Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов-7»
7-DARS. FUNKSIYA ARGUMENTI OYNASI
Darsning texnologik xaritasi
Maqsad va vazifalar | Darsning maqsadi: O‘quvchilarga elektron jadvalda funksiya argumentlar oynasi haqida tushuncha berish Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarga elektron jadvaldagi matematik funksiyalardagi argumentlarni o’rgatish Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: misollarni kompyuterda yechishning asosiy bosqichlari, boshlang‘ich va natijaviy kattaliklar, masala yechish usullari tushunchalarini shakllantirish. F.K: Ахборотларни электрон воситаларда қайта ишлаш ва сақлаш компетенцияси T.K: Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan foydalana olish kompetensiyasi |
O‘quv jarayonining mazmuni | Elektron jadvalda funksiya argumenti oynasi haqida tushuncha berish. Matematik funksiyadagi trigonometric funksiyalar bil;an ishlash |
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi | Uslub: Aralash. Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash. Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar. Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida. Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish. Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida. |
Kutiladigan natijalar | O’quvchilar Elektron funksiya argumenti oynasi, мастер функций oynasi bilan ishlashni o’rganish |
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar) | O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. |
Asosiy tushunchalar:
Funksiya argumentlar oynasi
Darsning borishi:
• Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
• O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)
• Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)
• Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)
• O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)
• Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)
1-mashq.
25 log
5
ifodaning qiymatini hisoblang.
Bajarish:
MS Excel 2010 tasmasidan tugmasi tanlanadi;
Мастер функций oynasidan logarifmni hisoblash Log funksiyasi
tanlanadi;
Число qatoriga 25 soni, Основание qatoriga esa, 5 soni kiritilib,
OK tugmasi bosiladi:
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Мастер функций qanday vazifani amalga oshiradi?
2. Funksiyaning argumentlari haqida ma’lumot bering.
3. 5, 10, 15, 20, 25, 30 sonlarining natural logarifmlari yig‘indisini
hisoblang va natijani 3 ta raqamgacha yaxlitlang.
4. Мастер функцийdan foydalanib berilgan 4, 6, 10, 23 sonlarning
eksponentasini hisoblang.
5. Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 15, 20, 45 62, 94, 112
sonlarining eng kichik umumiy bo‘linuvchisini toping.
UYGA VAZIFA
1. Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 15, 20, 45 62, 94, 112
sonlarining eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.
2. Мастер функцийdan foydalanib, berilgan 10 sonining faktorialini
hisoblang.
3. Мастер функцийdan foydalanib 2,4567 sonining sinusini
hisoblang.
O’IBDO’ Farmonova S.R____________