Alisher Navoiy
Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar
saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda 1441-yilning 9-fevralida tug’ilib, shu yerda umrining asosiy k’ismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yak’in bo’lgan. She’r zavk’i va iste’dodi erta uyg’ongan Alisher etti yoshidayok’ Farididdin Attorning ‘Mantik’ut-tayr’ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali YAzdiy nazariga tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuk’ori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini k’ozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chik’ib ketishga majbur bo’lgan. Husayn Boyk’aro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosk’ich boshlanadi. Husayn Boyk’aro Alisher Navoiyga ‘muk’arrabi hazrati sultoniy’ (‘sulton hazratlarining eng yak’in kishisi’) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, ‘Ilk devon’ (1464-65) tuzgan edilar, so’ngra ‘Badoyiul-bidoya’ (‘Go’zallikning boshlanishi’), ‘Navodirun-nihoya’ (‘Nodirliklar nihoyasi’) nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortik’ ‘Xazoyinul-maoniy’ nomli to’rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
Alisher Navoiy xamsa asari
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’k’k’isi ‘Xamsa’ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’lik’ ‘Xamsa’ yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. ‘Xamsa’ tarkibiga ‘Hayrat ul-Abror’, ‘Farhod va Shirin’, ‘Layli va Majnun’, ‘Sab’ai sayyor’, ‘Sad
di Iskandariy’ kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy k’arashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus ‘Lisonut-tayr’ dostoni(1499)da, ‘Nasoyimul-muhabbat’ mank’abasi'(1495-96)da, ‘Tarixi anbiyo va hukamo'(1485-8), ‘Arbain’, ‘Munojot’ singari asarlarida aks etgan. O’zbekiston mustak’illikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan o’rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmok’da. ‘Arbain’, ‘Munojot’ kabi asarlari chop etildi. Navoiy merosining salmok’li k’ismi nasriy asarlardan iborat.
Ular ijtimoiy-siyosiy, axlok’iy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir. ‘Mahbubul-k’ulub'(1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuk’ori darajasida aksini topgan. Uch k’ismdan iborat bu asarda ‘Soriun-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati’ (1), axlok’iy muammolar (2), ‘mutafarrik’a favoyid va amsol surati’ (3) masalalari ifodalangan. ‘Xamsatul-mutahayyirin’(‘Besh hayrat’,1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tarik’ati, yozishmalari, asarlari hak’ida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. ‘Holoti Sayyid Hasan Ardasher’ (1488-89), ‘Holoti Rahlavon Muhammad’ (1493) asarlari manok’ib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik k’ilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. ‘Munshaot’ (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshk’a yo’nalishlardadir.
Ular Husayn Boyk’aro, Badiuzzamon va boshk’a tarixiy shaxslarga bitilgan. ‘Majolisun-nafois’ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib hak’ida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va tiliga tarjima k’ilingan. Navoiy ‘Muhokamatul-lug’atayn’ asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutk’i, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan k’iyoslashga bag’ishladi. Jonli xalk’ tilida k’o’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda k’o’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no k’atlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat k’ildi, shoir va olimlarni til istik’loli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bag’ishlangan ‘Mezonul-avzon’(1492) asarida arab va fors aruzi k’oidalarini turkiy tilda anik’ va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. ‘Tarixi muluki Ajam’ (‘Ajam shohlari tarixi’,1488) k’isk’a tarix bo’lib, Eron shohlari xronikasi bayon k’ilingan ‘Tarixi Tabariy’, ‘Shohnoma’ asarlarini mantik’an to’ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so’nggi vakili YAzdi Shahriyorgacha bo’l-gan shohlar tarixini, mifologik talk’inini beradi. ‘Tarixi anbiyo va hukamo’ (‘Payg’ambarlar va hakimlar tarixi’, 1485—1498) asarining birinchi bo’limida ‘K’issasul-anbiyo’lar an’analarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, YA’k’ub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg’ambarlar tarixiga oid k’issalar keltiradi. Navoiy Luk’moni hakimga ham anbiyolar k’atoridan joy beradi. Asarning ‘Hukamo zikrida’ deb nomlangan ikkinchi bo’limida insoniyat tarixida chuk’ur iz k’oldirgan donishmand hakimlar Fishog’urs, Jomosp, Buk’rot, Suk’rot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr hak’ida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri k’isk’a satrlarda talk’in k’ilinadi. ‘Vak’fiya’ (1481) asarida vak’f yerlari, mulklari, ularning mik’dori, ulardan foydalanish, vak’f mulki va mablag’i evaziga k’uriladigan bino va inshootlar, bu yo’nalishda madrasa va xonak’ohlarda o’rnatilgan tartiblar hak’ida fikr yuritdi. Navoiy o’z ixtiyoridagi mablag’lar hisobiga k’urilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog’larni sanab o’tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyk’aro munosabatlarini o’rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalk’lar yakk’alam k’ilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustak’il O’zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samark’and Davlat universiteti va boshk’a yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi.
lmiy-filologik merosi
„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Navoiy „Muhokamatul-lug’atayn“ asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no qatlamlarini ochdi. o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bag’ishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo’lga qo’yildi. Bu yo’nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e’tiborli.
Davlat va jamoat arbobi
Alisher Navoiy 1469–1472–yillarda muhrdor, 1472–1476–yillarda vazir bo’lib ishlaydi. 1487–1488–yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o’ziga g’oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To’g’ri, Bayqaro va Navoiy o’rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo’ldi. Lekin o’z davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko’p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tib, avlodlarga o’rnak bo’ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o’zida Abusaid Mirzoning o’g’li Yodgor Muhammad taxt daʼvosi bilan qo’zg’aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo’shin tortadi va g’alaba qozonadi.
1470–yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko’taradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qo’shin bilan yana yo’lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo’zg’olon bo’lganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday to’qnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qo’li baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qo’shiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba o’qitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qo’liga o’tadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. O’sha 1470–yilning o’zida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg’ob daryosi bo’ylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va Bog’I Zog’onda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qo’lga oladi. Shundan keyingina Xurosonda maʼlum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, g’oyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab–lavozimlar har qancha yuksak bo’lmasin uning uchun zil–zambil yuk bo’lib, Husayn Bayqaroga bo’lgan ixlos va muhabbatigina uni isteʼfo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko’plab g’alayonu qon to’kishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi.
Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972–1476–yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo’ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko’rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472–yilda esa «amir»(vazir)likka qo’ydi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug’ amir), «amirul muqarrab» (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr bo’ldi. Ulug’ amir o’zi bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan–qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.
Ruboiylar
* * *
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.
* * *
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
* * *
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
* * *
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.