СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari.

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mavzu: Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari.

 

Dars maqsadlari: O'qituvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari  haqida ma'lumot berish.

 

Ta 'limiy maqsad: O'qitvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari bo'yicha bilim berish va ko'nikma shakllantirish.

 

Rivojlantiruvchi maqsad: O'qitvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

 

Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars

 

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar va boshqa manbalar.

 

Darsda qo'llaniladigan metodlar: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi, Aralash, amaliy, muammoli-izlanish, induktiv va reproduktiv

 

Просмотр содержимого документа
«Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari.»

Sana ______________ Fan Informatika va axborot texnologiyalari


Mavzu: Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari.


Dars maqsadlari: O'qituvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari haqida ma'lumot berish.


Ta 'limiy maqsad: O'qitvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari bo'yicha bilim berish va ko'nikma shakllantirish.


Rivojlantiruvchi maqsad: O'qitvchilarga Paskal ABC muhitida grafik va shakl chizish imkoniyatlari haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.


Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars


Darsda foydalaniladigan jihozlar: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.kompyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar va boshqa manbalar.


Darsda qo'llaniladigan metodlar: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi, Aralash, amaliy, muammoli-izlanish, induktiv va reproduktiv


DARSNING BORISHI:


I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqt 3 min

O'qitvchilar bilan salomlashish, yo'qlama qilish, diqqatini jalb qilish.

II-BOSQICH: O'qitvchilarga Delphi dasurlash tilini haqidagi bilimlarini o’rganish ular bilan qisqacha savol - javob, tushunmagan savollariga javob berish va taxlil qilish ajratilgan vaqt 10 min

III-BOSQICH: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqt 20 min

Ekranni grafik holatga o‘tkazish va turli rangdagi nuqtalar hosil qilishni ko‘rdik. Nuqtalar yordamida turli shakllar hosil qilish ham mumkin ekan. Ammo Paskalning grafik ekranda tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.

Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang – butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, oq rang joriy hisoblanadi.

Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.

1 – misol. Uchlarining koordinatalari (10,10) va (630,470) bo‘lgan ko‘k rangli kesma chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.

Program Kesma;

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm,’’);

SetBkColor(Yellow); Setcolor(Blue);

Line(10,10,630,470);

End.

Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi.

2 – misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli aylana chizing.

Program Aylana;

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm,’’);

Setcolor(Green);

Circle(300,200,100);

End.

Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha yoy chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chiziladi. Aylananing yoyini chzish uchun aslida Arc(X,Y,BB,OB,R) operatori qo’llaniladi (R-aylana radiusi).

3 – misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 180o bo‘lgan qizil rangli yoy chizing.

Program Yoy;

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm,’’);Setcolor(4);

Ellipse(300,200,0,135,100,50);

End.

Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.

4 – misol. Chap yuqori va o‘ng pastki burchaklari mos ravishda (10,10) va (200,100) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.

Program Turtburchak;

Uses Graph;

Var gd, gm : Integer;

Begin

Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm,’’);

Setcolor(1);

Rectangle(10,10,200,100);

End.


DrawPoly(BS,KM) operatori siniq chiziq chizadi. BS – siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM – siniq chiziq sinish nuqtalarining koordinatalari berilgan massiv. Agar siniq chiziq boshlang‘ich nuqtasining koordinatasi bilan oxirgi nuqtasining koordinatasi ustma-ust tushsa, yopiq soha – ko‘pburchak hosil bo‘ladi.

5 – misol. Uchlarining koordinatalari berilgan qizil rangli oltiburchak chizing.

Yechish: Uchlarining soni 7 ta bo‘lgan siniq chiziq chizish operatoridan foydalanib, 7-uchi koordinatasini 1-uchi koordinatasi bilan bir xil bersak, oltiburchak hosil bo‘ladi.

Program Oltiburchak;

Uses Graph;

Const bs=7;

var gd, gm : Integer;

km : Array[1..bs,1..2] of Integer;

begin

gd:=0; InitGraph(gd,gm,''); Setcolor(4);

{ x koordinata, y koordinata}

km[1,1]:=300; km[1,2]:=10;

km[2,1]:=200; km[2,2]:=80;

km[3,1]:=200; km[3,2]:=200;

km[4,1]:=400; km[4,2]:=190;

km[5,1]:=300; km[5,2]:=80;

km[6,1]:=400; km[6,2]:=40;

km[7,1]:=km[1,1]; km[7,2]:=km[1,2];

DrawPoly(bs,km);

end.


IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish ajratilgan vaqt 7 min Ko’rgazmali qurollar yordamida o’qituvuvchilarga savollar berib mavzuni mustahkamlayman.

V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, darsni baholash metodlari va ajratilgan vaqt 2 min

VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqt 3 min

8-darsni o`qib konspekt qilish mavzuga oid mashqlar savol va topshiriqlarni bajarib kelish.