СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Динамика. Функции динамики. Законы Ньютона.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

 Инерциальные и неинерциальные системы отсчета. Закон всемирного тяготения.

Просмотр содержимого документа
«Динамика. Функции динамики. Законы Ньютона.»

MAVZU: Dinamika. Dinamikaning vazifalari. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Butun olam tortishish qonuni.

Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti;

Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish;

Mashg’ulot rejasi

  1. Dinamikaning vazifalari.

  2. Nyuton qonunlari

  3. Gravitatsion maydon. Butun olam tortishish qonuni.

  4. I-Kosmik tezlik formulasini keltirib chiqarish

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Dinamika haqidagi bilimlarni shakllantirish. Nyuton qonunlarini tadbiq etish malakalarini shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Dinamika haqida tushuncha berish;

  • Dinamika asoslarini tashkil etuvchi fizik qonunlar va kattaliklarni yoritish.

  • Nyuton qonunlarini tushuntirish;

  • Kosmik tezliklarni solishtirish, farqlash va hulosa chiqarishga o’rgatish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rni haqida tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Dinamika asoslarini tashkil etuvchi fizik qonunlar va kattaliklarni yoritib beradilar;

  • Nyuton qonunlari haqida bilimga ega bo’ladilar;

  • Kosmik tezliklarni bir-biridan farqlaydilar va formula asosida keltirib chiqaradilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar.

O’qitish usullari

“Klaster” va “Venna diagrammasi” grafik organayzerlari; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish, aqliy hujum.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, o’quv topshiriqlari.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Kichik guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida



Dinamika. Dinamikaning vazifalari. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Butun olam tortishish qonunimavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

    1. Mavzuning nomini, maqsadini, rejasini

e’lon qiladi. (1-Ilova)

    1. O’quvchilarni faollashtirish uchun

intelektual mashq o’tkazadi. (2-Ilova) Intellekyual mashq savolarini o’qiydi va o’quvchilarning javob berishlarini tashkillashtirai.

Tinglaydilar;

Yozadilar;


Javob beradilar;



Tinglaydilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’tigan mavzuni “Klaster” tuzish usuli orqali tekshiradi. Guruhlarga (4 ta kichik guruh) “Klaster” uchun kalit so’zini beradi. “Klaster” tuzish uchun A4 formatli oq qog’oz bilan ta’minlaydi; “Klaster” tuzish qoidasini eslatadi;(3-Ilova)

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (4-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.3 Mavzuni “Venna diagrammasi” usuli yordamida mustahkamlahini aytadi. “Venna” diagrammasi bo’yicha ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (5-Ilova) Guruhlarning taqdimotini tashkillashtiradi;

Individual ishlaydilar; Taqdimot qiladilar;


Munozara olib borishadi;



Eshitadilar, yozib oladilar;





Guruhlarda ishlaydilar; Taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 O’quvchilarning faoliyatini baholaydi;

3.3 O’quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi;

Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va formulalarni yozish va o’rganish, mavzuga oid masalalar ishlash. (6-Ilova)

Tinglaydilar





Masalani yozib oladilar

MAVZU: Dinamikaning vazifalari. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq sistemalari. Butun olam tortishish qonuni.

1-Ilova

REJA:

  1. Dinamikaning vazifalari.

  2. Nyuton qonunlari

  3. Gravitatsion maydon. Butun olam tortishish qonuni.

  4. I-Kosmik tezlik formulasini keltirib chiqarish


Kirish so’zi:

Dinamikaning o’zagini Nyuton qonunlari tashkil etadi. Bu qonunlar I.Nyutonning 1687 yilda chop etilgan “Natural filosofiyaning matematik asoslari” asarida bayon qilingan.

“Odamzot inson zotini bezagan shunday shaxs o’tganidan faxrlanishga xaqli” (I.Nyutonning qabr toshidagi so’zlar)



Tayanch tushunchalar:

Dinamika, Nyuton qonunlari, inersial sanoq sistemasi, noinersional sanoq sistemasi, inertlik, massa, kuch, harakat miqdori (impuls), ishqalanish kuchi, inersiya kuchlari, Gravitatsion maydon, Butun Olam tortishish qonuni, I-kosmik tezlik;













Intellektual mashq uchun savollar:

  1. Eng katta boylik nima? (bilim)

  2. Bozorda ishlatiladigan fizik birlik? (kilogramm)

  3. Yomg’irdan so’ng nima osmonda ko’rinadi? (kamalak)

  4. Quyoshdan uchinch uzoqlikda turuvchi sayyoraning nomi nima? (Yer)

  5. Mehnat va mexanik ish orasidagi farq? (masofa)

  6. Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan birinchi fizik olim kim? (V.K.Rentgen)

  7. Birinchi radiopriyomnik kim tomonidan yasalgan? (A.S.Popov)

2-Ilova

















3-Ilova

Klasterni tuzish qoidasi:

  • Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalarni sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing;

  • Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga e’tibor bermang.

