Просмотр содержимого документа
«Тема: механическое вибрационное движение. Принудительные вибрации. Резонанс.»
MAVZU: Mexanik tebranma harakat. Majburiy tebranishlar. Rezonans. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti; Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish |
Mashg’ulot rejasi | 1. Tabiatda tebranma harakat. 2. Erkin va majburiy tebranishlar. 3. Amplituda, davr, chastota. 4. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi. 5. Matematik va prujinali mayatniklar. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mexanik tebranma harakat haqidagi bilimlarni shakllantirish. Tebranishlarni vujudga kelishi va qo’llanilishi haqidagi bilim va malakalarni hosil qilish. |
Pedagogik vazifalar: Tebranish turlarini yoritish; Tebranishlar fizikasiga oid ma’lumotlarni berish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; Tebranish turlarini farqlaydilar; Tebranishlar fizikasi asosida vujudga kelgan sohalar va ularning amalaiyotda tutgan o’rnini yoritib beradilar; Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot; “Insert” va “Klaster”-grafik organayzerlari; |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar; |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Frontal, jamoaviy; |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida; |
“Mexanik tebranma harakat. Majburiy tebranishlar. Rezonans” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1 Mavzuning nomi va rejasini e’lon qiladi. Mavzuga oid tayanch iboralar bilan tanishtiradi; (1-Ilova) 1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. 1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Yozadilar; Aniqlashtiradilar; Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini uyga berilgan “Insert” jadvalini muhokama qilish orqali tekshiradi. (9-Mavzu, 5-Ilova) Xar bir qatordan bittadan lider saylab, qatorlar bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirishini va taqdimot qilishlarini aytadi; taqdimotni tashkillashtiradi; 2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (2-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.3 Mavzuni “Klaster” tuzish usuli bilan mustahkamalaydi. Klaster tuzish uchun “Kalit so’zi” ni beradi;(3-Ilova) Xar bir qatordan bittadan lider saylaydi va qator bo’yicha “Klaster” ni jamlab, taqdimot qilishini aytadi; Taqdimotni tashkillashtiradi; | Qatorni qo’llab quvvatlaydilar; Taqdimot qiladilar; Eshitadilar, yozadilar; savollar beradilar; Individual ishlaydilar; Qatorini qo’llab-quvvatlaydilar; Taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi 3.3 Uyga vazifa beradi. Vazifa: Mavzuni “ FSMU” texnologiyasi orqali yoritish. (4-Ilova). Bajarish tartibini tushuntiradi; | Tinglaydilar Topshiriqni yozib oladilar; |
1-Ilova
Mavzu: Mexanik tebranma harakat. Majburiy tebranishlar. Rezonans.
Rеja:
Reja:
1. Tabiatda tebranma harakat.
2. Erkin va majburiy tebranishlar.
3. Amplituda, davr, chastota.
4. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.
5. Matematik va prujinali mayatniklar
Tayanch tushunchalar:
Tebranma harakat; erkin va majburiy tebranishlar; garmonik tebranishlar; garmonik tebranishlar davri va chastotasi; matematik mayatnik; prujinali mayatnik;
MASHG’ULOT SHIORI:
Inson hamma narsani o’zi qilishi kerak, kalla bezash uchun berilmagan.
(S.A.Chapligin)
2-Ilova
1-Slayd
Biror muvozanat vaziyati atrofida davriy takrorlanib turuvchi harakatga tebranma harakt yoki tebranish deyiladi
Tebranishlar ikki xil bo’ladi:erkin va majburiy tebranishlar.
Muvozanat vaziyatdan chiqarilgan va tashqi kuchlar ta’sirida bo’lmagan tebranishlar erkin tebranishlar deyiladi(yoki xususiy tebranishlar deyiladi.). Bunday tebranishlar so’nuvchi tebranishlardir.
Davriy ravishda o’zgaruvchi doimiy tashqi kuch ta’sirida sodir bo’ladigan tevbranishlar majburiy tebranishlar deyiladi. Bunday tebranishlar so’nmaydigan tebranishlardir.
Garmonik tebranish deb, fizik kattalikning vaqt o'tishi bilan kosinus (sinus) qonuniga muvofiq o'zgaradigan tebranma harakatiga aytiladi.
2-Slayd
Garmonik tebranma harakat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
3-Slayd
Prujinali mayatnik deb, absolyut elastik prujinaga berkitilgan va elastiklik kuchi F=—kx ta'sirida garmonik tebranma harakat qiladigan m massali' yukka aytiladi
3-Slayd
4-Slayd
Prujinali mayatnikning siklik chastotasi ω0 quyidagiga teng.
Tebranish davri :T=
Prujinali mayatnikning potensial energiyasi :En=
Matematik mayatnik deb, cho'zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og'irlik kuchi ta'sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi.
4-Slayd
Muvozanat vaziyatidan ф burchakka og'dirilgan mayatnikni F og'irlik kuchining tashkil etuvchisi xarakatga keltiradi.
Matematik mayatnikning siklik chastotasi
Shuningdek matematik mayatnikning potentsial energiyasi: E=
3-Slayd
5-Slayd
Tebranayotgan sistemasi ta’sir qiluvchi davriy o’zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy tebranish chastotasi tenglashganda majburiy tebranish amplutudasining keskin o’sishiga rezonans deyiladi.
3-Ilova
Klasterni tuzish qoidasi:
Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalarni sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing;
Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga e’tibor bermang.
Ajratilgan vaqt tugaguncha, yozishni to’xtatmang, agar aqlingizda g’oyalar kelishi birdan tugasa, u holda qachonki, yangi g’oyalar kelmaguncha, qog’ozga rasm chizib turing!
“Klaster” tuzish uchun namuna va “Kalit so’zi”:
Tebranishlar
4-Ilova
Uyga vazifa uchun topshiriq
Bosqich | Mexanik to’lqinlarni elastik muhitda tarqalishi. |
(F) Fikringizni bayon eting | |
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating | |
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring | |
(U) Fikringizni umumlashtiring | |