СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
Natyurmot va uni ishlash usullari haqida fikr yuritishda rang tasvirni o'rni
Rangtasvirda rang munosabatlari va akvarel bilan ishlash texnologiyasi.
Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo‗yoqlar — moyli buyoq, akvarel, guash, tempera, shuningdek, rangli qalamlar, ko‗mir, qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash harakterlidir. 10 Rangtasvir asarlari qog‗oz, mato, kardon, devor, oyna, yog‗och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qanday ranggasvir ishida, avvalo, uning rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o‗rinni egallaydi. Rangtasvir asarlari bajarilish texnikasi jihatidan turli-tuman bo‗lib, ular moybo‗yoqli, temperali, freskali, mozaikali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelli bo‗lishi mumkin. Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud:
1. Dastgohli rangtasvir.
2. Monumental (mahobatli) rangtasvir.
3. Miniatyura (mo„‟jaz) rangtasviri.
4. Dekorativ (bezak) rangtasvir.
5. Teatr-dekorativ (bezak) rangtasviri.
Dastgohli rangtasvir deyilganda, rassomlarning maxsus asbob-dastgox. (molbert) yordamida ishlaydigan su‘ratlari tushuniladi. Dastgohli rangtasvir asarlari uncha katta bo‗lmagan
o‗lchovda yuqorida qayd qilib o‗tilganidek mato, kardon, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga bo‗yoqlar bilan ishlanadi. Dastgohli ragtasvirda ko‗pincha moyli va akvarel
bo‗yoqlar qo‗llaniladi.
Monumental rangtasvir atamasi monumental (maxobatli), ya‘ni katta o‗lchovdagi rangtasvir ma‘nosini anglatadi va bu turdagi asarlar ko‗pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo‗yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud.
Freskalar asosan bino devorlarining o‗ziga ishlanadi .
Mozaika — turli tabiiy va ikkilamchi materiallar — rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi .
Vitraj esa binolarning deraza, eshik, oynalari ustiga bo‗yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko‗rinadi .
Miniatyura (mo‗‘jaz) rangtasviri deyilganda bejirim, juda kichik, jajji, nozik san‘at asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o‗rta asrlarda kitob bezagi bilan bog‗liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarhalharf, illyustratsiyalardan iborat bo‗lgan . Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movrounnaxrda katta shuhrat qozongan. Xozirda u mustaqil san‘at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli quticha, tomosha qovoq kabilarni bezatishda ham keng qo‗llanilmoqda. Shuningdek, bu tur mustaqil san‘at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.
Dekorativ rangtasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo‗lib, u binolarning ichki va tashqi devorlarini bezatishda keng qo‗llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdek, quticha, 11 patnis, sandiq, shkaflarni bezatishda qo‗l keladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar namoyon kabi mayda elementlar ham dekorativ rangtasvirga kiradi.
Teatr dekorativ rangtasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, sahna jihatlari bilan bog‗liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spektakl mazmunini tomoshabinga keng va chuqurroq singdirishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e‘tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unda ifodalangan voqea sodir bo‗layotgan joy, davr, muhit to‗g‗risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi .Tasviriy san‘at nazariyasi va amaliyotida akademik rangtasvir iborasi ham ishlatiladi.
Akademik rangtasvir asosan o‗quv jarayonida foydalaniladigan ko‗rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi. Rangtasvirda qanday ish bajariladigan bo‗lsa, shu holatda ish bajariladi, faqat akademik rangtasvirida ko‗rgazmalilikni mo‗ljallagan holda ishga chuqurroq kirib boriladi va detallashtirib yakuniga yetib, to‗liq bitiriladi. Rangtasvirda ishlash uchun, uni yaxshi
o‗zlashtirish uchun avvalo ranglar haqida to‗liq va to‗g‗ri bilimga ega bo‗lish lozim bo‗ladi. Rangtasvir asarlarini maromiga yetkazib bajarish uchun har bir rassom ranglar gammasini va
ularning harakteristikasini yaxshi bilishi lozim bo‗ladi.
Asosiy va to„ldiruvchi ranglar. Ranglar gammasining harakteristikasi. Iliq va sovuq ranglar.
Tus va rang munosabatlari. Spektr.
O‗quvchilarning ishiga to‗g‗ri rahbarlik qila olish uchun bo‗lajak o‗qituvchi rangtasvir asoslarini puxta egallashi va rangshunoslik nazariyasini bilishi shart. Shuning bilan birga haqqoniy rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o‗zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rasm ishlash yo‗llarini o‗rgangish mumkin. Ranglarni tabiatda qanday hosil bo‗lishi va tarqalishi muammosi qadimdan olim va rassomlarning diqqatini tortgan. Mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. M.V.Lomonosov fanda birinchi bo‗lib, asosiy ranglarni kashf etgan. Isaak Nyuton qator tajribalar o‗tkazib, oq yorug‗likni ko‗p rangli ekanligini isbotlagan. Ekranda spektr ranglarni hosil qilgan. Buning uchun Nyuton quyosh nurini qora pardaning kichik tirqishidan
o‗tkazib, uning yo‗liga uch qirrali prizma qo‗ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug‗lik yig‗indisi hosil bo‗lgan. Ekranda spektr ranglari paydo bo‗lib, ular quyidagicha joylashgan: qizil, sariq, zarg‗aldoq, yashil, zangori , havorang va binafsha ranglar. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o‗rgangan bo‗lsa, nemis shoiri va
san‘atshunosi I.V.Gyoteni ranglarning kishi organizmiga ko‗rsatadigan ta‘siri ko‗proq qiziqtirgan. U ―Ranglar haqida ma‟lumot‖ nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratgan. Iliq (sarg‗ish, qizil) ranglar kishida kayfi chog‗lik tuyg‗usini, sovuq (havorang, yashil) ranglar esa ma‘yuslik tuyg‗usini uyg‗otishi haqida yozgan. 12 XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgols rangshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratdi. Ko‗p yillik tajribalar asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomati - rang tusi, rangning och-to‗qligi va to‗yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko‗rsatdi. Ilmiy izlanishlar va amaliyot jarayonida qator qonun va qoidalar ishlab chiqilgan bo‗lib, talaba o‗zining o‗quv jarayonida va ijodiy ishida ularga bevosita amal qilishi shart. Tabiatdagi ranglar o‗z xususiyatiga ko‗ra ikki turga: axromatik (rangsiz) va xromatik (rangli) xillarga bo‗linadi. Axromatik ranglarga oq, kulrang va qora ranglar kiradi. Ular o‗zaro almashtirilganda esa yana bir qangcha tusdagi ranglarni xosil qiladi. Biror xromatik rangga ochroq kulrang qo‗shsak, uning jozibaliligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to‗yinganligidan, ya‘ni uning tarkibida bo‗yoqning kamayganligidan darak beradi. Demak, rangning to‗yinganligi yoki to‗yinmaganligi deganda, uning kulrangga nisbatan rangdorlik darajasi, tozaligini tushunish kerak. Rang doirasi ikki teng bo‗lakka bo‗linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‗aldoq, sarg‗ish, sariq ranglar, ikkinchi yarmida esa havorang, zangori , ko‗k , binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab, qizil, sariq rarnglar olovni, qizigan temirni cho‗g‗ini eslatsa, havorang, zangori , yashillar esa muzni , suvning ranggini eslatadi. Ikkita spektr ranglarni ustma-ust tushurilsa, ranglar bir-biriga qo‗shilib murakkab rang hosil bo‗ladi. Qizil rang, havo rang va binafsha ranglar bir-biriga qo‗shilganda chiroyli tusdagi pushti, to‗q qizil, sapsar siyohranglarni xosil qiladi. Qo‗shilganda oq rang beradigan spektr ranglar qo‗shimcha yoki to‗ldiruvchi ranglar deyiladi. Chunki ular oq rang hosil bo‗lgunga qadar bir-birini to‗ldiradi. Bunday ranglarga sariq, havorang, qizil, zangori, yashil va binafsha ranglar kiradi.
