O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo’limi
Navoiy shahar 6-umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika fani o`qituvchisi Bobojonova Nargizaning “Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari” mavzusida tayyorlagan bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Navoiy - 2017
Sana:
Sinf:
Fan: Informatika
Mavzu: Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali ularda bilim,
ko`nikma va malaka hosil qilish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarda kompyuter bilan ishlash estetikasini o’rgatish, vatanimiz ravnaqiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilish ruhida tarbiyalash.
Rivojlanturivchi: O’quvchilarni fikrlash va tasavvur etish qobiliyatini o’stirish,olgan bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llashnii o’rgatish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
Dars tipi: Yangi bilimlarni o`zlashtirish,bilim, ko`nikma va malakalarni
mustahkamlash va takomillashtirish darsi
Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, A-3 yoki A-4 formatdagi qog`oz, marker, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: Kompyuter,electron darslik ,elektron doska,slayd
Darsning blok-sxemasi:
T/r | Darsning bosqichlari | Vaqt |
1 | Tashkiliy qism | 2 daqiqa |
2. | Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash | 6 daqiqa |
3 | Yangi mavzu bayoni (Taqdimot metodi) | 15 daqiqa |
4 | Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash | 18 daqiqa |
5 | Dars yakuni: 1. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash va rag’batlantirish 2. Uyga vazifa | 4 daqiqa |
Darsning shiori:
Biliming osmonga yetgan bo’lsa ham,
Boshqalar ilmiga quloq sol har dam.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish
(salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish
d) o`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, Internet va Windows nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;
j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish
3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik
5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish
(“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);
O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
“Internet” guruhiga:
Windows yo’lboshlovchisi ishiga qaysi dastur javob beradi?
Yolboshlovchini ishga tushirish usullarini ayting?
Yo’lboshlovchi interfeysi qanday qismlardan iborat?
Papka ichiga fayl qanday joylashtiriladi?
“Windows” guruhiga:
Windows so’zining ma’nosi?
Windowsning ish stolida qanday obyektlar bo’ladi?
Yo’lboshlovchi oynasida obyektdan qaysi klavishlar yordamida nusxa olish mumkin?
Yangi papka qanday hosil qilinadi?
O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga
qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.
O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida amaliy topshiriq beriladi.
Topshiriq: Har bir o’quvchi komputerda yangi papka ochib, papka ichiga
fayl joylashtiriladi.
Guruh o`quvchilari bajargan ishlariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.
O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.
Yangi mavzu bayoni:
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi:
ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib,
birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvalning imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
-ma’lumotlarni jadval korinishida tasvirlash va ko’rinishini o’zgartirish;
-jadval elementlarini formatlash;
-formulalardan foydalanish;
-katakchalarni avtomatik to’ldirish;
-standart funksiyalar majmuidan foydalanish;
-ma’lumotlarni izlash va almashtirish;
-ma’lumotlar asosida turli ko’rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
-ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish;
Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalk nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqilgan.Undan keyin SuperCalk,Multiplan,Framework,Simphony,Works,Master,MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan.Dastlabki naqli 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib botilayotgan Excel dasturi hozirgi kunga eng ommalashgan jadval protsessoridir.
Excel menyular satri- Fayl(Файл), Tahrir(Правка), Ko’rinish(Вид), Joylashtirish Вставка), Format(Формат), Servis(Сервис), Ma’lumotlar(Данные), Oyna(Окно),Ma’lumot(Справка).
Excelda asosiy ish sohasi Ishchi kitobi bo’lib,u bir yoki bir necha varaqlardan tashkil topgan bo’ladi. Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin.Varaqlardagi ustunlar soni 256 ta bo’lib,ular lotin alifbosi harflari bilan tartiblanadi,ya’ni A,B,…,Z,AA,AB,…IV.Satrlar soni Excel 2003 naqlida 65536 ta bo’lib,1 dan to 65536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.
Yangi kitob hosil qilish uchun:
Fayl menyusidan Создать (hosil qilish) buyrug’ini yoki Ctrl+N klavishlarni birgalikda bosish
Excel dasturida tayyorlangan faylning kengaytmasi xls.
Excel dasturidan ishni tugallash uchun:
Fayl menyusidan chiqish buyrug’ini tanlash
x piktogrammasi yordamida
Alt+F4 klavishilari yordamida
O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida
savol javob va kompyuterda amaliy ko’rsatib beradilar
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon
ishlab chiqarilgan?
2. Elektron jadvalning asosiy vazifasi ?
3. Elektron jadvalning imkoniyatlarini ayting?
4. Excel elektron jadvalni ishga tushirish va ishni tugatish
usullarini ayting?
5. Qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?
6. Excel elektron jadvalda qancha satr va ustun bor?
7. Excel dasturining menyularini ayting?
8. Excel dasturida yaratilgan hujjat qanday
nomlanadi?
O`quvchilarning yangi mavzu yuzasidan bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan rag`batlantiriladi.
Yangi o`tilgan mavzuni o`quvchilar qay tariqa tushunganliklarini tekshirib ko`rish maqsadida mavzu yuzasidan test sinovi olinadi.
Yangi mavzusi yuzasidan o`quvchilar bilimini baholash maqsadida yangi o`tilgan mavzu yuzasida tayyorlangan test maxsus dastur orqali ekran ekran orqali ko`rsatiladi. Ekranda ko`rsatilgan savollarga har ikkala guruh o`quvchilari javob berishadi. Guruhlarning savollarga bergan javoblariga qarab kompyuter dasturi har bir guruhga tegishli bahoni qo`yadi.
Yangi mavzu mustahkamlanib olingach o’quvchilarning har tomonlama bilimlarini sinash maqsadida “Aql va bilim pillapoyasi” degan usuldan foydalaniladi.Ya’ni har bir o’quvch doskaga chiqib tayyorlangan ko’rgazmadan ikkitadan savolga javob berib yutuqni olishi kerak.
Dars so`ngida har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi:
Nazorat uchun savollar.
Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon
ishlab chiqarilgan?
Elektron jadvallar qo’llaniladigan sohalarga misol ayting?
Elektron jadvalning asosiy vazifasi ?
Elektron jadvalning imkoniyatlarini ayting?
Excel elektron jadvalni ishga tushirish va ishni tugatish
usullarini ayting?
Amaliy topshiriqlar.
Yangi Excel kitobi hosil qilib, unga 3 ta varaq qo’shing.Varaqlarni 1 dan 6 gacha nomlang.
Excel varag’idagi katakchada Word jadvali katakchasidagi kabi formatlash imkoniyatlarini bajaring.