Taklif etilayotgan to’garak mashg’ulotining dolzarbligi o’quvchilarning o’z o’lkasi, atrofdagi geografik voqelikka qiziqishining ortishi, o’z ona vatani tabiati bilan qiziqishlarini rivojlantirish zaruriyati jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi. O’quvchilarning ona yurtini to’liq va chuqur bilishi ona Vatanga muhabbat, o’z xalqining urf-odatlari va madaniyatiga hurmatni o’stirishga yordam beradi.
* o’quvchilarning geografiyani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish;
* xaritalarda tasvirlangan hudud va hodisalarning tasvirlari haqidagi bilimlarni rivojlantirish;
* geografik ma’lumotlarning turli manbalari bilan ishlashda, qurilmalardan foydalanishda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar.
№ | O’rganiladigan bo`limlar nomi | O’rganiladigan mavzular nomi |
1. | Geografik o’lkashunoslikka kirish. | O’lkashunoslik nimani o’rganadi? |
Ona-vatan qaerdan boshlanadi? Kichik Vatan tushunchasi. |
2. | Namangan viloyati O’zbekiston kartasida. | Geografik o’rni. Siyosiy-ma’muriy bo’linishi. |
Namangan viloyatining ma’muriy-hududiy o’zgarishlari tarixi. Viloyat hududining O’zbekistonning boshqa hududlari va dunyoning boshqa davlatlari hajmiga nisbatan solishtirish, taqqoslash. |
3. | Geografik-kartografik ko’nikmalarning qo’llanilishi | Kompas va azimut nima? Ular bilan amaliy ishlash. Joy plani. Kompas ustida ishlash. |
Ma’lum masshtabda xaritaga maydon planini chizish. Amaliy ishlar. |
Geografik xaritalarning umumiy xususiyatlari. Xaritalar qanday yaratilgan. |
Tematik xaritalar. Xaritalarni o’qish. |
4. | Namangan viloyati tabiati ni o`rganish | Rel’efi, rel’efning rivojlanish xususiyatlari, rel’efning odamlar hayoti va xo’jalik faoliyatiga ta’siri. Ko’chkilar, jarliklar, ularning kelib chiqish sabablari va ularga qarshi kurash choralari. Viloyat toponimiyasi |
5. | Iqlimiy xususiyatlarini o`rganish | Yil fasllar. Iqlimning odamlar hayoti va salomatligiga ta’siri. |
Ob-havo prognozlarining mahalliy belgilari. Ob-havo kuzatuvlarini tashkil yetish. |
6. | Suv resurslari. Tuproqlar va yer resurslarini o`rganish | Suv ob’ektlarining tavsifi (o’quvchilar yashaydigan hududdagi daryo, ko’l, hovuz). Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish shartlari. Ekologik muammolar. |
7. | O’simlik va hayvonot dunyosini o`rganish | O’simlik va hayvonot dunyosini o`rganish. |
8. | Viloyat aholisini o`rganish | Aholining joylanish va rivojlanish tarixi. Aholi joylashuvi. |
Aholi soni, milliy, jins va yosh tarkibi, harakati. SHahar va qishloq aholisi. Qishloq aholi manzilgohlarining turlari. Biz yashayotgan Namangan viloyatidagi mashhur arboblarning biografiyasi. |
9. | Biz yashayotgan joyni o`rganish | Joy nomlari. Ko’chalar nomlarining kelib chiqishi. |
10. | Namangan viloyati iqtisodiyoti. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlanishini o`rganish | Viloyatning iqtisodiy-geografik o’rni. Tabiiy sharoit va resurslarni iqtisodiy baholash. Sanoatining o’ziga xos xususiyatlari. Ota-onamizning kasblari. |
11. | Turistik tayyorgarlik asoslari | SHaxsiy va guruhiy jihozlar. Sayyohlik marshrutni qanday to’g’ri qilish mumkin? Turistik marshrut yaratish. |
12. | Mahalliy tarixiy-o’lkashunoslik muzeyiga ekskursiya | Viloyatning tarixiy va madaniy yodgorliklari haqida qisqacha ma’lumotlar berish. Namangan viloyati o`lkashunoslik muzeyiga ekskursiya |
Xulosalar qilish. | Bajarilgan ishlar va olingan natijalar taxlili |