Просмотр содержимого документа
«Malaka ishim uchun qilgan taqdimotim»
O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi
Mavzu: SHAR VA UNING ELEMENTLARI
Bajardi: Yunusobod tumani 96-umum ta’lim
maktabi matematika fani o’qituvchisi
To’xtaboyeva M.A
Rahbar: Haydarov B.Q
T. A. F. T kafedra mudiri: T.f.n Jumanazarov S
Guruh rahbari: Masharipov M.R
Malaka ishi
Mundarija
Kirish:
I.Asosiy qism
I.1.Shar va uning elementlari tasnifi .
I.2.Dars jarayonlarida masalalar va ularni yechish da AKT dan foydalanish .
I.3.Masala yechishda uni yechish metodlarini birgalikda qo’llashga oid na’munalar
II. Xulosa va tavsiyalar
III. Adabiyotlar
IV.Ilova
KIRISH .
“ O’qituvshilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”.
Shavkat Mirziyoyev
Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha jamiyatni axborotlashtirish bilan bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermoq lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayoniga tezkor joriy qilish mexanzmlar, o’quv dasturlar, darsliklar va o’quv meodik qo’llanmalar vositasi amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o‘z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir.
Annotatsiya
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 –yil 7- fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan strategiyasida belgilangan ustivor vazifalar va ularning ahamiyati belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasining 2017 –yil 15- martdagi 140-son qaroriga asosan „Umumiy o’rta ta’lim ” to’g’risidagi Nizom qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining „ Umumiy o’rta va o’rta maxsus , kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari ”ni tasdiqlash to’g’risidagi 187-sonli qaroriga ko’ra , geometriya fanidan umumiy o’rta ta’limining 7- 9 sinflari uchun o’quv dasturlari ishlab chiqarildi va amaliyotga bosqichma- bosqich joriy etildi. Ta’lim to’g’risida”gi qonun , kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida qabul qilingan qarorda umum o’rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari ilova tarzda berilgan.Yangi DTSning maqsadi – umumiy o’rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamjnaviy axborot- kommukasiya texnologiyalariga intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Quyidagi bituruv malaka ishida 11-sinf darsligidagi “ Shar va uning elementlari ’’mavzusi yoritib berilgan . Darslikda mavzu yoritilishi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi . Mavzuga oid o’rta osiyo matematik olimlar, ularning matematika faniga qo’shgan hissalari alohida aytib o’tilgan . Mavzuga oid chizmalar ham rangli va tushunarli qilib berilgan
Markazi A (a; b; c ) nuqtada va radiusi R ga teng bo‘ lgan sferaning tenglamasi :
(x - a) 2 + (y - b) 2 + (z - c) 2 = R 2
Markazi A (a; b; c) nuqtada va radiusi R ga teng bo‘lgan shar tengsizligi :
(x - a) 2 + (y - b) 2 + (z - c) 2 ≤ R 2
tengsizlikni qanoatlantiradi.
.
Fazoning berilgan nuqtadan berilgan masofadan katta bo‘lmagan uzoqlikda yotgan hamma nuqtalaridan iborat jismga shar deyiladi. Berilgan nuqta shaming markazi , berilgan masofa esa shaming radiusi deb ataladi
Shar va sferani markazi
Shar va sferani radiusi
Sharning chegarasi shar sirti yoki sfera deb ataladi sharning markazidan radiusga teng masofa qadar uzoqlashgan hamma nuqtalar sferaning nuqtalaridir. Shar markazini shar sirtining istalgan nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesmaga ham radius deyiladi Shar sirtining ikki nuqtasini tutashtiruvchi va sharning markazidan o‘tuvchi kesma diametr deyiladi
- Beruniy shar va sferaga ta’rif berib ulaming qator xossalarini о‘rgangan. Xususan, и doira о‘zining qo‘zg‘almas diametri atrofida aylantirilsa, shar
- bo ‘lishini ta’kidlab о‘tgan .
- Shar sirtidagi S nuqtadan o‘tib, shu nuqtaga o‘tkazilgan radiusga perpendikular bolgan tekislik sharning urinma tekisligi , S nuqtaga esa urinish nuqtasi deyiladi .
- Sharning ixtiyoriy diametr tekisligi uning simmetriya tekisligidan iborat boiadi. Sharning markazi uning simmetriya markazidir .
katta doira
Masala yechish algoritmi:
?
Yarim doirani yuzi bizga berilgan bo’lsin . Shu yarim doirani diametri atrofida aylantirishdan hosil bo’lgan shar radiusini toping .
4
Xulosa va tavsiyalar.
Xulosa qilib aytganda geometriyadan masalalar yechish metodikasining turli usullardan foydalanish geometriyadan masala yechish darslarining samaradorligini oshiradi. Masala mazmuniga ijodiy yondashish tufayli yangi masala tuzilishi va uni yechish jarayonida innovasion texnologiya metodlaridan axborot texnologiya vositalaridan hamda interfaol o’qitish sikldan foydalanish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish.Natijada o’qquvchilarning fizika fanini bilishga qiziqishlari shakllanadi. Masala yechish darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash quyidagi ijobiy natijalarga olin keladi.
- O’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari faollashadi.
- Fikrlarni bayon qilish erkinlashadi.
- O’quvchilarning bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi.
- O’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi.
- Bilishga bo’lgan qiziqish rivojlanadi.
- O’quvchilarning bilishga intilishi shakllanadi.
- Darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlarda ishlash ko’nikma va malakalar shallanadi.
- Ko’nikma va malakalarning paydo bo’lishi o’quvchilarning ilmiy izlanishga yo’naltiradi