Sana ______________ Fan Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: Delphi dasturlash tilini o’rnatish va sozlash.
Dars maqsadlari: O'qituvchilarga Delphi dasurlash tilini o’rnatish va sozlash haqida ma'lumot berish.
Ta 'limiy maqsad: O'qitvchilarga Delphi dasurlash tilini o’rnatish va sozlash bo'yicha bilim berish va ko'nikma shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O'qitvchilarga Delphi dasurlash tilini o’rnatish va sozlash haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar va boshqa manbalar.
Darsda qo'llaniladigan metodlar: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi, Aralash, amaliy, muammoli-izlanish, induktiv va reproduktiv
DARSNING BORISHI:
I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqt 3 min
O'qitvchilar bilan salomlashish, yo'qlama qilish, diqqatini jalb qilish.
II-BOSQICH: O'qitvchilarga Delphi dasurlash tilini haqidagi bilimlarini o’rganish ular bilan qisqacha savol - javob, tushunmagan savollariga javob berish va taxlil qilish ajratilgan vaqt 10 min
III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqt 20 min
“Delphi”ni o’rnatish, ishga tushirish.
Odatda “Delphi” paketini o’rnatish CD-ROM qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
Kompakt diskda barcha o’rnatuvchi dasturlar va kerakli fayllar (Delphi Setup Launsher)
joylashgan. CD - diskovodga o’rnatuvchi disk solinishi bilan o’rnatiluvchi dastur avtomatik
tarzda ishga tushadi. “Delphi”ni o’rnatish vaqtida iloji boricha barcha faol dasturlar
ishini yakunlash kerak.
O’rnatuvchi dastur ishga tushishi natijasida kompyuter ekranida Delphi Setup
Launcher (“Delphi”ni o’rnatishni boshlash) oynasi hosil bo’ladi, bu oynada turli
ma’lumotlar olish va dasturni o’rnatish tugmachalari joylashgan.
Dasturni o’rnatish uchun sichqoncha ko’rsatkichini “Delphi” satriga olib kelib
sichqoncha chap tugmasini bosiladi. Natijada “Delphi”ni o’rnatuvchi dastur ishga tushadi va
ekranda quyidagi oynalar hosil bo’ladi.
Delphini o’rnatish jarayonini faollashtirish uchun, Delphi 7 satrida sichqonchani chap tugmasini bosish kerak. Delphini o’rnatnish jarayoni oddiy. Seriya raqami (Serial Number) va kalit (Authorization Key) ni kiritigandan so’ng ekranda avval litsenziyalangan kelishuv oynasi, undan keyin esa o’rantishning mumkin bo’lgan variantlaridan biri bo’lgan: Typical (Oddiy), Compact (Ixcham) yoki Custom (Foydalanuvchi tanlab oladigan) Setup Type (1.2 rasm) oynasi paydo bo’ladi.
Typical (Oddiy) variantda, kompyuterning CD-ROM diskidan qattiq diskka Delphining barcha komponentalari ko’chiriladi. Oddiy variant kompyuterning qattiq diskidan bo’sh joy uchun katta qismini, o’rtacha 475 Mbayt (Enterprise komplekti uchun) talab etadi. Agar qattiq diskda etarlicha bo’sh joy mavjud bo’lsa, bu variantni tanlagan ma’qul bo’ladi.
Compact (Ixcham) variantda,kompyuterning qattiq diskiga Delphining faqat eng zarur komponentalari ko’chiriladi. Ixcham variant
qattiq diskning eng kam bo’sh maydonini talab qiladi. Biroq bu holatda Delphi muhitining ba’zi imkoniyatlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Xususan, ixcham variantda ma’lumotlar tizimi fayllari, ba’zi komponentalar va utilitalar qattiq diskka ko’chirilmaydi.
Custom (Foydalanuvchi tanlab oladigan) variant foydalanuvchiga Delphining faqat ish uchun zarur bo’lgan uskunalari hamda komponentalarini tanlab olishga ruxsat beradi. Odatda o’rnatishning bunday variantini malakali dasturchilar ishlatadilar. Bu variantni faqat shunday holatda tanlash kerakki, agar kompyuter diskida dasturni to’liq o’rnatish uchun bo’sh joy etarli bo’lmasa.
O’rnatishning kerakli variantini tanlanib, Next tugmasi bosiladi. Agar o’rnatishning Custom varianti tanlansa, u holda Custom Setup (1.3 rasm) muloqat oynasi ochiladi va unda o’rnatilishi kerak bo’lgan komponentlar tanlanadi, keraksizlari esa olib tashlanadi. Komponentani o’rantishni man etish uchun, komponetaning chap tomonidagi diskning tasvirida sichqonchani bosib, paydo bo’lgan menyudan Do Not Install buyrug’ini tanlash kerak.
Agar o’rnatishning Typical varianti tanlansa, Next tugmasini bosish natijasida Delphi va uning komponentalari o’rantilishi kerak bo’lgan kataloglar ko’rsatilgan Destination Folder oynasi ochiladi. Next tugmasini navbatdagi bosish Save Installation Database oynasini ochadi. Bu oynada foydalanuvchiga kompyuter qattiq diskida o’rnatish jarayoni haqidagi axborotni saqlash taklif qilinadi. Bu esa keyinchalik Delphini CD-ROM o’rnatuvchi diskini qo’llamasdan ham o’chirish imkoniyatini beradi. Shu bilan Delphi dasturini o’rnatishga tayyorgarlik tugaydi. Ekranda Ready To Install the Program oynasi paydo bo’ladi va unda Install tugmasi bosilsa, o’rantish jarayoni faollashadi.
Delphini o’rnatish jarayoni tugaganda ekranda o’rnatish tugaganligi haqidagi xabarli oyna paydo bo’ladi (1.4 rasm).
IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish ajratilgan vaqt 7 min Ko’rgazmali qurollar yordamida o’qituvuvchilarga savollar berib mavzuni mustahkamlayman.
V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, darsni baholash metodlari va ajratilgan vaqt 2 min
VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqt 3 min
Mavzuga oid mashqlar savol va topshiriqlarni bajarib kelish.