Bo‗yoqlarning qo‗shilishi bilan spektr ranglarning qo‗shilishi orasida farq bor. Uchta asosiy spektr rang: qizil, yashil va havorang qo‗shilganda, och holda tasvirlangani oqqa yaqin rangni hosil qiladi. Asosiy qizil, sariq va havorang bo‗yoqlarini qo‗shilishidan esa qoraga yaqin rang hosil bo‗ladi. Spektrning sariq va havoranglari qo‗shilishi natijasida yashil rang xosil
bo‗ladi. Demak, ikkita rangni optik aralashtirish natijasida oqqa yaqin nim kulrang hosil qiladigan ranglar to‗ldiruvchi (qo‗shimcha) ranglar hisoblanadi. Misol uchun to‗q qizil va yashil, zangori va zarg‗aldoq, qizil, sariq, havorang, sarg‗ish yashil va binafsha ranglar o‗zaro
to‗ldiruvchidir. 13 Talabalarda ranglarni ko‗rish va idrok etish qobiliyati asta-sekin mashqlar orqali shakllanib boradi. Ranglarning kelib chiqishi va ularning xususiyatlarini chuqur o‗rganish natijasida rassomlar bo‗yoq nomlarini ham aniqladilar. Akvarel bo‗yoqlari 6,8,12,16,24 xil rangli to‗plamlar holida bo‗ladi. Ularni ishga tayyorlash vaqtida har birining ustidagi yorlig‗ini asta ko‗chirib olib, bo‗yoq solingan plastmassa idishchaning tagiga yopishtirib qo‗yish va nomlarini eslab qolish lozim. 1.Limon rang kadmiy. 2.Sariq kadmiy. 3. Och oxra. 4. Tabiiy siena. 5. Oltinsimon sariq. 6. Zarg‗aldoq kadmiy. 7. Qizil oxra. 8. Kuydirilgan siena. 9. Och qizil. 10. Guldor. 11. Qizil kraplak. 12. karmin. 13. Binafsha kraplak. 14. Ultramarin. 15. Ko‗k kobalt. 16. Havorang. 17. Zumrad(yashil.). 18. Yashil permanent. 19. Sabza (yashil). 20. Tabiiy umbra (to‗q jigarrang) . 21. Jigarrang mars (och). 22.Kuydirilgan umbra (jigarrang) . 23. Sepiya (chiroyli
to‗q jigarrang). 24. Qora. Tabiatdagi narsalarning aniq ranggini belgilab ko‗rsatadigan tayyor bo‗yoqlar mavjud emas. Ammo yetuk rassom ranglarning o‗zaro ta‘siri va ko‗rinish holatlarini idrok etib, ularning xususiyatlarini xisobga olgan holda har qanday narsaning ham ranggini chiqarib bera oladi. Tasvirda shunday jozibaga, hayotiy xaqiqatga erishish uchun rassomga ranglar nisbatini bilishi, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini hisobga olib ishlata bilishi yordam beradi. Masalan, olov rang qizilni kuchliroq yal-yal yonadigan qilib tasvirlash uchun shu rang atrofidagi narsalarning soyasini ko‗kimtir, havorang, yashil, zangori tuslarda beriladi. Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o‗rtasida to‗la o‗xshashlik bo‗lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o‗xshashlik bo‗lishi shart. Bunga erishish uchun rangshunoslik fanini chuqur o‗rganish va amaliy ish jarayonida bu masalalarga qayta-qayta murojat qilish kerak. Har-xil bo‗yoqlar bilan (akvarel, guash,
moybo‗yoq) natyurmortlarni tasvirlash uchun yuqorida qayd etilgan tajribalarni o‗tkazib ko‗rish,
bo‗yoqlarning hususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishlatish usullarini o‗zlashtirish uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Tasviriy san‘atda akvarel bo‗yoqlar bilan ishlash salmoqli o‗rin egallaydi. Bunga sabab maktabda rasm chizishni o‗rganishda akvarelning yetakchi o‗rin egallashidir. Dars jarayonida va sinfdan tashqari mashg‗ulotlarda o‗quvchilar akvarel va guash bo‗yoqlari bilan ishlaydilar. Tasviriy san‘at to‗garaklari va fakultativ mashg‗ulotlarda o‗quvchilarni bo‗yoqlarning texnologiyasi va ularni qo‗llash yo‗llari bilan kengroq tanishtirish uchun o‗qituvchining o‗zi shu sohani puxta egallagan bo‗lishi zarur. Kasb-xunar kollejlari va oliygoh talabalari uchun ham asosan akvarelda ishlash uchun topshiriqlar beriladi. Keyinchalik asta-sekinlik bilan moybo‗yoqqa o‗tiladi.
Akvarel bo„yog„ining xususiyatlari. Akvarelda ishlash
texnologiyasi va usullari. .
Akvarel – lotincha so‗z bo‗lib, suvga qoriladigan bo‗yoq, shungingdek, akvareldan ishlangan rasm degan manoni bildiradi. Akvarel qadimgi Misr, Yaponiyada keng qo‗llanilgan, XXI asrdan akvarelda yirik sanat asarlari ishlash juda taraqqiy etgan. Akvarel bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angliyada rivojlangan edi. D.Kozens, Tyorner, D.Konstabel. R.Bonington,G.Gyorten kabi rassomlar o‗zlarining akvarelda ishlangan asarlarida Anglyaning
go‗zal tabiatini mohirlik bilan tasvirlaganlar. Rossiyada esa akvarel bilan ishlash sanati XVIII asrdan etiboran keng yoyila boshladi. O‗rta asrlarda Rossiyada bo‗lganidek, G‗arbiy Yevropada ham akvareldan cherkovga qarashli bo‗lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustratsiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin bu vaqtlarda akvarel oq bo‗yoq moddasi qo‗shilgan holda ishlatilar edi.
O‗rta Osiyoda akvarelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo‗llanildi. O‗rta Osiyo rassomlari ichida ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustratsiyalar ishlashda shuhrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.Ye.Repin, V.A. Serov, M.A.Brubel kabi rassomlari o‗z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy sanati namoyondalari A.M.Grasimov, S.V.Gerasimov, O.G.Vereyskiy,Kukrinskiylar , Yu.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko‗plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko‗pchiligini kitoblarga ishlagan illyustratsiyalar tashkil etadi.
O‗zbekistonda esa akvarelda ishlash sanatining rivojini B.Xamdamiy, O‗.Tansiqboev, G.Shevyakov, G.Siganov, K.Cheprakov va ayniqsa Ch.Axmarovning ijodida ko‗rish mumkin. Akvarel bilan ishlash usullarining murakkablashuvi, takomillashuvi uning turlarini ko‗payishiga va xilma- xillashuviga olib keldi. Xozir akvarelning bir qancha turlari mavjud, Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon holdagi akvarellar. Bu bo‗yoqlar badiiy bilim yurtlarida ayniqsa amaliy va dekorativ sanat o‗quv yurtlarida kompozitsiyalar, eskizlar tuzishda qo‗llaniladi. Akvarel
bo‗yoqlari ikki qismdan: bog‗lovchi element hamda bo‗yoq kukinidan tarkib topadi. Bog‗lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo‗yoq rangini o‗zgartirmaydigan, qog‗ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.
