Sinf Fizika sana: 30.10.2019 yil
LABORATORIYA ISHI: QATTIQ JISMNING ZICHLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarda fizik kattaliklarni o‘lchash ko‘nikmalarini hosil qilish;
taqribiy o‘lchashlar haqida tushuncha berish.
Dars materiallari:
Fizika kitobi.
Kerakli asboblar.Shayinli tarozi (toshlari bilan), o‘lchov chizg‘ichi, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi yog‘ochdan, plast-massadan, metalldan yasalgan narsalar. To‘ g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan predmetlar (kichik qaychi, qalamtarosh), suv, menzurka.
Doska, bo‘r.
Asosiy tushuncha va atamalar:
-taqribiy hisoblash;
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1. | Tashkiliy qism | 5 minut |
2. | Zichlik tushunchasini takrorlash | 5 minut |
3. | Laboratoriya ishini o'qituvchi bajarib ko‘rsatishi | 10 minut |
4. | Guruhlarda ish bajarish | 20 minut |
5. | Yakunlar chiqarish | 3 minut |
6. | Uyga topshiriqlar | 2 minut |
Darsning borishi:
Laboratoriya o‘tkazishga kerakli jihozlar oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Dars boshida ulami bir tekshirib chiqiladi.
Ishni bajarish:
1. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi jismlardan biri olinib, uning bo‘yi (l1,), eni (l2) va balandligi (l3) chizg‘ich yor damida o‘lchanadi. Natija larga ko‘ra V= l1*l2*l3 hajm hisob lanadi.
2.Tarozining bir pallasiga to‘g‘ri bur chakli parallelepiped, ikkinchi pallasiga toshchalar qo‘yilib, muvoza natga keltiri ladi. Toshchalarga qarab jism massasi maniqlanadi.
3. p=m/V formula yordamida jism zichligi hisoblab topiladi.
4. Yuqorida ko‘rsatilganidek, tajriba boshqa parallelepipedlar bilan o‘tkazilib, ularning ham zichliklari aniqlanadi.
5. O‘lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.
6. To‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan jismlardan birining massasi mjism tarozida tortib olinadi.
7. Menzurkaga jism solinganda suv sathi o‘lchov chizig‘idan o‘tib ketmaydigan darajada suv quyiladi. Dastlabki suv sathi V1yozib olinadi.
8. Massasi aniqlangan jismni ipga bog‘lab, menzurkaga tushiriladi. Bunda suv sathi ko‘tariladi . Suvning jism botirilgandagi sathi V2 o‘lchab olinadi.
9. Vjism= V2 - V1 formuladan jism hajmi hisoblanadi.
10. p=mj/vj dan jism zichligi hisoblab topiladi.
11. Tajriba boshqa jism bilan takrorlanadi va natijalar jadvalga yoziladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1.Parallelepipeddan tashqari yana qanday shakldagi jismlarning hajmini chizg‘ich bilan aniqlasa bo‘ladi?
2. Suyuqliklar zichligini aniqlash usuli haqida taklifingizni ayting.
3. Qanday ko‘rinishdagi moddaning zichligini tashqaridan ta’sir etib o‘zgar tirish mumkin?
Qo’shimcha ma’lumotlar:
Qattiq jismga nisbatan «ancha» og‘ir bo‘lgan suyuqlikni bilasizmi? Bunday suyuqlikni 3 litrli shisha idishga quyib berishsa, ko‘tarib keta olmaysiz. Chunki uning massasi 40 kg dan oshib ketadi. Bu suyuqlik – simobdir.
•Quyosh markazida zichlik 16 000 kg/m3ga boradi (jadvaldagi eng katta zichlikka ega bo‘lgan iridiy bilan solishtiring. p= 22 400 kg/m3). Yuzasida esa 0,00010,00001 kg/m3
ga teng. Bu esa atrofimizdagi havoning zichligidan 10 000-100 000 marta kichik deganidir.
•Yerning o‘rtacha zichligi 5 520 kg/m3ga teng.
Uyga topshiriq. Jadvaldagi zichliklarga ko‘ra jismlarning qanday materialdan yasalganligini aniqlashga harakat qiling.
O’qituvchi:______ Duvlayev K
O’TIBDO’:______ Egamberdiyev N