  • Ajratilgan vaqt tugaguncha, yozishni to’xtatmang, agar aqlingizda g’oyalar kelishi birdan tugagasa, u holda qachonki, yangi g’oyalar kelmaguncha, qog’ozga rasm chizib turing!



















“Klaster” tuzish uchun namuna va “Kalit so’zi”:











Mexanika



















4-Ilova

1-Slayd

Dinamika bo`limi jismlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi va o`zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o`rganadigan bo`limdir




Dinamika bo`limi jismlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi va o`zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o`rganadigan bo`limdir






2-Slayt




2-Slayd

Jismning tinch yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish xususiyatiga inertlik deb ataladi.






Inertsiya so`zi lotincha bo`lib, "qotib qolishlik", "harakatsizlik" demakdir












3-Slayd

Nyutonning birinchi qonuni: har qanday jism boshqa jismlar yoki tashqi kuch ta'sir etmaguncha, u o`zining tinch yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi.









Nyutonning ikkinchi qonuni: jism olgan tezlanish shu jismga ta'sir etuvchi kuchga to`g`ri proporsional va uning massasiga teskari proporsionaldir:

a = F/ m












Nyutonning uchinchi qonuni: O`zaro ta'sirlanuvchi ikki jism bir-biriga kattalik jihatdan teng va yo`nalishi qarama-qarshi bo`lgan kuchlar bilan ta'sir qiladi, ya'ni:

F12= -F21












4-Slayd

Kuch-vektor kattalik bo`lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan ko`rsatilayotgan ta'sir o`lchovi hisoblanadi.





Jismning harakat miqdori (impul's) deb, jism massasining tezlik vektoriga ko`paytmasiga teng bo`lgan va yo`nalishi tezlik vektori yo`nalishi bilan mos keladigan vektor kattalikka aytiladi.

P=mV













Butun Olam tortishish qonuni: har qanday ikki moddiy nuqtaning o`zaro tortishish kuchi massalarining ko`paytmasiga to`g`ri, orasidagi masofaning kvadratiga esa teskari proportsionaldir.



5-Slayd







Birinchi kosmik tezlik deb jismga, u Yer atrofida aylanma orbita bo'ylab harakatlanishi ya'ni Yerning sun'iy yo'ldoshi bo'lib qolishi uchun berish zarur bo'lgan eng kichik tezlikka aytiladi

V1 = 7,9 * 103 m/s = 7,9 km/s.



6-Slayd











Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to’ldiradilar

VENNA DIAGRAMMASI

2 va 3 jihatlarni, hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-arshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi

5-Ilova







Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagarmmmalrini taqqoslaydilar vato’ldiradilar.





Doiralarni kesishgan joyiga ikki, uch doiralar uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi









VENNA” tuzish qoidasi:

1-Doiraga: “Kinematika” ga oid tushunchalarni, 2-Doiraga “Dinamika” ga oid tushunchalarni, Doiralar kesishgan joyiga “Kinematika” va “Dinamika” uchun xos bo’lgan umumiy tomonlarini yozing.







Topshiriq uchun “Ekspert varag’i”:



6-Ilova

Uyga vazifa uchun masalalar:

1-Masala:

Massasi 12kg bo’lgan tinch turgan jismga 8 s davomida 6 N kuch ta’sir qilgan bo’lsa, jismning olgan tezlanishi, shu vaqtda erishgan tezligi, o’tgan yo’li va harakatning o’rtacha tezligini toping.



2-Masala:


Yuki bilan birgalikda massasi 1200 kg bo’lgan “Malibro” avtomobili joyidan qo’zg’alib, 10 s davomida tekis tezlanuvchan harakatlanib, 100 metr masofani o’tgan bo’lsa, harakatning tezlanishi va avtomobilning tortish kuchini toping.