Bog‗lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha. olxo‗ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayorlanadi. Daraxt shirasidan masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma tayyorlandi. Shuningdek, bo‗yoqning tez qotib qolmasligi pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun unga asal, glitsirin, dekstrinlar qo‗shiladi. Bog‗lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko‗rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Xar bir akvarel uchun bog‗lovchi emulsiya turli mikdorda tayyolanadi. 15 Taxtacha ko‗rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakaridan tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo‗ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi. Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma birgalikda to‗xtovsiz aralashtiriladi. Unga o‗tgan tayyorlangan aralashma va fenaldan keraklicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar ko‗proq miqdorda oshirib meva shakari o‗rniga asalari mumiyo va glitsirin
qo‗shiladi. Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog‗lovchi elementining ko‗pchilik qismini asal tashkil etadi. Glitsirin va shira ozroq miqdorda qo‗shiladi. Akvarel tayyorlashda qo‗llaniladigan bo‗yoq kukunlari tabiiy yoki suniy kukunlar bo‗lishi mumkin. Ayrimlari o‗simliklar yoki hayvonlarda uchraydigan pigmentlardan masalan, jigar rang, karminli bo‗yoqlardan tayyorlanadi. Bo‗yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning tiniqligiga, bir- biriga yaxshi aralashishiga e‗tibor berish lozim. Masalan, quyidagi
bo‗yoq kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiiy, jigar rang, sariq mars,
zarg‗aldoq mars va xakozolar.
Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.
Binafsha: binafsha tusagi kukun.
Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar.
Zangori: zangori ranglar.
Jigarrangli kukunlar : kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars.
Qora kukunlar:- uzumdan olinadi. Akvarel tayyorlash uchun bo‗yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiriladi, tosh plita yoki maxsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo‗yoq suvda yaxshi erisa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo‗lgan hisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, quyilgan akvarel bo‗yog‗i quriganidan keyin o‗z rangini biroz o‗zgartirib olishadi. Bunga bo‗yoq qavatidan suvning bug‗lanishi, qog‗ozga singishi ta‗sir etadi. Akvarelda ish bajarish rangtasvirning eng nozik jihatlaridan biridir. Qadimdan akvarel
o‗zining nafisligi va ranglarning yorqinligi bilan ko‗pgina rassomlarni qiziqtirib kelgan. Akvarelda oq rang ishlatilmaydi, uning o‗rnini oq qog‗ozning o‗zi o‗taydi. Qog‗oz oppoq, yetarli darajada qalin va yuzasi g‗adir-budir bo‗lishi zarur. U agar juda silliq bo‗lsa, sathida ranglar yetarli darajada tekis yotmaydi. Narsa va buyum tasvirlarini bo‗yash jarayonida umumiydan xususiyga yoki aksincha xususiydan umumiyga qarab boriladi, nihoyat ish yahlitlash bilan yakunlanadi. 16 Rassom uchun eng muhimi o‗tkir nigoh, mohir qo‗l, tinimsiz mehnat orqali akvarel bilan ishlash texnikasini mukammal egallashdir. Bunga tarixdan juda ko‗plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan: XV asr oxirida Uyg‗onish davrining mashxur nemis rassomi A.Dyurer akvarelda juda ko‗plab asarlar yaratgan. Go‗zal va betakror tabiat manzaralari , hayvonoti dunyosi va o‗simliklarni ajoyib qilib tasvirlash , shu mo‗yqalam sohibining naqadar yuksak mahorat egasi bo‗lganligini isbotidir. Endi akvarel tush va ularni ishlatishda qo‗llaniladigan bazi qurol va vositalar haqida
to‗xtalib o‗tamiz. 1. Akvarel mo‗yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo‗lishi kerak. Akvarel boshqa bo‗yoqlardan kog‗ozga yupqa qatlam tarzida o‗tishi tekis, silliq surkalishi, quyilib va bir joyga qatlam tarzida yig‗ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko‗p vaqt suv tegmasa, haddan tashqari qotib ketib uni ishlatish qiyin bo‗lib qoladi. Shuning uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong‗u va salqin joylarda saqlash lozim. Agar tyubikdagi akvarel qotib qolsa, tyubikka shprits bilan suv yuborish yoki uni suvli idishda biror soat solib qo‗yish tavsiya etiladi. «Lelingrad» markali akvarel sifatli akvarellardan hisoblanadi va u plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo‗yoqlarning 24 xili mavjud bo‗lib, plastmassadan tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan. 2. Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda keng qo‗llaniladi. Ularning xillari juda ko‗p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda ishlab chiqariladi . Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil tuslari hosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun mo‗ljallangan
bo‗lib, 20-30 donasi kerakli o‗lchamda bir-birlaridan ajratib olishda birorta uchi o‗tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo‗yilgan kardon esa uni g‗ijim bo‗lishdan asraydi. 3. Stirator bittasi kattaroq ikkinchisi kichikroq o‗lchamga ega bo‗lgan va bir-birini ichiga kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda bo‗lib, qog‗oz ikkala ramka orasiga qo‗yilib siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo‗lishi ham mumkin. Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog‗oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga qo‗ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyoqsiz holda ishlatilganda esa maxsus tutkichga o‗rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog‗oz oldin suvga xo‗llab olinadi. Qog‗ozni
xo‗llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1.5-2 smgacha joy quruq qoldiriladi. Qog‗ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo‗llaniladi, so‗ng ramkaga tortilgan
qog‗oz o‗zgarmas temperaturali joyga qo‗yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va manzaralarni tasvirlashda qulaydir. 17 4. Planshet tasviriy sanat darslarida keng qo‗llaniladi . Planshetga qog‗oz tortishida uning to‗rttala tomoni 1,5-2sm buklanadi. Qog‗ozning teskari tomoni jiqqa xo‗l latta suvini o‗ziga shishib olguncha surtiladi. Chetga qayrilgan burchaklari eng quruqligicha qoldiriladi. So‗ngra
qog‗ozning old tomoni aylantirib qo‗yiladi va u ham chetki tomonlariga tekkizmasdan
xo‗llanadi. Undan keyin burchagidan bir tomoni, so‗ngra qarama- qarshi turgan tomoni bosib tortilishi lozim. Qolgan ikki tomoni ham xuddi shunday deoganal bo‗yicha yelimlanadi yoki knopka bilan qistiriladi. Qirralari esa barmoq yordamida tekis qilib yopishtirib chiqiladi. Yelimlangan tomonlarida hech qanday tirishgan va qavariq joylar bo‗lmasligi lozim. Ho‗l planshet mo‗tadil temperaturali joyga qo‗yib quritiladi. Shundagina u ishga yaroqli bo‗ladi. 5. Yig„ma qopchiq ham etyudlar ishlashda ekskursiyalarga chiqqanda juda azqotadi. Uni brezent matodan ixchamgina qilib tikib olish mumkin, kerakli jixozlarni yig‗ma qopchiqqa tartib bilan joylashtirish lozim. Uning yuqori qismiga tasmalar tikib qog‗ozni mahkamlab qo‗yish kerak. Pastki qismiga esa har-xil o‗lchamdagi cho‗ntaklar tikiladi. Chuntaklarga esa maxsus idish, katta akvarel vaxokazolar solib olinadi. Materialni tikayotganda orasiga kardon
bo‗laklarini kerakli o‗lchamlarda qo‗yish tavsiya etiladi. Qo‗yilgan kardon bo‗laklar qog‗ozlarni buklanib qolishidan saqlaydi. 6. Mo‗yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim, mo‗yqalamlar ikki xil
bo‗lib, ularning bir xillari moyli bo‗yoqlarga, boshqa xillari esa akvarel bo‗yoqlarga
mo‗ljjallangan (elimlash uchun mujjallangan mo‗yqalamlar uchun mustasno). Ularni
ko‗rinishiga qarab quyidagicha fikrlash mumkin. Yalpoq (moyli bo‗yoqlar uchun mo‗ljjallangan
mo‗yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo‗ladi). Akvarel uchun ishlatiladigan
mo‗yqalamlar yumaloq bo‗lib, uch tomonga qarab ingichkalashib boradi va bu juda mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug‗diradi. Rasm ishlaganda qog‗ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo‗yqalamlar maxsus yumshoq yunglardan yasaladi. Akvarel mo‗yqalamning kolonok, olmaxon, suvsar yungidan yasalgan turlari mavjud.
