1 – dars. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu | Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi |
Maqsad va vazifalar | Darsning maqsadi: o‘quvchilarni elektron jadvalda qo‘llaniladigan mantiqiy funksiyalar bilan chuqurroq tanishtirish va ular bilan ishlashga o’rgatish. Darsning ta’limiy vazifasi: о‘quvchilarga hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari va EHМ avlodlari davrlari haqida tanishtiriladi. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va mantiqiy fikrlashga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari, EHМ avlodlari. T.K:Kommunikativ kompetensiyasi F.K: 1.Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi |
O‘quv jarayonining mazmuni | Hisoblash texnikasining rivojlanishning 4 ta davri. Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Mexanik mashinalar davri. Elektromexanik mashinalar davri. Elektron hisoblash mashinalari davri. Har bir davrdagi kashfiyotlar. Birinchi EHM haqida ma’lumot. |
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi | Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi. Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash. Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar. Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida. Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish. Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida. |
Kutiladigan natijalar | O’quvchilar hisoblash texnikasining bosqichma-bosqich rivojlanishi haqida ma’lumot oladilar. |
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar) | O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
Asosiy tushunchalar:
Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari. EHМ avlodlari.
Mavzuni yoritish: “Hisoblash texnikasi” deganda axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni osonlashtirish va tezlatish uchun qo‘llanadigan texnik vosita, ya’ni hisoblash mashinalari hamda matematik vositalar, usullar hamda qoidalar majmui tushuniladi.
Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi.
Axborotni tasvirlash usuliga qarab hisoblash mashinalari 3 turkumga bo‘linadi:
• analog (uzluksiz) hisoblash mashinalari. Ularda axborot uzluksiz o‘zgaruvchi bo‘lib, biror fizik kattalik (masalan, tok kuchi) bilan ifodalanadi;
• raqamli hisoblash mashinalari. . Ularda axborot diskret qiymatli o‘zgaruvchi(son)lar bilan ifodalanadi. Masalan, elektr impulslari.
• gibrid hisoblash mashinalari. Ularda axborotni tasvirlashning yuqoridagi har ikki usulidan foydalaniladi.
Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so‘z yuritiladi.
Eramizning 500 yillari. Cho‘t (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.
“Hisoblash texnikasi” deganda axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni osonlashtirish va tezlatish uchun qo‘llanadigan texnik vosita, ya’ni hisoblash mashinalari hamda matematik vositalar, usullar hamda qoidalar majmui tushuniladi.
Zamonaviy hisoblash mashinalari yoki kompyuterlarning asosiy qismlari elektron qurilmalardan tashkil topgan. Shuning uchun ular elektron hisoblash mashinalari yoki EHM deb yuritiladi.
Dastlabki hisoblash vositalari 2 turkumga bo‘linadi:
• tabiiy dastlabki hisoblash vositalari (barmoqlar, toshlar, tayoqchalar);
• sun’iy dastlabki hisoblash vositalari (birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari).
Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Quyida eng sodda hisoblash vositalari haqida so‘z yuritiladi.
Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo‘lmish qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo‘shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta-sekin sun‘iy hisob¬lash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So‘ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari vujudga keldi.
Eramizning 500 yillari. Cho‘t (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.
Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o‘z ichiga oladi:
Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr.
Mexanik mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar davri.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi bo‘lmish qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo‘shish ham juda qiyin yoki umuman mumkin emas. Shuning uchun asta-sekin sun‘iy hisob¬lash vositalari vujudga kela boshladi. Shubhasiz birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir. So‘ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari vujudga keldi.
Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592–1636) tomonidan 1623-yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, uyg‘onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo‘llanilmadi.
«Fransuzlarning Arximedi» degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642-yilda keyinchalik keng ko‘lamda qo‘llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.
Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yarati¬lishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875-yilda yaratildi. 1925-yilda V.Bush elektr releda yig‘ilgan hisob¬lash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943–1945-yillarda birinchi bo‘lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni yaratdilar. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.
O’IBDO’: Farmonova R.S_________