda “Seagate Texnologies” kompaniyasi tomonidan qattiq disklar ishlab chiqarildi.

7s:Windows operatsion sistemasining asosiy afzalligi nimadan iborat?

J:Asosiy afzalligi uning ko’p vazifaligidir.

8s:Operatsion sistema qanday sifatlarga ega?

J:Ishonchlilik,himoyalash,samaradorlik,qulaylik.


O’quvchilarga rebuslar beriladi.


Xorazmiy va V.Qobilov




(2) (3) (2)



oxirgi harfi)



(oxirgi harfi) (3 va 4 harfi )








(2)



V.Qobilov haqidagi ma’lumot:


V.Qobilov 1921-yil tug’ilganlar.U kishi taniqli matematik, O’zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi , fizika-matematika fanlari doktori,professor,1966-yildan O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi.1966-1977-yillarda O’zbekiston fanlar akademiyasi kibernetika instituti direktori,1978-yilda mazkur institut O’zbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy –ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach,uning bosh direktori lavozimida ishlagan.U bir qancha xalqaro tashkilotlar a’zosi,Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati.1998-yili O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Farmoniga ko’ra vosil Qobilov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.



Xorazmiy haqidagi ma’lumot:


Abu Abdulloh Muhammad ibn muso al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug’ildi.Buyuk matematik,astronom va geograf VII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk allomalardan biridir.Xorazmiyning qalamiga mansub 20dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan.Risola “Diksit Algorizmi” ,ya’ni “Al-Xorazmiy aytdi” iborasi bilan boshlanadi.Informatika fanida o’rganiladigan Algoritm tushunchasi ham aynan shu alloma nomidan olingan .Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytdi.


Doskaga yangi mavzuni yozish bilan birgalikda :


Dars shiori: XXI –asrda o’quvchilarni kompyuterdan mavzuga mos foydalana olishga o’rgatish

Dars maqsadi:O’quvchilarga fayllar va kataloglar haqida tushuncha berish va axborotlarni fayllarda va kataloglarda saqlashni o’rgatish.

O’quv yilining nomi:2009-2010 o’quv yili-“ ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” o’quv yili.

Yilning nomlanishi:2010-yil “Barkamol avlod”yili

deb kompyuterdan chiqarilgan yozuvlarni osib qo’yish orqali ularga yana bir bor eslatish kerak.



Yangi mavzu bayyoni:


FAYL-(“File”-inglizcha, ma’lumot)biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmuidir.Bu ma’lumotlar matn,chizma,dastur ko’rinishda va h.k bo’lishi mumkin.MS DOS kabi operatsion sistemalarda fayl nomining davomida fayldagi ma’lumotlarning turini bildiruvchi qoshimcha yoziladi.Bu qo’shimcha fayl nomining kengaytmasi deyiladi.U fayl nomidan nuqta bilan ajratilib uchta belgidan oshmasligi kerak.

COMMAND.COM, DASTUR.TXT va hk

com,exe-kompyuter tiliga o’girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma-ketligini o’z ichiga ilgan fayllar kengaytmasi.

Bat-buyruqlar majmuini o’z ichiga olgan fayllar.

Bas-beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur.

Pas-paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur.

Kataloglar:Katalog-bu so’nggi fayllar nomlari,ularning hajmi,atributlari,xususiyatlari,so’nggi yangilangan vaqti va hokazolar saqlanadigan joy.Disklarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi.Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi.Ayni vaqtda ish olib borilayotgan katalog joriy katalog deyiladi.Biror faylga operatsion sistema buyrug’i qo’llanilsa, sistema bu faylni joriy katalogdan izlaydi.Windowsda kataloglar papkalar deb yuritiladi.Windowsda papkalar ochish ish maydonida juda qulay hisoblanadi.Yani bu ish stolida sichqonchaning o’ng tugmachasini bosish orqali cozdat(hosil qilmoq) bandi tanlanadi va ochilgan sariq rangdagi papkaga nomlash orqali amalgam oshiriladi.Bu papka ichiga bir qancha papkalarni va bie necha fayllarni nusxa kochirish orqali keltirib qo’yiladi.


Darsni mustahkamlash uchun o’quvchilarga mavzu yuzasidan testlar tarqatamiz.

Test -1:CD-ROM disklariga axborotni yozish va o’qish qaysi prinsipga asoslangan.

a)lazerli

b)magnitli

c)vintli


Test-2 :Magnit disklariga axborot qaysi qurilma yordamida yoziladi?

  1. Printer

  2. Klaviatura

  3. Diskyurituvchi


Test -3:Fayl sozining ma’nosi?

a)ma’lumot

b)amal

c)oyna,lavha


Test-4:5,25 va 3,5 diametrli magnit diskning o’lchamlarini boshqacha ifodasi?

a)133mm ,90 mm

b)133mm 89 mm

c)133mm 91mm

Test-5:Windows operatsion sistemasida kataloglar qanday yuritiladi?

a)direktoriy

b)papka

c)joriy catalog

Test-6:Vinchester qanday disk?

a)egiluvchan magnit disk

b)kompakt disk

c)qattiq disk

Test-7: Joriy katalog nima?

  1. ayni vaqtda ish olib borilayotgan catalog

  2. ayni vaqtda ish olib borilmayotgan catalog

  3. pog’onali kataloglar

Test-8: Informatika faniga qachon asos solingan?

a)XX asrning 80-yillarida

b) XX asrning 90-yillarida

c) XX asrning 50-yillarida

1

2

3

4

5

6

7

8

a

c

a

b

b

c

a

c


Quyida yashiringan anagrammalarni toping.


Goltaka


katalog

Wsdoniw


Windows

Lu’tomma


Ma’lumot

Skid timagn


Magnit disk

DC-MOR


CD-ROM

Dars xulosalanib ,o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa:konspekt va internetdan , gazeta va qoshimcha adabiyotlardan informatika faniga oid ma’lumotlar topib kelish.




Qorako’l tuman

3-umumta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi

Z.B.Mirzaqulova

8-sinf informatika fani

1-soatlik dars ishlanmasi