Mo‗yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib silkitish kerak. Agar shunga mo‗yqalamning uchlari to‗planib qolsa-yaroqli, to‗zib tursa-yaroqsiz
bo‗ladi. Mo‗yqalamning bandida nomeri bo‗ladi. Bu nomer mo‗yqalam mo‗y qismini kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi. Shuning uchun akvarel bilan ishlashda mo‗yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy sanat darslarida ingichka mo‗yqalamlardan kam foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo‗yab bulmaydi. Bu xildagi mo‗yqalamlar
ko‗proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishldaridagi naqshlarni bo‗yashda ishlatiladi. Yuqorida nomeri ko‗rsatilgan yo‗gon xajmdagi mo‗yqalam bilan katta rasmlarni bo‗yash mumkin, uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman 18 olganda butun ishni bitta mo‗yqalamda bajara olish imkoni tug‗iladi. Shunda ko‗z hamda qo‗l harakati uyg‗unlashadi. Tajribali rassomlar ko‗pincha ikki tomonida ham mo‗yi bo‗lgan
mo‗yqalamlardan foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berib tayyorlatish mumkin. Bulardan tashqari har-xil o‗lchamdagi kurakchasimon, yalpoq mo‗yqalamlar ham ishlatiladi. Endi mo‗yqalamlarni ishlatishning bir qator usullari haqida gapirib o‗tamiz.
To‗g‗rirog‗i, bu usullar, tavsiya etilayotgan yo‗llanma bo‗lib, ular umumiy qoida tarzda
qo‗llanilmaydi. Chunki ba‘zi mo‗yqalamni boshqacharoq vaziyatda ishlatishga to‗g‗ri kelib qoladi. Bordiyu mo‗yqalam bilan keng yuzalarni berkitishga to‗g‗ri kelsa, uni burchak ostidan ushlash hamda ishni qog‗ozning tepa qismidan uzib-uzib bo‗yoq berishdan boshlash zarur. Bunda mo‗yqalam qog‗ozning chap tomonidan pastka va ayni vaqtida o‗ng tomonga qaratib teztez harakatlantiriladi. Agar tirnoq bo‗yash kerak bo‗lsa, mo‗yqalam tik ushlanadi, hamda ohistagina qog‗oz bo‗ylab yurgiziladi. Kuchli mazok xosil qilish (uzib-uzib bo‗yoq berish) uchun mo‗yqalam kerakli joyga qattiqroq bosiladi va darxol ko‗tarib olinadi. Oqib ketayotgan bo‗yoq esa toza mo‗yqalamga shimdirib olinadi. Xomaki rasm ishlashda kerakli bo‗yoqni o‗z ichida birdaniga quyish aloxida mahorat talab qilinadi. Lekin mo‗yqalam qog‗ozga oxirigacha bosib yuborilsa, hamma bo‗yoq birdaniga oqib tushib ketishi mumkin.
Qo‗yilgan mazoklarni harakterli bo‗lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mo‗yqalamlarni ishlatayotganda ayniqsa uning mo‗y qismi tez ishdan chiqishini unutmaslik kerak. Bo‗yoq olinayotganda mo‗yqalamni haddan tashqari ko‗p ishqalash tavsiya etilmaydi, sababi mo‗y qismi tez to‗kilib ketadi. Bunda mo‗yqalam bo‗yoq ustida oldinga va orqaga hamda chapga va o‗nga tomon tez-tez yengil-engil yurgiziladi. Bir marta bo‗yoq olinganidan so‗ng, ikkinchi olishga
mo‗yqalam dastavval tozalab yuviladi va latta bilan siqib tashlanadi. Toza suvga botirib olinganidan keyingina navbatdagi bo‗yoq olinadi.
Rangtasvir texnikasini egallash. Talabalar birinchi bosqichdanoq akvarel texnikasida ishlashni o‗qituvchi rahbarligida
boshlang‗ich yarimyillik davridayoq o‗rganishni boshlaydilar. Kasb-xunar kollejlari va oliygoh talabalri o‗quv dasturlarida talabalardan rangshunoslikni ilmiy negizlarini egallashni , rangtasvirda ishlatiladigan ashyolarning hususiyatlari va ularni samarali ishlatish yo‗llarini chuqur bilishni talab etadi. Shuning uchun o‗quv dasturlari amaliy mashg‗ulotlar bilan bir qatorda nazariy bilimlarni, ijodiy imtixonlar vaqtida esa amaliy vazifalar ko‗rigidan tashqari,
og‗zaki so‗rovni ham nazarda tutadi. Rangtasvir nazariyasi va metodalrini o‗rganishda maqsad va vazifalarni oldinga qo‗yib , mukammal o‗rganib borish lozim. Talabalar auditoriya mashg‗ulotlaridan tashqari uyda ham bir qancha vazifalarni mustaqil bajarishlari lozim bo‗ladi. 19 Natyurmortning qalamtasvirini bajarishda qo‗yiladigan talablar, narsalarning xajmli shaklini tasvirlashdan iborat bo‗lsa, bo‗yoqlar bilan tasvirlashda esa, uning qanday materialdan ishlanganligi, hajmdorlik, yorug‗-soya, tusi ham rang vositalari orqali ifodalanadi. Qalamtasvirda biz narsa va buyumlarni faqat och-to‗qligini ko‗rsata olar edik, rangtasvirda esa ranglar butun majmuasi va barcha sifatlari bilan namoyon bo‗ladi. Ya‘ni bo‗yoqlar bilan tasvirlashda narsa-buyumlar o‗zining aniq ranggi bilan emas, balki atrofidagi boshqa turli ranglar bilan bog‗lanishda ko‗zga ko‗ringan ranggi ifodalanadi. Ko‗zimiz ko‗ra oladigan tabiatdagi barcha ranglarni shartli ravishda ikkita axromatik va xromatik ranglarga bo‗linishi va ularga qaysi ranglar kirishini biz yuqorida aytib o‗tdik. Ranglarni tabiiyligini tasvirda bajarish ancha qiyin ish. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo‗r mushoxada orqali erishish mumkin. Natyurmortdagi narsalarning och-to‗qlik darajalarini farqlashga, undagi tus birligini tushunishga o‗rganish uchun natyurmortni bitta rangda tasvirlash katta ahamiyatga ega. Bu usulda rasm ishlash keyinchalik qiyin natyurmortlarning rangli tasvirini bajarishga o‗tishni ancha osonlashtiradi. Bir rangli bo‗yoq bilan ishlash usuli grizayl deb ataladi. Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o‗tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo‗lib, unda
mo‗yqalamni ishlatish yo‗llari va akvarel bo‗yoqlarining hususiyatlarini o‗rganish uchun imkoniyat yaratiladi. Bu usul bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab o‗rgangandan so‗ng, barcha rang xillari bilan natyurmort rangtasvirini ishlashga o‗tish mumkin.
Rangtasvir ashyolari. Talabalar o‗quv vazifalarini samarali bajarishlari uchun quyidagi rangtasvir ashyolari zarur bo‗ladi: 45X60 o‗lchamli maxsus faner (planshet), 24 yoki 16 xillik akvarel bo‗yoqlari (asosan
―Sank-Peterburg‖ fabrikasida ishlab chiqilgan), knopkalar,turli o‗lchamdagi kistlar hamda ish vaqtida foydalanish uchun politra va boshqalar.
