СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Fizika 6-sinf kursini takrorlash. Dars ishlanma.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fizika 6-sinf kursini takrorlash. Dars ishlanma.

Просмотр содержимого документа
«Fizika 6-sinf kursini takrorlash. Dars ishlanma.»

Mavzu: 6-sinf Fizika kursini takrorlash

Texnologik xarita

I

Mavzu:

Umumlashtiruvchi dars

II

Darsning maqsadi va vazifalari

Darsning ta`limiy maqsadi: 6-sinf fizika kursini takrorlash haqida tushuncha berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni maktabni sevishga, uni asrab-avaylashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.

III

O`quv jarayo-

nining mazmuni

6-sinf fizika kursining hamma mavzulari haqida umumiy tushuncha berish

IV

O`quv jarayonini amalga oshirish

Uslub: Aqliy hujum, “Dam olish daqiqasi”, “Alifbo olamiga sayohat” “Venn diagrammasi” metodlari.

Shakl: Kichik guruhlarda va jamoada ishlash, suhbat munozara.

Vosita: Mavzuga oid ko`rgazma, zinama-zina savollari, testlar, rag`batlantiruvchi kartochkalar.

Nazorat: og`zaki nazorat, savol – javoblar.

Baholash: 5 ballik tizim asosida rag`batlantirish.

V

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Barcha o`quvchilarning mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishiga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.

O`quvchi: 6-sinf fizika kursi mavzulari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi.

VI

Kelgusi rejalar

O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, keyingi darslarda qo`llashi, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olishi, pedogogik mahoratini oshirishi lozim.

O`quvchi: Mustaqil fikrlash malakasini hosil qiladi.



Tashkiliy qism

5 daqiqa

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

Yangi mavzuni tushuntirish

10 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O`quvchilarni baholash

5 daqiqa

Uyga vazifa berish

5 daqiqa



Reja:

  1. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar

  2. Meхanik hodisalar

  3. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar

  4. Issiqlak hodisalari.

  5. Yorug’lik hodisalari.

  6. Tovush hodisalari

Darsning borishi.

I .Tashkiliy qism.

O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga e’tibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar, ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.

O’qituvchi: Assalomu alaykum. Aziz o’quvchilar, fizika darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimiz shiori:

Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir”

Dastlab, o’quvchilarni 3 guruhga bo’lamiz

1-guruh o’quvchilari: “Yosh fiziklar”

2-guruh o’quvchilari: “Bilimdonlar”

3-guruh o’quvchilari: “Beruniy avlodlari”

Darsimizni fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar bilan boshlasak. Marhamat

1-guruh o’quvchisi

Olamning nimadan tuzilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341-270 yillarda yashagan Epikur bergan Uning g`oyalarini Lukretsiy degan shoirning “Narsalarning tabiati haqida ” nomli poemasida “Barcha jismlar ko’zga ko’rinmaydigan, bo’linmaydigan atomlardan tashkil topgan va ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi” degan g’oyani ilgari surgan.

2-guruh o’quvchisi

Buyuk ingliz olimi I.Nyuton fizikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari, kuch va uning jism harakatiga ta’siri, yorug’lik rangi haqidagi ilmiy ixtirolar uning qalamiga mansub.

3-guruh o’quvchisi

Abu Rayhon Beruniy moddalar zichligini, koinot fizkasi, minerallar,yorug’lik, tovush va magnit hodisalari kabi ko’pgina yo’nalishlarda ish olib brogan. Uning ayniqsa , yer radiusini aniq o’lchaganligi (Beruniyda 6490 km, hozirgisi 6400 km)diqqatga sazovor

II. Otilgan mavzuni takrorlash.

O`qituvchi: Barakalla, hurmatli o`quvchilar, uy vazifasini tekshirib chiqaylik. Sizlarga “Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush” mavzusi vazifa qilib berilgan edi.

