9 – dars. Interfeys
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni interfeys, apparatli interfeys, dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeysi, yumshoq va qattiq interfeyslar, grafik interfeys bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni estetik ruhda, vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, milliy istiqlol ruhini singdirish.
Rivojlantiruvchi: interfeys, apparatli interfes, dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeysi, yumshoq interfeys, qattiq interfeys, grafik interfeys.
Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.
Dars metodi: an`anaviy, amaliy, aqliy hujum, interfaol usullar.
Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)
Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)
O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)
Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)
I.Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
sinf jurnalini tekshirish
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: kompyuterlarning dasturiy ta’minoti mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.
Mavzuni yoritish:
Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy (Software) ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning o‘zaro aloqasi interfeys deyiladi.
Interfeys bir necha turga bo‘linadi, ya’ni:
Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. Foydalanuvchi kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi.
Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqotga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
D
asturlar xilma-xil bo‘lgani kabi ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga ajratish mumkin. Agar dastur bilan ishlash juda qulay bo‘lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug‘dirmasa, u qulay foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo‘lsa, bu dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Shunday dasturlar bo‘ladiki, ular bilan ishlashda ma’lum ko‘rsatmalardan tashqariga chiqib bo‘lmaydi. Bu holda dastur qattiq interfeysga ega deyiladi.
Bundan tashqari, dasturning ishlash muhitiga (holatiga) qarab, dastur nografik (grafik bo‘lmagan yoki matnli – A rasm) yoki grafik (B rasm) interfeysga ega deyish mumkin.
A
gar dastur bilan ishlashda faqat klaviaturadan foydalanilsa va ma’lumotlar ekranda faqat matn ko‘rinishida aks ettirilsa, bunday dastur nografik interfeysga ega. Agar dastur ishlashi jarayonida ekranda grafik tasvirlar aks ettirilsa va uni «sichqoncha» yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, bunday dasturlarni odatda grafik interfeysga ega deyiladi. Dasturlar xilma-xil bo‘lgani uchun ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra bir nechta turga ajratish mumkin.
Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.
O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.
Uyga vazifa:
10 ta test tuzib kelish.
Savol va topshiriqlar
Apparatli ta’minot deganda nimani tushunasiz?
Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?
Interfeys deganda nimani tushunasiz?
Apparatli interfeysni misollar yordamida tushuntiring.
Dasturiy interfeys nima ?
Apparatli-dasturiy interfeys deganda nimani tushunasiz?
Foydalanuvchi va foydalanuvchi interfeysi deganda nimani tushunasiz?
Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi?
Dastur qachon grafik yoki nografik interfeysga ega deyiladi?
O’IBDO’: Farmonova S.R________