Qog‗ozning yuzi g‗adir-budir bo‗lsa, bo‗yoq unga singib, quriganda yelimi qotishi natijasida mustahkamlanadi. Qog‗ozning chekkalari buklanib ketmasligi uchun maxsus fanerga mahkamlab tortiladi. Buning uchun qog‗oz planshetdan 1,-2 sm kattaroq olinib, uning yuzasi avaylab xo‗llanadi (buklangan yeridan tashqari) , so‗ngnra chekkalariga yelim surtib, planshetga yopishtiriladi. Shu jarayonda barmoqlar bilan qog‗ozni asta sidirib, tirishgan va ko‗tarilib qolgan joylarini tekislab borish kerak. Qog‗oz tekis yopishtirilgach, planshetni yotiq holda qo‗yib quritiladi. Uni issiq joyga yoki isitish asboblari yoniga qo‗yish noto‗g‗ri. Chunki qog‗oz yuzasida g‗ijimlar , darzlar paydo bo‗lishi mumkin.
Qog‗ozni asos taglikka yelimlamasdan ―stirator‖ yordamida tayanch qilib tortib qo‗ysa ham bo‗ladi. Stirator planshetdan sal kattaroq romcha bo‗lib, xo‗llangan qog‗oz ularning orasiga qotirib qo‗yiladi. Qurigach, u tarang tortilib qoladi. Bu haqida biz yuqorida to‗liq aytib o‗tdik. 20
1-2. Naturadagi rangtasvir jarayoni va natyurmort ishlashning o„ziga xosliklari
Naturadan rangda tasvirlash jarayoni o‗z qonun-qoidalariga ega. Ishning boshlanish qismida nimalar qilish, o‗rtasida qaysi masalalarni hal etish va ish oxirlab qolganida uni qanday yakunlash kerakligini bilish zarurdir. :
umumiy tus va rang holatlari va natura bo‗yoqlarining bir-biriga yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish;
katta rang – tusli munosabatlar chegarasidagi rang-tuslarning ―cho‗zilishi‖, alohida buyumlarni xajmli shakllarini batafsil rangli qayta ishlanishi.
Butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi hamda kompozitsiya markazini ko‗rsata bilish. Bu masalalarning har biri nima bilan yakunlanishini ketma-ketlikda ko‗rib chiqamiz. Tasvirlashni to‗liq rangtasvirli qurilishi, naturaning asosiy qismlari orasidagi tus va ranglar munosabatlarini aniq va to‗g‗ri ko‗rsatilishi bilan aniqlanadi. Natyurmortda ular – fon, natura qo‗yilmasidagi stol yuzasi va buyumlar xisoblanadi. Manzarada esa – osmon oralig‗idagi yer yuzasi va daryodagi suv, oldingi, o‗rta va orqa oraliqdagi ko‗rinishlardir. Agarda bu asosiy rang-tuslar munosabati (farqlari) ―etyud‖da noto‗g‗ri tasvirlansa, manzaradagi ob‘ektlar yoki buyumlar shaklidagi rang-tuslari, reflekslar va jism bo‗laklari ustida har qancha berilib ishlanmasin, yuqori saviyali mukammal rangtasvirga erishib bo‗lmaydi. Qalamtasvirni ishlashda ham taxliliy masala bajariladi: dastlab buyumning ―konstruktiv‖ – ichki qurilishi , nisbatlari, yaxlit umumiy shakli topiladi. Rassom shunday sharoitda aslo bu masaladan chekinmaydi, naturani umumiy va yaxlit ko‗radi. N.N.Ge bejiz rassomlarni ogohlantirmagan:
―Naturadagi bosh qismlarni belgilab, nisbatlarni tekshirish uchun darhol asosiy soya va
yorug‗likni umumiy sinchiklab o‗rganib chiqamiz va har doim, har vaqt tasvirni boshidan oxirigacha umumlashtirgan holda chizamiz hamda mayda bo‗laklarga ohista kirishamiz. Mana sizlarga chizishning siri‖- degan edi u. Rangtasvirda ham ish boshlashdan avval naturadagi umumiy rang munosabatlarini diqqat bilan o‗rganib chiqish lozim. Shuning uchun bu masalada 5-10 minut vaqt sarflab, naturaning umumiy rang munosabatlarini tushunish kerak: eng och va eng to‗q (zich) dog‗ qaerda , tusi va rang kuchi bo‗yicha asosiy farqlar (to‗yinganligi) qanday ekanligini topish kerak. Masalan, natyurmortdagi sariq olmalar fondagi sariq mato bilan solishtirilsa, olmalar matodan ochroq, ularning sariq tusi sariq matoga nisbatan yorqinroq (to‗yingan) ko‗rinadi. Rangning uch xil o‗ziga hosligi bo‗yicha natura qo‗yilmasidagi buyumlarning asosiy rang xususiyatliligi mavjud.
Ob‘ektdagi umumiylikni topilishi rassomni naturadagi ikkinchi darajali belgilar, uning mayda bo‗laklariga , koloritli masalaga mustasno holda e‘tibor berishdan, umumiy tus va rang 21 holatini, asosiy tus va rang munosabatlarini paydo qilishdan chalg‗itishga harakat qiladi. Shunday qilib naturaning ranglar qonuniyatlarida ham, asosiyga erishiladi, etyudning keyingi mayda detalli ishlariga poydevor yaratiladi. Rang munosabatlarini avvalo eng och va intensiv ranglarni qidirishdan boshlash kerak,
so‗ng eng to‗qini topiladi, qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma‘qul bo‗ladi. Keyingi tuslarga biroz to‗qroq va biroz intensiv bo‗lganlar va boshqalar kiradi. Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladir. Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng to‗q hamda to‗yingan qilib olinmaydi. Qo‗yilmadagi eng och joy har doim ham oq bo‗lavermaydi, eng to‗q joy esa qora bo‗lmaydi. Kuchli to‗yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi. Natyurmortdagi qizil pomidorni odatda yorqinligi bo‗yicha toza qirmizi rangda emas, balki uni 50% ga sustroq tusda berish ma‘qul. Hattoki bahorgi o‗t - o‗lanlarni tasvirlashda juda ehtiyotkor bo‗lish lozim. Uning yorqinligini shunday kuchaytirib tasvirlash mumkinki, natijada u o‗zining tabiiy
ko‗rinishidan boshqacha bo‗lib chiqib qoladi. Shuning uchun ishga kirishishdan avval umumiy tus va ranglar kuchini aniqlab olish kerak: munosabatlarni qanday bo‗yoqlar yig‗indisida bajarish – och yoki to‗q, yorqinlikning (to‗yinganlik) qanday chegarasida bo‗lishini ham aniqlash muhim. Qisqa qilib aytganda, naturaning umumiy tus va rang holatini bilish kerak. Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar munosabatini chegaralangan bo‗yoqlarda tasvirlashga to‗g‗ri keladi. Ishni eng och, to‗q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‗yoqlardan foydalanish shart emas.
