СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Структура и эволюция Вселенной. Строение нашей галактики: состав и поиск ярких звезд созвездий небесных тел.

Категория: Астрономия

Нажмите, чтобы узнать подробности

Строение нашей галактики: состав и поиск ярких звезд созвездий небесных тел.

Просмотр содержимого документа
«Структура и эволюция Вселенной. Строение нашей галактики: состав и поиск ярких звезд созвездий небесных тел.»

MAVZU: Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi. Gallaktikamizning tuzilishi: tarkibi va osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduz turkumlarini topish.

Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30 nafar.

Mashg’ulot shakli

Nazariy, to’liq o’quv mashg’ulot;

Mashg’ulot rejasi

1. Gallaktikaning tuzilishi va bizning gallaktika

2. Yulduzlaming sharsimon va sochma to 'dalari.

3. Yulduzlararo chang va gaz


Oquv mashgulotining maqsadi: Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasiga oid bilimlarni shakllantirish. Ravshan yulduzlarni toppish bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

Pedagogik vazifalar:

  • Gallaktikaning tuzilishi haqida

tushuncha berish;

  • Yulduzlaming sharsimon va

sochma to'dalarini yoritish.

  • Yulduzlararo chang va gaz

asoslarini tushuntirish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash

va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Gallaktikaning tuzilishi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • Yulduzlaming sharsimon va

sochma to'dalarini yorita oladlar.

  • Yulduzlararo chang va gaz

Asoslari haqida bilimga ega bo’ladilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar;

O’qitish usullari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot, aqliy hujum, “FSMU”-grafik organayzeri.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov;

Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida.







Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi. Gallaktikamizning tuzilishi: tarkibi va osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduz turkumlarini topish.” mavzusi bo’yicha o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

    1. Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi bilan tanishtiradi. Mavzuga oid tayanch iboralarni aytadi (1-Ilova)

    2. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

    3. Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar,

Yozib oladilar;


Tinglaydilar;

Aniqlashtiradilar


Tinglaydilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini FSMU texnologiyasi orqali tekshiradi. Guruhlarni (4 ta kichik guruh) topshiriq yo’riqnomasi va amalga oshirish texnologiyasi bilan tanishtiradi. Topshiriqni bajarish uchun Ekspert varaqlarini tarqatadi; (2-Ilova) Taqdimotini tashkillashtiradi;

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.3 O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini sinov savollari, (4-Ilova) dan foydalanib tekshiradi; Xar bir guruhga ketma-ketlik bo’yicha 2 tadan savol beradi; Javoblarini asoslab o’tadi;

Guruhlarda ishlaydilar; taqdimot qiladilar;





Eshitadilar, yozib oladilar;








Javob beradilar;




3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni reja asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi;

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi:

Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha tayyorlanish;

Tinglaydilar




Yozib oladilar




1-Ilova

Mavzu: Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi. Gallaktikamizning tuzilishi: tarkibi va osmon yulduz turkumlarining ravshan yulduz turkumlarini topish

REJA:

1. Gallaktikaning tuzilishi va bizning gallaktika

2. Yulduzlaming sharsimon va sochma to 'dalari.

3. Yulduzlararo chang va gaz


Tayanch tushunchalar:

Gallaktika, yulduz to’dalari, sochma yulduz to’dalari, neytral vodorod.

Mashg’ulot shiori:

Biz hech qachon hech kimdan kam bo’lmaganmiz…..





2-Ilova

FSMU tехnologiyasi qoidasi.

Ushbu tехnologiya munozarali masalalarni хal etishda хamda o’quv jarayonini baхs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki butехnologiya o’quvchilarni o’z fikrini хimoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq хolda baхslashishga хamda shubilan birga baхslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’zfikrlarini aniq va qisqa хolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.

F – fikringizni bayon eting;

S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring;

U – fikringizni umumlashtiring.



FSMU texnologiyasi uchun o’quv topshirig’i:


1-Kichik guruh uchun

Bosqich

Yulduzlarning yorqinligi deganda nima anglashiladi?

(F) Fikringizni bayon eting


(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating


(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring


(U) Fikringizni umumlashtiring




2-Kichik guruh uchun

Bosqich

Yulduzlarning absolyut kattaliklari va yorqinliklari orasida bog’lanish mavjudmi

(F) Fikringizni bayon eting


(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating


(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring


(U) Fikringizni umumlashtiring




3-Kichik guruh uchun

Bosqich

Yulduzlarning yorqinligi ularning temperaturasiga bog'liqmi?

(F) Fikringizni bayon eting


(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating


(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring


(U) Fikringizni umumlashtiring




4-Kichik guruh uchun

Bosqich

Yillik parallaks yulduzlargacha masofani hisoblashning yagona usulimi?

