СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Qo’qon xonligida madaniy hayot

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Qo’qon xonligida madaniy hayot»


Mavzu: 44-§. Qo’qon xonligida madaniy hayot.


Darsning shiori: Bilim bilan qurollangan har qanday odam yengilmasdir.


Dars maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni Qo’qon xonligi madaniyati bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni madaniy merosga hurmat, uni e’zozlash ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz bilan fahrlanish tuyg’ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Qo’qon xonligining vatanimiz madaniyatidagi o’rnini ko’rsatib berish orqali, uning o’ziga xos jihatlarini ochib berish.


Dars turi:

Yangi materialni o’rganish darsi. O’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash darsi.


Darsda qo’llaniladigan asosiy metodlar:

Aqliy hujum, hikoya-suhbat.


Darsning jihozi:

1. Darslik, 37-§.

2. O’zbekistonning tarixiy xaritasi.

3. Doska, bo’r.

4. Videoproyektor, kompyuter.

5. Mavzuga oid plakatlar, rasmlar


Tarqatma materiallar.

Savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar.


Yangi dars mavzusining tayanch tushunchalari:

Qo’qon ilmiy-madaniy muhiti. Qo’qon adabiy muhiti. Amiriy, Nodira, Maxmur, Gulxaniy, Boborahim Mashrab, Uvaysiy, g’azal, muxammas.


Darsning texnologik xaritasi:

T/r

Dars qismlari

Minut

1

Tashkiliy qism

2

2

O’tilgan mavzu yuzasidan takrorlash

10

3

Yangi mavzuni bayon qilish

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

13

5

Dars yakunlarini chiqarish

3

6

Uy vazifasini berish

2


I. Tashkiliy qism:

1. Sinf xonasi va o’quvchilar xolatini aniqlash.

2. O’quvchilarni yo’qlama qilish.

3. O’quvchilarning diqqatini jamlab, sinfda ishchi muhitini yaratish.


II. O’tilgan dars mavzusi yuzasidan takrorlash:

Darsning bu qismi “Aqliy hujum metodi” dan foydalanib amalga oshiriladi. O’quvchilar ikki guruhga ajratilib o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab kelingan savollar tarqatiladi. Guruhlar belgilangan vaqt davomida savollarga javob qaytaradilar. Har bir to’g’ri javob uchun o’qituvchi bal kartochkalarini berib boradi.

Savollar va javoblar.

1-guruhga savollar.

1. Qo’qon xonligi haqidagi ma’lumotlar tarixiy manbalarda nechanchi asrdan boshlab uchraydi? (X asrdan)

2. Qo’qonning yoshi qancha yilni tashkil qiladi? (2000 yil)

3. Ma’lumotlarda Qo’qon qanday nomlar bilan qayd etilgan? (Havoqand, Ho’qand)

4. Havoqand so’zi qanday ma’noni anglatadi? (go’zal, xushmanzara, yoqimli, shamol shahri)

5. Mahalliy aholi Qo’qonni qanday atagan? (Ho’qandi latif)

6. Q’qon shahrining qancha darvozasi bo’lgan? (12 ta)

7. Nima uchun Qo’qonning 12 ta darvozasi bo’lgan? (shahar 12 dahaga bo’lingan)

8. Qo’qon shahrida qancha aholi yashagan? (30 ming)

9. Marg’ilon shahriga qachon asos solingan? (2000 yil oldin)

10. Marg’ilonda qaysi saroy mavjud? (Sulton Murodbek saroyi)

11. Qo’qon xonligida pilla sotiladigan asosiy bozor markazi qaysi shaharda joylashgan edi? (Marg’ilon)

12. Qo’qon xonligidagi katta shaharlarda kimlar hokimlik qilar edi? (xonning o’g’illar yoki qarindoshlari)

2-guruhga savollar.

1. Andijon shahrining nomi qaysi urug’ atamalari bilan bog’liq edi? (andi, adoq)

2. Arablar istilo qilgan davrda Andijon shahri qanday atalgan? (Andukon)

3. Andijon nechanchi asradan Farg’ona vodiysining markazi bo’lgan? (XV asrdan)

4. Qaysi asarda Andijon haqida quyidagi jumlalar keltirilgan… - “Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur”? (Boburnoma)

5. Andijon necha dahaga bo’lingan? (4 dahaga)

6. Mahallalarga kim boshchilik qilgan? (oqsoqol)

7. Farg’onaning qadimgi poytaxti qaysi shahar bo’lgan? (Axsikant)

8. Axsikant nechanchi yilda zilzila natijasida vayron bo’ladi? (1620-yilda)

9. Namangan so’zi qanday ma’no bildiradi? (tuz koni)

10. Namangan shahrining nomi manbalarda nechanchi asrdan boshlab uchraydi (XVII)

11. Namangan aholisi asosan ho’jalikning qaysi turi bilan shug’ullangan? (hunarmandchilik)

12. 1842-1845 – yillarda Namangan shahrida qanday inshoot qurilgan? (shahar atrofi baland devor bilan o’ralgan)


III. Yangi dars mavzusi ustida ishlash:

Bu vazifa o’qituvchi tomonidan hikoya-suhbat usulida amalga oshiriladi. O’qituvchi yangi mavzuni hikoya qiladi va shu jarayonda o’qituvchilarda yuzaga kelgan fikrlarni ham sinf bilan birga muhokama qilib boradi. Bu jarayon o’quvchilarning muhim ma’lumotlarni eslab qolishlariga yordam beradi.