Yorug‗-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy ob‘ekt oralig‘idagi tus farqlarini topish muhim : natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon oralig‗idagi ko‗za, choynak va ko‗zaga tushayotgan yorug‗lik va boshqalar. Manzarani tasvirlashda avvalo osmon va yerning alohida jismlarini bir-biriga va ularning yaxlitligida bo‗lgan rang munosabatlarida aniqlash kerak. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu tariqa bajariladi. Rassomlarning amaliy tajribasida shunday jumlalar mavjud : ―katta yorug‗lik‖ , ―katta soya‖ , ―katta shakl‖ , ―katta ranglar munosabati‖ . Bulardan maqsad natura ob‘ektini yaxlit
ko‗rish va ularni barqaror qilib tasvirlashdir. Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‗lik tikka ta‘sir etayotgan joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‗lar kuchliligi bo‗yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‗yicha yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‗lik qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan och bo‗la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy 22 tusiga bo‗ysunadi. Ob‘ektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining
to‗g‗ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‗g‗ri bo‗lishiga turtki bo‗ladi. Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi naturaga hos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha etyudini , manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham undagi yaxlitlik va bo‗yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‗rsata bilishlari zarur. Hamma gap natura bo‗yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va kolorit birligini ko‗rish va tushunib yetishdadir. Yirik plandagi tus munosabatlarini aniqlab olgandan so‗ng , yorug‗-soya qismlarini modellashtirishga ya‘ni ,har bir buyumning yorug‗-soyasi, yarim soya , shaxsiy hamda tushayotgan soyalarini topgan holda xajmli shaklini rang-barang qilib tasvirlashga o‗tish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki , buyumlarning ustki qismi ham rang-tusi bo‗yicha, ham
yorug‗ligi bo‗yicha, ham to‗yinganligi bo‗yicha ham tushayotgan yorug‗lik nurining oraliq masofasiga, sinadi, burchagiga hamda atrofida o‗rab turgan buyumlarning reflekslariga va kontrast munosabatlariga bog‗liq holda o‗zgaradi. Yorug‗likka, yarim soyaga yoki soyaga yonma-yon turgan qandaydir ikkita yuza jismlaridagi narsalarda bir xil yoritilish sharoiti mavjud emas. Buyumni barcha qismini palitrada topilgan rang bilan unga och yoki to‗q rangni qo‗shib ishlash mumkin emas. Buyumning har bir bo‗lagi uchun yangi va yana yangi bo‗yoq qorishmalarini topish kerak. Odatda lokal (buyum) rangi yarim soyada sezilarliroq, chunki yarim soya yorug‗lik manbaining asosiy va aks etayotgan tomonlaridan ancha sust ta‘sir etadi. Buyumning xajmli shaklini jozibadorligi va natura qo‗yilmasining yaxlitligini to‗g‗ri anglash uchun , issiq tuslar bilan yonma-yon aralash kontrast kuchida inson ko‗zi sovuq rangni ko‗radi. Bir rang boshqasiga qo‗shimcha bo‗lgan rangni his qiladi. Buning natijasida naturadagi sovuq ranglarga issiq ranglar hamisha yo‗ldoshdir. Agar biz buyumning sirtida zarg‗aldoq rangni
ko‗rsak, yonida esa albatta havo rangni sezamiz. Issiq va sovuq tuslar tasvir oghangdorligini oshiradi, naturadagi tabiiy ko‗rinishni naomyon etadi. Buyumning katta shaklini modellashtirayotib, mayda bo‗laklarni chiza turib, shuni yodda tutish kerakki, katta shaklning ham yoritilgan, ham soyadagi yuzasida joylashgan ko‗plab kichik shakllarda aniqlanadigan tusni oshirib yubormaslik kerak. Yorug‗likda yoki soyada joylashgan mayda shakl tuslarining yaqinligini ilg‗ab olish uchun, ish jarayonida atrof - muhitga bog‗liq
bo‗lmagan buyumlarga e‘tibor berish shart emas. Aytib o‗tganimizdek, buyumlarni yaxlit ko‗rib, doimo ularni o‗zaro solishtirib turish zarur. Buyumning och qismini tasvirlay turib, qaysi nuqtada u yorug‗ligi va rangining eng quyuqligi va qaerda kuchliroq namoyon bo‗lishini, so‗ngra 23 esa xajmli shaklning qolgan qismida topilgan tus bilan taqqoslab aniqlash kerak. Eslatib
o‗tamiz, ranglarni uch xususiyat bo‗yicha taqqoslaymiz: yorug‗ligi, rang tusi va to‗yinganligi. Agar biror bir rang yorug‗ligi bo‗yicha to‗g‗ri topilib, boshqa xususiyatlari aniq bo‗lmasa,bu rangni to‗g‗ri deb bo‗lmaydi – munosabatlar rang tusi va to‗yinganligi bo‗yicha ham aniqlangan
bo‗lishi kerak. Buyumlarni solishtirib , o‗xshashligini yoki ularning orasidagi farqlarini aniqlash shunday holatda yenggillashadiki, agar havo rang buyumni boshqa bir tusi o‗zgacharoq buyum bilan solishtirsak. Bunday taqqoslash bizni sinchiklab qarashimizni charxlaydi hamda ulardagi rang tusini aniq ko‗rishga ko‗mak beradi. Buyumlarni ranggi bo‗yicha taqqoslashda yana bir holatni hisobga olish zarur. Ketmaketlikdagni rang kontrasti tufayli , kulrangning nozik tusi uni nima bilan qiyoslashimizga bog‗liq
bo‗lib, goh issiq, goh sovuq bo‗lgan holda tuyuladi. Agar kulrangni qizil rang bilan solishtirsak, u sovuq tusda, havo rang bilan taqqoslasak, issiq tusda ko‗rinadi. Shu sababli buyumning nozik tusini aniqlashda xolis rangni xolis bilan, issiqni issiq bilan, sovuqni sovuq bilan, och rangni och bilan, to‗q rangni to‗q bilan o‗zaro solishtirish kerak. Tasvirlanayotgan buyumlarni nafaqat asosiy yuqorida qayd etilgan rangning uchta xususiyati bo‗yicha , balki tashqi ko‗rinishining aniqligi bo‗yicha ham taqqoslash zarur. Tasvirlanayotgan buyumlarning chegarasi hamma joyda ham bir xil aniq ko‗rinmaydi. Bir xil joyda buyumning silueti yaxshi ko‗rinadi, boshqa joyda esa fon bilan birikib ketadi. Buyumdan tushayotgan soyalar chegarasi ham barcha yerda bir xil ko‗rinmaydi. Ish jarayonida doimo munosabatlar bilan fikrlash kerak: matoda tasvirlanayotgan bir necha buyumlarni naturadagi xuddi shu guruh buyumlari bilan qiyoslab borish maqsadga muvofiq. Faraz qilamiz, birinchi
