Fizika fanini o‘qitishda Multisim dasturidan foydalanish imkoniyatlari.
Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich, f.m.f.n, Samarqand VXTXQTMOHM dotsenti,
Duvlayev Komil Abdirashidovich, Qo‘shrabot tumani, 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada fizika fanidan laboratoriya ishlarini virtual tarzda bajarish afzalliklari va yo‘llari haqida fikrlar yuritilib, Multisim dasturi yordamida "Yarim otkazgichli diodning volt - amper xarakteristikasini o‘rganish" laboratoriya ishini bajarish usuli ko‘rsatiladi.
Kalit so‘zlar: Virtual, diod, laboratoriya ishi, dastur.
Аннотация.
В данной статье высказываются мнения о преимуществах и путях выполнения лабораторных работ по физике виртуальным способом, показываются метод выполнения лабораторной работы "Изучение вольт - амперной характеристики полупроводникового диода" при помощи программы Multisim.
Ключевые слова: Виртуальный, диод, лабораторная работа, приложения.
Annotation
This article presents ideas about advantages and ways of doing laboratory works in virtual way in physics, shows the method of doing the laboratory work" Studying the current-voltage characteristics of a semiconductor diode" with the help of Multisim program
Key words: Virtual, diode, laboratory work.
Fizika fanini o‘qitish jarayonida egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Ammo bu mashg‘ulotlarning aksariyat qismida kutilgan natijaga erishilmaydi. Bunday salbiy holatning kuzatilishiga laboratoriya stendlarining etarli emasligi, zamonaviy asboblar, qurilmalar bilan ta’minlanmaganligi kabi sabablarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ushbu muammoni mashg‘ulotlar jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish yordamida bartaraf qilish mumkin.
Virtual laboratoriya dasturiy kompleks bo‘lib, foydalanuvchida har xil turdagi qurilmalar va tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish va ularni har tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini beradi [1, 2].
Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Electronics Workbench Multisim dasturi hisoblanadi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Ammo to‘g`ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini o‘zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o‘rganish va tadqiq qilish uchun qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu dasturning imkoniyatlaridan Fizika fanining elektr bo‘limiga oid amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari jarayonida ham foydalanish mumkin
Misol tariqasida 10-sinf fizika fani dasturida berilgan “Yarim o‘tkazgichli diodning volt - amper xarakteristikasini o‘rganish” nomli laboratoriya ishini loyihalash jarayonini qarab chiqamiz.
Electronics Workbench Multisim dasturi interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (1-rasm).
1-rasm. Electronics Workbench Multisim kompleksining interfeysi.
Asboblar panelidan sxemani tuzish uchun zarur bo‘lgan asboblarni tanlab olib rasmdagidek sxemani tuzamiz.
2-rasm. Laboratoriya ishining prinsipial sxemasi.
Funksional generator va otsillografning parametrlari optimal holatga keltirilib,
uzib-ulagich yordamida zanjirni ishga tushiramiz. Natijada otsillograf ekranida diodning volt-amper xarakteristikasi ko‘rinadi (3-rasm).
3-rasm. Diodning volt-amper xarakteristikasi
Hosil qilingan grafikni statistik tahlil qilish orqali yarim o‘tkazgichli dioddan to‘g‘ri p-n o‘tish va teskari p-n o‘tish yo‘nalishda o‘tadigan tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi qiymatlarini aniqlashimiz mumkin.
Dars jarayonida bunday dastrulardan foydalanib mashg’ulotlarni tashkil etish jarayonida o‘quvchilar berilgan laboratoriya ishlarini bajarish, hamda ularni yaxshi tushinish va chuqur o‘zlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Adabiyotlar.
1. M. M. Xasanov. Multisim dasturi muhitida radiotexnik zanjirlar va signallarni modellashtirish: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, ToshDTU, 2014, 60 bet.
2. Т. В. Гордяскина, С. В. Лебедева. Радиотехнические цепи и сигналы. Учебно-методическое пособие по выполнению лабораторных работ. – Н. Новгород: ФГОУ ВПО "ВГАВТ", 2010.
Muallifning F.I.SH.: Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich,
Sho‘ba nomi: Fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari.
Maqolaning mavzusi: Fizika fanini o‘qitishda Multisim dasturidan foydalanish imkoniyatlari.
Lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni: dotsent, f.m.f.n.
Ish joyi: Samarqand VXTXQTMOHM,
Telefoni (kodi bilan): (91) 521-82-30
Muallifning F.I.SH.: Duvlayev Komil Abdirashidovich
Sho‘ba nomi: Fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari.
Maqolaning mavzusi: Fizika fanini o‘qitishda Multisim dasturidan foydalanish imkoniyatlari.
Lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni: Fizika fani o‘qituvchisi
Ish joyi: Qo‘shrabot tumani, 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Telefoni (kodi bilan): (95) 560-04-69