СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Звезды. Годовые параллаксы. Определить расстояние до звезд. Видимые и абсолютные звездные величины.

Категория: Астрономия

Нажмите, чтобы узнать подробности

Цвет и температура звезд.

Просмотр содержимого документа
«Звезды. Годовые параллаксы. Определить расстояние до звезд. Видимые и абсолютные звездные величины.»

MAVZU: Yulduzlar. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofani aniqlash. Ko’rinma va absolyut yulduz kattaliklari. Yulduzlarning rangi va temperaturasi.

Nazariy mashg’ulotiningo’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy, to’liq o’quv mashg’uloti;

Mashg’ulot rejasi

1. Ko’rinma yulduz kattaligi.

2. Absolyut yulduz kattaligi.

3. Yulduzlarning rangi va temperaturasi.

4. Yillik pralaks va yulduzlargacha masofalarni aniqlash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Yulduzlar haqida bilimlarni shakllantirish. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash bo’yicha malaka va ko’nikmalarni hosil qilish;

Pedagogik vazifalar:

  • Yulduzlar haqida tushuncha berish;

  • Ko’rinma yulduz kattaligini tavsiflash;

  • Absolyut yulduz kattaligini tushuntirish;

  • Yulduzlarning rangi va temperaturasini ochib berish;

  • Yillik parallax va yulduzlargacha masofalarni aniqlashni o’rgatish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi;

  • Ko’rinma yulduz kattaligini tasniflaydilar;;

  • Absolyut yulduz kattaligi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • Yulduzlarning rangi va temperaturasini tartibli ravishda ochib beradilar;

  • Yillik parallax va yulduzlargacha masofalarni aniqlashni o’rganadilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar;

O’qitish metodlari

“Tushunchalar taxlili” va ”Toifalash jadvali”-grafikli organayzerlari; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, ko’rsatish, namoyish usullari;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar, o’quv topshiriqlari.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: o’quv topshiriqlari;

Yulduzlar. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofani aniqlash. Ko’rinma va absolyut yulduz kattaliklari. Yulduzlarning rangi va temperaturasi.” mavzusi bo’yicha nazariy o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

    1. Mavzuning nomi, maqsadi va

kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.(1-Ilova)

    1. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan

tanishtiradi.

    1. Guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi.

(13-mavzu, 2-Ilovada mavjud)

1.4 Mavzu shiori bo’yicha ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar;

Yozib oladilar;

Aniqlashtiradilar;

Savollar beradilar;

Tinglaydilar

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tushunchalar taxlili” usuli yordamida tekshiradi. Xar bir guruh uchun (4 ta kichik guruh) “Tushunchalar taxlili” usuli bo’yicha tayyorlangan ekspert varag’ini tarqatadi (2-Ilova) Nazorat qiladi, taqdimotni tashkillashtiradi;

2.2 O’quvchilarga: Bir xil massali jismni, bir xil kuch bilan, turli xil burchaklarda uloqtirsak bir xil masofaga tushadimi yoki xar xilmi?-degan savolni beradi.

2.3 Mavzu bo’yicha mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq bilimlarni beradi. Slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.4 O’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Toifalash jadvali” usuli yordamida tekshiradi va mustahkamlaydi. (4-Ilova) Ekspert varag’ini guruhlarga tarqatadi, yo’riqnoma beradi, taqdimotni tashkillashtiradi

Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar;




Baxs-munozara olib borishadi;



Eshitadilar, yozadilar, savollar beradilar;







Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi.

3.3 Uyga vazifa beradi. Uyga vazifa: Nazorat savollari asosida (5-Ilova).

Tinglaydilar




Yozib oladilar,

1-Ilova



Taяnch tushunchalar:

Yulduzlar, yulduz kattaliklari, ko’rinma yulduz kattaliklari, absolyut yulduz kattaliklari, yillik parralaks, yulduzlarning rangi, yulduzlarning temperaturasi.


Mashg’ulot shiori:

VATANNI SEVMOQ-IYMONDANDIR!



2-Ilova

Tushunchalar taxlili” usuli uchun o’quv topshirig’i:


1-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Kometa


Meteor


Bolidlar


Mayda planetalar













2-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Asteroidlar


Metoridlar


Daydi yulduzlar


Uchar yulduzlar














3-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Mayda koinot jismlari


Yer tipidagi planetalar


Dumli yulduzlar


Yo’ldoshlar
















4-Kichik guruh uchun topshiriq

TUSHUNCHA

MAZMUNI

Gigant planetalar


Uchar yulduzlar


Kometalar


Meteoridlar
















3-Ilova

1-Slayd

YULDUZLAR - Koinotning eng keng tarqalgan obyektlari hisoblanadi. Shu bois ularning fizik tabiatini o'rganish astronomiyada muhim masala sanaladi.

Yulduzlarning ko'rinma ravshanliklarini (yarqiroqlik darajasini) bir-birlaridan farqlash uchun astronomiyada YULDUZ KATTALIGI degan tushuncha qabul qilingan. Yoritgichning yarqiroqligi, undan Yergacha yetib kelgan nurlanish intensivligi bo'Iib, u yoritgichning umumiy nurlanishining arzimas qisminigina tashkil etadi.