Yangi dars mavzusining mundarijasi:

1. Umarxon va ilmiy-madaniy muhit.

2. Maxmur va Gulxaniy.

3. Uvaysiy.

4. Mohlaroyim – Nodira.

5. Boborahim Mashrab.

Qo'qon xonligida madaniyat ham rivojlanib bordi. Shahar va qishloqlarda ko'plab maktab, madrasa va masjidlar qurilib, yoshlar o'qitilgan, ularga hunar o'rgatilgan. Qo'qonda 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg'ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvohidir. Qo'qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san'at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o'qish-о'qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e'tibor bergan, qo'llab- quvvatlagan. Umarxon sa'y-harakatlari natijasida Qo'qonda XIX asr bosh­larida o'ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning asoschisi ma'rifatparvar hukmdor va hassos sholr Umarxon (1787 — 1822) edi. Qo'qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo'ldoshi, mashhur sholra Nodirabegimning hissasi katta bo'ldi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko'plab she'rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq sholr yig'ilgan. 1821- yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 sholrning she'rlarini o'z ichiga olgan „Majmuayi sholron" to'plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o'zbek, fors-tojik tilidagi g'azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to'plangan devon yaratilgan. Arab va fors tillaridagi kitoblar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste'dodli xattotlar tomonidan ko'chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o'zbek va fors tillarida she'rlar yozdi. Uning g'azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi. Amir Umarxon davridagi yirik sholrlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi Madrasayi Mirda o'qigan, keyin Amir Umarxon qo'shinida sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She'rlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyaniyuksakpog'onagako'taradi. „Hapalak" she'rida Hapalak qishlog'idagi manzarani aks ettirsa-da, aslida bu she'r butun xonlik hududidagi manzarani ifodalar edi. Mazkur she'rda quyidagi satrlar bitilgan edi:

Xalqini ko'rsang agar, o'lasi-yu qoq-u xarob,

Ochligidan egilib, qomati misli kamalak.

Bori yo'q uylarini banda bayon gar qilsam,

Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to 'rt katalak.

O'zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo'nalishini rivoj- lantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo'ylik ijodiga samarali ta'sir ko'rsatdi.

Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo'lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go'lax (o't yoquvchi) bo'lib ishlaydi. Shu boisdan „Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o'zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo'lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari ,,Zarbulmasal"dir. Asardagi „Maymun va Najjor", „Tuya bilan Bo'taloq", „Toshbaqa bilan Chayon" kabi masallari chuqur axloqiy-ta'limiy ahamiyatga ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo'g'li, Ko'rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlarning o'zaro murakkab muno­sabatlari asosida o'z davri ijtimoiy hayotining haqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi.

Qo'qon adabiy muhitini Jahon otin — taxallusi Uvaysiy (1780—1841) va Mohlaroyim — Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uvaysiy oilasi o'z davrining ilg'or va ma'rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o'zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o'rgandi.

Amir Umarxon Marg'ilon hokimi bo'lib turgan yillarda (1806— 1807) Uvaysiy el orasida tanilgan sholra edi. Undagi sholralik iste'dodi Umarxonning xotini Nodirani o'ziga rom etgan. Umarxon Qo'qon taxtiga o'tirgach, Uvaysiy Qo'qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko'p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topgan.

Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Uvaysiyning adabiy merosida 269 g'azal, 29 muxammas, 3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e'zozlash, do'stlik, vafo, sadoqat g'oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor haqidagi quyidagi she'ri misolida yaqqol ko'rish mumkin:

Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo'q nishon, Necha gulgun рок qizlar manzd aylabdur makon. Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortug'liq tururlar, bag'ri qon.

Mohlaroyim — Nodira O'zbek sholrasi, ma'rifatparvar davlat ar­bobi Mohlaroyim — Nodira (1792 — 1842) Andijonda tug'ilgan. Otasi Rahmonqulbiy Andijon hokimi bo'lib, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi edi.Umarxon Marg'ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan. Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon taxtga o'tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etadi, madrasalar qurdiradi.Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo'qonga to'plagan, ko'p kitoblarni qayta ko'chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e'tibor beradi. Yaxslii xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg'a qilgan.Nodiraning o'zi ham o'zbek, ham tojik tillarida ijod qilgan. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she'r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g'azal, Maknuna taxallusida 333 g'azaldan iborat devon yozgan. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qol­gan. Uning she'riyati asosini lirika tashkil etadi. She'rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh- ftg'onlari kuylanadi.Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g'azallariga muxam- maslar ham yozgan.