ko‗rinishdagi buyumlar guruhining ranglari ikkinchi ko‗rinishdagi buyumlar ranggiga nisbatan juda ham yorqin va to‗q tusdadir. Ularning naturadagi bu farqlarini sezgach, palitrada ranglarni alohida bitta , bitta emas, balki birdaniga bir necha rangni munosabatlarda tanlash zarurdir. Havaskor rassom manzara lavhani tasvirlayotganda old ko‗rinishidan boshlashi ma‘qul. Agar rang qatlamlarini orqa ko‗rinishdan qo‗ya boshlasa, uning rang va tus kuchlarini oshirib yuborib, birinchi ko‗rinishni bo‗rttirib ko‗rsatishga bo‗yoqlarning kuchi yetmaydi. Matoning to‗liq yuzasi bo‗yoqlar bilan butkul qoplanib, munosabatlar to‗g‗ri olinmaguncha haqiqiy jarangdor bo‗yoqlarni, yorug‗lik kuchini va tasvirlanayotgan buyumlar moddiyligini his qilib bo‗lmaydi. Palitradagi yorqin bo‗yoq - hali matodagi yorqin tus emas. Buyumlarning yoritilishi va materialligi munosabtalarning to‗g‗ri olinishiga bog‗liq , aks holda yon tarafdagi tuslar to‗g‗ri topilmasa, qaysidir bir rangning jarangdorligiga erishib bo‗lmaydi. Rangtasvir ishlash jarayonida ranglar munosabatini to‗g‗ri aniqlash bilan birga, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, biz faqat oddiy rang dog‗lari bilan emas, balki aniq bir shakl ustida ham ish olib borayapmiz. Ranglar munosabatini izlashdan maqsad, to‗g‗ri topilgan rang 24 tuslari bilan naturani , uning xajmli shaklini to‗g‗ri topish demakdir. Agar rang buyumning fazoviy joylashuvi, materialligi va aniq shaklini ifoda etmas ekan, u tasvirda o‗z ma‘nosini
yo‗qotadi. Och va to‗q, rangli va rangsiz bo‗yoq surtmalari ma‘lum bir buyum shakliga va
ob‘ektga tegishli bo‗lsagina, materiallik, ranglar uyg‗unligi va koloritni yaratadi. Manzaraning fazoviy kengligini masalan, faqat havo perespektivasi tufayli ranglar
o‗zgarishini ko‗rsatib beruvchi rangli dog‗lar emas, balki yer yuzasida joylashgan narsalar va
ob‘ektlar : daraxtlar, qurilishlar, to‗g‗ri to‗rtburchakli va notekis maydonlarni o‗lchamlari va chiziqlar aniqligi ranglarda o‗zgarib, manzaraning fazoviy uzoqlashishini yaratadi. Tog‗larni, masalan, ikkinchi va olis ko‗rinishda umumiy rang dog‗larida ifoda etish mumkin emas. Rang bilan ularning rel‘efini va o‗simliklar tuzilishini tasvirlash kerak. Ishning yakunida natyurmort, manzara yoki portretning u yoki bu joylari kerakli yorqinlikni olmay qolgan bo‗lishi mumkin yoki aksincha, haddan tashqari tusi va ranggi
bo‗yicha kuchli, umumiy rang tusidan ―ajralib‖ ko‗rinishi mumkin. Yoritilgan joylar tusi
bo‗yicha o‗ta keskin bo‗lib, qog‗oz yoki mato yuzasidan ―chiqib‖ ketishi mumkin. Ba‘zan soyali joylar sezilarli mayda detallarga ega bo‗lib, maydalashib ko‗rinadi. Bu holatlarning hammasidan ham umumlashtirish masalasi hal etiladi: mayda bo‗laklarning keskin chegaralari mayinlashtiriladi, buyumlarning rangdorligi kuchaytiriladi yoki xiralashtiriladi, keskin tuslar ochlashtiriladi yoki to‗qlashtiriladi. Umumlashtirish bosqichida naturaga yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga
ko‗rish ya‘ni ―tikilib qarash‖ kerak. Buyumlar guruhining barchasi tarqoq bo‗lib tuyuladi, ammo shu paytda tus munosabatlarini , natura yaxlitligini tezroq tushunish mumkin. Navbatmanavbat naturaga ham , etyudga ham yaxlit qarash kerak, shunda qayerda qanday xatoga yo‗l
qo‗yilganligini ilg‗ab olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‗ra olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi. Ish jarayonida yaxlit ko‗rish – rangtasvirda ishlash mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega bo‗lgan rassom , naturani obrazli ko‗ripnishini to‗g‗ri ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‗lakning
o‗z o‗rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda kompozitsiyaviy markazga
bo‗ysundirishni samarali bajara oladi. Tasvirdagi qismlar yig‗indisi yaxlitga teng emas, chunki yaxlitlik – bu qismlar yig‗indisiga birlik, shu qismlarning bir-biriga bo‗ysunganligi va jamlanganligi hisoblanadi. Akademik
Ye.A.Kibrik tasvirlashning yaxlitligi haqida shunday yozgan : ―Yaxlitlik qonuniga
bo„ysunmasdan turib, naturadan na qalamda, na rangda tasvirlash mumkin emas. Shakl
ham, rang ham o„z-o„zidan mavjud bo„lmaydi, faqat yaxlitlik qismi kabi yaxlitlikka nisbatan
bo„ladi‖.
Shu o‘rinda har bir bo‘lajak rassom yoki tasviriy san‘atni o‗rganuvchi tasvirlash jarayonini 25
narsani o‗ziga qarab chizishdan boshlashi, bundan ko‗proq foydalanishi lozimligi hamda ushbu
usul tasavvur qilish qobiliyatini o‗stirishda samarali natijalarga olib kelishi haqida alohida
to‗xtalib o‗tmoqchimiz.
Narsani o„ziga qarab rasm chizish Narsaning o‗ziga qarab rasm chizish o‗tiladigan tasviriy san‘at mashg‗ulotlarining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg‗ulot jarayonida o‗quvchilarning narsa va xodisalarning kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini aniqlay bilish, ularning hajmi, shakli, rangini, shu‘la - soyasi yordamida tekislikda tasvirlash tushunchalari o‗sib boradi (1-2-rasmlar). Kuzatish jarayonida
o‗quvchilar narsalarning o‗lchovlarini o‗zaro solishtiradilar, ular o‗rtasidagi farqni taqqoslash
yo‗llari bilan topadilar. Narsaning o‗ziga qarab rasm chizish darslari ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich - bu hajmga ega bo‗lmagan perespektiv qisqarishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ymaydigan tekis narsalar, ya‘ni daftarlar, bayroqcha, papka, o‗quvchilar sumkasi, bolta, arra, har xil daraxtlar barglari va shunga o‗xshash boshqa narsalar rasmini old tomondan, frontal holatda chizdiriladi. Ikkinchi bosqichda - hajmli narsalar ya‘ni Guldastali natyurmort, gul, hayvon, odam, uy anjomlari, qisqasi uch o‗lchovga ega bo‗lgan (eni, bo‗yi, kengligi) geometrik shakllar va narsalarni chizdirishdan iboratdir.
O‗quvchilar dars jarayonida birinchidan rasm chizishning asosini o‗rgansalar, ikkinchidan ijodiy qobiliyatlari o‗sib, estetik jihatdan tarbiyalanib boradilar, I-II guruhlarda o‗ziga qarab rasm chiziladigan narsalarni to‗g‗ri ko‗rishga asosiy shaklning bo‗yini eniga nisbatan qog‗oz yuziga kompozitsion jihatdan to‗g‗ri joylashishini, bo‗laklarning nisbiy o‗lchovini ko‗rsatib, ularning bir-biriga bog‗liqligini, ranglarini aniqlash va ularning o‗ziga xos xususiyatlariga alohida ahamiyat beriladi. I-II bosqichlardagi tasviriy san‘at darslarida tik, yotiq, qiya chiziqlarini to‗g‗ri chiza olishni, kvadrat, to‗g‗ri burchakli, to‗rtburchakli, uchburchak, doira va boshqalarni tassavur qila olish, to‗g‗ri chiza bilish hamda chiziqlarni ko‗z chamasida teng
bo‗laklarga bo‗lish qobiliyatlarini o‗stirib borish kerak bo‗ladi. Chizilgan rasmni akvarel guash,
bo‗yoqlari bilan bo‗yashdan oldin uning rangini to‗g‗ri aniqlab olish va shu rang nomini to‗g‗ri aytishga o‗quvchilarni o‗rgatib borish talab etiladi. Buning uchun o‗qituvchi maxsus tayyorlangan rangli plyonka, oyna yoki 26 1-rasm 2-rasm polietilin (sariq, qizil va zangori asosiy ranglar) materiallari orqali ko‗rgazmali qurol tayyorlab
o‗quvchilar bilan savol-javob yordamida tanishib chiqsa yaxshi natijalarga erishadi. I-IIbosqichlarda chiziladigan narsaning maxsus nusxasi katta o‗lchovda bo‗lib, yaxshi ko‗rinadigan joyga o‗rnatiladi. Agar chizdiriladigan narsa mayda o‗lchovda bo‗lsa (har xil barglar, gullar va boshqalar), ularning har bir partaga bittadan tarqatib chiqish lozim bo‗ladi.