(F) Fikringizni bayon eting


(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating


(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring


(U) Fikringizni umumlashtiring


3-Ilova

1-Slayd

XX asrning boshlariga qadar Koinot, bizning yagona yulduzlar sistemamiz - Galaktikamiz bilan chegaralangan degan fikr hukmronlik qilardi. Keyinchalik olimlar, Galaktikamizdan tashqarida yana ko'p yirik yulduz sistemalari mavjud degan fikrga keldilar.








QUYOSH SISTEMASI tomondan qaralganda, Galaktikamizning markaziy yadrosi Qavs yulduz turkumiga proyeksiyalanadi.

Hisob-kitoblar, Galaktikamizda 150 mlrd ga yaqin yulduz borligini ma'lum qiladi. Yulduzlar Galaktikamizning asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bu degan so'z, u faqat yulduzlardan tuzilgan degani emas, unda yulduzlardan tashqari yulduzlaming turli sistemalari (karrali yulduzlar, yulduz to'dalari va g'ujlari), yulduzlararo gaz va chang muhit (bulutlar va tumanliklar), kosmik nurlar, vodorod atomlarining gazlari va boshqalar uchraydi. Maxsus kuzatishlar esa yulduzlaming ulkan bu to'dasi, jumladan, gaz va chang tumanliklar Galaktikamiz markazi atrofida aylanishini ma'lum qiladi. Barcha yulduzlar, jumladan, Quyosh (o'z «oila a'zolari» — planetalarni ergashtirib), Galaktikamiz yadrosi atrofida Somon Yo'li tekisligiga (Galaktikamizning ekvator tekisligi ham deyiladi) parallel ravishda aylanadi.

2-Slayd

























Galaktikamizda yulduzlar faqat yakka holda uchramay, o'zaro dinamik bog'langan holda qo'shaloq, uchtadan, to'rttadan va nihoyat juda ko'p sonli — yuzlab, minglab to'da shaklida ham uchraydi. O'nlab yulduzlardan bir necha minggacha yulduzlarni o'z ichiga olib', o'zaro dinamik bog'langan yulduzlaming sistemalari yulduz to'dalari yoki g'ujlari deb yuritiladi.




3-Slayd











Galaktikamizda 800 ga yaqin SOCHMA YULDUZ TO'DALARI boiib, ularning diametri 1,5 parsekdan 20 parsekkacha boradi. Sochma yulduz to'dalarining yaxshi o'rganilgan vakili — Savr yulduz turkumidagi Hulkar deb nomlangan to'da bo'lib, Quyosh sistemasidan o'rtacha 130 parsekli masofada joylashgan. Boshqa bir sochma yulduz to'da — Giadlar esa bizdan salkam 40 pk li masofada yotadi.



4-Slayd

















SHARSIMON TO'DALAR, yulduzlarining ko'pligi va aniq sferik shakliga ko'ra, sochma yulduz to'dalariga nisbatan yulduzlar fonida yaqqol ajralib ko'rinadi. Sharsimon to'dalaming o'rtacha diametri 40 pk atrofida bo'lib, Galaktikamizda bunday to'dalardan 100 ga yaqini topilgan. Sharsimon to'dalar, sochmalaridan farq qilib, Galaktikamizning markaziga tomon ularning konsentratsiyasi keskin ortib boradi. Sharsimon to'dalaming tipik vakili Gerkules yulduz turkumida joylashgan M—13 deb nomlangan to'da bo'lib, u 20 mingga yaqin yulduzni o'z ichiga oladi, bizdan uzoqligi 24 ming yorug'lik yiliga teng.


5-Slayd

















YULDUZLAR OSMONI TUSHIRILGAN FOTORASMLARDA ular bir tekis taqsimlanmaganini sezish mumkin. Buning asosiy sababi, ayrim -yulduzlar kam kuzatiladigan sohalarda nurlanishni kuchli yuta-digan yirik chang materiyaning borligidir. Yulduzlararo bunday nurlanishni kuchli yutuvchi materiyaning borligini bundan yuz yildan ko'proq vaqt oldin taniqli astronom Ya.V.Struve bashorat qilgan edi. 1930- yillarda yulduzlararo bunday muhitning mavjudligi uzilkesil tasdiqlandi.





6-Slayd













4-Ilova

SINOV SAVOLLARI:

  1. Tashqi galaktikalar qachon va kim tomonidan ochildi?

  2. Tashqi galaktikalar qanday usul bilan topildi?

  3. Somon Yo'li Galaktikamizning qanday qismiga to'g'ri keladi?

  4. Galaktikamizda taxminan qancha yulduz bor?

  5. Uning o'lchamlari haqida nima bilasiz?

  6. Galaktikamizning ko'rinishini ko'z oldingizga qanday keltirasiz?

  7. Quyosh sistemasi Galaktikamizning qayeridan joy olgan?

  8. Galaktikamizda yulduzlardan tashqari yana qanday yirik obyektlar bor?

  9. Yulduz to'dalari necha xil bo'ladi?

  10. Sharsimon yulduz to'dalarining o'lchamlari va tarkibi haqida nimalar bilasiz?