- Darsning jixozlanishi:
- Dars turi: Noan’anaviy Dars usuli: O’yin Ko’rgazmali qurollar:
- 1) Xaritalar
- 2) Kartochkalar
- 3) Rangli varaqlar
- 4) Test savollari
- 5) Taqdimot
MAVZU:Yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi
- Darsning maqsadi: -Talimiy maqsad: O’quvchilarga Yevropadagi Reformatsiya, shuningdek Germaniyada dehqonlar urushining kelib chiqishi haqida tushuntirish
- -Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda diniy urushlarning oqibatlari va zarari haqida ma’lumot berib, oz diniga hurmat va mexrni oshirishga e’tibor berish.
- -Indentiv maqsad: Katolik cherkovining mavqeyi va uning bolinib ketishi, Germaniyada boshlangan Reformatsiya haqida bilib oladi.
- -Asosiy tayanch iboralar: Reformatsiya, Indulgensiya, Rim katolik cherkovi, Arxiyepiskop, Martin Lyuter, “95 tezis” 1524-yil Tomas Myunser, “PROTESTATSIYA”, 1555-yil
№
1
Darsning bosqichlari
Vaqt
Tashkiliy qism
2
3
3
Yangi mavzuni bayon qilish
4
20
Mavzuni mustahkamlash uchun savol javob
5
15
Darsga yakun chiqarish
5
Uyga vazifa berish
2
Dars rejasi:
Asosiy savollar:
- Reformatsiya haqida
- Katolik cherkovining mavqei haqida.
- Reformatsiyaning shart-sharoiti.
- Martin Lyuterning faoliyati.
- Katolik cherkovidagi bo‘linish.
Yangi davr boshlarida G‘arbiy
- Yevropa mamlakatlarida ruhoniylar va dvoryanlar jamiyatning hu km ron tabaqalari bo ‘lib qolaverdilar .
Reformatsiya - XVI asrda katolik . Cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo‘lib о ‘tgan va XVII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir.
Bu harakat oqibatida kato lik cherkovida bo‘linish yuz berdi. Zamon ru higa mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim-protestantlik vujudga keldi.
XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi.
Rim Papasining qudratini qavmlaming faqat xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim kato lik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotard
Hamma - oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o‘z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning о ‘zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi.
INDULGENSIYA savdo si orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda qilinishi mumkin
bo‘lgan gunohni
H am
kechirardi .
XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo‘lib olgan edi
Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo ‘linib ketgan edi. Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo‘lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi. Germaniya aholisi, ham o‘z hukmdorlariga, ham cherkovga tinka- madorni qurituvchi soliq to‘lardi
Germaniya imperatorini saylab qo‘yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o‘z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatoming esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan. Qolaversa, katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to‘sig‘iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi.
Reformatsiya 1517- yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib chiqishidan boshlandi
Reformatsiya to‘lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotdan dars beruvchi Martin Lyuter ta’limoti katta ta’sir ko‘rsatdi.
U 1517-yili cherkov eshigiga o‘zining dindorlarga qarata yozgan mashhur «95 tezis» deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo‘ydi.
Xitobnomada indulgensiya savdosi qattiq qoralangan, Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan ozod etish talab etilgan, cherkovning esa «kam chiqim cherkov» bo‘lishi yoqlangan edi
Martin Lyuterning «95 tezis»i butun Germaniyani to‘lqinlantirib yubordi.
Ko‘p o‘tmay u cherkov Papasiz ham yashashi mumkin, deb baralla aytdi va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etdi
Bu «qilmishlari» uchun Rim Papasi Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyagauni la’natlovchi yorliq yubordi
Biroq xalq Lyuterni qo‘llab-quvvatlayotganligi uchun bu yorliqni Germaniya bo‘ylab tarqatishning iloji bo‘lmadi .
M. Lyuter Papaning uni cherkovdan chetlashtirganligi to ‘g ‘risidagi qarorini talabalar ko‘z o‘ngida yoqib yubordi. Bu uning katolik cherkovi bilan aloqani butunlay uzganligini anglatar edi.
M. Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi. Imperator undan o‘z ta’limotidan voz kechishini talab qildi. Biroq Lyuter imperator talabini bajarmadi. Aksincha, Papaga bo‘ysunishdan va indulgensiya savdosini ma’qullashdan bosh tortdi.
Reformatsiya natijasida Rim katolik cherkovida bo ‘linish yuz berdi
Tez orada Germaniyada katolik cherkovining zulmiga va zo‘ravonligiga qarshi boshlangan harakat ommaviy tus oldi
1524- yilda esa bu harakat hatto dehqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi umshiga aylanib ketdi.
Qo‘zg‘olonning yetakchisi ruhoniy Tomas Myunser edi
Garchand dehqonlar urushda yengilgan bo‘lsalar-da, u Germaniyada katolik cherkovi hukmronligiga barham berilishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1526- yilda Germaniya reyxstagi Lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huqu- qiga ega ekanligi to ‘g ‘risida qaror qabul qildi.
Biroq 1529- yilda Reyxstag bu qarorni bekor qildi
Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi protest (norozilik) bildirishgan Protestant knyazlar 1555- yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo ‘ldilar. Unga ко ‘ra, endi har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan dinni, ya’ni yo protestantlikni, yoki katoliklikni tanlash huquqiga ega bo‘lganlar.
Shu davrdan boshlab reformatsiyaning barcha tarafdorlari protes- tantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala boshlandi. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi oqim - protestantlik vujudga keldi
Mavzu yuzasidan savollar:
Muammoli savol.
Nega Germaniya reformatsiyaning vatani bo‘ldi?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT