СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi»

ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN

FOYDALANISH

Matnazarova Gulpashsha Ismailovna

Xiva shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

1-toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston

Annotatsiya: Ushbu maqolamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘quvchilarga bilim berish va ularda fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: ona tili, adabiyot, maktab, pedagogika, ilm-fan, yangi g‘oyalar, zamonaviy texnologiyalar.

Bugungi davrda - ya’ni axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv shakli va dars mashg‘ulotlarining tuzilish tarkibiga ham o‘z ta’siri ko‘rsatmoqda. Bundan anglash mumkinki, ta’limda ish olib boruvchi pedagoglarimiz ham o‘z ish faoliylarini bu innovatsiyalar bilan hamohang holda shakllantirishmoqda. Buning rivojlanishiga yanada samarali hissa qo‘shish maqsadida ona tili dars mashg‘ulotlarida innovatison o‘qitish shakli va an’anaviy dars o‘tish uslublarini ko‘rib chiqamiz:

  • An’anaviy texnologiya - har bir o‘quvchining ta’lim va bilim faoliyatini tashkil qilish shakllari, usullari, mustaqil fikrlash darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘p bosqichli yondashuv asosida ta’minlaydigan har qanday vositalar tizimida amalga oshiriladi.

  • Sinf o‘qitish texnologiyasi -  o‘quv materiallarini muntazam ravishda o‘zlashtirish va bilim ko‘nikmalarni sinf mashg‘ulotlari orqali o‘rgatishni ta’minlash.

  • Interfaol texnologiyalar  yoki guruhli o‘qitish texnologiyalari (juft bo‘lib ishlash, yoki stollarni aylana shaklda joylashtirgan holda) - shaxsiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega va guruhda ishlashga qodir o‘quvchi qobiliyatini shakllantirish; dasturiy materiallarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish.

  • O‘yin texnologiyasi (didaktik o‘yin) -  amaliyotda o‘quvchi bilan hamkorlikda bilim ko‘nikmalarni qo‘llash orqali yangi bilimlarni rivojlantirish. O‘quvchilar mustahkam bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun mustaqil faoliyat usullarini ishlab chiqish uslubida ularning bilim va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.

  • Ilg‘or ta’lim texnologiyasi -  O‘quvchilarning talab qilinadigan minimal ta’lim mazmuniga erishishi. Muammolarni qanday hal qilishni o‘rganish, imkoniyatlarni hisobga olish va ma’lum vaziyatlarda bilimlardan foydalanish. Har bir o‘quvchiga aniq natijani izlash usullari va uning vositalarini mustaqil ravishda aniqlash imkoniyatini berish. Uslubiy kompetentsiyani shakllantirishga yordam berish. O‘quvchida kerakli ma’lumotlarni qidirish qobiliyatlarini shakllantirish. Mavzu bilan bog‘liq muammolarni yechimini topishni oddiy usullar bilan o‘rgatish.

  • Texnologik uslublar - O‘quvchilar uchun hayotning maqsadlarini, o‘zlarini va dunyodagi o‘rnini anglash, birgalikda (jamoaviy) izlashda, ijodkorlikda, izlanishda o‘zini anglash uchun qulay sharoitlarni yaratish. Ulani mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

  • ETR (elektron ta’lim resurslari, shu jumladan AKT) - turli xil ma’lumot manbalari bilan ishlashga o‘rgatish, o‘z-o‘zini o‘qishga tayyorlik va ta’lim yo‘nalishida sodir bo‘lishi kutilayotgan ma’lumotlar haqida habardor qilib borish.

  • Hamkorlik pedagogikasi - bolaga shaxsiy yondashuvni amalga oshirish va o‘quv yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan ongli ravishda tanlash uchun sharoit yaratish.

  • Jamoa bo‘lib ijodiy ishlarni olib borish texnologiyasi - o‘quvchilarni ijodda, izlanishlarda va turli maktab tomonidan o‘tkaziladigan tabdirlar va bahri-bayt kechalarida o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish. O‘quvchilarni eng ko‘p qiziqtirgan muammolarni muhokama qilish va tahlil qilishga jalb qilish va o‘quvchilarning tashkiliy qobiliyatlarini shakllantirish.

Har bir o‘qituvchi zamonaviy innovatsion texnologiyalar, maktab g‘oyalari, ko‘rsatmalariga amal qilishi, allaqachon ma’lum bo‘lgan narsalarni ochishga vaqt sarflamasligi kerak. Bugungi kunda biz ta’lim texnologiyalarining keng imkoniyatlarini o‘rganmasdan turib, pedagogik jihatdan barkamol mutaxassis bo‘la olmaymiz. Bu jarayonda Ona tili dars mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalaridan foydalanish umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantiribgina qolmay, o‘qituvchining kasbiy faoliyatini baholashning asosiy negizini tashkil etadi.

Shu sababli, bizning sharoitimizga mos ravishda ta’lim tizimining mavjud texnologiyalardan unumli foydalanib, bizda mavjud bo‘lmagan o‘quv texnikalarini o‘zimiz mustaqil izlanishlarimiz natijasida shakllantirib o‘quvchi yoshlarimizga puxta bilim berish orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 06.11.2020 yildagi PF-6108 sonli farmoni. https://lex.uz/docs/5085999

  2. Mirziyoyev Sh.M. ““Erkin va farovon, deokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq”” – T., 2016

  3. Dichkovskaya I.M. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. - K., 2004.

  4. Selevko G.K. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish samaradorligiga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Kompyuter (yangi axborot) ta’lim texnologiyalari // Ta’limdagi informatika va axborot texnologiyalari. - № 12. - 2004 yil.

  5. Golovina L.M. Talabalarning bilim faolligini oshirish. - M.: Prospekt, 2003

  6. www.google.uz, www.ziyonet.uz