2-Slayt










2-Slayd

YULDUZ KATTALIKLARINING SHKALASI deb, kuzatiladigan yoritgichlar yoritilganliklarini solishtiradigan loga-rifmik shkalaga aytiladi.

Odamning normal ko'zi 6- kattalikkacha bo'lgan yulduzlarni ko'radi. Ravshan yulduzlardan Veganing (Lira yulduz turkumi-ning eng yorug' yulduzi) yulduz kattaligi +0,04m ni, Veneraniki -4,4m (eng ravshan paytida) ni, to'linoyniki -12,5m ni, Quyoshniki esa -26,7m ni tashkil etadi. Hozirgi zamon teleskoplari ko'zimiz ko'radigan xira yulduzlardan 100 mln martagacha xira bo'lgan (yulduz kattaligi +24m , +25m) yulduzlarni ko'ra oladi.


















3-Slayd

Yulduzlarning bizdan 10 parsek masofaga keltiril-ganda aniqlangan ko'rinma yulduz kattaliklari ularning ABSOLYUT YULDUZ KATTALIKLARI deb ataladigan bo'ldi va Mharfi bilan belgilandi. Bu 10 parsekli standart masofa taxminan 2 • 106 astronomik birlikka teng bo'ladi. Binobarin, Quyoshni 10 parsek masofaga eltgandan keyingi intensivligi uning 1 a.b. masofada turgandagi intensivligidan marta, ya'ni 4 • 1012 marta kamayadi. lntensivlikning har 100 marta kamayishi 5 yulduz kattaligiga to'g'ri kelishi e'tiborga olinsa, unda intensivlikning 4 • 1012 marta kamayishi yulduz kattaligining 31,5 marta ortishiga olib keladi.

















4-Slayd

Yulduzli osmonga diqqat bilan qaragan kishi yulduzlar bir-birlaridan RANGLARI bilan farqlanishini oson payqaydi. Ma'lumki, temir qizdirilayotganda, u dastlab to'q qizil rangga, keyin tempera­turasi orta boshlagach, zarg'aldoq, sariq va oxirida oqrangga kiradi. Shunga o'xshab, yulduzlarning rangi ham ularning sirt temperaturalari haqida ma'lumot beradi. Xususan, Quyoshimiz sariqrangdagi yulduz hisoblanadi, sirtida temperaturasi 6000 К atrofida. To'q qizilrangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500-3000 K, zarg'aldoq rangdagilariniki 3500-4000 K, oqrangdagi yulduzlar­ning temperaturasi esa 17000-18000 К atrofida bo'ladi. Osmonda ko'rinadigan yulduzlar ichida eng «qaynog'i» ko'k - havorang tusda bo'lib, ularning temperaturalari 25000-50000 К orasida bo'ladi.























5-Slayd

YULDUZLAR SPEKTRIDA ENERGIYANING TAQSIMLANISHI
























Yulduzlargacha masofani aniqlash ularning YILLIK PARALLAKTIK siljishlariga asoslanadi. Quyosh atrofida radiusi qariyb 150 million kilometrli aylana bo'ylab harakatlanayotgan Yerdagi kuzatuvchi, yaqindagi yulduzlarning uzoqdagi yulduzlar fonida siljib, bir yilda aylana (yulduz Yer orbita tekisligiga tik yo'nalishda joylashganda), ellips (yulduz Yer orbita tekisligiga burchak ostida joylashganda) chizishini kuzatadi.


6-Slayd













YORITGICHNING PARALLAKTIK SILJISHI deb yuritiluvchi bunday chizmalarning (aylana yoki ellips) yoy o'lchami, yulduzning uzoqligiga ko'ra turlicha kattalikda bo'lib, u mazkur yoritgichdan qaralganda, qarash chizig'iga tik bo'lgan Yer orbitasi radiusining ko'rinish burchagi к ni o'lchashga imkon beradi.

7-Slayd











5-Ilova

Toifalash sharxini tuzish qoidasi:

  1. Toifalash bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.

  2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.

  3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas, bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.

O’quvchilar uchun yo’riqnoma:

Toifalashda Yulduzlarning absolyut va ko’rinma Yulduz kattaliklariga ahamiyat bering!













Toifalash jadvali (Eekspert varag’i)

TOIFALAR

















6-Ilova


Uyga vazifa uchun savollar:

  1. Nega yulduzlar osmonning muhim obyektlari deb qaraladi?

  2. Yulduzlarning ravshanligi deganda, ular tomondan qayerda hosil

qilingan yoritilganlik anglashiladi?

  1. Yulduzlarning absolyut yulduz kattaligi deb qanday ko'rinma kattaligiga aytiladi?

  2. Yulduzlarning ko'rinma va absolyut kattaliklari orasidagi munosabatni ifodalovchi formulani yozing. Bu yerda r nimani ifodalaydi va qanday birliklarda o'lchanadi?

  3. Yulduzlarning temperaturasi ularni xaraktcrlaydigan qanday kattaliklardan hisoblanadi? Negaligini tushuntiring.

  4. Yulduzlarning rangi ularning sirt temperaturasining ko'rsatkichi bo'la oladimi?