Muhammad Yusufningdastlabkisheʼrlari „Oʻzbekistonadabiyotivasanʼati“ haftaligidabosilgan (1976). Shundanboshlabrespublikamatbuotidauningsheʼr, ocherkvamaqolalarimuntazamravishda chop etilaboshlagan. Ilk sheʼrlarkitobi — „Tanishteraklar“ (1985). „Bulbulgabirgapimbor“ (1987), „Iltijo“ (1988), „Uyqudagiqiz“, „Halima enamallalari“ (1989), „Ishqkemasi“ (1990), „Koʻnglimdabiryor“ (1991), „Bevafokoʻpekan“, „Yolgʻonchiyor“ (1993), „Erka kiyik“ (1995) va„Osmonimgaolibketaman“ (1998) sheʼriykitoblarinashretilgan. Mazkurkitoblargakirgansheʼrlarda Muhammad Yusufgamansubboʻlganavlodningengolijanobvayuksakinsoniyfazilatlaribilanbirgayoshliksururi, ishqvamuhabbatningnafisnavolari, oʻzbekona, sodda, aynipaytdaezgu, bokiravabetakrortuygʻuhamdakechinmalarioʻziningyorqinifodasinitopgan. Soʻzningbadiiyimkoniyatlaridanmahoratbilanfoydalanish, musiqiyravonlik, tuygʻulartiniqligi, samimiylikvamayinlik, ruhiyatmanzaralariniloʻndavayakdilifodalaybilish Muhammad Yusuf sheʼriyuslubiningyetakchixususiyatlaridir. Uningqalamigamansubaksariyatsheʼrlartaniqlixonandalartomonidanijroetilmoqda. Muhammad Yusuf ijodiaynigullabyashnaganpaytda, Ellikqalʼatumanidasheʼriyatmuxlislaribilanuchrashishmaqsadidagiijodiysafaridavafotetgan. Andijondadafnetilgan
Просмотр содержимого документа
«Презентация урок на тему "Мухаммад Юсуф"»
1
Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida dunyoga kelgan. Rustilivaadabiyotiinstitutiningrustili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980-1986), GʻafurGʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986-95)da turli lavozimlarda ishlagan
Ulug'imsan Vatanim
Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zim hoqon, o'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim yagonam deymi? Topingan koshonam deymi? O'zing mening ulug'lardan, Ulug'imsan Vatanim
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — „Tanishteraklar“ (1985). „Bulbulgabirgapimbor“ (1987), „Iltijo“ (1988), „Uyqudagiqiz“, „Halimaenamallalari“ (1989), „Ishqkemasi“ (1990), „Koʻnglimdabiryor“ (1991), „Bevafokoʻpekan“, „Yolgʻonchiyor“ (1993), „Erkakiyik“ (1995) va „Osmonimgaolibketaman“ (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi. Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq. Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.