O`quvchilar o’qib kelgan mavzularini birma-bir aytib beradilar. Ularning nazariy ishlari tahlil qilinadi. So’ng ball qo‘yiladi.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, o’tgan darsda qanday mavzuni o’tgan edik?

  1. O`quvchi: “Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me’morchilikda tovush” mavzusini o’tgan edik.

O`qituvchi: Xo’sh, mavzuni mustahkamlab olamiz. Buning uchun savollar yozilgan ko’rgazmali qurolga e’tibor qaratamiz. Savollarga navbat bilan javob beramiz. Yozilgan savollarga javob berishni “Aqliy hujum” usulidan foydalanamiz.







“Savol-javob”



1. Tovush necha turga bo’linadi?



2. Tovushlar bizning salomatligimizga qanday ta’sir qiladi?



4. Musiqiy tovushlar uy hayvonlariga ta’sir qiladimi?



6. Me’morchilik akkustikasi deganda nimani tushunasiz?





To`g`ri, noto`g`ri javob uchun “rag`bat”, “jarima” kartochkalari beriladi.















O`qituvchi: Rahmat. Demak, o’tilgan mavzuni yaxshi tushunibsizlar.

Shartlarga to’liq javob bergan o’quvchilarga, ya’ni guruhlarga rag’bat kartochkalari beriladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish

O`qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz bevosita o’tgan mavzu bilan bog’liq. Doskaga yangi mavzu yoziladi “6-sinf fizika kursini umumiy takrorlash”.

So’ng nazariy ma’lumot beriladi.









.













O’qituvchi: Javobimizni tekshirish uchun slaydlarga e’tibor qaratamiz.

O’qituvchi: Darsni yanada mustahkamlash uchun? “Alfabingo” usulidan foydalanamiz. Bunda har bir guruhga harflar yozilgan tarqatma materiallar beriladi va shu harf bilan boshlanuvchi bugungi dars davomida ishlatilgan so’zlarni topib yozish topshiriladi.















1-guruh o’quvchisi: ATOM

2-guruh o’quvchisi: MOLEKULA

3-guruh o’quvchisi: TEZLIK

O’yin shu tariqa davom etadi.

Faol ishtirok etgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Alifbo olamiga” sayohat qilamiz. Bunda o’quvchilar alifbo tarzida fizika faniga oid misol keltiradilar. 1-guruh mexanik hodisalarga, 2-guruh jismlarning muvozanatiga, 3-guruh esa issiqlik hodisalariga sayohat qilamiz.





M A R H A M A T !

1-guruh o’quvchilari 2-guruh o’quvchilari 3-guruh o’quvchilari

Atmosfera Kuch Termometr

Bosim Laboatoriya Uzatish

Dinamometr Mexanika Vaqt

Energiya Namuna Xatolik

Formula Oddiy Yassi

Gaz Pona Jism

Hozin Qiya O’tkazgich

Ish Richag G’ildirak

Jism Suv Shayinli

Chig`iriq











4 -topshiriq: “Venn diagrammasi" asosida moddalar tuzilishining o’xshash va farqli tomonlarini tahlil qilishadi

Namuna





1 -guruh

















1-guruh





















2-guruh





















3-guruh





















mazkur shart bo’yicha o’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi.

V. O’quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa berish.

Dars oxirida to’plangan rag’bat va jarima kartochkalari asosida g’olib jamoa aniqlanadi. “Eng bilimdon jamoa”,”Eng intizomli jamoa”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari bilan taqdirlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

“Barakalla”, “Ofarin, bilimdon”, “Aqlingga qoyilman” so’zlari yozilgan rag’batlantiruvchi vositalar beriladi. Darsda sust qatnashgan o’quvchilar ham aniqlanadi va ularga “Hayot hali oldinda” so’zlari yozilgan vosita beriladi.

VI. Uyga vazifa:

6-sinfda o’tilgan mavzularni umumiy takrorlash uyga vazifa qilib berildi.