O‗quvchilar narsani o‗ziga qarab rasm chizganlarida chiziladigan predmetlar ular oldida shunday qo‗yilmog‗i kerakki, unda perespektiv xodisalar aniq sezilmog‗i kerak. I-II boqichlarda ko‗z bilan chamalanadigan perespektiv xodisalarining elementar qoidalari bilan tanishtiriladi. Hajmli narsalar qalam, akvarel, guash bo‗yoqlari bilan yorug‗- soya yordamida qanday ko‗rinsa shunday tasvirlash vazifasi qo‗yiladi. Narsalar shaklini, yorug‘lik manbaini hisobga olgan holda, ularning sirtida yorug‗ va soyalarning joylashuvi, narsa rangining yorug‗lik tushishiga qarab o‗zgarishi to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni oladilar. Shu maqsadda sabzavot va Guldastali natyurmortni alohida va to‗p 27 holdagi rasmlari chizdiriladi. Shuningdek , narsalarining shakli va nisbatlari proporsiyalarining
o‗zgarishini tasvirlay olish va ularning malakalarini o‗stirish maqsadida oddiy geometrik shakllarni eslatadigan uy jihozlarining o‗ziga qarab rasm chizadilar. To‗g‗ri to‗rtburchak bilan chegaralangan narsalarni kengaytirish va o‗stirish, hajmli narsalarni yorug‗-soya yordamida tasvirlay olishni o‗rgatish maqsadida o‗quvchilarga nisbatan burchak ostida stolga qo‗yilgan kitob, yashik, har xil qutilar, qush uyasi va geometrik shakllar rasmlari chizdiriladi. Perespektiv xodisalarni ko‗rgazma asosida o‗quvchilarga o‗rgatish dars jarayonida ancha qulaylik tug‗diradi. Bunda san‘at asarlari, sxemalar, plakatlar va modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan: Ch.Axmarovning "A.Navoiy" yoki Z.Inog‗omovning "Choyga" asarlarini o‗quvchilarga ko‗rsatib, undagi perespektiv xodisalarni so‗zlab berish mumkin. Narsaning o‗ziga qarab rasm chizish darslari tasviriy san‘at predmeti kursida yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun bu guruhlarda o‗tiladigan darslar o‗quvchilarni faqatgina nazariy mashg‗ulotlarini boyitibgina qolmasdan, sistematik ravishda amaliy mashg‗ulotlar o‗tib ularning bilim malakalarini takomillashtirib bormoq ham kerak. Perespektiva qoidasi va uni qo‗llash usullarini faqat narsalarning o‗ziga qarab rasmini chizish darslardagina emas, balki xayoldan, tasavvurdan rasm chizish dars jarayonida rassomlar asarlari haqida suxbat o‗tkazish mashg‗ulotlarida ham o‗quvchilarga o‗rgatib, tushuntira borish katta ahamiyat kasb etadi. O‗quvchilar chiziqli prepektiva bo‗yicha surat tekisligi markaziy
ko‗rish nuri, maydoni haqida bilimlar oladilar va bir yoki undan ortiq kesishish nuqtasiga ega
bo‗lgan ufq chizig‗i haqida olgan ma‘lumotlarini yanada kengaytiradilar. Narsaning o‗ziga qarab rasm chizish jarayonida o‗quvchilarga odam, hayvon shuningdek qushlar turkumining o‗lchov nisbatlari, umumiy o‗lchovlar: kalla, qo‗l, oyoq, tos va boshqa plastik anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura haqida ma‘lumot berib boriladi, masalan, yuzi g‘adir-budir bo‗lgan narsalar bilan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo‗lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli chiziladi. Shuningdek, chizilayotgan narsani o‗ziga
o‗xshatib, xarakterini topa bilish bilan birga uning fakturasini ham ifoda etish talab etiladi. Narsaning o‗ziga qarab chizilgan tasvirida estetik tomonga ko‗proq ahamiyat beriladi. Narsaning o‗ziga qarab rasm chizish darsi jarayonida har bir o‗qituvchi mavzuga oid tasviriy
san‘at asarlarini keltirib unda rassom qanday tasviriy vositalardan foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida chizilayotgan narsalarni taqqoslab
ko‗rsatsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu borada o‗quvchilar faqat narsaning o‗ziga qarab rasm chizishdagi malakalari oshib bormasdan balki san‘atimiz namoyondalari ishlagan san‘at asarlari namunalari bilan tanishib boradilar. 28 Masalan: biror sabzavot va Guldastali natyurmortdan tashkil topgan natyurmortni
o‗quvchilar chizayotgan bo‗lsalar shunga mos yoki shu mavzuda bor narsalardan chizilgan O‗zbekistonlik rassomlarning asarlaridan rangli reproduksiyalarni o‗quvchilarga ko‗rsatish samaralidir. Masalan, rassomlar A.Abdullaev E.M.Kovolevskiy, Z.Inog‗omov, Yu.I.Yelizarov, M.Nabiev va boshqa rassomlarning asarlari repraduksiyalari shunga qo‗l kelishi mumkin. Repraduksiyalar xayoldan va narsaning o‗ziga qarab rasm ishlashda o‗quvchilardan bevosita kuzatishni, predmetlar, ekran vositalari, kitobga ishlangan illyustratsiyalar, hujjatli materiallar, kompyuter texnikasi vositalaridan keng foydalanishni talab etadi va bular badiiy obrazni yaratishda o‗quvchilarga katta yordam beradi.
Mavzu asosida rasm chizish Mavzu asosida rasm chizish darslari tasviriy san‘at fanining qiziqarli mashg‗ulotlaridan biridir. Bu mashg‗ulotlarda o‗quvchilar o‗zlari bilgan ta‘sirlangan voqea va xodisalarni xayoldan tasavvur qilib tasvirni ishlaydilar, badiiy adabiyotlarga illyustratsiyalar ishlaydilar. Ayniqsa o‗quvchilarining kundalik hayotlaridan olingan mavzular, hayvonlarning hayotiga oid mavzular, adabiy asarlar (ertak, masal, hikoya, she‘r) mavzuli rasm darslarining manbai bo‗lib xizmat qiladi. Mavzu asosida tasvir ishlash darslarda bolalarning fantaziyasi va tasavvuri aktiv faoliyatga aylanadi. Mavzu asosida rasm chizish mashg‗ulotlarining oldida turgan maqsad va vazifalar pedagogikaning ilmiy asoslari bilan belgilanadi. Mavzuli rasm chizish bolalar yosh xususiyatini e‘tiborga olgan holda eng sodda bo‗lgan mavzular tavsiya etiladi. Bunda yil fasllarga mos keladigan mavzular "Tog‗da kuz", "Kuzgi ishlar", "Yangi yil bayrami", "Qishki o‗yinlar", "Maktab bog‗ida", "Navro‘z", "O‗zbekiston mustaqilligi kuni", kabi. Dastur asosida ancha murakkab ya‘ni "Hosilni yig‗ib-terib olish", "Maktab tajriba uchaskasida", "Bahor kelmoqda", "O‗zbekistonda hosil bayrami", "Mustaqillik bayrami", "O‗zbekiston konsitutsiyasi kuni", "Hayvonot bog‗ida ", "Respublikamiz mehmonlari" kabi va boshqa mavzular bilan bir qatorda, badiiy asarlarga, ertak, hikoya, masallariga illyustrativ rasmlar chizadilar. Kompozitsiya yaratishning tayyorgarlik bosqichida o‗quvchilar narsaga qarab rasm chizish perespektiva, rangshunoslikdan olgan bilimlardan keng foydalanishlari kerak. O‗qituvchi vazifani tushuntirishda o‗quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‗otishi lozim. Birgina mavzuni turli xil mazmunda, har birini o‗ziga xos ko‗rinishda talqin qilgan holda tasvirlash mumkin. Masalan: "Bizning qurilishlarimiz" mavzusida o‗quvchilar kuzatishlari asosida turli konstruksiyadagi zamonaviy o‗yinlarni, har xil mashinalarni, turli ishlarni bajarayotgan odamlarni tasvirlashlari mumkin. 29 Tajriba shuni ko‗rsatadiki, o‗qituvchi mavzuni qanchalik keng va to‗liq tushuntirsa, bolalar rasmlari shunchalik mazmundor va sifatli chiqadi. Har bir mavzuni chizishdan oldin
o‗quvchilar bilan ma‘lum vaqtgacha ekskursiyalar o‗tkazish, mavzu asosida ishlagan asarlarini tahlil qilish ham maqsadga muvofiqdir. Rasm chizish jarayonida chizish qiyin bo‗lgan obrazlar,