Просмотр содержимого документа
«Определение коэффициента поверхностного натяжения.»
MAVZU: 4-Laboratoriya ishi. Sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash. |
Laboratoriya mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30 nafar. |
Mashg’ulot shakli | Amaliy, laboratoriya mashg’uloti |
Mashg’ulot tuzilishi | Mavzuga kirish. Tayanch bilimlarni faollashtirish. Ishni bajarish uchun tayyorlash. 4. Guruhlarda laboratoriya ishini bajarishni tashkillashtirish. 5. Guruhlarda ish faoliyatini boshqarish. 6. Hulosa va hisobot tayyorlash |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sirt taranglik koeffisiyentini anqlash bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish. |
Pedagogik vazifalar: aniqlash bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish; berish; aniqlovchi qurilmaning qismlarini ko’rsatadi; koeffisiyentlari turlicha ekanligini isbotlash. | O’quv faoliyatini natijalari: aniqlash bo’yicha bajariladigan ishlar mohiyatini biladilar; tushunadilar; aniqlovchi qurilmaning qismlari bilan tanishadilar; koeffisiyentini aniqlaydilar; koeffisiyentlari turlicha ekanligini isotlaydilar, laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlaydilar. |
O’qitish usullari | Laboratoriya usuli, yo’riqnoma berish. |
O’qitish vositalari | Laboratoriya jihozlari: ventilli kapilyar idish, stakan, menzurka, tarozi, turli suyuqliklar, doska, slaydlar, ish varaqasi, yo’riqnoma; |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Jihozlar bilan mashg’ulot, guruhlarda ishlash; |
O’qitish shart-sharoitlari | Fizka fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga moslashgan o’quv xonasi. |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov va yozma hisobot. |
“Sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash.” mavzusi bo’yicha
laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi.
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1 Mashg’uotning mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi. Laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni aytadi; (1-Ilova) 1.2 Mavzu bo’yicha rejalashtirilgan o’quv natijalarini aytadi. 1.3. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (1-Mavzu, 2-ilovada mavjud) 1.4 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi. | Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; Tinglaydilar; Diqqat qiladilar. |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 Guruh o’quvchilarining (4 ta kichik guruh) mashg’ulotga tayyorgarligini tekshiradi. Bajariladigan laboratoriya ishi bo’yicha xar bir guruhga savollar beradi. Ishni bajarishga tayyor ekanliklarini tekshiradi. (2-Ilova) 2.2. Laboratoriya ishini bajarishda muhim joylariga o’quvchilar e’tiborini kuchaytiradi. Qurilmaning ishlashi va tuzilishi haqida ma’lumot beradi. 2.3. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha guruhli faoliyatni tashkillashtiradi, “Ishni bajarish tartibi” yo’riqnomasi (3-Ilova) bo’yicha laboratoriya ishini bajarishini aytadi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (4-Ilova) Guruhlarda laboratoriya ishini bajarilish jarayonini nazorat qiladi. 2.4. Laboratoriya ishi natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkillashtiradi; 2.5. Guruhli ish natijalarining tanlangan taqdimotini tashkillashtiradi; | Savollarga javob beradilar; Tinglaydilar; Qurilma bilan tanishadilar; Laboaratoriya ishini bajaradilar; Hisoblaydilar, yozadilar; Taqdimot qiladilar, tinglaydilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Olingan natijalarni umumlashtiradi, yakun yasaydi; 3.2 Mashg’ulotda guruhli ish natijalariga baho beradi. O’quvchilarning faoliyatini baholaydi; 3.3 Laboratoriya mashg’ulotining natijalarini izohlab beradi; Maqsadga erishganlik darajasini aniqlaydi; 3.4 Uyga vazifa beradi: Bajarilgan 4-laboratoriya ishi bo’yicha hulosa yozish va bajariladigan 5-laboratoriya ishining yo’riqnomasini rasmiylashtirish; | Tinglaydilar, yozadilar; Savollar beradilar; Tinglaydilar, yozadilar; |
Istasangkim yetmasin senga balo,
Ota-onangga sira qilma jafo.
1-Ilova
Mavzu: Sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash.
Ishning maqsadi:
1.Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsentini aniqlashni o`rganish.
2. Sirt taranglik koeffitsenti hamma suyuqliklarda bir xil emasligini tajribada aniqlash.
2-Ilova
Sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash bo’yicha tayanch bilimlarini tekshirish uchun nazorat savollari:
1-Guruh savollari: Bajariladigan laboratoriya ishining mavzusi, maqsadi va kerakli jihozlarning nomlarini ayting. Mavzu bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarini ketma-ketlikda tushuntiring. |
2-Guruh savollari: Tomchi usulida sirt taranglik koeffisiyentini aniqlash bo’yicha muhim bo’lgan nazariy asoslari nimalardan iborat? |
3-Guruh savollari: Ishni bajarish tartibi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? |
4-Guruh savollari: Tomchi usulida suyuqlikning sirt taranglik koeffisiyentini aniqlashda natijaga erishish uchun qaysi hisoblash formulalaridan foydalaniladi? |
3-Ilova
Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma
Laboratoriya ishining yo`riqnomasining o`qib o`rganing. Shisha idish uchining ichki perimetri va uning diametrini aniqlang. Quruq stakan massasini tarozida tortib aniqlang. Suyuqlik solinadigan idishga o`rganiladigan suyuqlikni quying. Shisha idishidan stakanga suyuqlikning sekin kapillyar orqali tomchilab oqishini ta’minlang va tomchilar sonini sanang. Suyuqlikli stakan massasini elektron yoki shayinli tarozida tortib aniqlang. Yuqoridagi 6 va 3 bandlardagi massalar ayirmasini toping. Sirt tarangligi koeffitsentini formuladan toping. 10.Aniqlangan natijalarni adabiyotlarda keltirilgan natijalar bilan solishtiring. |
4-Ilova
Guruhlar uchun o’quv topshirig’i
O’quv topshirig’i
1-Topshiriq mazmuni: Tomchi usulida siyuqlikning sirt taranglik
koeffisiyentini aniqlash uchun ishlatiladigan qurilmaning ish prinsipini o’rganing.
2-Topshiriq mazmuni: Qurilmani ish holatiga tayyorlang.
3-Topshiriq mazmuni: Yo’riqnoma asosida ishni bajaring. Olingan natijalarni
“Ishchi daftarga” yozing.
4-Topshiriq mazmuni: Olingan natijalar asosida ma’lumotlarni 1-jadvalga
kiriting.hisobot topshiring
Eslatma: Tomchi usulida suyuqlikning sirt taranglik koeffisiyentini aniqlovchi qurilmani laboratoriya ishlari qo’llanmasidan foydalanib, qurilma tuzilishi bilan solishtiring. 17-betga qarang.