Qo'qon xonligida ijod qilgan ulug' in- sonlardan biri iste'dodli sholr Bobo­rahim Mashrab edi (1640 — 1711). U Namanganda tug'ilgan. 7 yoshligida xat-savodi chiqqan. 15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan. 18 yil davomida dunyoning juda ko'p mamlakatlarini kezib chiqqan.

Mashrab o'z she'rlarida hukmron tabaqalarning mehnatkash xalqqa o'tkazgan jabr-zulmlarini, ochko'zligini, ba'zi ruho- niylarning, eshonlarning avom xalq ruhini do'zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etadi. Xalqning og'ir, ayanchli ahvoliga achinadi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir.

Dili tig'i sitamdin pora bo'lg'on xalqni ko'rdim,

Tani dard-u alamdan yora bo'lg'on xalqni ko'rdim.

Mashrab asarlari to'plangan devon haqida manba topilmagan. Uning „Devoni Mashrab", „Devonayi Mashrab", „Eshoni Mashrab" nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo'lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan.Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g'animlarning ig'vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatag'on tomonidan o'limga hukm etiladi.


IV. Yangi dars mavzusi mazmunini mustahkamlash:

Darsning bu qismida o’qituvchi oldindan tayyorlab kelgan savollardan foydalanadi. O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Doskada har guruh uchun bitta soat qo’yiladi. Qaysi guruh savolga to’g’ri javob bersa ana shu guruhning soat mili aylantiriladi. Qaysi guruhning soati mili belgilangan vaqt davomida oldinlab ketsa o’sha guruh g’olib bo’ladi. Soatning oltinchi raqami bonus savol bo’ladi. Bonus savolga javob bera olgan guruh sovg’ani qo’lga kiritadi.

Savollar va javoblar.

1-guruhga savollar.

1. Qo’qon shahrida qancha maktab va madrasa faoliyat yuritgan? (120 ta makatb va 40 ta madrasa)

2. Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? (Amiriy)

3. Umarxonning g’azallar devoni 1882-yilda qaysi shaharda chop etilgan? (Istanbulda)

4. Qaysi shoir Umarxon qo’shinida sipohlik qilgan? (Maxmur)

5. Nodirani qaysi ijodkorning iste’dodi o’ziga rom etgan? (Uvaysiy)

6. Mashrab qaysi shaharda tug’ilgan? (Namanganda)

7. Fazliy Namangoniy “Majmuayi shoiron” to’plamini nechanchi yilda tuzgan? (1821-yilda)

8. Maxmur nechanchi yilda vafot etgan? (1844-yilda)

9. Uvaysiyning adabiy me’rosida qancha g’azal mavjud? (269 ta)

10. Gulxaniyning butun sharq adabiyotidagi mashhur asari qaysi? (Zarbulmasal)

11. Mashrab nechanchi yilda qatl etiladi? (1711-yilda)

12. Qaysi ijodkor Navoiy, Fuzuliy, Bedil g’azallariga muxammas yozgan? (Nodira)

2-guruhga savollar.

1.Marg’ilonda qancha maktab va madrasa faoliyat yuritgan? (80 ta maktab va 10 ta madrasa)

2. Fazliy Umarxon buyrug’i bilan qaysi to’plamni tuzgan? (“Majmuayi shoiron)

3. Umarxonning g’azallar devoni 1905-yilda qaysi shaharda chop etilgan? (Toshkentda)

4. Qaysi shoir hammomda go’lax (o’t yoquvchi) bo’lib ishlagan? (Gulxaniy)

5. Nodira kimning qizi edi? (Rahmonqulbiy)

6. Mashrab kim tomonidan o’limga mahkum etilgan? (Balx hokimi Mahmudbiy Qatag’on)

7. Umarxon atrofida qancha shoir to’plangan edi? (70 dan ortiq)

Gulxaniy nechanchi yilda tug’ilgan? (1770-yilda)

8. Nodiraning qancha misra adabiy me’rosi bugungi kungacha yetib kelgan? (10ming misra)

9. Mashrab necha yoshidan tasavvuf ilmini egallay boshlagan? (15 yoshidan)

10. Mohlaroyimning Nodira taxallusi bilan yozilgan devonida qancha she’r jamlangan? (180 ta)

11. Maxmurning hajviy devonida qancha asar jamlangan? (69)

12. Bu na gumbazdir, eshigi, tuynugidan yo’q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdir makon

Quyidagi misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? (Uvaysiy)


V. Dars yakunlarini chiqarish:

1. O’quvchilarning baholari e’lon qilinib, guruhlarning ballari hisoblanadi va g’olib guruh e’lon qilinadi.

2. O’quvchilarning baholari e’lon qilinadi.

3. Darsda nimalarga erishilganligi ta’kidlanadi.


VI. Uy vazifasini berish:

1. Mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish.

2. Mavzuda berilgan shoirlar ijodidan namunalar yod olib kelish.

3. Iqtidorli o’quvchilar uchun topshiriq – Buxoro amirligi va Xiva xonligi madaniy hayotini Qo’qon xonligi madaniy hayoti bilan tahlil qilib, xonlik madaniy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini daftarga yozib kelish.